fa
Feedback
Ramazon Oyi🌙✨

Ramazon Oyi🌙✨

رفتن به کانال در Telegram

Рамазон ойи 🌙 каналга ҳуш келибсиз! Рамазон ойига оид барча янгиликлар шу ерда! Рӯзага оид барча Савол-Жавоблар бизда. https://t.me/Ramazonguppasi @REKLAMA_QURONTVUZ ☆┈☆┈☆┈☆┈☆

نمایش بیشتر
6 276
مشترکین
-1724 ساعت
-857 روز
-37330 روز
آرشیو پست ها
Isyon qilish hech qachon toʻgʻri yoʻl boʻlmagan. Chunki bunda hoʻl-u quruq barobar yonadi. Isyonkorning oxiri oʻzida borlarin
Isyon qilish hech qachon toʻgʻri yoʻl boʻlmagan. Chunki bunda hoʻl-u quruq barobar yonadi. Isyonkorning oxiri oʻzida borlarini ham nobud qilish bilan yakun topadi. https://t.me/Ramazon

Menga ham o‘rgatgin ketmon chopishni, Shu xoyin nafsimni chopib tashlayin. Kibrlar yo‘lidan tortib o‘zimni, Qaynagan dalangga tomon boshlayin. Bo‘g‘zimga tiqilar, qo‘ling yetmagan, Shohona taomlar, nozli dasturxon. Aytchi, nega kerak quyuq davralar, Sen suvga botirib tursang qotgan non. Ota, bo‘ldi ortiq chiday olmayman, Ko‘nglim mag‘orlanib ketdi shaharda. Onamni, dalamni unitib qo‘ymay, Yo‘lga otlanaman erta, saharda. Ota eng buyuk zot Xudodan keyin, Tillarim chaynalsin yolg‘on gapirsa. Kamoliddin Egamqulov https://t.me/Ramazon

photo content

photo content

Bu rashk bizlarga Oiysha r a onamizdan merosdur.... https://t.me/Ramazon
Bu rashk bizlarga Oiysha r a onamizdan merosdur.... https://t.me/Ramazon

🎙 59 қисм «Мўминнинг яшашга хаққи борми» 📚 2-китоб 🌹 БАРЧА ЯҚИНЛАРИНГИЗГА ЖЎНАТИНГ 📲 ☪️ https://t.me/Ramazon

Saodat asri qissalarini davomini kutvotganla bormi?

Biroz avaylagin, qayg'ur iltimos, Dardlar ko'chasidan o'chirgin izim. Men deb joni kuygan o'zingsan xolos, Qalbimni asramay qo'yganman o'zim. Alamlar go'yoki otilgan bir o'q. Nishon bo'lib turgan bilmayin to'zim Uni sendan boshqa mehriboni yo'q, Qalbimni asramay qo'yganman o'zim. Malham bo'l, hayotga qaytargin uni, hali umidlar bor ishon, chin so'zim. Qanday bilmayman-u, uddala buni, Qalbimni asramay qo'yganman o'zim. https://t.me/Ramazon

Абу Хурайра розияллоху анхудан ривоят қилинади: 'Набий соллаллоху алайхи васаллам: 'Албатта Аллох суратларингизга ва молу дунёларингизга назар қилмайди. Лекин қалбларингизгга ва амалларингизга назар қилади', дедилар'. Муслим ва Ибн Можа ривоят қилганлар. https://t.me/Ramazon

Tanamiz tuproqdan yaralgan va uning rizqi ham tuproqdan chiqadi, ammo ruhimiz samoviy boʻlib, uning yagona ozuqasi va taskini — Allohning zikridir. ​Siz haqiqatni juda aniq ifodaladingiz. Zikr shunchaki tilda takrorlanadigan soʻzlar emas, balki gʻam-tashvishlar girdobida qolgan qalbning najot kemasidir. Zero, Alloh taolo Qurʼoni Karimda shunday marhamat qiladi: “Ogoh boʻlingizki, Allohni zikr qilish ila qalblar orom olur” (Raʼd surasi, 28-oyat). mulohaza. ​Abdulloh ibn Busr roziyallohu anhudan rivoyat qilingan ushbu hadis Paygʻambarimiz ﷺning eng hikmatli, qisqa va londa soʻzlaridan (javomiʼul kalim) biridir: ​Goʻzal savol: Sahobiy shariat amallaridan charchagani uchun emas, balki barcha ibodatlarni mukammal bajarishga kuch beruvchi, ularni birlashtiruvchi bir "asosiy poydevor"ni izlab soʻradi. ​Oson va buyuk amal: Paygʻambarimiz ﷺ unga eng yengil, ammo savobi ulkan boʻlgan amalni koʻrsatdi. Zikr uchun tahoratli boʻlish, maʼlum bir tomonga qarab oʻtirish yoki maxsus vaqt ajratish shart emas; inson yoʻlda ham, ishda ham, har qanday holatda Rabbini yod eta oladi. ​“Tiling xoʻl (nam) boʻlsin” iborasi: Bu juda goʻzal oʻxshatishdir. Zikr qilayotgan til tirik va hayotga toʻla boʻladi, gʻofil qolgan til esa quruq va qattiq boʻlib qoladi. ​Xulosa oʻrnida: Agar insonning ruhi zikrning halovatidan mahrum boʻlsa, butun dunyo uniki boʻlsa ham koʻngli torayaveradi. Agar qalb zikr bilan obod boʻlsa, hayot qanchalik qiyin boʻlmasin, uning ichi keng va xotirjam boʻladi. ​Alloh taolo barchamizni tillari doimo Oʻzining zikri bilan band boʻlgan, qalblari esa Oʻzining bandaligi bilan halovat topgan solih bandalaridan qilsin. https://t.me/Ramazon

