fa
Feedback
Install program (IT dasturlar👨‍💻)

Install program (IT dasturlar👨‍💻)

رفتن به کانال در Telegram

Kompyuter va telefonlar uchun bepul dasturlar, ilovalar, umuman olganda IT ga oid yangiliklar shu yerda... ⏰Vaqtingizni behudaga sarflamang. 📩 Murojaat uchun » @LazizbekAblazov ✅ Guruhimiz » @dasturlar_it ✅ Kanalimiz boti » @installprogrambot

نمایش بیشتر
1 024
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-97 روز
-2430 روز
آرشیو پست ها
⬇️ Ushbu saytlardan ishonchli, xavfsiz va bepul dasturlarni yuklab olishingiz mumkin 🌐 1. FileHorse — https://www.filehorse.com — Eng mashhur Windows va Mac dasturlari toifalarga ajratilgan. — Har bir dasturga qisqa tavsif, versiya tarixi va screenshotlar bor. — Viruslardan tozalangan rasmiy fayllar. 🌐 2. Softpedia — https://www.softpedia.com — Dasturlar, drayverlar va o‘yinlar uchun eng yirik baza. — Har bir fayl antivirus bilan tekshiriladi. — “Free”, “Trial” yoki “Paid” belgilari aniq ko‘rsatilgan. 🌐 3. MajorGeeks — https://www.majorgeeks.com — Asosan texnik mutaxassislar uchun foydali utilitalar joylashgan. — Tizimni optimallashtirish, drayver, diagnostika kabi dasturlar ko‘p. — Viruslarsiz, sinovdan o‘tgan dasturlar. 🌐 4. TechSpot Downloads — https://www.techspot.com — Mashhur va yangi chiqayotgan dasturlar haqida yangiliklar bilan birga taqdim etiladi. — Har bir dastur haqida foydalanuvchi fikrlari ham bor. — Windows, macOS, Linux uchun mos variantlar mavjud. 🌐 5. Ninite — https://ninite.com — Bir nechta mashhur dasturlarni bir zumda avtomatik o‘rnatish imkonini beradi. — Virus, toolbar yoki reklamalarsiz “toza” o‘rnatish. — Yangi o‘rnatilgan Windows uchun juda qulay. ✅ Install program

🌙 Assalomu alaykum! Qurbon Hayit ayyomingiz muborak bo‘lsin! Ushbu ulug‘ va muborak ayyom xonadonlaringizga tinchlik, qalblaringizga xotirjamlik va hayotingizga baraka olib kirsin. Ezgu niyat va duolaringiz ijobat bo‘lib, qilgan barcha savob amallaringiz ajr-u mukofotlarga to‘lsin. ❇️ Install program

+1
#dastur #arxiv Arxivlovchi WinRAR 7.11 beta yangi versiyasi chiqdi! ℹ️ Ushbu dastur orqali arxivdan fayllarni chiqarib olish, shuningdek, istalgan fayllarni arxivga solish mumkin. ✅ Dastur ish tezligini oshirish uchun katta xotira sahifalaridan foydalanishni o'rgandi, garchi bu qo'shimcha konfiguratsiyani talab qiladi. Arxivlash paytida metamaʼlumotlarni boshqarish uchun foydali xavfsizlik funksiyalari qoʻshildi. ⬇️ en - 3.5 MB (.exe) ⬇️ ru - 3.7 MB (.exe) ❇️ Install program

🗓 Sun’iy intellekt muhandisligi bo‘yicha 0 dan darslar boshlandi! Bu ChatGPT yoki boshqa AI’dan foydalanishni o‘rganish emas - bu AI’ni ishlab chiqishni o‘rganishdir. t.me/NursaidovAI

⚠️ Kiberxavfsizlik bo'yicha 0 dan darslar boshlandi 7 yoshdan 70 yoshgacha qanday kasbda bo'lishingizdan qat'iy nazar bilishingiz shart bo'lgan bilimlar bazasi t.me/NursaidovX

#subtitle Subtitle Edit — bu subtitrlar bilan professional ishlash uchun mo‘ljallangan bepul dastur. U kino, serial, darslik va videolar uchun subtitr yaratish, tahrirlash, sinxronlash va tarjima qilish imkonini beradi. ✔️ Dasturning imkoniyatlari: ⏱️ Subtitrni video bilan sinxronlash 📝 Yangi subtitrlar yaratish (noldan) 🔍 OCR orqali subtitr chiqarish ✂️ Subtitrlarni bo‘lish va birlashtirish 🌍 Avtomatik tarjima 🔎 Qidirish va almashtirish 🎧 Videodan audio ajratib olish 📁 Ko‘plab formatlar bilan ishlash Ushbu dasturdan Kino/serial tarjimonlari, YouTube kontent yaratuvchilari, Online dars tayyorlovchilar, Freelancer subtitrchilar, Boshlovchilar ham, professional foydalanuvchilar ham foydalanishlari mumkin ❇️ Install program

