cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Qashqadaryo kadastr_press

KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING Fuqaro murojaati uchun : 75 227 81 95 75 227 51 13 Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
2 157
مشترکین
+124 ساعت
-37 روز
-330 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Sayyor qabullar. Kadastr filiali mas'ullari hududlarda aholi murojaatlarini o'rganib borishmoqda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining Ko'kdala tumani filiali tomonidan Sho'rbozor va Yakkabog' tumani filiallari tomonidan Ishkent mahallasida aholi murojaatlarini o‘rganish yuzasidan sayyor qabullar o‘tkazildi. Unda fuqarolarning kadastr hujjatini tayyorlash va uy-joylariga egalik huquqi olish, tadbirkorlik uchun yer maydoni ajratish yuzasidan qilgan murojaatlari o'rganildi va ularga mas'ullar tomonidan huquqiy va amaliy yordamlar ko‘rsatildi. 🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
نمایش همه...
👍 6
Photo unavailableShow in Telegram
❗️Endi turar joyingiz maydoni to‘g‘risidagi ma’lumotnomani uydan chiqmagan holda oling 💻 my.gov.uz portalida "Turar joyning maydoni to'g'risida ma'lumotnoma olish" xizmati ishga tushirildi. ⏰ Arizani dam olish va bayram kunlaridan qatʼiy nazar, istalgan kunda, 24 soat davomida yuborishingiz mumkin. 📱 Mazkur xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul, yana hech qanday hujjat ham talab qilinmaydi. Xizmat natijasi esa bir zumda taqdim etiladi. 🏠 Fuqaroga tegishli turar joyning maydoni to‘g‘risidagi ma’lumotlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining axborot tizimlaridan elektron shaklda ko'chmas mulkning kadastr raqami orqali tekshiriladi. 🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
نمایش همه...
👍 3
00:49
Video unavailableShow in Telegram
Qarshi tumanidagi Kadastr filiali arxivida 71 mingdan ziyod ko'chmas mulk hujjatlari saqlanmoqda Davlat kadastrlari palatasi Qarshi tumani filialining Arxiv ishi muhandisi Normurod Poyonov mazkur yo'nalishdagi ishlar haqida ma'lumot berdi. 🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
نمایش همه...
4.80 MB
👍 4
Photo unavailableShow in Telegram
O'zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarda noqonuniy qurilish qilish javobgarlikka sabab bo'ldi 🔹 Kadastr agentligining Nishon tumani bo'limi tomonidan "Kimyogar" mahallasi hududida yer nazorati tadbiri o'tkazildi. O'rganishlar davomida fuqaro hech qanday huquqiy hujjatlarsiz 36 kv metr yer maydonini o’zboshimchalik bilan egallab olib, noqonuniy qurilish ishlarini amalga oshirayotgani holati aniqlandi. Huquqbuzarga nisbatan MJTKning 60-moddasi 3-qismiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va 51 million so'm miqdorida jarima jazosi belgilandi. Ushbu noqonuniy qurilishni 15 kun muddat ichida o'z hisobidan bartaraf etishi fuqaroga tushuntirildi va  yozma ko'rsatma berildi. 🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
نمایش همه...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#kadastr_xizmatlari ⚡️Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish 🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi; ✉️Vakolatli organ so’rovnoma kelib tushgan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida QR-kod qo’yilgan ma’lumotnomani rasmiylashtiradi hamda uni arizachiga YIDXP orqali elektron ravishda yuboradi. ❌Xizmatdan foydalanish hech qanday hujjat talab etilmaydi; Xizmat ko‘rsatish muddati - 3 ish kuni; 🪙 Xizmat narxi: 🔹BHMning 0,03 baravar miqdorida (10 200 ming so‘m); 🔹my.gov.uz portalidan yuborganda BHMning 0,027 baravari (9 180 ming so‘m). 🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
نمایش همه...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
"E-auksion" platformasida 211 ta xalqaro yo'llar bo'yidagi xizmat ko'rsatish joylarini sotib oling! Qashqadaryo viloyatida 211 ta (ko'rish). 🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Qashqadaryodagi Kadastr filiallarida tadbirkorlar va fuqarolar uchun ochiq muloqotlar o'tkaziladi Aholining  Kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining tuman (shahar) filiallarida tadbirkorlar va fuqarolar uchun ochiq muloqotlar o'tkaziladi. Dastlabki muloqot 11-iyul kuni saot 11-00 da Qarshi shahar filiallida tashkil etiladi. Uchrashuvda mas'ullar tomonidan murojaatchilarning kadastr sohasidagi muammoli masalalariga e'tibor qaratiladi va Kadastr xizmatlarini ko'rsatishdagi imtiyozlar, qonunchilikdagi o'zgarishlar haqida ma'lumot beriladi. OCHIQ MULOQOTLAR IYUL VA AVGUST OYLARIDA ➖ 22-iyul— Qarshi tumani filialida ➖ 9-avgust—Nishon tumani filialida ➖ 19-avgust Kasbi tumani filialida Qolgan hududlarda bo'lib o'tadigan ochiq muloqotlarning o'tkazilishi sanasi haqida qo'shimcha ma'lumot beriladi! 🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
نمایش همه...
Kadastr filiallari tomonidan Koson va Kasbi tumanida sayyor qabul o'tkazildi Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining Koson va Kasbi tumani filiallari tomonidan aholi murojaatlarini o‘rganish yuzasidan qabullar o‘tkazildi. Unda fuqarolarning kadastr hujjatini tayyorlash va uy-joylariga egalik huquqi olish, yer va ko'chmas mulkka to'lanadigan soliq to'lovlari yuzasidan qilgan murojaatlari o'rganildi va ularga mas'ullar tomonidan huquqiy va amaliy yordamlar ko‘rsatildi. 🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
نمایش همه...
👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
#yernazorati #bilasizmi ⚡️Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish oqibatlari O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasiga, shuningdek qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkasida barpo etilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno. ❗️Yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish obyektini barpo etgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi. ❌O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalaridagi qonunga xilof qurilish obyektlarini suv ta’minoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash ta'qiqlanadi. 🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
نمایش همه...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
Shahrisabzda noqonuniy qurilish qilayotgan shaxsga chora ko'rildi 🔹 Kadastr agentligining Shahrisabz shahar bo'limi tomonidan "Qorasuv" mahallasi hududida yer nazorati tadbiri o'tkazildi. O'rganishlar davomida fuqaro hech qanday huquqiy hujjatlarsiz 20 kv metr yer maydonini o’zboshimchalik bilan egallab olib, noqonuniy qurilish ishlarini amalga oshirayotgani holati aniqlandi. Huquqbuzarga nisbatan MJTKning 60-moddasi 3-qismiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va 51 million so'm miqdorida jarima jazosi belgilandi. Ushbu noqonuniy qurilishni 15 kun muddat ichida o'z hisobidan bartaraf etishi fuqaroga tushuntirildi va  yozma ko'rsatma berildi. 🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
نمایش همه...
👍 3
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.