fa
Feedback
Samarqand viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi

Samarqand viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi

رفتن به کانال در Telegram
311
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
+27 روز
+1430 روز
آرشیو پست ها
Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi majlislar zalida davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi “Siyosiy-maʼrifat soa
+8
Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi majlislar zalida davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi “Siyosiy-maʼrifat soati” tashkil etildi. Ushbu soat davomida "Yurtimizda va xorijda ro'y berayotgan eng so'nggi yangiliklar", "Ma'naviy-ma'rifiy video lavhalar namoyishi" mavzularida ishtirokchilarga ma'lumotlar berildi. 👉 Kanalga ulanish

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 📈 2024-yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida davlat budjetida
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 📈 2024-yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida davlat budjetidan sohalar kesimida 1-chorakda rejalashtirilgan mablag‘lar to‘g‘risida ma’lumot #infratuzilma #infografika Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х

Birozdan so‘ng Samarqandda "Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish masalala
+2
Birozdan so‘ng Samarqandda "Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga mintaqaviy yondashuv" mavzusida Osiyo xotin-qizlari forumi boshlanadi...

Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi majlislar zalida davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi “Siyosiy-maʼrifat soa
+8
Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi majlislar zalida davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi “Siyosiy-maʼrifat soati” tashkil etildi. Ushbu soat davomida "Yurtimizda va xorijda ro'y berayotgan eng so'nggi yangiliklar", "Ma'naviy-ma'rifiy video lavhalar namoyishi" mavzularida ishtirokchilarga ma'lumotlar berildi. 👉 Kanalga ulanish

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 📣 Investitsiya dasturi boʻyicha loyihalar jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladi 🇺🇿 Ushbu jarayon tar
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 📣 Investitsiya dasturi boʻyicha loyihalar jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladi 🇺🇿 Ushbu jarayon tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-apreldagi “Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish jarayonlarini samarali tashkil etishning qo‘shimcha choralari to‘g‘risida”gi PQ–165-son qarorida belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra, 2025-yildan boshlab: 🏗️ Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashga (investitsiya dasturi doirasida) ajratiladigan mablagʻlarning 50 foizi jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan loyihalarga yoʻnaltiriladi. Bunda: 🇺🇿 aholining demografik holati va ehtiyoji inobatga olingan holda, hududlar kesimida loyihalar roʻyxati manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan shakllantiriladi hamda “Ochiq budjet” axborot portaliga joylashtiriladi; 📲 jamoatchilik tomonidan eng koʻp ovoz toʻplagan loyihalar gʻolib deb topiladi hamda har bir hudud uchun taqsimlangan mablagʻlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi loyihasiga kiritiladi. #tashabbusli_budjet #open_budget Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х

"PROM PRO EXPO 2024 — hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi va sanoatchilar forumi"ga marhamat ⚠️ Joriy yilning 16-17-may ku
"PROM PRO EXPO 2024 — hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi va sanoatchilar forumi"ga marhamat ⚠️ Joriy yilning 16-17-may kunlari "Samarqand Sof Expo" ko’rgazma markazida "PROM PRO EXPO 2024 — hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi va sanoatchilar forumi" o’tkaziladi. 👉 Yo’nalishlar: ✅ oziq-ovqat sanoati; ✅ farmatsevtika sanoati; ✅ turizm sohasi; ✅ mebelsozlik sanoati; ✅ charm-poyabzal sanoati; ✅ to’qimachilik sanoati; ✅ avtomobilsozlik sanoati; ✅ gilam ishlab chiqarish sanoati; ✅qurilish materiallari sanoati. ------------- 🏛 Manzil: Samarqand viloyati, Jomboy tumani, “Dehqonobod” MFY. 📍https://maps.app.goo.gl/Rz7sydripAfd6mo29 📞 (55) 705 0 705

Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi majlislar zalida davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi “Siyosiy-maʼrifat soa
+9
Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi majlislar zalida davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi “Siyosiy-maʼrifat soati” tashkil etildi. Ushbu soat davomida yurtimizda va xorijda ro'y berayotgan eng so'nggi yangiliklar, "Davlat ramzlari — g‘urur va iftixorimiz", "Davlat xizmatchilarining sog‘lom ovqatlanishini tashkil etish hamda salomatligini asrash bo‘yicha zaruriy tavsiyalar" mavzularida ishtirokchilarga ma'lumotlar berildi. 👉 Kanalga ulanish

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining texnik va maslahat ko‘magida “Asakabank” AJni xususiylashtirishga t
+1
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining texnik va maslahat ko‘magida “Asakabank” AJni xususiylashtirishga tayyorlash bo‘yicha bitim imzolandi. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, O‘zbekiston Hukumati nomidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi  hamda “Asakabank” AJ o‘rtasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining texnik va maslahat ko‘magida “Asakabank” AJni xususiylashtirishga tayyorlash bo‘yicha bitim imzolandi. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumidagi nutqi Avvalambor
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumidagi nutqi Avvalambor, Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etayotgan siz, azizlarni chin qalbimdan samimiy qutlashga ijozat bergaysiz. Shuni mamnuniyat bilan ta’kidlashni istardimki, yildan-yilga yaxshi an’anaga aylanib borayotgan ushbu format doirasida yurtimizda dunyoning barcha qit’alaridan yangidan-yangi ishonchli hamkorlarimiz jam bo‘lmoqda. O‘tgan uch yil davomida mazkur forum ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirish, eng dolzarb muammolarni muhokama qilish, ilg‘or g‘oya va yondashuvlarni ishlab chiqish uchun samarali muloqot maydoniga aylandi. Bugungi tadbirimizga 93 ta davlatdan ikki yarim mingdan ortiq xorijiy mehmonlar kelgani ham forumning ahamiyati tobora ortib borayotganini yaqqol tasdiqlaydi. Bu o‘z navbatida, mamlakatimizda ortga qaytmas tus olgan islohotlarga, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga bo‘lgan ulkan qiziqishdan dalolat beradi. 👉 Batafsil

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ “Davlat idoralari o‘z avtoparkini elektromobillar bilan yangilamoqda” mavzusi yuzasidan munosabat “Davlat xar
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ “Davlat idoralari o‘z avtoparkini elektromobillar bilan yangilamoqda” mavzusi yuzasidan munosabat “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq bugungi kunda davlat xaridlarida jamoatchilik nazorati ochiqlik va shaffoflik prinsiplarini ro‘yobga chiqarish vositasi sifatida amalga oshirib kelinmoqda. Buning natijasida so‘nggi vaqtlarda davlat xaridlari bo‘yicha ko‘plab ma’lumotlar ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilmoqda. ➡️ Batafsil #rasmiy_munosabat Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х

