cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Baytul ilm

Maqsadimiz: ✔️Arab tiliga doir darslar ✔️Arab tiliga oid foydali kontentlar va materiallar ✔️Ko'proq arabcha kitob o'qish va unga targ'ib qilish ✔️Shaxsiy fikr va tajribalarni bo'lishish Murojaat uchun: @Mutarjimarabiy Manba ko'rsatilsin!

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
3 129
مشترکین
-324 ساعت
-37 روز
-4330 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

/B2
نمایش همه...
Al-manhajul a'lamiy C1 kitobidan kurs. Darsga qatnashish uchun talablar: Kitobni asl nusxasini olish; darsni tezlashtirilgan shaklda olib borish uchun B1+/B2 darajadagi kitoblarni tugatgan bo‘lish; grammatikadan fundamental bilimga ega bo‘lish; bosim bilan ishlay olish, vazifalarni qoldirmay bajarish; darsga kech qolmaslik. Shuningdek, o‘z ustida ishlashni maqsad qilgan talabalar qabul qilinadi. Dars qoidalari: Bir oyda 3 marotabadan ko‘p vazifa jo‘natmagan; Bir oyda 3 marotabadan ko‘p sababsiz darsga kirmagan; Guruh bo‘lib ishlashda mas'uliyatsizlik qilgan talabalar guruhdan chetlashtiriladi. Darslar zoom dasturi orqali haftada 3 marotaba 1,5-2 soat davomida bo‘lib o‘tadi. Dars vaqti: Seshanba, payshanba, shanba kunlari ertalab 5.00 Dars boshlanish sanasi: 31.05.2024. Juma. Shuningdek, Al-manhajul a'lamiy B1 kitobi boshidan ham kurs boshlanmoqda. Dars vaqti: Dushanba, chorshanba, juma kunlari 21.00. Dars boshlanish sanasi: 31.05.2024. Juma. Murojaat va qo‘shimcha ma'lumotlar uchun: @Mutarjimarabiy @arabictadriys
نمایش همه...
5👍 2💯 1😭 1
👍 3
Arab tilidan darslarga qatnashishga vaqtingiz to‘g‘ri kelmayapti. Vaqtida ishtirok etishga qiynalyapsiz. Yoki guruhning darajasi bilan sizning darajangiz farqli. Darslardan biroz ortda qoldingiz. Yoki ildamlab ketib, kitobni tezroq o‘zlashtirishni xohlaysiz. Darsga kirishdan oldin. Tayyorgarlik qilib kirishni istaysiz. Mustaqil o‘zlashtiruvchi talabalar uchun quyida yozib olingan darslar taklif qilinadi: 1. Al-manhajul a'lamiy A1-A2.(Ikkalasi birga taqdim etiladi.) 2. Al-manhajul a'lamiy B1. 3. Al-manhajul a'lamiy B2. 4. Al-manhajul a'lamiy C1. (Ko‘proq matnlariga e'tibor qaratilgan.) 5. Al-manhajul a'lamiy C2. (Faqat matnlari ko‘rilgan.) 6. Fahmul maqru'. Darslar mualliflik huquqi qoidalariga muvofiq kitobning asl nusxasini olganlar uchun taqdim etiladi. Manhaj kitobining yozib olingan darslari sotilishi uchun muallifdan ruxsat olingan. Qo‘shimcha ma'lumot uchun @Mutarjimarabiy ga murojaat qiling. @arabictadriys
نمایش همه...
3👍 2🤝 1
Photo unavailableShow in Telegram
Uylanish-la kamolotga yetarmiz deb o‘ylarlar, Kamolotga yetishish amri mahol, Xoh uylan, xoh uylanmay o‘t, Nadomatda bo‘larsan har qanday hol. Shoir : Ibrohim Jamol Manba: @itqontaliym @arabictadriys
نمایش همه...
😁 30🤣 14💯 3👍 2👎 2
Photo unavailableShow in Telegram
Uylanish-la kamolotga yetarmiz deb o'ylarlar, Kamolotga yetishish amri mahol, Xoh uylan, xoh uylanmay o't, Nadomatda bo'larsan har qanday hol. Shoir : Ibrohim Jamol Manba: @itqontaliym @arabictadriys
