cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

Advertising posts
9 474مشترکین
+1524 ساعت
+1 0337 روز
+1 93830 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Milliy gvardiya Qoraqalpoǵiston Respublikasi bóyicha boshqarmasi, Maktabgacha va maktab tálimi vazirligi, sport vazirligi hamda yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda "Yosh gvardiyachilar" harbiy sport musobaqasining Qoraqalpoǵiston Respublikasi bosqichi ótkazildi. Mazkur tadbirda shahar va tuman bosqishlarida ǵolib bólgan jamoalari ishtirok etib, ular musobaqa shartlari bóyicha ózaro bellashuvlar olib bordi. Ótkazilgan bellashuvlar mobaynida jamoalarning har bir chiqishlari munosib baholanib borildi. Yakuniy natijalar bóyicha 3-órinni Xójayli tumanidagi 15-sonli umumtálim maktabi jamoasi, 2-órinni Qanlikol tumanidagi 2-sonli umumtálim maktabi jamoasi va faxrli 1-órinni Tórtkól tumanidagi 18-sonli umumtálim maktabi jamoasi egallab, Respublika bosqishiga ishtirok etish ushun yóllanmani qólga kiritdi. Ǵoliblar tashkilotchilar tomonidan medal, diplom va qimmat baho sovǵalar bilan munosib taqdirlandi. ==================== @qrmilliygvardiya_official web-site | Telegram | facebook | instagram | twitter‌‌
نمایش همه...
Bugun To‘rtko‘l tumani “Yoshlik” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘z tomorqa yerida biogumus yetishtirib tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan oila –Umid Jabbarov xonadonida ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi. Xonadon egasi ushbu soha bilan 4-5 yildan buyon shug‘ullanib kelayotganligini bildirdi. Seminar davomida tadbirkor o‘zining asosiy tadbirkorligiga qo‘shimcha qilib daromad olayotgan ushbu sohaning afzalliklari, ahamiyati qolaversa qishloq xo‘jaligida erishiladigan yutuqlari hamda daromadi borasida ma’lumot berdi. Seminarda To‘rtko‘l tumaniga biriktirilgan vakillar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vaziri E.Tursunov rahbarligidagi mutasaddi tashkilotlarning mas’ullari ham ishtirok qildilar va seminarda ishtirok qilayotgan hokim yordamchilariga mahallalarda targ‘ibot ishlarini kuchaytirishlarini hamda aholining daromadlarini oshirishlariga oid topshiriqlar berdilar. Ma’lumot uchun: biogumusdan qanchalik foyda olish mumkinligini bilishni istagan, sohaga qiziqqan fuqarolar hududlaridagi hokim yordamchilaridan so‘rab bilib olishlari mumkin.
نمایش همه...
Ko‘rgazmali seminar: Biogumusdan qanchalik foyda ko‘rsa bo‘ladi?
نمایش همه...
نمایش همه...
Rasmiy munosabat

Kuni kecha ijtimoiy tarmoq orqali To‘rtko‘l tumani Nurota ko‘chasidagi yo‘lda paydo bo‘lgan chuqur bo‘yicha murojaat tegishli soha mutaxassislari tomonidan o‘rganilganida ichimlik suvi quvuri (kolodes) ustiga bostirilgan temir qopqoq yuk mashinasi  og‘irligidan singanligi aniqlandi. Hozirgi vaqtda tegishli tashkilot mas’ullari tomonidan muammo bartaraf qilinganligini ma`lum qilib bildiramiz.

#mini_futbol #DXX_kubogi QIZ BOLALAR O'RTASIDA MINI FUTBOL BO'YICHA TUMAN BOSQICHI G'OLIBLARI ANIQLANDI Тumanda mahallalardagi yoshlar o‘rtasida «DXX kubogi» sport musobaqalari davom etmoqda. «Turkiston» mahallasi hududida yangidan ishga tushirilgan sun’iy qoplamali sport maydonida qiz bolalar o'rtasida mini futbol bo‘yicha спорт мусобақасининг tuman bosqichining final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Final o‘yinlarida «Yashnоbod», «Paxtaobod», «Navoiy», «Nurli yo'l» mahalla va ovul fuqarolaridan saralangan qiz bolalar futbol jamoalari o‘zaro bellashdilar. Qizg‘in kurashlarga boy va murosasiz o‘yin yakunida «Yashnabod»mahallasi futbolchi qizlari 3-o‘rinni hamda «Paxtaobod» mahallasi qizlari ikkinchi o‘rinni egallashga musharraf bo‘ldilar. Musobaqada «Navoiy» mahalla fuqarolari yig‘inidan ishtirok qilayotgan sportchi qizlar jamoasi mutloq g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
نمایش همه...
"Yashil chiroq" musobaqasining tuman bosqichi o‘tkazildi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-aprel kunidagi "Ta’lim muassasalarida yo‘l harakati qoidalari targ‘ibotini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 212-son Qaroriga asosan, 2024-yil 27-aprelda Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani MMTB ga qarashli 44-maktabda "Yashil chiroq" musobaqasining tuman bosqichi o‘tkazildi. Musobaqada 68-,40-,44-,15-,58-,42-maktab jamoalari faol ishtirok etishdi. Unda g‘oliblar 7-ta shart bo‘yicha aniqlanib, 3- o‘rinni 15-maktab, 2-o‘rinni 40-maktab egalladi. Faxrli 1- o‘rinni egallagan 68-maktab o‘quvchilari musobaqaning Qoraqalpog‘iston Respubliki bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar. G‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandilar.
نمایش همه...
آرشیو پست ها