cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Koreya Hayoti (Daily English)

Ushbu kanal avval o’zimni teacherlik faoliyatimga bag’ishlangan edi. Endi esa ushbu kanalda Koreadagi hayotimdan lavhalar tashlab boraman.

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استزبان مشخص نشده استسیاست33 081
پست‌های تبلیغاتی
180
مشترکین
-124 ساعت
-77 روز
-1130 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Филм тавсия #тарих #филм Шундай кинолар бўлади, кўриш камлик қилади. Алоҳида диск қилиб, кутубхонанг токчаларига териб қўйгинг келади. Шундай кинолар бўлади, кўриш камлик қилади. У билан бирга нафас оласан, яшайсан. Шуурингни узоқ вақт(балки, бутун умр) тарк этмайди. Жисмингни бир қисмига айланиб кетади. Шундай кинолар бўлади, уни голливуд режиссорлари ишламаган. Унда голливуд юлдузлари рол ижро этмайди. Уни ИМДБ рейтинг тугул ТВдан ҳам кўрсатишмайди. Шунақа филмлардан бири режиссор, ўзбек филм дарғаларидан Шуҳрат Аббосов ижодига тегишлидир. "Отамдан қолган далалар" - яқин ўтмиш тарихимизнинг қонли даврларини кўринг, фикр юритинг, хулоса қилинг. 👉https://youtu.be/-A7Mbll4TGM?si=f21rJeFoMUnClQ5V
نمایش همه...
Otamdan qolgan dalalar - retro (o‘zbek kino) | Отамдан қолган далалар - ретро (ўзбек kino)

Otamdan qolgan dalalar - retro (o‘zbek kino) | Отамдан қолган далалар - ретро (ўзбек kino) o'zbekkino @ Facebook:

https://www.facebook.com/uzbekkino.uz/

o'zbekkino @ Instagram:

https://www.instagram.com/uzbekkino_official/

o'zbekkino @ Telegram:

