cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Ma'rifiy Targ'ibot Markazi

Toshkent shahar Ma'rifiy targ'ibot markazi Murojaat uchun: 71 240-00-52, 94 651-20-86

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
372
مشترکین
+124 ساعت
-37 روز
-1430 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Photo unavailableShow in Telegram
#TAFAKKUR_TUGYONLARI HIKMATLAR
Baxil – Quyoshni dunyodan qizg`onadi. Baxilga Quyoshning bir qilig`I yoqmaydi: u hech kimni va hech nimani yaxshi-yomonga ajratmaydi, jumlai jahonga nur sochaveradi, sochaveradi… Yaxshiyamki, Quyosh chiroq emas, aks holda baxil uning piligini pasaytirib qo`yardi. Baxilning kaftidan don donlayotgan qushlarni ko`rgan kim bor?! Saxiy igna bilan qazigan quduqqa baxil tosh tashlab o`tadi. Vo ajab! Baxilning soyasi ham olachalpoq. Baxil o`zganing baxtini Oyning shulasiga qiyoslaydi: “Har ikkalasining ham tafti yo`q”. 📚"Tafakkur tug‘yonlari", Murod Xidir
🌐 Telegramdagi rasmiy sahifamiz: @marifiymarkaz
نمایش همه...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Hikmat HAYOTBAXSH O‘GITLAR
9️⃣ Ko‘rinishi, rizqi, salomatligi, boyligi, ilmi o‘zingizdan pastdagilarga qarang, ulardan ibrat oling. 1️⃣0️⃣ E’tiboringizni qo‘rqinchli xayollarga, yomon fikrlarga qaratmang, ularga bog‘lanib qolmang. 1️⃣1️⃣ G‘azab qilmang, sabrli bo‘ling, g‘azabingizni ichingizga yuting, halim, bag‘rikeng bo‘ling. Chunki inson umri juda qisqa. 1️⃣2️⃣ Ne’matlar ketishidan, balo-ofatlar kelishidan aslo cho‘chimang, balki Allohga tavakkal qiling. 1️⃣3️⃣ Hayotingizni soddalashtiring, dabdabali yashashdan chetlaning. Chunki dabdabali hayot ruh uchun azobdir. 1️⃣4️⃣ Siz haqingizda aytilgan yomon so‘zlar hech qachon sizga zarar bermaydi, balki o‘sha so‘zni aytgan kishiga ziyon yetadi. 1️⃣5️⃣ Biron kishidan rahmat kutmang, yaxshilikni Alloh roziligi uchun qiling. 1️⃣6️⃣ Foydali rejalar tuzing, g‘amingizni unutish uchun o‘sha reja bilan mashg‘ul bo‘lib, fikr yuriting.
📚“Mahzun bo‘lma” , Oiz Qaraniy 🌐 Telegramdagi rasmiy sahifamiz: @marifiymarkaz
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
#Iqtibos #Raddiya
"Bemazhablikni o‘ziga yo‘l tutib, mazhablar orasida tentirab yurgan inson odamlarning eng yomonrog‘i va pastkashrog‘idir".
©️Shayx Muhammad Zohid Kavsariy rahimahulloh 📚 "Bemazhablik dinsizlik sari ko‘prikdir" risolasidan. Manba @ahnafuz 🌐 Telegramdagi rasmiy sahifamiz: @marifiymarkaz
نمایش همه...
01:49
Video unavailableShow in Telegram
#Video #Ogohlik
❗️Ogoh bo‘ling, yot g‘oyalar ta'siriga tushib qolmang. O‘zingiz va yaqinlaringiz hayotiga befarq bo‘lmang!
🌐Rasmiy sahifamiz: @marifiymarkaz
نمایش همه...
03. Latipova_Manzura.mp43.48 MB
00:17
Video unavailableShow in Telegram
#XAYRLI_TONG ☀️☀️☀️☀️☀️☀️ Orzu qilgan hamma narsamizga ega bo‘lish qo‘limizdan kelmaydi. Ammo ega bo‘lgan hamma narsamizdan huzurlanishga «qodirmiz». 🌤Assalomu alaykum. Yana bir yangi JUMA tongi muborak bo‘lsin.🌸 🌸Rosulimizga salavot aytishni unutmang! 🌐 Telegramdagi rasmiy sahifamiz: @marifiymarkaz
نمایش همه...