Repost from IMRS Research
🟥 Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari 2017-2023 yillarda O’zbekiston hududlari bo‘yicha yalpi hududiy mahsulotning o’sishini tahlil qildi. 📊 2017-2023 yillarda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot (YaIM) ishlab chiqarish hajmi 137,3 foizga (1,4 barobar) oshib, 2023-yilda 1066,6 trln. so'mni tashkil etdi. Mamlakatimizning 8 ta hududi, jumladan Toshkent shahri, Namangan, Toshkent, Andijon, Farg'ona, Navoiy, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida mahalliy tabiiy-iqtisodiy salohiyatdan samarali foydalanish, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish hisobiga yalpi hududiy mahsulotning (YaHM) jadal o’sishi (139-170 foiz) ta'minlandi. 📈 Pandemiyadan keyingi davrda Аndijon, Buxoro, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent viloyatlarida qisqa muddatda iqtisodiy rivojlanishda barqarorlik ta’minlandi (2020-yilda o’rtacha 102 foizdan, 2022-2023 yillarda – o’rtacha 105-106 foizgacha). ⤴️ 2017-2023 yillarda hududlarda YaHMning o‘sishiga quyidagi tarmoqlar sezilarli hissa qo’shdi: 🔎 Аndijon, Navoiy, Sirdaryo viloyatlarida YaHM o’sishini ta‘minlashda sanoat sektori (hududda YaHMning o‘rtacha yillik o‘sishida 1,6-3,7 foiz) sezilarli ahamiyatga ega bo’ldi; 🔎 Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Buxoro viloyatlari hamda Toshkent shahrida YaHM o’sishini ta’minlashda xizmat ko‘rsatish sohasi (YaHMning o‘rtacha yillik o‘sishida 1,8-4,9 foiz) yetakchi tarmoq sifatida qayd etildi. ✒️ YaIMning aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan hajmi 2023-yilda 29,3 mln. so‘mni tashkil etib, iqtisodiy rivojlangan hududlarning mavqei mustahkamlandi. Bu Navoiy (2017-yildagi 2,0 barobardan 2023-yilda 2,6 barobarga), Toshkent (1,0 barobardan 1,2 barobarga) viloyatlari va Toshkent shahri (1,6 barobardan 2,1 barobarga) va respublika koʻrsatkichlari oʻrtasidagi farq oshganligida namoyon bo’ldi. ✅ 2017-2023 yillarda mamlakatning iqtisodiy rivojlangan hududlarini hisobga olmagan holda 6 ta hududda (Andijon, Buxoro, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Xorazm viloyatlari) YaHMning aholi jon boshiga to'g'ri keladigan ulushi oʼrtacha respublika ko’rsatkichiga (Toshkent shahri, Navoiy va Toshkent viloyatlari bundan mustasno) yaqinlashgani qayd etildi. 🇺🇿 "O‘zbekiston – 2030" strategiyasida «drayver» sohalarni rivojlantirish va hududlar salohiyatidan to‘liq foydalanish ko‘zda tutilgan bo‘lib, 2030-yilga qadar iqtisodiyot hajmini 2 barobar oshirish va «daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar» qatoriga kirish rejalashtirilgan. Bunda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan kompleks rivojlantirish borasida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan: ⏳ tuman va shaharlarning master rejalarini aholi va tadbirkorlar fikrini inobatga olgan holda ishlab chiqish; ⏳ hududning uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy va demografik rivojlanishini inobatga olgan holda joylarda qulay muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni yaratish; ⏳ aholi farovonligini ta‘minlash va tadbirkorlikni rivojlantirishda mahallani jamoatchilik hamda davlat organlari o‘rtasidagi «tayanch ko‘prik»ka aylantirish va boshqalar. 🌐 | Facebook | Twitter | Instagram | LinkedIn

