Abloguz — marketing & kontent marketing
رفتن به کانال در Telegram
Abloguz — marketing va biznes blogi. Marketing. Kontent. Natija. Rivojlanish. Uchrashuvlar va maslahat uchun adminimiz: @abloguz_admin
نمایش بیشتر3 504
مشترکین
-524 ساعت
-327 روز
-3130 روز
آرشیو پست ها
Nima deb nomlashni bilmadim…
Hali o’zimizni agentlik deb ommaga olib chiqmadik…
Yaxshi pul to’laymiz desakda lekin, Ichki tizimimizni endi qurayotganimiz sabab, hamma mutaxassis ham bizda ishlashni istamayapti…
Xizmatlarimizga mijoz topish uchun deyarli o’zimizga kontentlar va targetlar qilmadik…
Lekin eshigimizni taqillatib, katta katta siz tanigan mashxur brendlar…
Insonlar… Korxonalar…
Hakorlik qilaylik, marketingimizni oling deb qayta qayta eshik taqillatib…
Taklifimizni payti kelsa 7-10 kundan ham ko’proq kutishga rozi bo’lishayapti…
Aynan mana shu aslida rizq deb atalsa kerak…
Kundan kun kutmagan joylarimizdan takliflar tushayapti…
Bugun barcha sababni qilsangiz ham — ishlar yurib ketmayaptimi…
Demak bilingki usha siz kutgan kunga oz qoldi…
Asosiysi to’xtamang…
Rossiyaning eng qimmat 100 brendi (BrandLab reytingi tahlili)
@Abloguz — eplab bo'lmas daraja sari!
Rossiyaning eng qimmat 100 brendi (BrandLab reytingi tahlili)
Umumiy qaraganda brendlar bozori 5,6% ga arzonlagan, lekin bu raqam aldamchi. Asosiy pasayish neft-gaz sektoriga to'g'ri kelgan. Top-100 brendlarning umumiy qiymati 17,72 trillion rublni tashkil etgan bo'lsa, neft-gaz sohasi 1,12 trillion rubl yo'qotgan. Sanoatning qolgan barcha brendlari esa aksincha — 6% ga o'sgan.
Demak, brendlar arzonlashmayapti, balki brendlar iqtisodiyotida jiddiy qayta taqsimlanish sodir bo'lmoqda.
Qiymat va e'tibor qayerga ko'chmoqda?
Yandex: +30% (mamlakatning 3-eng qimmat brendi)
T-Bank: +31,6%
Ozon: +48,3% (top-10 talikka kirdi)
Zolotoe Yabloko: +42%
Brusnika (devoloper): +137,8% (o'sish bo'yicha mutloq chempion, past baza effekti hisobiga)
Reytingning muhim "nozik tarafi":
Bu shunchaki moliyaviy baholash reytingi emas. BrandLab baholashda tarmoq kvotalari bilan birga kompaniyalarning kommunikatsiya faolligi, PR, HR-brending va brend-menedjment sifatini ham inobatga olgan.
Natijada bir yil ichida 24 ta brend reytingga kirib, 24 tasi chiqib ketgan. Reytingdan chiqqanlar orasida Alfa-Bank, Perekryostok, Lamoda, Hoff va Skillbox kabi yirik nomlar bor. Yoki boshqacha aytganda, bu reyting brend qiymatini o'lchash bilan birga, kompaniyalarni "brend kabi harakat qilayotgani" uchun ham rag'batlantirmoqda.
@Abloguz — eplab bo'lmas daraja sari!
+2
Bitta akani o’zidan shuncha fikr chiqdiye.
Yana kimda qanday taasurot bor?
+2
Shashlik bo’yicha fikrlarni zo’ri kevottiku❤️🔥
Yana kimda bor?)👇
Siz bilan bugun maslahatli ish bor?)
Aynan shashlik yoki marinovka dganda sizga qanaqa momentla esga tushadi?
Izohlarda bo'lishing.
Faollarga sovg'a beraman😎
Va lichkadayam fikr almashamiz😊👇
Bugun yakshanbaku dam olaylik endiii)
Nima demadiz?
@Abloguz — eplab bo'lmas daraja sari!
Bizda mahsulotni sotguncha hamma zo'r muomila qiladi.
Sotib bo'lingach, mijoz muammosi bilan yolg'iz qoladi.
Tovarni qaytarish yoki almashtirish — haqiqiy azob.
Koll-sentrlar go'shakni ko'tarishga ham erinadi.
Sotuvchilar xuddi minnat qilayotgandek muomala qiladi.
Lekin shu joyida servis qilgan aniq yutadi.
Bugun xaridor faqat samimiy xizmatni tanlaydi.
O'zingizni xuddi mijozdek sinab ko'ring.
Call-centringizga qo'ng'iroq qilib, savol bering.
Natijadan xafsalangiz pir bo'lishi aniq.
Servis darajasini oshirish va mijozlarni sodiq muxlisga aylantirish bo'yicha jarayonlarga va marketingga kuchli e'tibor beringlar do'stlar...