photo content

Sevmoq san'at bo'lsa. Sen qalbimning eng go'zal Asarisan..🤍✨ https://t.me/Ramazon
Sevmoq san'at bo'lsa. Sen qalbimning eng go'zal Asarisan..🤍✨ https://t.me/Ramazon

Qiyomat kuni insonlar eng avval namozdan soʻroq qilinadilar. Ulug' Alloh hamma narsani juda yaxshi bilgan holda malaklardan: “Qarang bandamning namoziga, hammasini ham o'qibdimi yoki oʻqimagan namozlari ham bormi?”, - deb so'raydi. Qaraydilar. Oʻqimay qoldirgan namozi boʻlmasa, “Namozi toʻliq”, deb yozadilar. Bordi-yu oʻqilmay qolgan namozlari borligi qayd etilsa, unda Alloh taolo: “Qarang-chi, qoʻshimcha nafl namozlari bormi?” deydi. Qaraladi. Agar nafl namozi bulsa, Ulug' Mavlo: “Bandamning qazo namozi o'rnini nafl namozlar bilan toʻldiring”, deb marhamat qiladi. Undan keyin boshqa amallari hisob kitob qilinadi. Inson umrini qaysi yo'lda o'tkazgani, ilmi bilan nima amal qilgani, molini qanday topib, qayerga sarflagani, badanini qaysi yo'lda qaritgani va hokazo savollarning javobini bermaguncha, qiyomat kuni turgan joyini tark eta olmaydi. Qiyomat kuni eng avval uch toifa hisob-kitob qilinadi: Biri dunyo hukmiga ko'ra shahid hisoblangan odam. U Alloh taoloning huzuriga keltiriladi. Ulug' Mavlo unga berilgan ne'matlarni xotirlatadi. U ham bu ne'matlarga erishganini etirof etadi. “Hoʻsh, bu berilgan ne'matlar evaziga nima qilding?” “Sening yoʻlingda jang qildim va oqibat-da jonimni bu yoʻlda berdim, shahid boʻldim.” “Yolgʻon aytyapsan. Sen aslida falon odam jasur, qahramon desin deb jang qilding, kutgan gaplar sen xaqingda aytildi. Shunday qilib orzuyingga erishgan boʻlding. Endi bu yerda senning bizdan oladigan narsang qolmadi”. Keyin buyuriladi: sudrab olib boriladi va doʻzahga otiladi. Ikkinchi toifa ilm o'rgangan boshqalarga o'rgatgan, Qur'on o'qigan bir odamdir. U ham huzuri Ilohiyga keltiriladi. Alloh taolo unga ham ne'matlarni eslatadi. U ham bu ne'matlarni e'tirof etadi. Keyin oʻzaro bunday savol-javob kechadi: “Bu ne'matlar evaziga sen nimalar qilding?” “Ilm o'rgandim, o'rgatdim va senning roziliging uchun Qur'on o'qidim”. “Yolgʻon aytyapsan. Sen aslida olim desinlar, deya ilm o'rganding. Qur'onni chiroyli o'qir ekan, desinlar uchun o'qiding. Kutganing gaplar sen haqingda juda ko'p aytildi. Orzuyingga erishding hisob”. Keyin buyuriladi: sudralib, jahannamga tashlanadi. Uchinchisi Alloh boy qilib qo'ygan, turli mol-mulk bergan kimsadir. U odam ham keltirilib, ne'matlar eslatiladi. U ham bu nematlarga erishganini e'tirof etadi. "Xoʻsh bu ne'matlar evaziga sen nima qilding?" "Sen sarflashni buyurganing hech bir yoʻlni qoldirmadim, har birini doim sening roziliging yoʻlida sarfladim". "Yolgʻon aytyapsan. Sen aslida falonchi juda saxiy desinlar, deb bu ishlarni qilding. Orzu qilganlaring aytildi. Bu yerda bizdan oladigan narsang qolmadi". Keyin buyuriladi: u odam ham sudralib, doʻzaxga eltiladi. "Saodat asri qissalari" dan. https://t.me/Ramazon

#ЖУМА_МУБОРАК ✨Қадрдонларим муборак Жуманинг файзи барокати сизга бўлсин 🌙 Энг яқин инсоним кириб келган “Жума” куни муборак бўлсин. 😀 ЯҚИНЛАРИНГИЗНИ БИРИНЧИЛАРДАН БЎЛИБ ТАБРИКЛАНГ ⚡️ @QuronTvUz