#excel_tezkor_tugmalari ❇️ Install program

«Microsoft Word» dasturida klaviatura tugmalari vazifalari. Ctrl+C — nusxa ko‘chirish; Ctrl+N — yangi hujjat yaratish; Ctrl+O — ochish; Ctrl+S — saqlash; Ctrl+V — o‘rniga qo‘yish; Ctrl+W — oynani yopish; Ctrl+X — qirqib olish; Ctrl+Y — bekor qilingan harakatni qaytarish; Ctrl+Z — so‘nggi o‘zgarishni bekor qilish; Ctrl+Home — hujjat boshiga o‘tish; Ctrl+End — hujjat oxiriga o‘tish. Alt — ochiq oynadagi sistema menyusi ochiladi, menyuda strelkalar yoki Alt+kerakli harf yordamida ishlash mumkin. Ctrl+Space — belgilangan joydan formatlashni olib tashlaydi. Ctrl+0 — abzatslar orasidagi intervalni o‘zgartiradi. Ctrl+1 — satrlar orasiga birlik interval qo‘yish; Ctrl+2 — satrlar orasiga ikkilik interval qo‘yish; Ctrl+5 — satrlar orasiga bir yarimlik interval qo‘yish. Alt+Shift+D — bugungi sanani kiritish; Alt+Shift+T — ayni paytdagi vaqtni kiritish. ♻️ Install program

#arxiv_dastur Bandizip Pro — bu WinZip, 7-Zip, WinRAR va boshqalar kabi ko'plab arxiv formatlarini qo'llab-quvvatlaydigan arxiv dastur hisoblanadi. Ushbu dastur orqali arxivdan fayllarni chiqarib olish, shuningdek, istalgan fayllarni arxivga solish mumkin. ❇️ Install program

+2
2026-yil 15-yanvar kuni O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida “Media va sun’iy intellekt integratsiyasining ilmiy asoslari va zamonaviy muammolari” mavzusida хalqaro ilmiy-amaliy anjumani o‘tkaziladi. Anjuman oʻtkazilish joyi va vaqti: 2026-yil 15-yanvar kuni, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida (onlayn va offline). Tezislar qabulining soʻnggi kuni: 2026-yil 12-yanvar. Anjuman tili: o‘zbek, rus, ingliz. Mavzusi juda zo'r. Barchaga tavsiya qilaman. @Baxodirjon_Mullajonov

⚡️Nihoyat, @gmail.com pochta manzilini o‘zgartirish imkoniyati paydo bo‘ldi. Google ayrim mamlakatlarda yangi funksiyani jori
⚡️Nihoyat, @gmail.com pochta manzilini o‘zgartirish imkoniyati paydo bo‘ldi. Google ayrim mamlakatlarda yangi funksiyani joriy etishni boshladi. Email manzillarini yiliga bir marta, jami uch martagacha o‘zgartirish mumkin bo‘ladi. Barcha manzillar, shu jumladan eski manzil ham ishlashda davom etadi — unga kelgan barcha xatlar yangi pochta manziliga yo‘naltiriladi. ❇️ Install program

#snagit_for_PC Snagit — ekran tasvirlarini olish uchun qulay universal vosita Snagit – bu monitor ekranida ko‘rinayotgan rasm va videolarni tez, oson va yuqori sifatda yozib olishga mo‘ljallangan dastur hisoblanadi. Ushbu dastur yordamida foydalanuvchi ekranning istalgan qismidan skrinshot olishi, uni darhol tahrirlashi va video yozuvlarni professional ko‘rinishda saqlashi mumkin. Snagitning asosiy funksiyalari: ✅ Kompyuter ish stoli, dastur oynalari yoki o‘yin jarayonidan video yozib olish; ✅ Olingan rasm yoki videoni kompyuterga, bulutli xizmatlarga yoki FTP serverga yuklash; ✅ Full HD formatida yuqori sifatli videorolikarni yozib olish imkoniyati; ❇️ Install program

#video_converter Aiseesoft Video Converter Ultimate — bu kuchli video dasturi bo‘lib, DVD va video fayllarni mashhur formatlarga, hattoki 3D videolarga ham aylantirish imkonini beradi. Bundan tashqari Videolarni tahrirlash, kesish va birlashtirish imkoniyati; FULL HD va 4K sifatni qo‘llab-quvvatlaydi; Har qanday kontentni yuqori tezlikda kodlaydi; ❇️ Install program