@Abloguz — eplab bo'lmas daraja sari!
Zo'o'o'o'r mahsulot tayyorladingia, lekin sotilmayaptimi?
Katta ehtimol bilan: servisingiz shunchaki rasvo.
Ko'pchilik tadbirkorlar servisni ortiqcha chiqim deydi.
Ular shikoyat va e'tirozlardan qochishga urinadi.
Lekin Teodor Levitt aytganidek:
"Xizmat ko'rsatmaydigan sohaning o'zi yo'q."
Siz kimyo mahsuloti emas, xizmat sotmoqdasiz.
Faqat foyda ketidan quvganlar tezda kasod bo'ladi.
Servis kerak emas kerak deganlar chiqib servisi kuchlilar.
@Abloguz — eplab bo'lmas daraja sari!
Repost from Marketing Club
Marketing club loyihasining spikerlari to'liq tarkibi bilan tanishib olamiz.
➡️ Farrux Hasanov - "Front brending agentligi asoschisi va rahbari: Marketing tadqiqotlarini to'g'ri o'tkazish" mavzusida.
➡️Mohitabonu Kenjayeva - KUCH marketing agentligi hamasoschisi: "Brend atributlari. Qanday qilib brendni rivojlantirish kerak?" mavzusida;
➡️Sevara Asamova - Brend Strateg: "Raqobatchilardan ajralib turish uchun brend qanday gapirishi kerak?" mavzusida
Manzil: Webster universiteti, Alisher Navoiy ko'chasi.
Sana: 25-sentabr, 14:30
Ishtirok etish bepul.
Ro’yxatdan o’tish uchun havola👉https://forms.gle/px29JuotmtpnppnG6
@marketingclub_event
Kompaniyangiz sifatini qanday tekshirasiz?
O'zingiz mijoz bo'lib qo'ng'iroq qiling.
Mijoz sifatida holatni bilganingiz sizni lol qoldiradi.
Yoki tamomila hafsalangizni pir qiladi.
Sizningcha, servisda eng muhim uchta qoida qaysi?
1. Tezkorlik va chaqqon javob berish.
2. Moslashuvchanlik va muammoni zudlik bilan hal etish.
3. Samimiylik va mijozga do'stona munosabat.
Qaysi biri birinchi o'rinda turadi? Izohda raqamini yozing! 👇
@Abloguz — eplab bo'lmas daraja sari!
«ПЯТЁРОЧКА» xususiy brendlar (СТМ) strategiyasini tubdan o‘zgartirmoqda
«ПЯТЁРОЧКА» tarmog‘ida СТМ (xususiy savdo markasi) ulushi umumiy sotuvlarning 27 foiziga yetdi.
Kompaniya 2027–2028-yillarga kelib bu ko‘rsatkichni 40–50 foizga yetkazishni reja qilgan.
Shu bilan birga, ular o‘z brendlar portfelini 77 tadan 35 tagacha qisqartirdi: brendlar soni kamaytirilib, har biriga ko‘proq resurs ajratilmoqda.
Hozirda СТМ ostida 1500 dan ortiq tovar turi sotilmoqda.
СТМ endi "arzonroq" degani emas
Taniqli brend muqobilini ishlab chiqib, uni 15–20 foizga arzonroq sotish kabi eski model o‘z umrini o‘tab bo‘ldi.
Endi mantiq butunlay boshqacha — aniq bir ehtiyoj va iste’mol ssenariysiga yo‘nalish berilmoqda. ПЯТЁРОЧКА da 3ta asosiy yo‘nalish belgilandi:
Vaqtni tejash — tayyor taomlar va «ПЯТЁРОЧКА Kafe»;
Salomatlikka e’tibor — «Vkus i polza» liniyasi;
Hamyonbop premium — «Premissimo» liniyasi.
Ta'munot bo'limi o‘rnini prodakt-menejerlar egallamoqda...
Bu trend bizga ham tez orada kirib keladi degan fikr yo'q emas)
Shu ma'lumotlarni negadur bugun bo'lishgim keldi
@Abloguz — eplab bo'lmas daraja sari!
+5
Audi qanday qilib kofe damlaydigan mashinadan katta pul ishladi?
Sizga hozir juda sodda va tushunarli qilib tushuntiraman:
Tasavvur qiling, sizni eng yaxshi ko'rgan mashinangiz bor — u juda tez, chiroyli va qimmat. Bu Audi.
Boshqa bir odam esa juda mazzali kofe pishiradigan oddiy kofe mashinasi yasaydi. Uning narxi 4 300 yevro.
Endi Audi keladi-da, shu kofe mashinasini ustiga o'zining zo'r metall korpusini va chiroyli nishonini (logotipini) yopishtirib qo'yadi.
Natijada kofe mashinasining narxi birdan 6 500 yevro bo'lib ketadi!
Xo'sh, nimaga narxi oshib ketdi?