https://t.me/uzbek_kino

🔥 2
Bugun sizlarga Kpop haqida gapirib beraman. Aniqrog’i hozirgi Kpopning Janubiy Koreya iqtisodiyotiga olib kelgan foydasi haqida gapurib beraman. Google Bardning Hyundai Tadqiqot instituti ma’lumotlariga asoslanib aytishi bo’yicha, 2019-yilda Kpop Koreya iqtisodiyotiga 4.9 mlrd dollar miqdorida foyda olib kelgan. Bunga albom sotuvlari, konsert chiptalari sotuvlari va h.k lar kiradi. Bundan tashqari Kpop Koreya eksportini 1.1 mlrd dollarlik ko’proq mahsulotlarni eksport qilishiga sababchi bo’lgan. Umuman olganda Kpop Koreyaning butun dunyodagi obro’si o’sishiga sabab bo’lgan. Alohida raqamlarni ham keltirib o’tsam, Google Bardning aytishicha: 1. 2019-yildagi BTSning dunyo bo’ylab bergan konserti 1 mlrd dollardan oshiq foyda olib kelgan. 2. 2020-yilda salkam 32 mln dona Kpop albomlari butun dunyo bo’ylab sotilgan. 3. 2021-yilda esa Kpop oz emas ko’p emas naqd 7.9 mrld dollar Janubiy Koreya iqtisodiga olib kelgan. Man to’g’risi hozir O’zbekistonda Kpop yoshlar orasida qanchalik mashhurligini bilmayman. Chunki mani atrofimdagi insonlar kpop eshitishmas edi. Lekin, ba’zi studentlarim partlari yurakchani ichiga BTS deb yozib ketisharidi 😅. Lekin, kpop ning ta’sirini Sharqiy Osiyo va ayniqsa G’arbda yaqqol ko’rsak bo’ladi. Aynan, BTS, BLACKPINK, va Kdrama larni orqasidan Koreya kelib yashayotgan, shu yerda ishlayotgan bir nechta amerikalik, angliyalik, avstraliyalik o’rtoqlarim va ularning o’rtoqlari bor. Siz ham Kpop vaa Kdramalarga qiziqasizmi? O’z fikrlangizni izohlarda yozib qoldiring!!! Aytgancha, kpopga qiziquvchi do’stlariz bilan ham ulashib qo’ying.
نمایش همه...
👍 1🔥 1
Repost from AKADEMIK BURCHAK
‼️Turli mamlakatlarning davlat stipendiya dasturlari veb-saytlari ro'yxati Avstriya Akademik almashinuv xizmati - magistratura, PhD, stajirovka:
(Sayt: https://www.oead.at/)
Xitoy hukumati stipendiyalari - bakalavr, magistr, doktorantura, stajirovka
(Sayt: http://www.csc.edu.cn/laihua/scholarshipen.aspx)
Turkiya Respublikasi hukumati stipendiyalari. magistratura, aspirantura, turk tili kurslari
(Sayt: https://www.turkiyeburslari.gov.tr/en/english-home/)
Shveytsariya hukumati stipendiyalari - magistratura, PhD:
(Sayt: https://www.sbfi.admin.ch/sbfi/en/home.html)
Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim uchun Koreya hukumati stipendiyalari - magistratura, PhD:
(Sayt: http://www.niied.go.kr/index.do)
Shvetsiyadagi akademik dasturlar - magistratura, PhD:
(Sayt: https://studyinsweden.se/scholarships/
Ma'lumotlarni chetda o‘qishni niyat qilib yurgan do‘stlaringizga yuboring 👉@akademik_burchak
نمایش همه...
Ushbu videodagi opa 2016-yildan beri Koreyada. Instagramda mokhinu_barista nomi bilan Koreya haqida blog yuritadi. Hammaga tavsiya qilaman. Undan tashqari, videodagi fikrlarga 100% qo’shilaman. Koreyada demokratiyaning haqiqiy ko’rinishini ko’rishiz mumkin. Hattoki Amerikada ham bu darajada emas (ushbu fikr amerikalik o’rtoqlarimni Koreyadagi amerikalik o’rtoqlarimni kechinmasiga ko’ra aytilmoqda).
نمایش همه...
👍 4
Repost from mokhinur_barista
01:00
Video unavailableShow in Telegram
Vanixoyat va’da qilgan videoim tayyor❤️‍🔥
نمایش همه...
IMG_3336.MOV20.85 MB
🔥 4
👍 1🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
🔴 XALI HAM ISH IZLAYABSIZMI 🏠 Uyda o'tirgan xolda ISH toping Yurtimiz boʻylab barcha TEZKOR ⚡️ BOʻSH ISH OʻRINLARNI qoʻlga kiriting 📌 Ish topish uchun quydagi link ustiga bosing …………………..⬇️….……………….. https://t.me/fargona_ish_tezkor ⬇️Kanalga obuna boling⬇️ 👇👇👇👇 https://t.me/fargona_ish_tezkor
نمایش همه...
