cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Uychi tuman axborot-kutubxona markazi

Ушбу каналда ахборот- кутубхона марказининг махсус канали булиб бу ердан узингизга керакли барча ахборотларни топасиз

نمایش بیشتر
أوزبكستان16 849زبان مشخص نشده استکتب6 699
پست‌های تبلیغاتی
3 130
مشترکین
-124 ساعت
-1617 روز
-1 50430 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

00:48
Video unavailableShow in Telegram
👩‍🎓🧑‍🎓 O‘qishga marhamat. Namangan viloyati, Uychi tumanida joylashgan NAMDU qoshidagi UYCHI JISMONIY TARBIYA VA SPORT TEXNIKUMIGA yigit va qizlarni o‘qishga taklif qilamiz. Bu yilgi imkoniyatlardan foydalanib qoling. Qabul 5 iyundan 25 iyungacha. 🎥 Yuqoridagi videoni ko‘rish orqali batafsil ma'lumotga ega bo‘ling. Jonli ma'lumot olish uchun yoki shu texnikumda o‘qishni istaganlar quyidagi raqamlarga telefon orqali murojaat qilishlari so‘raladi. 📞 Tel: +998941516967 📞 Tel: +998880372929
نمایش همه...
REKLAMA.mp455.83 MB
Kechki mutolaa (o‘qish yoki eshitish uchun 26 daqiqa vaqtingiz ketadi) Murod Muhammad Do‘st. Darvoza yonidagi it (hikoya) Izoh: Olapar o‘z xo‘jayinini judayam yaxshi ko‘rar edi. Kunlardan bir kuni olapar sababli xo‘jayin va uning xotini o‘rtasida tortishuv yuzaga keladi. Birozdan so‘ng xo‘jayin olaparni doimgidek sayrga olib chiqadi. Bu safar avvalgidan farqli ravishda, uning bo‘yniga chilvir solingan edi. 📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/murod-muhammad-dost-darvoza-yonidagi-it 🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/ALafe24Ls 🎙Bugungi hikoya audiosini Madina Musayeva o‘qigan
نمایش همه...
Murod Muhammad Do‘st. Darvoza yonidagi it.mp323.47 MB
22-1-8 01.pdf4.50 MB
Photo unavailableShow in Telegram
#Kutubxonamiz_OAVda Respublika "Hurriyat" gazetasining 2025- yil 29- may 22-soni sahifasida Uychi tuman axborot-kutubxona markazi axborot- bibliografiya xizmati rahbari Jamila Po'latovaning kitobxonlik va mutolaa mavzusi yoritilgan "Kitob - beminnat ustoz" nomli maqolasi chop etildi.
نمایش همه...
#biz_tavsiya_etamiz. Xudoyberdi To’xtaboyev: Quyonlar saltanati: Bolalar adabiyotining chinakam fidoyi ijodkori Xudoyberdi To'xtaboyevning bolajonlarimizga atalgan navbatdagi tuhfasi ham o'ziga xos badiiy qimmatga sazovor asar, desak mubolaga qilmagan bo'lamiz. Ikki yosh o‘spirin yigitning orzulari, ularning tengdoshlaridan ajratib turadigan fazilatlari, qalamga olingan har bir voqea-hodisaning zamiridagi yaxshilikka, ezgulikka undash istagining mavjudligi, o'ylaymizki, bu gal ham kitobsevar muxlislarimizni quvontiradi. Shu bilan birga, kitob qahramonlariga oxshash istagi ularning ham qalbida paydo bo‘lsa, biz o‘zimizni maqsadimiz sari bir qadam oldinga tashlaganmiz, deb hisoblaymiz. Kitob mutolaasiga marhabo, yosh do‘stlar!
نمایش همه...
Xudayberdi To'xtaboyev Quyonlar saltanati.pdf1.23 MB
04:06
Video unavailableShow in Telegram
#Booktreyler #Boburnoma_memuar_asar Buyuk mutafakkir, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning "Boburnoma" asariga tayyorlangan booktreyler. Tarixiy asarlar kitobxonlar e'tiborida.
نمایش همه...
41.22 MB
#Mutaxassis_kuni 3- may kuni Uychi tuman axborot-kutubxona markazining Axborot-bibliografiya xizmati tomonidan tuman "Inson"ijtimoiy xizmatlari markazining kompleks ijtimoiy xizmat ko'rsatib mutaxassislari ishtirokida "Mutaxassis kuni" o'tkazildi. Mutaxassis kunini Axborot-bibliografiya xizmati rahbari Jamila Po'latova olib bordi , shuningdek, soha mutaxassislari uchun mavzuga doir adabiyotlar ko'rgazmasi tashkil etildi. Mutaxassis kuni tadbirida markazining suppervayzeri Ismoiljon To'tamirzayev , ijtimoiy xodim Nodiraxon Abdulazizovalar soha faoliyati bo'yicha so'z yiritdilar.Mutaxassis kunida mavzuga oid adabiyotlar tavsiya etildi, tadbirda 22 nafar mutaxassis ishtirok etdi.
نمایش همه...
#Bolaligim_begʻuborligim. #Adabiy_ertalik. 31.05.2024-yil kuni tuman axborot-kutubxona markazi hamda tumandagi "AAA KIDS" nodavlat MTT bilan oʻzaro hamkorlikda 1-iyun "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan muassasaning katta guruh tarbiyalanuvchilari ishtirokida "Bolaligim-begʻuborligim" mavzusida adabiy ertalik tashkil etildi. Oʻtkazilgan kechada tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qoʻshiqlar kechaga oʻzgacha fayz bagʻishladi. Kecha soʻnggida ishtirokchilar tuman axborot-kutubxona markazining esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Tadbirda muassasaning kichi, oʻrta, katta va tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilaridan iborat jami 72 nafar bolajonlar ishtirok etishdi.
نمایش همه...
#biz_tavsiya_etamiz Aziz o‘quvchi! Ertaklarning mo‘jizaviy qudrati, sehrli olami azal-azaldan insoniyatga, ezgulikka xizmat qil- gan. Kitobga bolalikdan mehr qo‘ygan boladan esa kela jakda xalq koriga yaraydigan, barkamol shaxslar yetishib chiqadi. O‘zbek xalq ertaklaridan saralangan mazkur to‘plam nafaqat bolajonlarga, balki Siz kattalar- ga ham manzur bo‘lib, qalbingizda bolalik his va tuyg‘ularini uyg‘otishiga ishonamiz. Sehrli olamning birinchi sayohatiga xush kelibsiz! Albatta o'qing, juda qiziq.
نمایش همه...
O'zbek xalq ertaklari Muqbul toshoatar.pdf1.70 MB
#audio_kitob 🎧Audio_asar 🖊G'ofur G'ulom 📖 Shum_bola 🎤Matnni Uychi tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassisi ibragimova Mohigul o'qidi.
نمایش همه...
_.mp361.61 MB