10.07 KB
Photo unavailableShow in Telegram
#TAFAKKUR_TUGYONLARI HIKMATLAR
Xasis faqat o`g`ridan qizg`anmaydi. Xasis boqqan tuya ignaning ko`zidan o`tibti. Xasisdan ham, toshdan ham suv tilama. Gadoning eng katta xatosi – xasisdan sadaqa so`ragani. Chanqagan saxiy toshni ikki hovuch orasiga olib qisganda, suv sirqib chiqa boshladi. Bu sinoatni ko`rgan xasisning yuragi qattiq sanchdi. O`ziga bino qo`ygan bir xasis boshqa bir xasisga dedi: “Men toshni siqib, suvini ichgan xasisni tan olaman”. Xasisni qo`lini tobutdan chiqazib qo`ysangiz, uning hovuchi kafanidan bo`lak yana nimanidir tilayotgandek taassurot tug`diradi. Sichqon sochqonni qarg`adi: “Iloyo, senga qurumsoqning uyida yashash nasib etsin!” Ziqnaning osmoni o`z uyining shipidan ham pastdir. 📚"Tafakkur tug‘yonlari", Murod Xidir
🌐 Telegramdagi rasmiy sahifamiz: @marifiymarkaz
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
#Hikmat HAYOTBAXSH O‘GITLAR
1️⃣ Iymon bilan yaxshi ishlar pok hayot siridir. Bu ikkovini qo‘lga kiritish uchun harakat qiling. 2️⃣ Ilm-ma’rifat talabida bo‘lib, hamisha kitob o‘qishni yo‘lga qo‘ying. Chunki kitob mutolaasi g‘am-tashvishni ketkazadi. 3️⃣ Odamlarga yaxshilikning hamma turini ravo ko‘ring, ezgulik ulashishda bardavom bo‘ling. Shunda ko‘nglingiz shod bo‘ladi. 4️⃣ Shijoatli bo‘ling, jur’atsizlik, qo‘rqoqlikni tark eting. G‘ayratli bo‘lish qalbga rohat bag‘ishlaydi. 5️⃣ Qalbingizni hasad, gina-kudurat, axloqsizlik, g‘irromlik kabi illatlardan poklang. 6️⃣ Nazar solish, gapirish, eshitish, odamlarga aralashish, yeyish-ichishda me’yor buzilishiga yo‘l qo‘ymang. 7️⃣ Samarali ishlar bilan band bo‘ling. Shunda xafalikni unutasiz. 8️⃣ Bugungi kun hududida yashang, o‘tib ketgan yoki endi keladigan kunlarni unuting.
📚“Mahzun bo‘lma” , Oiz Qaraniy 🌐 Telegramdagi rasmiy sahifamiz: @marifiymarkaz
نمایش همه...
#Tadbir "Eng ulug‘ g‘oyamiz: Jaholatga qarshi — ma'rifat" Olmazor tumanida O'zbekiston Respublikasi Din ishlari bo'yicha qomita, Olmazor tumani hokimligi hamda Toshkent shahar "Ma'rifiy targ‘ibot markazi" hamkorligida “Jaholatga qarshi ma'rifat” ulug‘vor g‘oyasi asosida ma'rifiy-targ‘ibot tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbir davomida yoshlarni sof islomiy aqida ruxida tarbiyalash, ularni jamiyatga zid bo‘lgan yot g‘oyalardan asrash, turli ekstremistik guruhlar ta'siriga tushib qolishlariga yo‘l qo‘ymaslik kabi dolzarb mavzularda so`z bordi. Ma'rifiy targ‘ibot tadbirlarimiz davom etmoqda! 🌐 Telegramdagi rasmiy sahifamiz:@marifiymarkaz
نمایش همه...
01:31
Video unavailableShow in Telegram
#muftiy_minbari
🌙 KIM ILM O‘RGANSA MUAMMOLARDAN OMONDA BO‘LADI
🎙 Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari 🌐 Telegramdagi rasmiy sahifamiz: @marifiymarkaz
نمایش همه...
ILM+.mp49.49 MB
#Tadbir 💫 "Jaholatga qarshi ma’rifat" tadbiri o‘tkazildi ✳️ Xabaringiz bor, ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish maqsadida joylarda "Jaholatga qarshi ma’rifat" shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlari tashkil etilmoqda. Xususan, mana shunday tadbirlardan biri Olmazor tumanida O'zbekiston Respublikasi Din ishlari bo'yicha qomita, Olmazor tumani hokimligi hamda Toshkent shahar "Ma'rifiy targ‘ibot markazi" hamkorligida bo'lib o'tdi. 📌 Tadbir davomida yoshlarni sof islomiy aqida ruxida tarbiyalash, ularni jamiyatga zid bo‘lgan yot g‘oyalardan asrash, turli ekstremistik guruhlar ta'siriga tushib qolishlariga yo‘l qo‘ymaslik kabi dolzarb mavzuda so`z bordi. Ma'rifiy targ‘ibot tadbirlarimiz davom etmoqda! 🌐 Telegramdagi rasmiy sahifamiz: @marifiymarkaz
نمایش همه...
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.