Kecha ishlayotganimda bir narsa xayolimga kelib qoldi. Shu narsani sizlar bilan ham bo’lishmoqchiman. Bu milliy g’urur haqida. Janubiy Koreyaning ham Shimoliy Koreyaning ham bir umumiy kesishgan nuqtasi bor - bu shuki, koreyslar (ham shimollik, ham janublik) yaponlarni u darajada yoqtirishmaydi. Garchi hozirda Janubiy Koreyaning Yaponiya bilan aloqalari yaxshi bo’lsada, oddiy xalqi baribir yaponlarga nisbatan salbiy qarashga ega. Buning sababi esa Yaponlarning Koreyadagi mustamlakachilik siyosati. Yaponlarning koreyslarning boshiga olib kelgan talafotlari va ularga yetkazgan, jismoniy va ma’naviy jinoyatlarini hali ham koreyslar unutishmagan. Endi Shimoliy Koreyaga kelsak. Shimoliy Koreya esa Janubiy Koreyada farqli ravishda AQSHni ko’rgani ko’zi, otgani o’qi yo’q. Sababi esa oddiy - AQSH Shimoliy Koreyada ko’plab insonlarni o’ldirgan va janubliklar bilan birga bizga hujum qilgan deyishadi. Hindiston. Hozirda Hindistonda Britaniya mustamlakachiligiga nisbatan salbiy qarash yuqori. Va hindlar hattoki Britlardan mustamlakachilik davri uchun tovon talab qilishga ham shaydirlar. O’zbekiston. Bizda esa, MANIMCHA, milliy g’urur degan tushuncha ohirgi yillarda unitib qo’yilgandek yokida shunga harakat qilinyapti kamida. Hattoki Karimov davrida ham Rossiya bosqinchiligi haqida ko’p gapirilar edi. Hozir esa bunday materiallar mediada juda kamayib ketgan. Agar tarixni varoqlab chiqsangiz, ruslar va arman dashnoqlarini tarixiy shaharlarimizda qanday vaxshiylik qilganiga guvoh bo’lasiz. Masalan, Marg’ilon va Qo’qonda bosqinchi rus armiyasi mahalliy aholi ko’kraklarini o’tmas pichoqlarda kesishgan, yosh bolalarning boshini jodida kesishgan. Qarshilik qilgan er-yigitlarni esa xochlarga osishgan (“Qarg’alar” Sevara Nazarkhan, qo’shig’ini tinglang). Bunday vaxshiyliklarning yana davom ettirish mumkin… Hozir esa O’zbekistonda Abror Muxtor Aliy ijtimoiy tarmoqlarda chiqvolib, “Rossiyani o’tmishda qilgan ishlari uchun yomon ko’rmasligimiz kerak” deya bong urmoqda. Abror Muxtor Aliy domlaning diniy ilmiga hurmat saqlagan holatda shuni aytmoqchiman-ki, agar Xudo ko’rsatmasin, Hindiston yoki ikki Koreyaning birida biror bir aqli sog’lom, katta auditoriyaga ega va yaxshigina o’qigan odam chiqvolib biz inglizlarni yokida yaponlarni o’tmishda qilgan ishlari uchun yomon ko’rmasligimiz kerak yokida shu mazmunda ularni mustamlakachilik siyosatiga xayrihoh bir og’zim gap aytsa, hindlar va koreyslar o’sha odamni imkoni bor har qanday yo’l bilan bo’lsa ham bir nima qilishadi (Shimoliy Koreyada esa shunaqa o’ylashni boshlasayoq oila a’zosi bilan otib o’ldiriladi :)) Unutmang, o’sha paytdagi bosqinchi ruslar musulmonlarga qarshi qilgan ishlarni, hali beri Isroil Falastin musulmonlariga ham qilmagan. P.S. Shaxsan man Rossiyaning hozirgi hukumatidan Rus bosqinchilik siyosati natijasida aziyat chekkan barcha millatlardan, shu jumladan, biz Markaziy Osiyoliklardan ham uzr so’rashi kerak.
نمایش همه...
2👍 1🔥 1
Kecha 28-sentyabr kuni Janu iy Koreyaga kelganimga naqd 1 yil to’ldi. Bu vaqt davomida juda ko’p narsalar sodir bo’ldi. Qiyin kunlar ham bo’ldi, yaxshi kunlar ham bo’ldi. Lekin bularning bari mani foydam uchun, man yana ham experienced bo’lishim uchun xizmat qildi. Va umumiy holatda mani Koreyadagi hayotim ancha maroqli kechyapti - Xudoga shukur. Shu davr davomida juda ko’p narsalar o’rgandim. Janubiy Koreyadagi tartib-intizom, qonunlarning ishlashi va albatta Koreyaning go’zal tabiati mani har doim xursand qiladi. O’tkan bir yil davomida bir talay O’zbek va chet ellik do’stlar orttirdim. Networkim ancha kengaydi. Universitetda soham bo’yicha ma’lum bir darajada yaxshi narsalar o’rgandim. Eng asosiysi, bolaligimdagi orzularimga birma bir erishyapman - Xudoga shukur. Xudo xohlasa, kuni kelib O’zbekistonga qaytganimda shu o’rganga narsalarimni Vatanda ham qo’llashga harakat qilaman.
نمایش همه...
🔥 4👍 3
Repost from Kun.uz | Online
00:18
Video unavailableShow in Telegram
Foydalanishda ehtiyotroq bo’lish talab etiladi: yangi iPhone osongina egilishi ba sinishi ma'lum bo‘ldi iPhone 15 Pro Max'ning titandan yasalgan korpusi osongina egilishi va sinishi ma’lum bo‘ldi. 👉 @kunonline
نمایش همه...
998-VIDEO PROSMOTR.mp42.04 MB
👍 1😱 1