24/7
رفتن به کانال در Telegram
497
مشترکین
-124 ساعت
-87 روز
-1630 روز
آرشیو پست ها
497
Самарқанд шаҳрида содир бўлган портлаш тўғрисида дастлабки расмий маълумот
Бугун, 9 сентябр куни соат тахминан 17:30 ларда Самарқанд шаҳри Беруний кўчасида жойлашган 86-уйнинг 3-қаватидаги хонадонлардан бирида газ чақнаши содир бўлган.
Чақнаш оқибатида икки нафар фуқаро танжароҳат олиб шифохонага ётқизилган. Чақнаш оқибатида ёнғин содир бўлмаган.
Воқеа жойига вилоят ва шаҳар ФВБ раҳбарияти ҳамда ёнғин-қутқарув экипажлари, ИИБ, Прокуратура, «Ҳудудгазтаъминот» ва ССБ ходимлари чиқишган.
Ҳолат юзасидан дастлабки терговолди суриштирув ишлари олиб борилмоқда.
Қўшимча маълумот тақдим этилади.
497
“Temiryo‘l vokzali -Sartepa maskani” yo‘nalishidagi tramvaylardan foydalanuvchi yo‘lovchilar diqqatiga!
Samarqand shahri, Buyuk ipak yo‘li hamda Amir Temur ko‘chasining kechishmasidagi tramvay yo‘lida elektr tizimida qisqa muddatli ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli 1-sonli “Temiryo‘l vokzali-Sartepa maskani” yo‘nalishidagi tramvaylar harakati vaqtincha to‘xtatiladi.
Tramvay harakati to‘xtagan vaqtda 4, 70, M1, 27-sonli shahar avtobus yo‘nalishidagi transport vositalaridan foydalanishni tavsiya etamiz.
https://t.me/Samxabar
497
Ўзбекистон, Туркманистон ва Қорақалпоғистон халқ артисти Бобомурод Ҳамдамов 84 ёшида вафот этди.
https://t.me/Samxabar
497
O‘zbekiston ilk bor dunyodagi eng yirik to‘qimachilik va moda sanoati tadbiriga mezbonlik qiladi
2024 yil, 8-10 sentyabr kunlari Samarqand dunyodagi ikkita yirik to‘qimachilik assotsiatsiyasining birinchi qo‘shma konferensiyasini- «ITMF Annual Conference & IAF World Fashion Convention 2024» (xalqaro to‘qimachilik ishlab chiqaruvchilar Federatsiyasining yillik konferensiyasi va xalqaro kiyim ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasining jahon moda konvensiyasi) o‘tkazadi.
https://t.me/Samxabar
497
Baxtsiz xodisa tufayli to‘shakka mixlanib qolgan Baxtigul hayoti yaxshilana boshlandi
https://t.me/Samxabar
497
Президент Шавкат Мирзиёев бугун Самарқандга ташриф буюриб, “Шарқ тароналари” халқаро мусиқа фестивалининг тантанали очилиш маросимида иштирок этади.
https://t.me/Samxabar
497
Samarqandda bo'lib o'tadigan “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivaliga tayyorgarlik jarayonlari yakuniy bosqichda.
https://t.me/Samxabar
497
DIQQAT DIQQAT!
Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali va O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yillik bayrami munosabati bilan jamoat tartibini saqlash hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida 26-avgustdan Registon maydoni, A.Navoiy nomli markaziy istirohat bog‘i va “Mo‘jiza” amfiteatri, «Yoshlik» hamda «Chashma» istirohat bog‘lari, Mustafo Kamol Ota Turk ko‘chasi, Kimyogarlar, So‘lim va Farhod shaharchalarida tadbir kunlari shaharning
quyidagi:
-Registon ko‘chasining Dahbed ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan
Registon Panjakent ko‘chalari tutashmasigacha bo‘lgan qismida;
-A.Jomiy ko‘chasining A.Temur ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan
Universitet xiyoboni ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan qismida;
-Universitet xiyoboni ko‘chasining o‘ng tomoni Bo‘stonsaroy ko‘chasidan
O.Mahmudov ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan qismida;
-B.Mirzo ko‘chasining O.Mahmudov ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan A.Jomiy ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan qismida;
-A.Temur ko‘chasining Bo‘stonsaroy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan
A.Jomiy ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan qismida;
-Shohruh ko‘chasini Pochta ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Universitet
xiyoboni ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan qismida;
-Beruniy ko‘chasining Qozizoda Rumiy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan
Rudakiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
-«Yoshlik» istirohat bog‘ining yonidagi tor ko‘chada;
-Bog‘dod ko‘chasining Al-Xorazmiy ko‘chasi bilan tutashmasidan 42-
umumta’lim maktabining yonidagi 1-chi tor ko‘chagacha bo‘lgan qismida;
-Kimyogarlar shaharchasi Umid ko‘chasining Ziyolilar ko‘chasidan
«Kimyogarlar» madaniyat uyigacha bo‘lgan qismida;
-So‘lim shaharchasi istirohat bog‘i oldidan o‘tuvchi, kirib boruvchi hamda
yondosh ko‘chalarida;
-Farhod shaharchasi “Zarafshon” istirohat bog‘i oldidan o‘tuvchi, kirib boruvchi
hamda yondosh ko‘chalarida tadbirlar o‘tkazilayotgan kunlarida avtoulov harakati vaqti-vaqti bilan cheklanadi.
