cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Hudhud Books

- hamyonbop kitoblar; - arzon yetkazib berish; - super chegirmalar; - bonus va sovg‘alar! 🧑‍💻Admin: @hudhudbook ☎️Tel: +998950990732 🌐https://instagram.com/hudhudbooksuz 🌐https://www.facebook.com/hudhudbooksuz/ 📬Pochta: @hudhudbooksbot

نمایش بیشتر
أوزبكستان26 399زبان مشخص نشده استکتب17 231
پست‌های تبلیغاتی
318
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-27 روز
-930 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Salom, doʻstlar! Kitob doʻkon oʻz faoliyatini yuritmayapti. Ammo qachondir bu loyihani qayta oyoqqa turgʻizamiz, inshaalloh. Ungacha siz mening shaxsiy blogimni kuzatib borsangiz, xursand boʻlardim: Mana blog ssilkasi: @usmonosphere Barchangizga katta rahmat! Hurmat ila, Shohrux :)
نمایش همه...
Repost from Sanduvoch
Photo unavailableShow in Telegram
Odam oʻz jannatini boshqalarga hamma narsa jahannam koʻringan joydan topadi-da! Alberto Moravia, “Rimlik ayol” @sanduvoch_uz
نمایش همه...
Repost from Zabarjad Mediа
​​#kutib_oling #yangi_nashr 📘 Alberto Moravia ​​— “Rimlik ayol” XX asr jahon adabiyotining nomdor vakili Alberto Moravia (1908​​—1990) oʻz asarlarida zamonaviy dunyo kishilarining harisliklari, ijtimoiy begonalashuv va ekzistensializmni tasvirlaydi. Adibning “Ishtiyoqsiz”, “Rimlik ayol”, “Nafrat” kabi romanlari va hikoyalar toʻplamlari mashhur. “Rimlik ayol” (1947) romanida yozuvchi kishini lol qoldiradigan goʻzalligi sabab orzulari sarobga aylangan, hayoti tamomila izdan chiqqan ojiza taqdirini qalamga oladi. Asar qahramoni Andriana barcha qizlar singari oʻz oilasi, suyukli yori, farzandlari, oilaviy baxti boʻlishini istar edi xolos. Ammo qizining qomatini pullashni istaydigan onasi, ishonch va muhabbatini suiisteʼmol qilgan sevgilisi va palid kimsalardan iborat jamiyat Andriananing hayoti fohishalik koʻchasi tomon burilishiga sababchi boʻladi. Asarda yaqqol ajratib koʻrsatgulik ijobiy qahramon yoʻq, hatto avvaliga begʻubor orzular ogʻushida yashagan Andriananing oʻzi ham bora-bora oʻz taqdiriga sovuqqonlik bilan qaraydi. Hayoti harchand axloqsizlik botqogʻiga botgan boʻlmasin, qalbida afsus tuymasligi kitobxonga taajjubli tuyilishi mumkin. Romandagi asosiy syujet chizigʻi soyasida oʻsha davrdagi Italiyani, diktatura oʻchogʻiga aylangan mamlakat va kishilarning tuzumga nisbatan qarashlarini ham ilgʻash mumkin. Shu sababli ham muallifning “Rimlik ayol” va boshqa asarlari Mussolini hokimiyati tomonidan taqiqlab qoʻyiladi. Asarni oʻqib yo bir ayolning havas qilib boʻlmas qismatiga achinishingiz, yoki fashist Italiyasiga nisbatan nafrat hissini tuyishingiz mumkin. Dunyo yuzini koʻrganidan buyon oʻquvchilar eʼtiboridan tushmay kelayotgan mazkur asar salkam qirq yil oʻtib oʻzbek kitobxonlariga yangi koʻrinishda taqdim etilmoqda. “Zabarjad Media” nashriyotining bu galgi betakror tuhfasi ham sevimli asarlaringiz qatoridan oʻrin olishiga aminmiz. @zabarjadmedia
نمایش همه...

Photo unavailableShow in Telegram
🎁IELTS imtihonini bepulga topshirishni, qimmatbaxo sovg’alar yutib olishni va sifatli kontent kuzatuvchisiga aylanishni xohlaysizmi? Unda “Uzschool” hamda “Abdurazzoq Khanov” hamkorligida tashkil etilgan tanlovda qatnashib sovg’alarni yutib oling! 📌Shartlar juda oddiy, sovg’alar esa manfaatli! Танловда иштирок этиш учун👇 https://t.me/IELTSTANLOVBOT?start=752849213
نمایش همه...