#create_music 🎵 Music Maker -turli xil musiqa asboblari (torlar, bass, gitara, sintezatorlar va boshqalar) yordamida o'z musiqangizni yaratishingiz mumkin bo'lgan dastur. Shuningdek, vokal yozish, audio effektlar va boshqa ko'p imkoniyatlarni taqdim etadi. ❇️ Install program

👨‍🏫 👩‍🏫 Qadrli ustoz va murabbiylar! Kanalimiz nomidan sizlarni bugungi kasb bayramingiz bilan chin dildan tabriklaymiz.
👨‍🏫 👩‍🏫 Qadrli ustoz va murabbiylar! Kanalimiz nomidan sizlarni bugungi kasb bayramingiz bilan chin dildan tabriklaymiz. Sizning yuksak ma'suliyatli, mashaqqatli va sharafli mehnatingizga zafarlar, oilaviy hayotingizga esa, baxt va omad yor bo'lsin. 💐 USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI MUBORAK BO'LSIN💐 ❇️ Install program

🔄Adobe Acrobat работа с документами Pro 2025.001.20566Acrobat Pro - PDF fayllar bilan ishlash uchun dunyodagi eng mukammal yechimning butunlay yangilangan kompyuter dasturi versiyasidir. Document Cloud bulutli xizmatlari yordamida esa siz istalgan veb-brauzerda PDF fayllarini yaratish, eksport qilish, tahrirlash va kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. ✅ Mac va Windows operatsion tizimli kompyuterlarda hamda mobil qurilmalarda ishlang. ✅Yuqori sifatli PDF fayllarni yarating. ✅ PDF fayllarni tahrirlang va Office hujjatlariga eksport qiling. ✅PDF fayllarni imzolang va imzolash uchun yuboring. ✅Skanerlangan PDF hujjatlarni zudlik bilan tahrirlang. ✅ iPad qurilmasida PDF fayllarni tahrirlang va tartibga soling. ✅PDF fayllarga audio va video yozuvlarni qo‘shing. ✅Boshqariladigan harakatlar yordamida PDF fayllarni kelishilgan holda tayyorlang. ✅ Maxfiy ma’lumotlarni tiklash imkoniyatisiz butunlay o‘chirib tashlang. ❇️ Install program

VirtualBoxbu virtualizatsiya dasturi, ya'ni bir kompyuterda bir nechta operatsion tizimlarni (Windows, Linux, MacOS va boshqalar) bir vaqtning o'zida ishlatishga imkon beradigan dastur. Oracle Corporation tomonidan ishlab chiqilgan. Asosiy xususiyatlari: ✅ Bepul va ochiq kodli (Open Source) dastur. ✅ Kompyuteringizdagi real (asosiy) tizim ustida boshqa tizimlarni "mehmon" sifatida o'rnatish imkonini beradi. ✅ Snapshots (qayta tiklash nuqtalari) funksiyasi bilan tizim holatini saqlab, xohlagan vaqtda unga qaytish mumkin. ✅ Drag and Drop, Shared Clipboard va umumiy papkalar kabi funksiyalar bilan real va virtual tizimlar o'rtasida ma'lumot almashinishi osonlashadi. VirtualBoxdan foydalanish sabablari: 1️⃣ Yangi operatsion tizimni real kompyuterga o'rnatmasdan sinab ko'rish. 2️⃣ Dastur yoki tizim konfiguratsiyasini xavfsiz sharoitda test qilish. 3️⃣ Turli tizimlar uchun dastur ishlab chiqish va moslikni tekshirish. 4️⃣ Virus yoki zararli dasturlardan asosiy tizimni himoya qilish. ❇️ Install program

👨‍💻Sublime Text - dasturchi uchun kerak bo'ladigan barcha qulayliklarni taqdim qila oladigan redaktor. Sublime Text 4 yangi xususiyatlar va yaxshilanishlar bilan to'ldirilgan, jumladan: - TYPESCRIPT, JSX VA TSX-NI QO'LLAB-QUVVATLASH; - KUCHLI SINTAKSIS TA'RIFLARI; - YANGILANGAN PYTHON API; - GPU RENDERLASH. Boshqa dasturlar⤵️ ⏩ Install program

🌙 Assalomu alaykum! Hayit ayyomingiz muborak bo‘lsin! Allohim barchamizni keyingi Ramazon hayitlariga sog‘-salomat yetkazsin 🤲🏽 ❇️ Install program