Cedr.uz | Ilmiy tadqiqot markazi
رفتن به کانال در Telegram
O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazining telegramdagi rasmiy kanali Sayt: Cedr.uz Bog‘lanish: @Cedruz_bot Email: info@cedr.uz
نمایش بیشتر424
مشترکین
+124 ساعت
+17 روز
+130 روز
آرشیو پست ها
2024 yil 7 fevral kuni Moskva shahridan O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha 24-hukumatlararo komissiyasining yig‘ilishi natijasi bo‘yicha Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga mehmonlar tashrif buyurishdi. Mehmonlarni TDIU huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi” direktori, TDIU prorektori M.Kalonov kutib oldi. Tashrifdan ko`zlangan maqsad TDIU huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi” bilan hamkorlikda Universitet huzurida “Strategik tashabbuslar ekspert markazi” ni tashkil qilish bo‘yicha maslahatlashish va muzokaralar olib borildi. Universitetga kelgan mehmonlar Butunrossiya tashqi savdo akademiyasining ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori Volchkova Natalya Aleksandrovna, Butunrossiya tashqi savdo akademiyasi huzuridagi Integratsiya jarayonlarini rivojlantirish instituti direktori Tochin Andrey Vladimirovich, Butunrossiya tashqi savdo akademiyasining sanoat tarixi instituti iqtisodiy tadqiqotlar markazi rahbari Pijikov Nikita Sergeyevich hamda Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi savdo vakili Xalitov Ildus Vinerovichlar kelishdi. Yig‘ilishda qatnashgan ekspertlar ta’sis shartnomasida keltirilgan bandlarni tahlil qilishdan boshlashdi. Barcha yig‘ilganlar o‘z taklif va tavsiyalarni bildirib o‘tishdi. Asosiy masalalardan biri bu tashkil qilinayotgan Markazning tashkiliy xuquqiy shaklini qanday shakllantirish xaqida tomonlar o‘z fikrlarini bildirishdi. Mazkur ta’sis shartnomasini bildirilgan takliflar asosida qayta ishlab, keyin muhokamaga qo‘yishini ta’kidlandi. O‘zbekiston tomoni Markaz uchun ilmiy tadqiqot ishlari dasturlarining mavzulari bo‘yicha xam maslahatlashishdi.Tadqiqot bajarishda ishni tashkil etish xususiyatlari alohida tizim asosida amalga oshirilishi tomonlar o‘rtasida kelishib olindi. Shu bilan asosiy muhokama qismi yakuniga yetdi. Keyingi bosqich mexmonlar Universitet hududidagi o‘quv xonalari, kutubxona hamda yangi tashkil qilinishi kutilayotgan Markazning xonalarini ko‘zdan kechirdi. So‘ngra Butunrossiya tashqi savdo akademiyasining ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori professor Volchkova Natalya Aleksandrovna Universitet talabalariga "Oraliq importning Rossiya firmalari daromadiga qo‘shgan hissasi: COVID- pandemiyasining zarbalari va sanksiyalar" nomli mavzuda ochiq dars xamda master klass o‘tib berdi. Shu bilan mexmonlarning Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga tashrifi o‘z yakuniga yetdi. Keyingi tashkiliy va amaliy uchrashuvlarni VKS zum platformasi orqali o‘rnatilgan tartibdi amalga oshirilishiga kelishib olishdi.
🎓Google Scholar bazasida maqolangiz indekslanishini istaysizmi? OAK tan olgan jurnalda nashr etilishinichi?
🗒 U holda Konferensiyamizda ishtirok eting.
Hurmatli professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va talabgorlar!
2024-yil 26-mart kuni TDIU huzuridagi ilmiy-tadqiqot markazida
"Moliya bozorini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari, zamonaviy tendensiyalari va istiqbollari" mavzusida III RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI o'tkaziladi.
Ushbu konferensiyada o'z tezislaringiz bilan ishtirok etishingiz mumkin.
15-martga qadar tezislarni qabul qilish davom etadi.
✅ Ishtirok uchun tashkiliy badal mavjud.
🔎 Har bir tezis Google Scholar bazasida indekslanadi DOI raqam belgilanadi!
📌Tezislarni +998945360299 @fazliddinsindarov Telegram-kontaktiga yoki conference_cedr@mail.ru elektron pochtasiga yuborishingiz mumkin.