Аёл тақдири. Яхши аёл дунёдаги энг яхши одамга турмушга чиқиши мумкин. Муҳаммад алайҳиссаломнинг завжалари Оиша розияллоҳу анҳо мисоли. Бу турмуш Оиша онамизнинг Аллоҳга муҳаббатларини сусайтирмади ва жаннат вожиб бўлди. Яхши аёл дунёдаги энг ёмон одамга ҳам турмушга чиқиши мумкин. Фиръавннинг хотини Осиё мисоли. Бу турмуш Осиё онамизнинг Аллоҳга муҳаббатини сусайтирмади ва жаннат вожиб бўлди. Ёмон аёл дунёдаги энг ёмон одамга турмушга чиқиши ҳам мумкин. Абу Лаҳабнинг хотини Умму Жамил мисоли. Бу турмуш уларнинг Аллоҳга исёнини ўзгартирмади ва жаҳаннам вожиб бўлди. Ёмон аёл дунёдаги энг яхши инсонга ҳам турмушга чиқиши мумкин. Лут алайҳиссаломнинг кофир хотини мисоли. Бу турмуш кофир аёлнинг Аллоҳга исёнини ўзгартирмади ва жаҳаннам вожиб бўлди. Яхши аёл ҳеч ким билан турмуш қурмаслиги ҳам мумкин. Марям онамиз мисоли. Шунда ҳам Аллоҳ унинг даражасини дунёдаги барча аёллардан устун қилиб қўйди ва жаннат вожиб бўлди. https://t.me/Ramazon

Шайтон яралганидан бошлаб уч марта йиғлаган экан. 1. "Шайтон" деб ном олганда! 2. Пайғамбариммиз Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи в
Шайтон яралганидан бошлаб уч марта йиғлаган экан. 1. "Шайтон" деб ном олганда! 2. Пайғамбариммиз Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи васаллам бу дунёга келганларида! 3. Учинчи марта жудаям қаттиқ бақириб йиғлаган экан! Фаришталар — Нега бундай йиғлаяпсан? — деб сўрашганда. — Ер юзига Фотиҳа сураси туширилди. Кимки бомдод намозидан олдин Фотиха сурасини ўқиса, гуноҳлари ювилиб янги туғилган гўдакдек бўлиб қолади, — деб жавоб қилган экан. https://t.me/Ramazon

​​🌙ИСЛОМДА АЁЛНИНГ ЎРНИ Эркак киши хотинига хиёнат қилса, тошбўрон бўлади. Иккинчисига уйланса-ю, адолат қилмаса, маҳшарда бир томони ишламаган ҳолда тирилади. Агар эркакка аёлига бериладиган маҳр белгиланиб туриб, уни бермаса, ўғри ҳисобланади. Агар талоқ қилса, аёлидан ҳеч нарса олмайди. Агар аёлнинг меросдаги улушини еб кетса, Аллоҳ белгилаган чегарани бузган бўлади. Ким чегарани бузса, ўзига зулм қилибди. Хотинини уриб хорлаганлар пасткаш, уларни икром қилганлар олижанобдир. Эр хотинини олти ойдан кўп муддат ташлаб қўйса, аёлнинг ажралишга ҳақи бўлади. Эркак хотинига онаси каби муомала қила олмайди. Агар эр хотинига “сен менга онамнинг орқаси кабисан” деса, унинг бўйнига қул озод қилиш ёки 60 та мискинга таом едириш ёки олтмиш кун рўза тутиш лозим бўлади. Агар эр хотинини ёмон кўрса, сабр тавсия этилади. Эҳтимол, Аллоҳ унда кўп яхшиликларни яшириб қўйгандир?.. Агар эр хотинидан ажралса, унинг фазлини унутишга ҳақи йўқ; болаларини тортиб олмайди. Аёлнинг моли ҳурдир. Агар эрига садақа қилса, иккита ажр олади. Агар ман этса, эр ҳеч нарса қилолмайди. Аёлга нисбатан ҳар қандай ҳаддан ошиш жазоланади. Эр унинг таоми, ичимлиги, кийими ва масканига масъул. Эҳтиёжларига қоим туриш мажбурият. Хотиннинг эрига итоат қилиши эса Аллоҳ йўлидаги жиҳоддир. Агар эр хотинини яхшиликка буюрса, унга итоат қилади, гуноҳга чорласа, “Холиққа осий бўлинадиган ўринда махлуққа итоат йўқ”. Киши аёлини ҳимоя қилиб ўлса, шаҳид ҳисобланади. Аёл учун Набий алайҳиссалом Бани Қайнуқога қарши урушганлар. Аёл сабаб халифа Муътасим қўшинини Амурияга олиб борди. Бу – аёлнинг Исломдаги ўрни. Ғарбдаги ўрнини ҳам бир кўрсатинг-чи! https://t.me/Ramazon