fa
Feedback
3 717
مشترکین
-1124 ساعت
-317 روز
+430 روز
آرشیو پست ها
ELCOM
3 717
Elektronika havaskorlariga Elektronikani nimadan boshab o'rganishni bilmayapsizmi? Hammasi ish stoli yasab olishdan boslanadi.  Laboratoriya ta'minlash manbai, payalnik va multimetr bo'lsa boshlanishiga yetarlik, eng oddiy sxemalarni o'rganib amaliyot qilish orqli samaradorlikni oshirish mumkin. Ish stoli bo'lmasa, polga hamma narsa sochib olib, uni yana har safar yig'ishtirib shkafga joylash odamni zeriktiradi. Radiodetallar mayda polda ular bilan ishlash qiyin masala. Boshlanishiga oddiy payalnik olsangiz bo'ladi, men o'zim ham yillar davomida eski, uzoq vaqtda qiziydigan nishi misdan yasalgan payalnik bilan ishlatganman, keyinroq jiddiy shug'ullanmoqchi bo'lsangiz payalnik stansiya olishingiz mumkin. Laboratori ta'minlash manbaini o'zingiz yasab olsangiz bo'ladi, yechimi bor, kopmyuterni eski ta'minlash manbaidan foydalanish mumkin, arzimagan pulga beradi. Multimetrga kelsak qimmatiga pul sarflashga hojat yo'q. UNI-T firmasining UT33C multimetri yaxshi narhi ham cho'ntak ko'taradigan (200 000 so'm) Instrumentlaringiz turi ko'paygani sari ishlashda qulayliklar ortib boradi. Imkon qadar sifatlik instrumentlar sotib oling, poddelka deymizu, shunaqa arzon instrumentlar hatto puliga arzimaydigan bo'ladi, ish stolini tashkil qilayotganingizda hamma sayi-harakatlaringiz bekor qiladi. Esingizda bo'lsin bu narsalar bir marta sotib olinadi, uzoq yillar ishlatish uchun. Elektronika dunyosiga marhamat bu sizga dastlabki bosqichda kerak bo'ladigan narsalar. @elcom_group

ELCOM
3 717
Ustoz va arzon ishchi Birov o‘z ishingizni bir qismini bajarib bersa, unga o‘rganishga yordam berasizmi?" Bu endi ustozlik emas. "Ustoz" so‘zining sinonimlari - repetitor va murabbiy, bu biroz yuqori daraja bilan tushuntiririladi. Tajribali kishi tajribasizroq kishiga maslahat beradi. Bunday holat har bir ish joyida kuzatiladi. Bugungi kunda ko'pchilik kasb egalari arzon/bepul mehnat olish maqsadida ustozlik bilan shug‘ullanadi. Bu boshqa narsa baribir mening nazarimda. Ilgari biz ham tekin mehnat qilib yillab yurib o'rganganmiz deyish mumkin, hozir zamon ancha o'zgardi, oz pulga ro'zg'or qiynalib qoladi. Amaliyot olasan deb vaziyatga qarab ishlatilib ekspluatatsiya qilinadi. Bunda yosh o'rganuvchilarga nimadir o'rgatishi mumkin ammo bu o'z - o'zidan ustozlik emas. Norasmiy tarzda o'zaro og'zaki ish xajmini kelishiladi- bu "o‘rgatish" niqobi ostida o‘smirlar yoki zaif, qatlam vakillarining mehnatidan foydalanishdir. Katta xajmdagi ishga, yoshlarni jalb etib, ularning mehnatidan "tajriba orttirish" bahonasida foydalanib oz haq to'lash sizningcha to'g'rimi? Yo‘q. Har qanday mehnatga adolatli haq to‘lanishi kerak, amaliyotlar esa tekin ishchi kuchiga aylanib qolmasligi lozim. Siz qanday o'ylaysiz? Fikrlaringizni izohlarda kutamiz! @elcom_group