Repost from Usmonip
Photo unavailableShow in Telegram
Kitob ulashaman 🔥 Oʻzim shuncha hadya olayotibman, sizlarga ham kitob sovgʻa qilgim keldi. Tanlov oʻtkazmoqchi emasman, menga shunchaki sizning hayotiy hikoyalaringiz qiziq va qadrli. ❇️ Imkonim yetsa, hech boʻlmasa roʻza oyi davomida har hafta kitob ulashishni niyat qildim. Demak shartlar quyidagicha: • sahifam obunachisiga aylaning • shu post ostiga Ramazon oyi bilan bogʻliq bolalik xotirangizni yozib qoldiring (hajmi va uslubi erkin) • sahifamga qiziqishi mumkin boʻlgan tanishlaringizga shu xabarni yoʻllang (obunachilarni koʻpaytiraylik ham-da) 💣 Sovgʻa: “Mio, bolajonim Mio” (A. Lindgren) hamda “Oskar va Pushti xonim” (E. Emmanyuel-Shmidt) kitoblari. Viloyatda boʻlsangiz, pochtadan yuboraman. 🏃‍♂ Muddat: 25-mart 21:00 gacha izohlar yozishingiz mumkin. ℹ️ Qanday aniqlanadi? Har bir izohga raqam beraman va tasodifiy tarzda (bot orqali) omadli kishini tanlaymiz. @usmonosphere
نمایش همه...
Repost from Usmonip
Photo unavailableShow in Telegram
“Kafka va K°” Buxoroda! Doʻstlar, orangizda buxorolik sanʼatsevarlar bormi? Unda siz uchun ajoyib yangilik bor. “Shams-i-Qamar” teatr-studiyasi yaqin kunlarda, 25-28 mart kunlari “Kafka va K°” monospektaklini Buxoroda, Shavkat Boltayev foto galereyasida namoyish etadi. Spektakl oʻzbek tilida boʻlib, Frans Kafkaning “Otamga xat” va “Evrilish” asarlari asosida sahnalashtirilgan. Shaxsan ishontirib aytamanki, bu teatr umuman boshqacha taassurotlar beradi sizga. Borishni istaganlar +998935306733 raqamiga bogʻlaning. Meni tavsiyamni aytib qoʻysangiz, yanayam xursand boʻlishadi. Teatr har doim bepul sahnalashtirilgan, faqat zalvorni koʻtarishga tayyor tomoshabin boʻlsangiz bas. P.S: Buxorodagi kitobxon va sanʼatsevar doʻstlaringizni xabardor qiling. @usmonosphere
نمایش همه...
Repost from BOOKTOPIA
🔔Танаффус пайти ўқитувчи ўқувчилар билан ўйнаши, улар билан бирга кунни режалаши ва баҳоларни муҳокама қилиши қанчалик тўғри ва самарали эканлигини биласизми? 🟢 Бу ишлар энг яхши таълим тизимига эга бўлган Финландия мактабларида бажарилиши ва финлар ўзлаштиришда ҳаммадан илғор эканлигини ҳисобга олсак самарали ҳисобланади. ⚡️Ушбу китобда фин таълими тизими ҳақида батафсил ёритилган ҳамда ўзбек мактабларида ҳам қўллаш мумкин бўлган 33 стратегия таклиф этилган. 🚛 Ўзбекистон бўйлаб етказиб бериш хизмати бор! 📚 Китобга буюртма бериш учун: 📞+998994759755 ✈️ @zm_admin га мурожаат қилинг! P.S. Бизда 3000 турдан ортиқ китоблар бор, анақисса
نمایش همه...
