cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Alisher Sadullaev

Bir yoshning jamiyatga oid fikr, qarash va harakatlari haqida • Yoshlar ishlari agentligi direktori • Oliy Majlis Senati a’zosi • O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: https://myurls.co/alisher_sadullaev

نمایش بیشتر
أوزبكستان192زبان مشخص نشده استآموزش375
پست‌های تبلیغاتی
197 041
مشترکین
-51224 ساعت
-12 3747 روز
+25 16930 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Rahmat, yigitlar! 🇺🇿 Umarali, hammasi hali oldinda. @alisher_sadullaev
نمایش همه...
👍 1189🔥 192 148
🔥Nodirbek Abdusattorov yana chempion 🇺🇿Nodirbek "Tepe Sigeman 2024" turniri g'olibligini qo'lga kiritmoqda. ⚡️U taybrekda Peter Svidler hamda Arjun Erigaisini mag'lubiyatga uchratib, turnir chempioniga aylandi. 🤝"Uzchess" Nodirbekni bu katta muvaffaqqiyat bilan tabriklaydi va keyingi ishlarida omad tilab qoladi @alisher_sadullaev
نمایش همه...
👍 792🔥 176 98
O'zbekiston finalda! Bugun U-23 Osiyo kubogi finalida U-23 olimpiya terma jamoamiz U-23 Yaponiya olimpiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. 🏟 Uchrashuv 3-may Toshkent vaqti bilan 20:30 da “Jassim bin Hamad Stadium” stadionida boshlanadi. O'yinni “Sport” telekanali orqali jonli efirda ko'rishingiz mumkin.
✊🏻Yigitlar omad yor bo‘lsin!
@alisher_sadullaev
نمایش همه...
👍 485🔥 109 52
STEM fanlari bilimdonlari uchun "IQtidorli" yoshlar oromgohi 🔈 Ilk bora Yoshlar ishlari agentligi tomonidan "Ibrat farzandlari" va "Ustoz AI" loyihalari bosh hamkorligida "IQtidorli" yoshlar oromgohi loyihasiga start berilmoqda. STEM fanlariga qiziqadigan va tahsil olayotgan yoshlar oromgohda qatnashishlari mumkin. Shuningdek, ushbu yoʻnalishda hamkorlik qilmoqchi boʻlganlarni loyihaga taklif qilamiz. ✉️ Loyiha haqida batafsil ma’lumot va oromgoh uchun ariza topshirish ⬅️ ⏰ Hoziroq roʻyxatdan oʻting va loyihada oʻz iqtidoringizni namoyon qiling. Sizni oromgohimizda koʻrishdan mamnunmiz. Batafsil: @iqtidorly
نمایش همه...
👍 142 21🔥 20
“Oliy liga” 2024 erkaklar va ayollar o‘rtasidagi Oʻzbekiston chempionatidaayollar o‘rtasida Umida Omonovaga eng yuqori oʻrin hamda 7,5 ming AQSH dollari, erkaklar o‘rtasida 1-o‘rin va 15 ming AQSH dollari Javohir Sindarovga nasib etdi.
Umumiy sovrin jamg‘armasi 75 ming AQSH dollarini tashkil etgan “Oliy liga” 2024 erkaklar va ayollar o‘rtasidagi Oʻzbekiston chempionati yakunlandi. Tezkor yo‘nalishda erkaklar guruhida 24 nafar, ayollar guruhida 18 nafar shaxmatchilarimiz davra tizimi bo‘yicha bahslashdilar. Gʻoliblar roʻyxati bilan tanishing.
Oʻyinlar esa, doimgidek
Uzchess
loyihasi tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri efirlarda sharhlanib borildi.
💐Musobaqada ishtirok etgan barcha ukalarimiz va singillarimizni, ularning ota-onalarini chin yurakdan samimiy qutlayman! @alisher_sadullaev
نمایش همه...
👍 181 24🔥 24
⚡️ Birozdan soʻng Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi boshlanadi. Davlatimiz rahbarining forum yalpi majlisidagi nutqini Prezident Matbuot xizmatining Facebook va YouTube dagi rasmiy sahifalarida jonli efirda tomosha qiling. @alisher_sadullaev
نمایش همه...
👍 149🔥 25 24
🌎 "WikiStipendiya"ning uchinchi mavsumi boshlandi. Mukofot jamg'armasi 375 million! 🌎 O'zbekcha vikipediyadagi ma'lumotlar soni va sifatini oshirishga qaratilgan "WikiStipendiya" marafonining ikki mavsumi davomida maqolalar soni 140 mingdan 260 mingtaga yetdi, jahon vikireytingida esa 62-o'rindan 42 o'ringa yuqoriladi. 📈 Yoshlar ishlari agentligi tomonidan O'zbek tilida so'zlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi guruhi bilan hamkorlikda boshlangan uchinchi mavsum shu yilning 1-mayidan 1-dekabriga qadar davom etadi. G'oliblar: 🔢- o'rin 150 mln. so'm; 🔢- o'rin 125 mln. so'm; 🔢- o'rin 100 mln. so'm. 🖥 Marafonda ishtirok etish uchun ushbu link orqali so'rovnomani to'ldiring. Batafsil ma'lumotlar: 🔵 Rasmiy kanal 🤖 Rasmiy bot 📞+998330007133
نمایش همه...
👍 217🔥 33 32
⚡️ Obunachilarimizga savol! Futbol boʻyicha Olimpiya terma jamoamizning qaysi futbolchisi dastxati tushirilgan koptokni yutib olishni istar edingiz? Keyingi post javoblaringizga bogʻliq... @alisher_sadullaev
نمایش همه...
329👍 197🔥 48
🇺🇿Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasini tabrikladi Shu kunlarda Qatar davlatida futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etib, biryo‘la final yo‘llanmasi hamda shu yil yozda Parijda o‘tkaziladigan Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritganingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Osiyo qit’asidagi eng kuchli jamoalar bilan qizg‘in kurashlar ostida bo‘lib o‘tgan 5 ta o‘yinda ham jamoamiz darvozasini daxlsiz saqlab, raqiblar darvozasiga 14 ta javobsiz to‘p kiritganingiz ham futbolimiz tarixida misli ko‘rilmagan natijadir. Ishonchim komilki, sizlar bu yutuqdan yanada ruhlanib, final bellashuvida “Osiyo chempioni” degan sharafli nom uchun munosib kurash olib borasiz. Fursatdan foydalanib, barchangizga, sizlarning mehribon ota-onalaringiz, ustoz-murabbiylaringizga ham chin qalbimdan minnatdorchilik bildiraman. Butun O‘zbekiston xalqi sizlarga hamisha baxt va omadlar, porloq g‘alabalar tilaydi, aziz bolalarim! @alisher_sadullaev
نمایش همه...
👍 521 65🔥 56