Barcha yoʻl harakati ishtirokchilaridan yoʻllarda harakatlanganda yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy amal qilishlari va YPX xodimlarining qonuniy talablariga boʻysunishlarini soʻrab qolamiz deyiladi Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabarida.
https://t.me/Samxabar
497
Ertaga Samarqandda “Sharq taronalari” festivali boshlanadi
Festivalning tantanali ochilish marosimi 26 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Tadbirga 100 dan ortiq davlatdan ishtirokchilar taklif etilgan. Ishtirokchilar o‘zlarining noyob musiqiy an’analarini namoyish etadilar, madaniy tajriba almashadilar.
https://t.me/Samxabar
497
Мирзиёев учта вилоят ҳокимини фидокорона хизматлари учун мукофотлади
Президент Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг ўттиз уч йиллиги муносабати билан фан, таълим, соғлиқни сақлаш, адабиёт, маданият, санъат соҳалари ва оммавий ахборот воситалари ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисидаги Фармонни имзолади (https://president.uz/uz/lists/view/7490).
Унга кўра, «Фидокорона хизматлари учун» ордени билан:
▫️Абдурахманов Шухратбек Кушақбаевич - Андижон вилояти ҳокими;
▫️Мирзаев Зойир Тоирович - Тошкент вилояти ҳокими;
▫️Турдимов Эркинжон Оқбутаевич - Самарқанд вилояти ҳокими мукофотланди.
https://t.me/Samxabar
497
Hududiy elektr tarmoqlarining boshqaruvini xususiy sektorga berish Samarqand viloyatidan boshlanadi.
✅ https://t.me/Samxabar
497
❌Энди Ўзбекистонда сув ва электрдан қарздорлик бўлса банклардан кредит ва микрокредитлар ололмайди
Мамлакатда сув, ахлат, канализация ва электрдан қарздорларга мутлақо ҳар қандай кредит беришни тақиқлаш режалаштирилган.
Қўрқинчли статистика: уй хўжаликларининг қарийб 50 фоизи қарзга эга, бу 1 триллион сўмни ташкил этади.
https://t.me/Samxabar
497
‼️Chiqindini belgilanmagan joyga tashlayotganlarga jarimalar solinmoqda
Samarqand shahri hududlarida o‘rnatilgan kuzatuv kameralari orqali fuqarolarning belgilanmagan yerlarga turli xildagi chiqindilarni tashlab kelayotganligi, eng achinarlisi, ushbu fuqarolar ogohlantirishlarga qaramay shahrimizni qasddan ifloslantirishga urinishlari aniqlanib, ularga nisbatan jarimalar belgilab kelinmoqda.
Birgina o‘tgan iyul oy mobaynida kuzatuv kameralari tasmasida 150 dan ortiq huquqbuzarliklar kuzatildi.
Ayni paytda ushbu aniqlangan holatlar yuzasidan huquqbuzarlik sodir etganlarga nisbatan O‘zRMJtKning 91-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy jarima qo‘llanilib, har biriga 1 mln. 20 ming so‘m miqdorida maʼmuriy jarimalar rasmiylashtirildi.
https://t.me/Samxabar
497
‼️Сув бўйича рейд ўтказилмоқда
Айни пайтда "Самарқанд сув таъминоти" АЖ шаҳар филиали ходимлари томонидан Нуробод маҳалласида аҳолини хатловдан ўтказиш, катта қарздорликларни ундириш, ноқонуний уланмаларни бартараф этиш мақсадида вилоят прокуратураси билан ҳамкорликда навбатдаги рейд тадбирлари олиб борилмоқда.