ELCOM
3 717
#Savol: Skuterni 6 ta akkumulyatorini parallel ulab UPSga zaryadga qo'ysak bo'ladimi, UPS 8 amper tok beradi, akkumulyator bittasi 20 amperdan. #Javob: UPSni o'zgarmas kuchlanish chiqishidagi kuchlanish necha volt berishiga bog'liq. Chunki 6 dona akkumulyatorni parallel ulanganda ularning umumiy kuchlanishi 12 volt, sig'imi esa 120 amper/soat bo'ladi. -------------------------- Ha, mumkin, biroq cheklovlar bilan. Kattaroq sig‘imli akkumulyator o‘rnatish UPSni avtonom ishlash vaqtini oshiradi, lekin qurilmaga zarar yetkazmaslik uchun UPSning xususiyatlarini hisobga olish muhim hisoblanadi. Quyidagi texnik jihatlarga e’tibor bering: 1) Zaryadlash vaqti: UPS ma'lum belgilangan zaryadlash tokini beradi. Agar batareya sig‘imi juda katta bo‘lsa, UPS uni bir necha barobar ko‘proq vaqt davomida zaryadlaydi. Agar elektr energiyasi tez-tez o‘chib tursa, batareya 100 foizgacha zaryadi to'lishga ulgurmaydi. 2) Elektron plataning qizishi: Oddiy kichik UPSlar qisqa vaqt (5-15 daqiqa) ishlashga mo‘ljallangan. Agar katta sig‘imli akkumulyator o‘rnatilsa, UPS akkumulyator orqali uzoq vaqt ishlaganda platadagi radiatorlari qizib ketishi va natijada invertori ishdan chiqishi mumkin. 3) Zaryadlash toki: Ba’zi modellar uchun  juda katta sig'imlik batareya qo'yish, start vaqtida maksimal tok oqib zanjirda ortiqcha yuklamaga olib kelishi mumkin. 4) Kuchlanish: Yangi akkumulyator (yoki yig‘ma)ning kuchlanishi UPSning o'zgarmas kuchlanish chiqarish tarafiga mos kelishi kerak (masalan, 12 V, 24 V yoki 48 V). Tavsiya: Ko‘pchilik UPSlar sig‘imini 1,5-2 barobar oshirish (masalan, 7 A·soatdan 12 A·soat yoki 18 A·soatgacha) muammosiz zaryad qiladi. Katta sig‘imli (40-50 A·soat va undan yuqori) akkumulyatorlarni ulash uchun maxsus invertorlar yoki LT (Long Time) indeksli UPS modellaridan foydalanish tavsiya etiladi. Ular quvvatbardosh zaryadlovchi plata va uzoq muddat qizimasdan ishlash uchun sovutish tizimi bilan jihozlangan bo'ladi. @elcom_group

ELCOM
3 717
Elektr bo'limi Farzandlarimiz maktab davrida matematika va ingliz tilli fanlaridan, biz yordam bermasak ham yaxshi o'zlashtirishadi. Biroq 8 sinfa tabiy fanlardan fizika fani boshlanishi bilan ularda tushunmagan soha elektr bo'limi bo'ladi. Bolalar tokni ko'zi bilan ko'rmagan qo'li bilan ushlamagani uchun tasavvur qila olmaydi. Tasavvurlar bo'lmagani sabablik bolalar emas kattalar ham elektr tokidan qo'rqadi. Zanjir nima degani, tok unda qanday oqadi, lampochka qanday yonadi, bu narsalarni hayotiy misollar bilan tushuntirilmaydi. Nazariyalarni amaliy tarzda tushunish muammosi ko'proq uchraydi. O'zimiz ham maktab davrida shunday bo'lganmiz. O'quvchilarda elektr bo'limini o'rgana olmaslik, murakkablik qilishi keyinchalik fizikani boshqa bo'limlarini o'rganishdan ham voz kechishga olib kelishi mumkin. Albatta fizikani o'rganmaslik bu ijtimoiy muammoga aylanib bo'lgan. Sizni farzandingizni muvaffaqiyatga erishishini, ustun bo'lishini hohlamaydilar, shuning uchun internetdagi oddiy misollar bilan ularga o'zimiz tushuntirsak bo'ladi. Youtubeda bor mana o'rgan deb emas, albatta birgalikda bajarib ko'rish kerak. Agar biz bolalarga maktab yoshida elektrni tushunishga yordam bersak, amaliyotda oddiy batareya bilan zanjir hosil qilib ishlashini tushuntirib bersak, ular fizika bo'yicha ham yetuklikka erishadi. @elcom_group

