fa
Feedback
Aziz Halikov

Aziz Halikov

رفتن به کانال در Telegram

Murojaat uchun: @azcapital_info Ushbu kanal - Aziz Halikov va uning jamoasining yagona kanali bo'lib, trading sohasiga oid eng qiziqarli ma'lumotlar va savdo g’oyalari berib boriladi. https://telegra.ph/Xavf-haqida-ogohlantirish-07-19

نمایش بیشتر

📈 تحلیل کانال تلگرام Aziz Halikov

کانال Aziz Halikov (@azizhalikov) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 93 162 مشترک است و جایگاه 976 را در دسته اقتصاد و امور مالی و رتبه 652 را در منطقه أوزبكستان دارد.

📊 شاخص‌های مخاطب و پویایی

از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 93 162 مشترک جذب کرده است.

بر اساس آخرین داده‌ها در تاریخ 28 ژوئیه, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر -2 120 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -120 بوده و همچنان دسترسی گسترده‌ای حفظ شده است.

  • وضعیت تأیید: تأیید نشده
  • نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 23.48% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 12.49% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب می‌کند.
  • دسترسی پست‌ها: هر پست به طور میانگین 21 878 بازدید دریافت می‌کند. در اولین روز معمولاً 11 636 بازدید جمع‌آوری می‌شود.
  • واکنش‌ها و تعامل: مخاطبان به‌طور فعال حمایت می‌کنند؛ میانگین واکنش به هر پست 346 است.

📝 توضیح و سیاست محتوایی

نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاه‌های شخصی توصیف می‌کند:
Murojaat uchun: @azcapital_info Ushbu kanal - Aziz Halikov va uning jamoasining yagona kanali bo'lib, trading sohasiga oid eng qiziqarli ma'lumotlar va savdo g’oyalari berib boriladi. https://telegra.ph/Xavf-haqida-ogohlantirish-07-19

به لطف به‌روزرسانی‌های پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 29 ژوئیه, 2026)، کانال همواره به‌روز و دارای دسترسی بالاست. تحلیل‌ها نشان می‌دهد مخاطبان به‌طور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته اقتصاد و امور مالی تبدیل کرده‌اند.

93 162
مشترکین
-12024 ساعت
-7917 روز
-2 12030 روز
آرشیو پست ها
پیام ویدیو01:00

#AAPL Bitim yopildi Natija: +25.37% Bitim ochilgan: Aprel 20 Bitim yopildi: Iyul 28

پیام ویدیو00:39

Bepul deb balki mensimayotganlar bordur. Lekin master klaslardan kein goyalarni ishlashini bila turib foydalanmaslik yaxshi emas ))))

📉 #NASDAQ100 | Kichik master-klass Amerikaning asosiy indeksiga e'tibor bering. Narx hozir minimumni buzish arafasida turibdi. Qiziq tomoni nimada bilasizmi? Bozorda doim ham katta bo'shliqlar paydo bo'lmaydi. Ammo narx minimum yoki maksimumni buzib, bo'shliqqa o'tsa, ko'p hollarda aynan o'sha tomonga kuchli harakat davom etadi. Rasmda strelkalar bilan bunga bir nechta misollarni ko'rsatganman. Hozir ham vaziyat shunga o'xshash shakllanmoqda. ❓Xo'sh, minimum buzilsa SELL olish kerakmi? Men bu holatdan boshqacha foydalanaman. ❌ Men uchun bu avtomatik SELL signali emas. ✔️ Ammo BUY pozitsiyalarni faol ochishni qisqartiraman yoki yangi xaridlarni vaqtincha to'xtataman. Shuning uchun har bir minimum yoki maksimum buzilishini faqat kirish signali sifatida emas, balki bozor kontekstida baholash kerak. ✍️ Eslab qoling va konspekt qilib qo'ying

Ushbu g'oya bo'yicha kim qancha daromad da ?