#konferensiya #iqtisodiyot #moliya #OAKRepost from TDIU•TSUE•ТГЭУ
TDIU vakillari Rossiyada bo‘lib o‘tgan 24-hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishida O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida ishtirok etdi
Batafsil saytda
TISUda ilmiy-amaliy seminar bo'lib o'tdi
Termiz iqtisodiyot va servis universitetida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi tadqiqotchi-professorlari ishtirokida ilmiy-amaliy seminar bo'lib o'tdi.
Batafsil videoda👆
⚡️ Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
Instagram l Telegram l Website l You Tube
#Bayram_muborak
8 dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!
Konstitutsiya – xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi, obod va farovon jamiyat barpo etishda mustahkam poydevordir.
Bosh qomusimizning 31 yilligi barcha yurtdoshlarimizga muborak bo‘lsin, barchaga farovonlik, omad, sog‘lik va oilaviy baxt olib kelsin. Har birimiz ona Vatanimiz ravnaqi uchun hissa qo‘shishda davom etaylik!
Milliy Bayrogʼimiz Davlatimiz suverenitetining yuksak ramzidir. Xalqimizning buyuk tarixi va ezgu qadriyatlarini oʼzida to`la mujassam etgan hamda tinch hamda osoyishta, erkin hayotimiz, yorqin kelajagimizga boʼlgan ishonchimizning timsoli sanaladi. Oʼzbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzi boʼlgan Davlatimiz bayrogʼi uyingiz peshtoqida hilpirab tursin, bundan barcha, shu jumladan farzandlaringiz faxrlansin! Zotan Bayroqni his qilib, undan gʼururlanib oʼsayotgan yosh avlod albatta Davlat va Xalqi uchun Vatanparvar boʼlib ulg`ayadi. 2023 yil 7 iyuldagi Oʼzbekiston Respublikasining 853-sonli Qonuniga koʼra, Oʼzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʼiga nisbatan hurmatni saqlagan holda, jamoat joylarida, binolar va boshqa obʼektlarda, yashash yoki ish joylarida, shuningdek ularga tutash boʼlgan hududlarda, transport vositalarining salonida foydalanilishi mumkin. Bugun 32 yoshini nishonlayotgan bayrogʼimiz Milliy istiqlolimiz ifodasi sifatida dunyoning yuksak minbarlarida doimo hilpirab turaversin!
Repost from YANGI DAVR - YOSHLAR TV | Rasmiy kanal
Урганч давлат университетида илмий-амалий анжуман ўтказилди.
@yangidavr_rasmiy
Repost from "XorazmTELEKANAL"
MINTAQAVIY IQTISODIYOTNING ZAMONAVIY MUAMMOLARI ILMIY-AMALIY ANJUMANI
02.11.2023✅
📲@XorazmTELEKANAL✔️
Telegram kanalga ulanish⤵️
https://t.me/joinchat/AAAAAEnP4H2TABCMSDrRMA
Repost from Kun.uz | Расмий канал
Тошкент давлат иқтисодиёт университети Қорақалпоғистон Республикаси ва Хоразм вилоятида долзарб мавзуларда конференция ва семинар ўтказди
👉 https://kun.uz/09255195
Реклама ҳуқуқи асосида
21-oktabr — O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun
TDIU huzuridagi Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi jamoasi barcha ilm ahli, olimlar, professor-o‘qituvchilar va talaba-o‘quvchilar hamda ta’lim fidoyilarini bugungi qutlug‘ ayyom – O‘zbek tili bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.
«МИЛЛИЙ ИҚТИСОДИЁТ РАҚОБАТБАРДОШЛИГИНИ ОШИРИШ АҲОЛИ ТУРМУШ ДАРАЖАСИ БАРҚАРОРЛИГИ ОМИЛИ»
Республика илмий-амалий конференцияси
Тошкент давлат иқтисодиёт университети ҳузуридаги “Ўзбекистон иқтисодиётини ривожлантиришнинг илмий асослари ва муаммолари” илмий-тадқиқот марказида 2023 йил 18 октябрь куни «Миллий иқтисодиёт рақобатбардошлигини ошириш аҳоли турмуш даражаси барқарорлиги омили» мавзусида республика илмий-амалий конференцияси ўтказилди.
Конференция ишида Ўзбекистон Республикаси Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазирлиги, Ўзбекистон Республикаси Иқтисодиёт ва молия вазирлиги, Ўзбекистон Республикаси Марказий банки, БМТнинг Аҳолишунослик жамғармаси (ЮНФПА), хорижий ва республикамиздаги олий ўқув юртларининг профессор-ўқитувчилари, таянч докторантлари, мустақил изланувчилар, магистрлар ва ушбу соҳада тадқиқот олиб борувчи олимлар иштирок этишди.