ELCOM
3 717
#Savol: Assalom alaykum Shahobiddin aka bitta savolim bor edi, svarka apparatida akkumulyatorni zaryad qilsa bo‘ladimi, akkumlyatorni zaryad qilishda o‘zi aslida nechi Volt kuchlanish kerak bo‘ladi? #Javob: Va alaykum assalom. Internetda "ekspertlar" oddiy payvandlash invertoridan (сварочный инвертор)foydalanib, o‘tirib qolgan avtomobil akkumulyatorini zaryadlash usulini ishonch bilan ko‘rsatayotgan videolar bilan to‘lib-toshgan. Bu oddiy va samarali ko‘rinadi, ammo bu virusli "layfxak" ortida aslida nima yashiringan? Payvandlash invertori tokni stabil beruvchi qurilma hisoblanadi. Uning vazifasi yoy hosil bo'lishi uchun belgilangan tokni ushlab turish, kuchlanish esa ko'p miqdorda o‘zgarishi mumkin. Aynan shu narsa bu usulning imkoniyati va asosiy xavfini keltirib chiqaradi. Aynan shu sababli bu jarayonni amalga oshirish uchun kuchlanishni ham o'lchovchi tok qisqichlari yordamida muntazam nazorat qilib turishni talab qiladi. Tok qisqichisiz bu ishlarni amalga oshiridh juda xavfli bo'ladi. Invertorni yuklamasiz yoqilganda (xolostoy) 60-70 Volt kuchlanish beradi. Bu kuchlanish havo bo'shlig'ini yorib o'tib yoy hosil qilish uchun zarur. 60-70 Volt - aynan shu kuchlanish avtomobilning himoyalanmagan elektronikasini bir zumda ishdan chiqaradi. Sig‘imi 60 A/soat bo‘lgan akkumulyator uchun tavsiya etilgan zaryadlash toki 6 A (sig‘imning 10%) ni tashkil etadi. Payvandlash invertori kam deganda 15 amper tok beradi, bu esa 60 amper/soatlik akkumulyatorga ravsiya etilgan zaryadlash tokidan ikki barobar ortib ketadi. Shu bilan birga, akkumulyatordagi kuchlanish tezlik bilan osha boshlaydi: 13,7 V... 13,8 V... 13,9 V... Mana shu eng muhim joyi.. Jarayonni voltmetrda(multimetr) uzluksiz kuzatib borish va kuchlanish 14,5 V ga yetishi bilan jarayonni darhol to‘xtatish kerak. Zaryadlash jarayonida klemmalardagi kuchlanish. U juda tez o‘sib boradi va asosiy vazifa - 14,5 V chegarasini o‘tkazib yubormaslik, chunki undan yuqori kuchlanishda plastinkalar yemirila boshlaydi. Agar bu chegarani e'tiborsiz qoldirilsa shiddatli elektroliz jarayoni bo'ladi. Yuqori kuchlanish tufayli akkumulyatorni qaynashi, elektrolitdagi suv portlovchi vodorod va kislorodga parchalanadi. Shu bilan birga akkumulyator sig'imini yo'qotadi. Biz qo'rg'oshinli akkumulyator misolida ko'rib chiqdik. AGM va GEL senariysi bundanda xavfliroq. Chunki bu akkumulyatorlar korpusi germetik. Shuning uchun bu layfxsk emas hech qanday chora qolmaganda favqulotda holatlarda qo'rg'oshinlik akkumulyatorlarni jonlantirish uchun holos. Multimetr va tok kleshisiz amalga oshirish qat'ian taqiqlanadi. @elcom_group