Kukurelyaning sochlari ustidan millionlab odam kuldi. Hech kim "nega?" deb so'ramadi. Keyin ma'lum bo'ldiki, bu uning autizmli o'g'li uchun qilgan tanlovi ekan. Treydingda ham xuddi shunday. Odamlar faqat natijani ko'radi. Kimdir XAUUSD'da bir kunda 30% qilganini ko'radi va havas qiladi. Lekin u natijaning ortida qanday risk, qanday bosim va qancha omadsizlik ehtimoli borligini ko'rmaydi. Men ham klassik treydingdan voz kechganimda ko'pchilik kuldi. "Qo'rqib qoldi", "endi boshqa yo'l topibdi" deyishdi. Ammo men odamlar ko'rmaydigan narsani ko'rdim — uzoq muddatda omon qolish qisqa muddatda qahramon bo'lishdan muhimroq. Hayotda ham, treydingda ham eng to'g'ri qarorlar ko'pincha tashqaridan g'alati ko'rinadi. Chunki odamlar qarorni emas, faqat natijani ko'rishadi.

Ha bu aslida yaqindagina jahon chempioni bo'lgan Kukurelya. Yuqorida surat chatgpt da ishlangan. Aslida eda esa u hozirda man
Ha bu aslida yaqindagina jahon chempioni bo'lgan Kukurelya. Yuqorida surat chatgpt da ishlangan. Aslida eda esa u hozirda mana shunday ko'rinishga ega. Lekin aslida istaganda u yuqoridagi rasmdaka ko'rinishga ega bo'lar edi. Uni ustidan ko'p kulishgan, masxara qilishgan. Ammo u nega haqiqiy KRASAVCHIK bo'lishni tanlamadi. Chunki uning katta o'gli Autizm kasalligiga chalingan. U otasini boshqalardan ajratib olishi uchun Kulurelya shunday imedj ni tanlagan.

Bu inson kim ? Biladiganlar Coment da yoziylar
Bu inson kim ? Biladiganlar Coment da yoziylar

📢 ERTAGA JONLI EFIR! 🗓 Sana: 22 iyul 🕗 Vaqt: 20:00 (Toshkent vaqti) 🎙 Mavzu: Nega ko'p sonli o'quvchilar natijaga chiqa olishmadi?

Treydinga nima qilsa daromadga chiqadi ? Hamma aqqliy. Hamma bir klassik qoidalarni bilvolib aqqliylik qiladi. Lekin aynan nima qilmaslik kerakligi haqida darsliklar yo'q. Bugungi youtube efirda aynan shu haqida gaplashamiz. Siz ko'p narsani bilasizu ammo daromadda emassiz. Chunki siz Sikl, tayming degantushinchalarni yaxshi bilmaysiz. Bugun 20:00 da shu haqida gaplashamiz. Barchasini ko'rsatib beraman

📊 Yuqoridagi so'rovnomani bekorga o'tkazganim yo'q. To'g'ri, u natijalar men yoki mening hozirgi o'quvchilarimga tegishli emas. Lekin bitta narsani 100% ishonch bilan ayta olaman. Men 3 oy ichida bu statistikani butunlay o'zgartira olaman. Va buning uchun odamlardan qo'shimcha to'lov ham talab qilinmaydi. Ba'zida bir narsani muhokama qilayotganimizda tangani faqat bitta tomonini ko'ramiz. Masalan, ijtimoiy tarmoqlarda:
"Aziz Halikovning o'quvchilarida natija yo'q", degan gaplarni uchrataman.
Keling, buning asl sababiga qaraylik. So'nggi 2 yil davomida kurslarni 6 oy va 1 yilga bo'lib to'lash tizimini yo'lga qo'ydim. Natija qanday bo'ldi? 📌 1-oy: 300 ta o'quvchi qo'shildi. 📌 2-oy: 250 tasi qoldi. 📌 3-oy: 200 tasi qoldi. 📌 Yil oxiriga kelib esa atigi 75 ta o'quvchi kursni oxirigacha yetkazdi. Ya'ni 300 kishidan 225 nafari kursni yakunlamadi. Endi o'ylab ko'ring. Kursni oxirigacha o'tmagan inson kurs haqida qanday fikr bildiradi? Ko'p hollarda, albatta, ijobiy emas. Lekin men bu yerda ularni ham ayblamoqchi emasman. Kimdadir moliyaviy imkoniyat bo'lmagan bo'lishi mumkin. Kimdadir vaqt yetmagan. Kimdadir qiziqish pasaygan. Bu hayotiy holat. Shu sababli, kursni vaqtida yakunlay olmagan yoki to'lovni davom ettira olmagan o'quvchilarimiz ham Sentabr oyida boshlanadigan yangi, qisqa muddatli va samaradorligi ancha yuqori dasturda qatnashish imkoniyatiga ega bo'lishadi. 📩 Admin bilan bog'lanish: https://t.me/azcapital_info Va yakunda bitta gap. 100% ishonch bilan aytaman: Yaqin oylar ichida "Aziz Akada o'qidim, lekin umuman natija bo'lmadi" deb aytadigan birorta ham insonni topa olmaysiz. InshaAlloh, buni natijalar bilan isbotlaymiz. 🎙 Bugungi efirda ko'rishguncha!

