cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Masofatalim™

Masofatalim™ — ta’lim va yoshlar masalalari. Shuningdek, turli mavzularda kuzatuvlar va subyektiv fikrlar. Reklama uchun: @masofatalimbot

نمایش بیشتر
أوزبكستان2 475زبان مشخص نشده استآموزش4 413
پست‌های تبلیغاتی
33 408
مشترکین
-6624 ساعت
-4777 روز
-2 55630 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

O‘zbekistonda rasman ishlayotgan talabalar soni ochiqlandi Jami ishlayotgan talabalar soni 114 135 nafarni tashkil qiladi. Shundan: - davlat tashkilotlarida — 62 754 nafar (55 foiz); - xususiy sektorda — 47 469 nafar (41,6 foiz); - ikkala sektorda — 3 912 nafar (3,4 foiz). @masofatalim
نمایش همه...
🔥 23😢 16👍 10👀 2😱 1
Kontraktga kirgan talaba keyinchalik grantga o‘tib olishi mumkin Platina Podcast’ning navbatdagi sonida abituriyentlar uchun ko‘plab muhim yangiliklar haqida batafsil ma’lumot berilibdi. Video: https://www.youtube.com/watch?v=jkYh5e6uoD4
نمایش همه...
Abituriyentlar diqqatiga! Qabul bo‘yicha eng asosiy yangiliklar – Platina Podcast

Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul jarayonini maqbullashtirish bo‘yicha e’lon qilingan prezident farmoni haqida Platina Podcast’ning navbatdagi sonida suhbatlashdik.

👍 17👀 5😱 3
Tasavvur qilib ko‘ring, Stanford universiteti prezidentlari Richard Saller va Jenny Martinez AQShning Kaliforniya shtatidagi mahallalardan har hafta o‘ziga biriktirilgan yoshlar orasida o‘rganish o‘tkazib, noutbuk, kitob, shaxmat tarqatib yuribdi🤣 Tasavvurni o‘zida qanchalik kulgugli tuyuladi bu. Chunki normal davlatlar bunaqa ahmoqona amaliyotni qo‘llamaydi, hamma o‘z ishini qiladi. @masofatalim
نمایش همه...
🤣 134👍 26👏 6🤬 3👀 3
Oliy ta’lim vazirligi til zabonini yutvormagan bo‘lsa, rektorlarini qutqarishi kerak. Mahallada o‘rganish o‘tkazishga ta’lim odamlaridan boshqasi qolmadimi? O‘sha topshiriq berayotganlarga tushuntirishga yaramaysizlarmi? Bu “OTM rektori, qo‘lida falon ming talaba o‘qiydi, faloncha o‘qituvchi ishlaydi. Bu ta’lim sifatiga qarasinmi yo mahallaga chiqib ishlasinmi, nima qilsin” deyish shuncha qiyinmi? Janob vazir, rektorlaringizni himoya qilib, ular o‘z ishi bilan shug‘ullanishiga zamin yarata olasizmi yoki qo‘lingizdan kelmaydimi? @masofatalim
نمایش همه...
👍 80🤬 14🔥 2 1👀 1
Rektorlar mahallada o‘rganish o‘tkazib, kitob yoki noutbuk tarqatishi emas, o‘zi rahbarlik qilayotgan OTMning ta’lim sifati bilan shug‘ullanishi kerak. Hamma o‘zining ishini qilsin. Ba’zida shu rektorlarga odamning rahmi kelib ketadi. Topshiriq tushadi, bular o‘zining funksional vazifasiga kirmasa ham bajarishga majbur bo‘ladi. Hech yo‘q shu ta’lim odamlariga tegmaslik lozim. Rasmda Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Sobirov. @masofatalim
نمایش همه...
😢 47👍 19👀 3🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
Ta’lim krediti endi faqat kunduzgi ta’limda oʻqiyotganlarga ajratilarkan. Qolgan yangiliklar rasmda. @masofatalim
نمایش همه...
🤬 41👍 32😱 16👀 8🫡 3
Photo unavailableShow in Telegram
Talabalari xorijda tahsil olishi bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda 5-o‘rinda! Statista portali UNESCO ma’lumotlari asosida taqdim etgan xabarga ko‘ra, O‘zbekiston xorijda tahsil olayotgan talabalari soni bo‘yicha dunyodagi beshinchi mamlakat hisoblanadi. Xorijda o‘qiyotgan xitoylik talabalar soni 1 millionni tashkil qilgan bo‘lsa, hindistonlik talabalar 508 mingga yetgan. Ro‘yxatning keyingi o‘rinlarida Vetnam (137 ming), Germaniya (126 ming) va O‘zbekiston (110 ming) turibdi. Achinarlisi shuki, o‘zimizda sifat yetishmasligi sabab ko‘pchilik xorijni tanlayotgan bo‘lsa, masalaning boshqa quvonarli tomoni, migrantlar soni bo‘yicha emas, xorijda ilm olayotgan yoshlar soni bo‘yich TOP-5 talikda ekanimiz xursand qiladi. @masofatalim
نمایش همه...
👍 91👀 12😢 5😱 2🤬 2
Buxoroda OTM o‘qituvchisi pora bilan ushlandi Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti o‘qituvchisi Sh.Sh. fuqaro M.J. ga tanishlari orqali “Milliy til sertifikati”ni olib berishi evaziga 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Hozirda jinoiy qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqida Prokuratura departamenti xabar berdi. @masofatalim
نمایش همه...
👏 22👍 16👀 3🤬 1🫡 1
❗️Oliy ta’lim muassasalariga hujjatlarni qabul qilish 5-iyundan boshlanadi. @masofatalim
نمایش همه...
😱 45👍 26 17🫡 1
Bugun O‘zbekiston ilm jamiyati uchun quvonarli kun bo‘ldi. Iqtisodchi Botir Qobilov dunyoda nufuzi bo‘yicha 3-o‘rinda turadigan Harvard universitetida PhD unvonini olgan birinchi o‘zbekistonlik bo‘ldi. Bundan tashqari, yana bir olim hamyurtimiz Damir Musayev genetika sohasidagi doktorlik ishini AQSHning Yel universitetida muvaffaqiyatli himoya qilib, fan doktori ilmiy darajasiga ega bo‘ldi. Manba @masofatalim
نمایش همه...
👍 148🔥 31👏 23 16🤬 3