ELCOM
3 717
photo content

ELCOM
3 717
Yuqoridagi rasmga izoh: Drenaj liniyasi noto'g'ri o'rnatilibdi🤦‍♂️bu holatda suv tashqariga oqib ketmasdan xona ichiga oqadi. Agar drenaj liniyaga qo'shimcha nasos o'rnatilgan taqdirda ham, suv shlangi yorilsa suv liniya bo'ylab pastga oqib rozetkaga 💧kirishi mumkin💥 Bu rasmda e'tibor berishimiz kerak bo'lgan yana bir jihat bor. Rozetka freon magistrali o'tadigan joyga o'rnatilgan. Konditsioner uchun rozetkani qayerga o‘rnatish kerak? Rozetkani xonada joylashuvini tartibga soluvchi qat'iy belgilangan standart yo'q biroq xonani inter'er dizaynini buzmaslik, optimal joylashuvi uchun oldindan nimalarga e’tibor berish kerak👇: Devorning kosmetik pardozlash ishlari tugaguncha, konditsionerni freon magistrallari yotqiziladigan joyni o'ylab olish kerak. Ichki blokning o‘ng yoki chap tomonida: Konditsioner bloki bilan rozetka o‘rtasida 15-20 sm masofa qoldiring. Bu rozetkani split-tizim korpusi yon tarafida yashirib, vilkani erkin suqish va chiqarish imkonini beradi. Shiftdan rozetkagacha bo'lgan masofa 30 sm Konditsioner ulanadigan liniyada ortiqcha yuklama yuzaga kelmaslik uchun alohida liniya yotqizilib bittalik rozetka o'rnatiladi. Konditsioner ichki blokini joylashuvi: Havo erkin aylanishi uchun blokning yuqori tarafidan shiftgacha 15 sm masofa bo‘lishi kerak. Ichki bloki xonaning burchagiga joylashtirilganda, u qo‘shni devorga yaqin o‘rnatilmaydi. Ular orasida 20-25 sm masofa qolishi kerak. @elcom_group

ELCOM
3 717
Bu rasmdagi konditsioner yangi o'rnatilibdi, unda siz qanday kamchiliklarni ko'ryapsiz! @elcom_group
Bu rasmdagi konditsioner yangi o'rnatilibdi, unda siz qanday kamchiliklarni ko'ryapsiz! @elcom_group

ELCOM
3 717
👆Bu post bugungi choyxonada Mansur aka bilan Botirali aka motor o'ramlarini qizishi, kontaktor g'altagi qizishi, avtomatni qizishi haqidagi o'zaro suhbatlaridan ilhomlanib yozildi, o'shanda tinglab o'tirib o'ylab qoldim eng katta dushmanimiz bu qizish ekan. @elcom_group

ELCOM
3 717
Elektronika va elektrotexnika sohasida, qurilmalardan ajraladigan issiqlik har doim birinchi raqamli dushmanimiz hisoblanadi. Masalan mikrosxema ishlashi vaqtida qizisa nafaqat kuyadi, kuymay ishlab turgan bo'lsa ham, ishlash xususiyati yomonlashadi. @elcom_group

ELCOM
3 717
Repost from ELCOM
#Savol: (Ibodulla) Assalom alaykum usta akalar. Akkumulyatorni suvi qolmabdi yomgʻir suvidan quysa bo'ladim?. Bilganlar boʻlsa aytib yuboringlar iltimos! #Javob: Distillangan suvdan tashqari istalgan suv tarkibida tuz va erigan mineral moddalar bo’ladi. Yomg'ir va qor suvlari ham xuddi shunday. Toza distillangan suv dielektrik hisoblanadi va tok o’tkazmaydi tarkibida tuz va minerallar bor suv bir qancha o’tkazuvchan bo’ladi. Akkumulyatorga bunday suvlarni quyish akkumulyator umrini qisqartiradi. Ilgari yomg’ir suvlari bir qancha toza bo’lgan, hozirda sanoat va ishlab chiqarish rivojlanib atmosferaga turli xil kimyoviy moddalar va chiqindilar chiqarilyapti, shuning uchun hozirgi yomg'ir suvlari havo tarkibidagi turli aralashmalar bilan to’yinib oladi, shu sabab qishda havo toza bo’ladi. Distillangan suv topa olmasangiz, ilojsizlikdan yomg’ir suvini oz miqdorda quysangiz bo’ladi. Shunda ham yomg’ir yoqqandan keyin, davomli yog’ib tursa bir kundan keyin suv olsangiz bo’ladi. Yomg’ir suvini olgandan keyin temir idishda saqlamaslik kerak. Shuningdek qopqoqli idishda saqlab chang tushib ifloslanishidan saqlash kerak. Bir kun tindirib qo'ysangich, suv tarkibidagi aralashmalar idish tubiga cho'kib qoladi. @@elcom_group