https://t.me/Samxabar
497
⚡️ Elektr ta’minoti uzilishlar kuzatiladi
330-fider 169-, 538-transformator punktlarigacha bo‘lgan 6 kV havo elektr uzatish tarmoqlarida ta’mirlash hamda daraxt shoxlaridan tozalash ishlari olib borilishi sababli bugun soat 11:00 dan 18:00 oralig‘ida
Samarqand shahridagi:
Zardo‘zlar,
Qalandarxona,
So‘zangaron,
Kulollar,
Ibrohim Xo‘ja,
Chashma,
Rohat mahallalaridagi mazkur tarmoqlar orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan iste’molchilarda elektr ta’minoti uzilishlar kuzatiladi.
https://t.me/Samxabar
497
❗️Samarqand temir yo`l vokzali hududida restoran va mehmonxona quriladi
Samarqand temir yo`l vokzali hududida yo`lovchilar uchun 50 kishilik zamonaviy restoran va yuz kishilik mehmonxona quriladi.
Ularning qurilishi bilan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati yaxshilanadi, chunki hozirda vokzaldagi kafe xizmatidan foydalanishingiz mumkin xolos.
https://t.me/Samxabar
497
‼️Payariqda ''ISUZU'' rusumli yuk avtomobilida sodir bo‘lgan yong‘in ma'lumoti
Avval xabar berganimizdek, bugun, 5-avgust kuni soat 14:00 da Payariq tumani ''Go‘zal'' MFYda joylashgan tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Tez tibbiy yordam binosining yonida ''ISUZU'' rusumli yuk avtomobilida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida tuman FVBga xabar berilgan.
Xabarga ko‘ra, voqea joyiga 3 ta Yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:05 da yetib borib, yongʻin soat 14:30da oʻchirilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilib, yong‘inning kelib chiqish sababi va zarari aniqlanmoqda.
https://t.me/Samxabar
497
‼️Ertaga 6-avgust kuni quyidagi hududlarda elektr ta’minotida uzilishlar bo‘ladi
“Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali hamda kuz-qish mavsumi oldidan elektr uzatish tarmoqlarida joriy hamda mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Xususan, ertaga, 6-avgust kuni soat 09:00 dan 18:00 oralig‘ida “Chinor” podstansiyasining T-1, VT-1-6 tarmog‘i joriy ta’mirga chiqarilishi rejalashtirilgan.
Shu sababli ertaga ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida
Samarqand shahridagi:
Bog‘i Feruza,
Abdurahmon Jomiy,
Kaftarxona,
Xalqobod,
Fidoyilar,
Abdulla Qahhor,
Xo‘ja Abdu Darun mahallalarida, 12-poliklinika, Saxovat uyi va mazkur tarmoq orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan tadbirkorlik subyektlarida elektr ta’minotida uzilishlar bo‘ladi.
***
“Chashma” podstansiyasidagi T-1 transformatorida joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli ertaga, 6-avgust kuni soat 09:00 dan 18:00 oralig‘ida
Samarqand shahridagi
O‘zbekiston,
Navbahor,
Bog‘i Temur,
Madadkor,
Lolazor,
Tadbirkor,
Bunyodkor,
Namozgoh,
Maroqand,
Devoli ko‘ndalang,
Xo‘ja Ahror Vali mahallalarida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin.
***
Ertaga, 6-avgust kuni “Registon” podstansiyasining SSH-6-1, TN-6-1 tarmog‘ida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan. Shu sababli mazkur ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida
Samarqand shahridagi:
Mustaqillik,
Bo‘stonsaroy mahallalarida, Universitet xiyoboni (SamDU ayrim fakultet binolari) va mazkur tarmoq orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan tadbirkorlik subyektlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.
https://t.me/Samxabar
497
⚡️⚡️⚡️Samarqandda shifoxonada yong`in sodir bo`ldi
Ushbu yong`in Payariq tumani markaziy shifoxonasi hududida sodir bo`layotganligi xabar qilinmoqda.
https://t.me/Samxabar
497
‼️Самарқандда 3,4 миллиард сўмдан зиёд ноқонуний заргарлик буюмлари ушлаб қолинди
💎📿 Жорий йилнинг 7 ойи давомида Самарқанд вилояти божхона бошқармаси томонидан қиймати 3,4 миллиард сўмдан зиёд 8,3 килограмм ноқонуний тилла ва бошқа заргарлик буюмлари аниқланди.
🔹Бу кўрсаткич ўтган йилнинг шу даврига нисбатан 7,1 килограммга ёки 696 фоизга кўпайган.
https://t.me/Samxabar