Repost from Usmonip
​​“Oʻnta negr bolasi” (Agata Kristi) Detektiv asarlarga xushim yoʻq edi, deyarli oʻqimaganman. Kecha zerikib, uyda qolgan kitoblarim ichidan shuni varaqlarman deb qarasam, salkam oxiriga yetib qoʻyibman. “Oʻnta negr bolasi” ​​— kitoblari milliardlab nusxada, yuzdan ortiq tillarda chop etilgan detektiv janri qirolichasi Agata Kristi xonimning oʻzi eng yoqtiradigan asari deyishadi. Kitob asosida muallifning oʻzi pyesa ham yozgan, adashmasam (bolalikda koʻzim tushgan), kinosi ham mavjud. Avvliga syujet joʻnday tuyuldi: xoʻp, sanoq sheʼrga mutanosib tarzda oʻn kishi birma-bir oʻldirilar ekan, oʻnta negr bolasining haykalchalari bitta-bitta yoʻqolaverar ekan shunga shuncha vahimami, deb oʻylagandim. Yoʻq, hammasi men oʻylaganday boʻlganda, Kristining Kristiligi qolmasdi. Umuman, shu yerda bitta aqlli fikr aytib ketay, detektiv oʻqiyotgan kitobxon oʻzi ham izquvarga aylanib, muallifni fosh qilishga, uning keyingi qadamlari-yu burilishlarini oldindan aniqlashga zoʻr beradi. (Balki shu qiziqish ortidan detektivlar tez oʻqilar!) Yozuvchi bir yoki yarim sahifa keyingi voqeani kitobxonga oldindan bildirib qoʻydimi, demak u fosh qilindi, magʻlub boʻldi degani. Lekin men Kristi xonimni fosh qila olmadim. Fosh qilganimga necha bor qattiq ishongan boʻlsam-da, yakunda baribir ustimdan kulganday boʻlib chiqaverdi. Ofarin, qari kampir! Kimda-kim Agata momo bilan aql jangiga kirishmoqchi boʻlsa, marhamat, kitobni oʻqib koʻring. Detektivni sevuvchilar allaqachon oʻqib chiqqab boʻlishi ehtimoli yuqori, lekin bu janrga endi burun suqmoqchi boʻlganlarga aynan shu kitobdan boshlang, degan boʻlardim. Ha, tarjimon sifatida yana bir narsani qistirib oʻtmasam boʻlmas. Asarni Hasanboy Otaboyev (nashriyotda ishlaganimda bir-ikki koʻrishganmiz) oʻzbekchaga mahorat bilan oʻgirgan, deyarli nuqson topmaysiz. Ammo uch-toʻrtta oʻrinlarda eʼtiroz paydo boʻldi, masalan, “qisqasi, siz kabi osuda hayot va nazokatni odat qilgan eski maktab odamlari uchun pansion” (8-bet), “Bizning ingliz yozimiz shunaqa beqarorki” (17-bet), “Biz ortiqcha koʻpmiz” (21-bet), “Umr bino Onimlarga oʻxshagan odamlarni uchratmagandim” (25-bet) kabi jumlalar anchayin gʻaliz, oʻzbek tiliga begonaday koʻrindi. Gapning poʻskallasi shu, oʻzimni tilimda aytsam, “devonacha” kitob ekan, ogʻir, falsafiy, tosh bosib oʻldiradigan kitoblardan chekinib oʻqishga juda mos. @usmonosphere
نمایش همه...

Repost from Usmonip
Photo unavailableShow in Telegram
#foydali_post Kursdoshim asosan ToshDOʻTAU talabalari uchun onlayn ingliz tili kursini yoʻlga qoʻyibdi. Endi bahona qilib oʻtirmaysizlar. Sizga qulay vaqtda, choʻntak bemalol koʻtaradigan narxga, ingliz tilidan chuqur bilimi bor ustozdan dars olish mazzamasmi? Bu kursda guruh yoki individual tarzda oʻrganish imkoni bor, ingliz tilining barcha qirralari qamrab olinadi, darslar oʻquvchilarning talabiga koʻra kunning istalgan qismida rejalashtiriladi (mana demokratiya!), kurs yanvardan boshlanadi, birinchi ikkita dars bepul ham. Yana nimasini maqtay axir? Bilasizlar-ku, boʻlmagan narsani tavsiya qilmayman. Qiziqqanlar @xaki20 manziliga yozaverasizlar. "Shohrux aka aytdi" desangiz, 2 ta emas, 3 ta darsni bepul oʻtib beradi (meni hurmatim bor-da!) @usmonosphere
نمایش همه...
#tomchi Bir-biriga begona odamlar taqdir taqozosi bilan bir joyda turib qolsalar noqulay jimlikni buzish uchun obi havodan gap boshlanadi odatda. "Qor juda qalin tushdi", dedim men ham boshqa gap topolmay. ​​— Qushlarga qiyin. ​​— Odamlarga ham. © Neʼmat Arslon, "Dabdiraganov" @hudhudbooksuz
نمایش همه...
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.