ELCOM
3 717
پیام ویدیو01:00

ELCOM
3 717
16.05.2026 kuni Toshkent shaxrida, choyhonaga keladiganlar ro'yhati: Anorboy aka Botirali aka Muhammad Yusuf Muzaffar Muxriddin Shaxobiddin Baxtiyor aka Abdulloh Bo'sh vaqti bor, keladigan aytinglar ro'yhatga yozib qo'yamiz. @elcom_group

ELCOM
3 717
Dekor Koridordagi elektr shitini qanday berkitish mumkin. @elcom_group

ELCOM
3 717
Фаргона вилояти Хумдон МФЙ да яшовчи мижозимизни уйида Бойлер "Expert" компаниясига тегишли бузилган. Шуни текшириб бузилиш сабабини аникладик. Шунака хизматлар булса бемалол алоқага чикорасизлар +998901740115 https://www.instagram.com/reel/DYEsoeIoMfh/?igsh=YjZubDBvNjI5OW1s

ELCOM
3 717
Ассалому алейкум. Биз ҳозирда Фарғона шаҳри ва шаҳар атрофида қуйидаги хизматлар билан шуғулланамиз: • Кондиционерларни ўрнатиш ва таъмирлаш • Турли русумдаги сув иситгичларни ўрнатиш ва таъмирлаш • Икки контурли котёлларни ўрнатиш ва созлаш • Автомат кир ювиш машиналарини таъмирлаш ва хизмат кўрсатиш Сифатли хизмат, масъулият ва мижозлар ишончи — бизнинг устувор мақсадимиз. https://t.me/usta_service_center2026 Мурожаат учун: 📞 Телефон: +998901740115

ELCOM
3 717
Kabellarni yotqizishda, qaysi kesimli kabelni yotqizish kerakligini bilish kerak. Kabel kesimini tanlash esa iste’mol qilinad
Kabellarni yotqizishda, qaysi kesimli kabelni yotqizish kerakligini bilish kerak. Kabel kesimini tanlash esa iste’mol qilinadigan elektr quvvati yoki iste’mol qilinadigan tok bo‘yicha hisoblash mumkin. Oddiy uy sharoitida elektr iste'molchilarini o‘rtacha quvvatni e’tiborga olib umumiy quvvatni hisoblab chiqiladi. Qulaylik uchun ushbu jadvalda ularning iste'mol quvvatlari jamlangan. @elcom_group

ELCOM
3 717
Bu infografika diodlik ko'prikni prinsipial sxemasi va chiqishlari to'liq tasvirlab beryapti @elcom_group
Bu infografika diodlik ko'prikni prinsipial sxemasi va chiqishlari to'liq tasvirlab beryapti @elcom_group

ELCOM
3 717
Repost from ELCOM
#Savol: (Шахзод) Assalomu alaykum bitta savol bordi 3 fazada 0.4kV bitta fazada 220V nimaga shunday? #Javob: Biz bilamiz, tar
#Savol: (Шахзод) Assalomu alaykum bitta savol bordi 3 fazada 0.4kV bitta fazada 220V nimaga shunday? #Javob: Biz bilamiz, tarmog'imizda faza va nol ortasi 220 volt kuchlanishni beradi. Shunga qaramasdan nimaga ikkita faza o'rtasi 380 volt kuchlanishni beradi? Keling birgalikda ko'rib chiqamiz. Hamma gap, elektr energiyasi ishlab chiqarayotgan generatorda. Yuqoridagi rasmdan ko'rishimiz mumkin, generator o'ramlari (Fazalar A, B, C) bir biriga nisbatan 120 gradus burchak ostida joylashgan bo'ladi. Induktor yoki magnit (S va N harflari bilan belgilanadigan) aylanganda elektromagnit maydoni hosil bo'ladi. Magnit fazalardan birini yonidan o'tayotganda, o'ramda maksimum 220 volt kuchlanishni qo'zg'aydi, yuzaga keltiradi. Bu vaqtda, boshqa faza atigi minus -160 volt kuchlanishga qo'zg'algan bo'ladi. Ushbu holatda, liniya kuchlanishi U= 220 + (-160) = 380 V bo'ladi. Shuning uchun ikkita faza o'rtasidagi kuchlanish 380 voltni beradi. @elcom_group