cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Mashinasozlik fakulteti_matbuot xizmati_official

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
991
مشترکین
-224 ساعت
-157 روز
-1130 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

🏢 Joriy yilning 15 iyun kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Mashinasozlik fakulteti talabalarga “Kredit-modul tizimi” hamda  Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining “Odob-axloq” kodeksi qoidalarga rioya etish yuzasidan ma'lumotlar berildi. 📊 Tadbirda fakultet dekani N.N.Mirzayev, dekan muovinlari Sh.Zulponov, M.Xudoyberdiyev, "Xizmat ko'rsatish texnikasi" kafedrasi mudiri D.Samandarov, katta o'qituvchi A.Usenov, tyutor G.Maksimkulova hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar. ✅ Tadbir jarayonida “Kredit-modul tizimi”, universitet “Odob-axloq” kodeksi qoidalari, to‘lov shartnoma bandlarini bajarilishi, yangilangan “GPA” ko‘rsatkichlaridagi o‘zgarishlar, kredit-modul tizimi bo‘yicha qoldirilgan darslarni o‘zlashtirish to‘g‘risida to‘liq ma'lumotlar berilib, talabalarni qiziqtigan savollariga aniq javoblar berildi.
نمایش همه...
👏 3
Photo unavailableShow in Telegram
15-IYUN SANASIDA TAVALLUD TOPGAN TALABALARIMIZNI TABRIKLAYMIZ! OʻQISHLARINGIZGA VA KELAJAKDAGI ISHLARINGIZGA OMADLAR YOR BOʻLSIN! OLDINGIZGA QOʻYGAN MAQSADINGIZGA ERISHISHINGIZDA TILAKDOSHMIZ! URAZBAYEV ASIRBEK 100-20 DAVIDOV VALERIY 90-20 USANOV ISKANDAR 99-22 SHODIYEV ASLIDDIN 102-22 KARIMOV SHUXRAT 86-23 ABDULXAKOV AZAT 89-23 FAYZULLAYEV MUZAFFAR 105-21 SHOVKATOV SHOKIR 24S-21 QO‘LDASHEV ASQAR 24S-21 XOLBOBOYEV NODIRBEK 111-22 KARIMOV DONIYORBEK 113-22 TURAKSHAYEV BAQITJAN 25Sa-21 POYONOV SAMANDAR 29S-23
نمایش همه...
👍 5
Photo unavailableShow in Telegram
👏 7👍 2
#taqdirlash #fotogaleriya_3Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi tomidan o'tkazilgan "Mirzo Ulug'bek vorislari" tanlovining Respublika bosqichida g'olib bo'lgan universitetimiz talabalari taqdirlanishdi. Faxrli o’rinlarni egallagan talabalarga hamda ularning ilmiy rahbarlariga diplom, estalik sovg’alari hamda pul mukofotlari topshirildi. FacebookInstagram Telegram  | YouTube
نمایش همه...
🏆 3👍 2
#taqdirlash #fotogaleriya_2 Shundan so'ng, oliy ta’lim muassasalari o’rtasida o’tkazilgan “Quvnoqlar va zukkolar” ko'rik-tanlovining PRIMER LIGA o'yinlarining 2-mavsumida faxrli birinchi o'rinni egallagan universitet "Liderlar" jamoasi a'zolari va ma'sullari taqdirlandi. Faxrli o’rinlarni egallagan jamoa a'zolarining barchasiga diplom, estalik sovg’alari hamda pul mukofotlari bilan topshirildi. 👉 Davomi... Facebook | Instagram Telegram | YouTube
نمایش همه...
👍 2
#taqdirlash #fotogaleriya_1 🟥 G'oliblar taqdirlandi. Universitet rektori, akademik Turabdjanov Sadritdin Maxamaddinovich boshchiligidagi universitet rahbariyati oliy ta’lim muassasalari o’rtasida o’tkazilgan “Talabalar teatr studiyasi”, “Quvnoqlar va zukkolar” hamda “Mirzo Ulug’bek vorislari-2024” tanlovlarida faol ishtirok etib, faxrli o’rinlarni egallagan yoshlar diplom, estalik sovg’alari hamda pul mukofotlari bilan taqdirladi. Dastlab oliy ta’lim muassasalari o’rtasida o’tkazilgan “Talabalar teatr studiyasi” respublika bosqichida faxrli 2-o'rinni egallagan universitet "Retro" talabalar teatr studiyasi jamoasi a'zolari va ma'sullari taqdirlandi. 👉 Davomi... Facebook | Instagram Telegram | YouTube
نمایش همه...
👍 2
Repost from Edu.uz
Kelgusi yili O‘zbekiston-Koreya rektorlarining navbatdagi forumi o‘tkaziladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol raisligida ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida muzokaralar o‘tkazildi. Unda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning barcha sohalari va yo‘nalishlari qatori o‘zaro madaniy-gumanitar almashinuvni yanada kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi. Muzokaralar chog‘ida ta’lim sohasida hamkorlik bo‘yicha katta tajriba to‘plangani va o‘tgan yilning mart oyida O‘zbekiston-Koreya rektorlari birinchi forumi bo‘lib o‘tgani alohida ta’kidlanib, kelgusi yili navbatdagi forum o‘tkazilishi ma’lum qilindi. Shuningdek, Oʻzbekistonda Koreya fan va texnologiyalari instituti (KAIST) modeli asosida institut tashkil etish taklifi qoʻllab-quvvatlandi. Koreyalik mutaxassislarni jalb qilgan holda koreys tilini oʻrganish dasturlarini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi. #Mirziyoyev #tashrif #JanubiyKoreya #muzokara
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
نمایش همه...
👍 3
🏡 Joriy yilning 13 iyun kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Mashinasozlik fakultetida tahsil olayotgan talaba - yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida Adiblar xiyobonida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. 📌 Mazkur tadbirda Mashinasozlik fakulteti yoshlar  ishlar bo‘yicha dekan muovini M.A.Xudoyberdiyev, guruh tyutorlari M.Batirov, H.Yunusov, M.Shodmonqulova, G.Maksimkulova, N.Komilov, M.Davlatov hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi. 📌 Tadbirni dekan muovini M.A.Xudoyberdiyev kirish so'zi bilan ochib berdi. Tadbir davomida ustozlar tomonidan Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi, uning asarlari haqida ma'lumotlar berilib iqtidorli talaba-yoshlar o‘zlarining badiiy chiqishlari, asarlardagi qahramonlarni gavdalantrib berishlari  ishtirokchilarga manzur bo'ldi.
نمایش همه...
👍 6👏 1
آرشیو پست ها