Repost from IMRS Research
🟥 Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari 2017-2023 yillarda O’zbekiston hududlari bo‘yicha yalpi hududiy mahsulotning o’sishini tahlil qildi. 📊 2017-2023 yillarda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot (YaIM) ishlab chiqarish hajmi 137,3 foizga (1,4 barobar) oshib, 2023-yilda 1066,6 trln. so'mni tashkil etdi. Mamlakatimizning 8 ta hududi, jumladan Toshkent shahri, Namangan, Toshkent, Andijon, Farg'ona, Navoiy, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida mahalliy tabiiy-iqtisodiy salohiyatdan samarali foydalanish, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish hisobiga yalpi hududiy mahsulotning (YaHM) jadal o’sishi (139-170 foiz) ta'minlandi. 📈 Pandemiyadan keyingi davrda Аndijon, Buxoro, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent viloyatlarida qisqa muddatda iqtisodiy rivojlanishda barqarorlik ta’minlandi (2020-yilda o’rtacha 102 foizdan, 2022-2023 yillarda – o’rtacha 105-106 foizgacha). ⤴️ 2017-2023 yillarda hududlarda YaHMning o‘sishiga quyidagi tarmoqlar sezilarli hissa qo’shdi: 🔎 Аndijon, Navoiy, Sirdaryo viloyatlarida YaHM o’sishini ta‘minlashda sanoat sektori (hududda YaHMning o‘rtacha yillik o‘sishida 1,6-3,7 foiz) sezilarli ahamiyatga ega bo’ldi; 🔎 Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Buxoro viloyatlari hamda Toshkent shahrida YaHM o’sishini ta’minlashda xizmat ko‘rsatish sohasi (YaHMning o‘rtacha yillik o‘sishida 1,8-4,9 foiz) yetakchi tarmoq sifatida qayd etildi. ✒️ YaIMning aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan hajmi 2023-yilda 29,3 mln. so‘mni tashkil etib, iqtisodiy rivojlangan hududlarning mavqei mustahkamlandi. Bu Navoiy (2017-yildagi 2,0 barobardan 2023-yilda 2,6 barobarga), Toshkent (1,0 barobardan 1,2 barobarga) viloyatlari va Toshkent shahri (1,6 barobardan 2,1 barobarga) va respublika koʻrsatkichlari oʻrtasidagi farq oshganligida namoyon bo’ldi. ✅ 2017-2023 yillarda mamlakatning iqtisodiy rivojlangan hududlarini hisobga olmagan holda 6 ta hududda (Andijon, Buxoro, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Xorazm viloyatlari) YaHMning aholi jon boshiga to'g'ri keladigan ulushu oʼrtacha respublika ko’rsatkichiga (Toshkent shahri, Navoiy va Toshkent viloyatlari bundan mustasno) yaqinlashgani qayd etildi. 🇺🇿 "O‘zbekiston – 2030" strategiyasida «drayver» sohalarni rivojlantirish va hududlar salohiyatidan to‘liq foydalanish ko‘zda tutilgan bo‘lib, 2030-yilga qadar iqtisodiyot hajmini 2 barobar oshirish va «daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar» qatoriga kirish rejalashtirilgan. Bunda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan kompleks rivojlantirish borasida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan: ⏳ tuman va shaharlarning master rejalarini aholi va tadbirkorlar fikrini inobatga olgan holda ishlab chiqish; ⏳ hududning uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy va demografik rivojlanishini inobatga olgan holda joylarda qulay muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni yaratish; ⏳ aholi farovonligini ta‘minlash va tadbirkorlikni rivojlantirishda mahallani jamoatchilik hamda davlat organlari o‘rtasidagi «tayanch ko‘prik»ka aylantirish va boshqalar. 🌐 | Facebook | Twitter | Instagram | LinkedIn

Repost from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #QQS O‘zbekistonda maxsus ro‘yxatdan o‘tgan QQS to‘lovchilar haqida ma'lumot 2024-yil 1-aprel holatiga maxsus ro‘yxatdan o‘tgan QQS toʻlovchilar soni 189 899 tani tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,7 % ko‘p. Eng ko‘p QQS to‘lovchilar quyidagi sohalarda: 🔹 savdo – 62,8 ming; 🔹 qishloq xoʻjaligi – 46,4 ming; 🔹 sanoat – 24,8 ming. QQS to'lovchilarining yuqori o'sish sur'atlari quyidagi sohalarda kuzatilmoqda: 🔸transport24,9%; 🔸xizmat ko'rsatish12%; 🔸axborot va aloqa 9,7%. ________ #цифровизация #НДС Информация о поставленных на специальный регистрационный учет плательщиках НДС в Узбекистане По состоянию на 1 апреля 2024 года число плательщиков НДС составляет 189 889. Это на 6,7% больше в сравнении с таким же периодом прошлого года. Больше всего плательщиков НДС в следующих сферах: 🔹торговля - 62,8 тыс.; 🔹сельское хозяйство - 46,4 тыс.; 🔹промышленность – 24,8 тыс. Высокие показатели роста плательщиков НДС наблюдаются в следующих сферах: 🔸транспорт - 24,9%; 🔸оказание услуг 12%; 🔸информатизация и услуги связи 9,7%. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 💠 “Tashabbusli budjet” jarayonining 2024-yil 1-mavsumi gʻolib mahallalari toʻgʻrisida ma’lumot 📈Jami 9447 t
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 💠 “Tashabbusli budjet” jarayonining 2024-yil 1-mavsumi gʻolib mahallalari toʻgʻrisida ma’lumot 📈Jami 9447 ta mahalladan 2770 ta loyiha bilan 2253 ta mahalla gʻolib boʻlgan. ◀️2 ta yoki undan ortiq loyihalari gʻolib deb topilgan mahallalar soni — 392 ta. ◀️597 ta mahalla esa ilk marotaba gʻolib boʻlgan. Hududlar kesimida batafsil jadval bilan quyidagi havola orqali tanishing: https://shorturl.at/gFTV3 #tashabbusli_budjet #open_budget #inson_qadri_uchun Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х