Brend hisobiga!
Odamlar 2 200 yevro ortiqcha pulni kofe uchun emas, aynan "Audi" degan mashhur nom uchun to'lashadi.
O'zi bilmagan ishni qilmadi: Audi o'zi noldan kofe mashinasi yasab o'tirmadi. Tayyor zo'r kofe mashinasini oldi-da, faqat o'zini chiroyli ko'rinishini berdi.
Audi haydaydigan amakilar uyida ham xuddi mashinasiga o'xshagan metall buyum turishini xohlashadi.
Biz bundan nima o'rganamiz?
Odamlar ba'zan mahsulotning o'zini emas, uning ustiga yozilgan mashhur nomni va beradigan kayfiyatini sotib olishadi!
Sizga shunaqa sodda sodda qilib tushuntirsam nima deysiz?
@Abloguz — eplab bo'lmas daraja sari!
Mijozga servis ko'rsatishni qo'shimcha xarajat deb o'ylaysizmi?
Har qanday biznes — bu servis biznesi.
Odamlar mahsulotni emas, xizmatni sotib oladi.
Tezkor, moslashuvchan va samimiy bo'ling.
Mijozni rozi qilish — daromad garovi.
Aks holda bozordan tezda chiqib ketasiz.
Servis biznesning eng muhim qismi degan fikrga qo'shilsangiz, 🔥 bosing!
@Abloguz — eplab bo'lmas daraja sari!
+1
Bizni "network" guruhimizda doim shunaqa qiziqarli vakansiyalar bo'ladi)
Olovmi🔥
Viloyatlarda va katta katta brendlarda ham marketolog kerak ekanini guruhimiz misolida ko'rsangiz bo'ladi😎
U guruhimizda faqat tanlanganlar bor😎
Bilasizmi nega savdo o’smaydi?)
Sababi korxonada hammani fikri har hil bo’ladi…
Rahbar ish haqida boshqacha fikrlasa
Hodimlar boshqacha fikrda…
Mijoz esa u korxona haqida umuman boshqa fikrda…
Bunga oddiy misol, shu nesquik upakovkasi?)
Sizga bu rasmni ko’rib nima fikr keldi?)
Aniq auditoriyasiz qilingan marketing — katta byudjetni yeb yuboradi...
Siz mahsulotingizni "hammaga" sotmoqchisiz.
Lekin bu faqat byudjetni sovurishga xizmat qiladi.
Segmentni to'g'ri bo'lish sotuvni zudlik bilan oshiradi.
Har bir mijoz guruhiga alohida taklif kerak.
Eski usullarni yig'ishtiring, aniq nishonga uramiz.
Biznesni rivojlantirish uchun konsultatsiya ham o'tib berishimiz mumkin.
Maqsadli auditoriyangizni aniq segmentlarga bo'lish va sotuv zanjirini to'g'ri yo'lga qo'yish bo'yicha uchrashuvga yoziling:
📲 Shaxsiyga yozing: @abdualimov_aa
@Abloguz — eplab bo'lmas daraja sari!
Mana buni marketing desa bo'ladi lekin...
Pure Leaf choy brendini bu ishi albatta siz "vauv" deyishizga sabab bo'ladi...
Brend Nyu-Yorkda avtomat qo'ydi: choy kerakmi — telefoningni topshir, 10 daqiqa ekransiz o'tir. Faqat o'zing va ko'cha tovushi qolsin.
Natijachi?
Butun dunyo bu haqda gapirmoqda.
Bepul reklama.
E'tibor bering.
Choy — choy.
Mahsulot oddiy.
Lekin taqdim etish hammasini o'zgartirdi.
Oddiy avtomat bo'lsa — hech kim ko'rmasdi.
Bu zo'r g'oya bo'ldi — million odam ko'rdi.
Mana shu — marketing.
Odamlar ko'p hollarda mahsulotni emas — emostiyani sotib oladi.
Siz nima sotasiz — mahsulotmi, yoki emotsiya?
@Abloguz — eplab bo'lmas daraja sari!
Biznesda eng katta xato qaysi deb o'ylaysiz?
• Arzon narx qo'yib, hamma bilan raqobatlashish.
• Aniq segmentni tanlamay, hammaga sotishga urinish.
• Reklama byudjetini noto'g'ri kanalga sovurish.
• Biznesingizda qaysi biri ko'proq uchramoqda? Izohda yozing! 👇
@Abloguz — eplab bo'lmas daraja sari!
O'zingizni aldashni to'xtating.
"25 yoshdan 45 yoshgacha bo'lganlar" — bu segment emas.
Bunday ta'rif bilan reklama ham, sotuv ham o'ladi.
Mijozni yoshiga qarab emas, og'rig'iga qarab qidiring.
Aynan bir xil muammosi bor guruhni toping.
Pulni aniq nishonga urganlar topadi.
Agar bu haqiqatga qo'shilsangiz, 🔥 bosing!
@Abloguz — eplab bo'lmas daraja sari!