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Uylanish-la kamolotga yetarmiz deb o'ylarlar, Kamolotga yetishish amri mahol, Xoh uylan, xoh uylanmay o't, Nadomatda bo'larsan har qanday hol. (Shoir : Ibrohim Jamol) Manba: @itqontaliym
نمایش همه...
Repost from Baytul ilm
Sobahul xoyr Odatda til o'rganish uchun juda ko'p metodlarni qidiramiz yoki ulardan foydalanib ko'ramiz. Ba'zan o'zimizda borlari, hatto ming yilliklarini unutganday bo'lamiz. Shulardan vazifa qilish vaqtini saharga mo'ljallash. Ko'plab mo'tabar kitoblarimizdan tongning fazilati, tongning barokoti haqida o'qiganmiz yoxud eshitganmiz. Tajriba ham tongda qilingan ishlar fayzliroq, barakaliroq va sermahsulroq ekanligini tasdiqlaydi. Shayx hazratlaridan shuncha ilmiy faoliyat uchun qanday ulgurishlari haqida so'rashganda, yoshliklaridan boshlab (adashmasam olti yoshlaridan boshlab), bomdoddan keyin uxlamasliklarini aytgan ekanlar. Bir suhbatda Muhammad Ali aka Eshonqulov (@Muhammadali_Eshonqulov) talabalik davrida kunduzi 50 bet kitob o'qisak, saharda bu miqdor 200 bet bo'lardi degan edilar. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "بورك لأمتي في بكورها" Ummatimning tonggiga baraka berildi va اللهم بارك لأمتي في بكورها Ey Allohim, ummatimning tonggiga baraka ber deb duo qilgan ekanlar. Ertalab uxlab qolmaslik uchun arab tili o'qigan inson borki, bilmay qolmaydigan نم باكرا قم باكرا oltin qoidasiga amal qilish va budilnikni uzoqroqqa qo'yish yaxshi foyda berar ekan. Muhimi, xufton namozini o'qib bo'lish bilanoq imkon qadar ertaroq uxlash. Yana bir lifehack 😅. Kechqurun yotishdan oldin ertalab tongga bir qancha ishlarni bog'lab qo'yish ham samarali ekan. Masalan, ertalab tursam mazza qilib kofe ichaman, tort yeyman yoki undanda muhimroq ishlar bomdod o'qiyman, darslarimni tayyorlayman va hokazo. Uchta yoki to'rtta ishni bog'lab qo'ysangiz ham juda yaxshi. Biz ham guruhlarimiz bilan kelishib, darslarni ertalab soat beshga ko'chirgandik. Shu guruhlarimizdan biri bilan juma kunidan B1 المنهج العالمي kitobini boshlayapmiz. Zarur bo'lsa, @Mutarjimarabiy ga murojaat qilaverasiz. Shuningdek, o'zingiz uchun #tong40 challenge ini uyushtirib ko'ring. Unda nima bo'lsa ham 40 kun tongda uxlamaslikka harakat qiling. Bir narsa muttasil qirq kun davomida bajarilsa, odat bo'lib shakllanishi oson bo'lar ekan. Albatta, qirq birinchi kundan sizda doimiy odat bo'lib qolmasligi mumkindir balki, ammo, ko'nikma bo'lib qolish ehtimoli sezilarli darajada yuqorilaydi. Muhimi, tongda turib hayotning yorqin tarafida bo'lamiz 😌. https://t.me/arabictadriys
نمایش همه...
Baytul ilm

Maqsadimiz: ✔️Arab tiliga doir darslar ✔️Arab tiliga oid foydali kontentlar va materiallar ✔️Ko'proq arabcha kitob o'qish va unga targ'ib qilish ✔️Shaxsiy fikr va tajribalarni bo'lishish Murojaat uchun: @Mutarjimarabiy Manba ko'rsatilsin!

1
ما خرج من القلب فهو إلى القلب Qalbdan chiqqani qalbga yetadi. @arabictadriys
نمایش همه...
💯 21👍 6 4🤔 3😢 2😭 2
Mashhur asar "Dunyo boʻylab 80 kun" kitobini arab tilida o‘qing. Kinosini ko‘rmagan odam bo‘lmasa kerak 😅. @arabictadriys
نمایش همه...
5👍 3