#Премьера #Қисқа_метражли_фильм ⚡️Фақат ухлаб қолма! Ушбу қисқа метражли фильм туман ҳокимлигида, коммунал хизмат кўрсатиш соҳасида фаолият юритаётган давлат фуқаролик хизматчисининг бир кунлик фаолияти доирасида тайёрланди. Жараёнлар ҳеч қандай пардозсиз, борича акс эттирилди. Ролларни ҳам айни шу кунда давлат хизматида фаолият юритаётган хизматчилар ижро этиб берган. Фильмда бугун давлат фуқаролик хизматидаги оғриқли масала — иш режимига амал қилмасликнинг оилавий қадриятларга, фарзанд тарбияси ва руҳиятига салбий таъсири, келажакка бўлган умидсизлик ҳолатлари акс этган. Унутмайлик, халқни рози қилиш, фаолиятда самарадорликка эришиш — аслида қонуний белгиланган иш вақтидан оқилона ва самарали фойдалана олишимизда! Хулосани ҳар бир иш берувчи раҳбарлар ва ҳар бир давлат хизматчисининг ўзида қолдирамиз. ◽️Full HD Каналга уланиш — @argos_uz

❗️Nomzodlar diqqatiga! ▪️ Nogironligi bo'lgan shaxlarga mo'ljallangan vakant lavozimlarga o'tkazilayotgan ochiq tanlovlar yuz
❗️Nomzodlar diqqatiga! ▪️ Nogironligi bo'lgan shaxlarga mo'ljallangan vakant lavozimlarga o'tkazilayotgan ochiq tanlovlar yuzasidan ⚠️ Agar Sizda vakant ish o'rniga ariza topshirish yuzasidan yoki ishga joylashish bilan bog’liq qo’shimcha savollar paydo bo’lsa Ijtimoiy himoya milliy agentligining quyidagi ishonch telefonlari orqali murojaat qilishingiz mumkin bo’ladi: 🟢Qoraqalpog’iston Respublikasi +998612223380 🟢Xorazm viloyati +99862 228 45 96 🟢Buxoro viloyati +99895 420 00 60 🟢Navoiy viloyati +99879 220 76 05 🟢Qashqadaryo viloyati +99855 405 08 30 🟢Surxondaryo viloyati +99876 225 06 38 🟢Samarqand viloyati +99866 240 81 63 🟢Jizzax viloyati +99872 226 91 10 🟢Sirdaryo viloyati +99867 225 50 22 🟢Toshkent viloyati +99871 207 21 63 🟢Farg’ona viloyati +99891 676 21 00 🟢Namangan viloyati +99895 200 10 13 🟢Andijon viloyati +99874 223 85 05 🟢Toshkent shahri +99895 507 47 07 ▪️Shuningdek, murojaatingizni @ijtimoiyhimoya_murojaat_bot orqali ham yoʼllashingiz mumkin!

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ RASMIY MUNOSABAT Ijtimoiy tarmoqlarda “Tashabbusli budjet” jarayoni doirasida ayrim loyihalar g‘ayritabiiy ravishda ovoz to‘playotgani hamda ushbu holat Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan o‘rganilayotgani bo‘yicha xabarlar tarqaldi. ✅ Holat yuzasidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tegishli o‘rganishlar o‘tkazilib, vaziyatga aniqlik kiritildi. Surishtiruv natijalari bilan videorolik orqali batafsil tanishishingiz mumkin. Shu bilan birga, joriy mavsum doirasida berilgan barcha ovozlar tegishli tartibda o‘rganib chiqilishi hamda natijasi yuzasidan rasmiy ma’lumot berilishini ma’lum qilamiz. ❗️Elatma: Ovoz berish jarayonlari joriy yilning 4-aprel kuni soat 23:59 ga qadar davom etadi. #rasmiy_munosabat #open_budget Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х