Meni yaxshi ko'rsangiz ham, yomon ko'rsangiz ham holis javob bering. Agar men 3000 ta insonga bilim bergan bo'lsam. Ulardan 2000 tasi + da bo'lsa. 700 tasi 0 da bo'lsa va bor yo'gu 300 tasi kichik zararda bo'lsa

OCHIQ XAT. BARCHA SOBIQ O'QUVCHILARIMGA. Bu postni yozish men uchun oson emas. Lekin 17 yillik yo'limda o'rgangan eng katta s
OCHIQ XAT. BARCHA SOBIQ O'QUVCHILARIMGA. Bu postni yozish men uchun oson emas. Lekin 17 yillik yo'limda o'rgangan eng katta saboq shu bo'ldi: haqiqatni tan olish — kuchsizlik emas, mas'uliyatdir. Tan olaman Yillar davomida men minglab insonlarga Forex va margin savdoni o'rgatdim. O'sha paytda bilganimning eng yaxshisini berdim — bunga vijdonim toza. Lekin yillar o'tib, bozorlarni chuqurroq o'rganib, statistikani, akademik tadqiqotlarni va o'z tajribamni sinchiklab tahlil qilib, bir og'riqli xulosaga keldim: Margin savdo orqali uzoq muddatda barqaror daromad qilish ehtimoli juda kichik. Bu men yoki siz yomon trader bo'lganimiz uchun emas — bu o'yinning matematikasi shunday. Leverage, spread, swap va vaqt bir bo'lib, oddiy treyderga qarshi ishlaydi. Shuning uchun so'nggi paytlarda FX va XAUUSD haqida ochiq va keskin gapiryapman. Bilaman, bu ko'pchilikka yoqmayapti. Ayniqsa, bir paytlar menga pul to'lab o'qigan insonlarda norozilik paydo bo'lishi — tabiiy va adolatli. Men buni tushunaman va hurmat qilaman. Men nima qildim Bu yillar ichida men to'xtab qolmadim. AQSh fond bozori va kripto bozorini, portfel tuzishni va risklarni himoya qilishni chuqur o'rgandim. Va tushundimki, haqiqiy yo'l — pulni tez ko'paytirishga urinish emas, uni aql bilan boshqarish, riskni oldindan chegaralash va vaqtni o'z foydangizga ishlatishdir. Endi men aynan shu bilimni beryapman. Va bu bilimni birinchi navbatda kimga qarzdorman? Sizga — mening sobiq o'quvchilarimga. Mening taklifim Bugun rasmiy e'lon qilaman: Menda o'qigan BARCHA sobiq o'quvchilarimni yangi dasturga MUTLAQO BEPUL taklif qilaman. Bu — to'liq perekvalifikatsiya: AQSh fond bozori va aksiyalar bilan ishlash Kripto bozorida spot savdo — leverage'siz, halol yondashuv Portfel tuzish va uzoq muddatli kapital boshqaruvi Risklarni professional darajada boshqarish va himoya qilish Va bu hammasi emas. Dastur ichida sizni yana bir narsa kutmoqda — uni hozircha aytmayman. Faqat shuni bilingki, bu dunyodagi eng yirik professional treyderlar ishlatadigan yondashuv. Kelganingizda o'zingiz ko'rasiz. Hech qanday shart yo'q. Hech qanday yashirin to'lov yo'q. Siz bir marta menga ishonch bildirgansiz — endi bu ishonchni oqlash navbati menda. Men sizga tez boyish va'da qilmayman. Aksincha — bunday va'da beruvchilardan qochishni o'rgataman. Men sizga bozor bilan halol, sovuqqon va matematikaga asoslangan munosabatni o'rgataman. Ishonchingizni faqat natija va bilim bilan qaytarish mumkin — va men aynan shuni qilmoqchiman. Nima qilish kerak? Agar siz mening sobiq o'quvchim bo'lsangiz: Kompaniya adminlariga murojaat qiling. Ular sizni ro'yxatga olib, yangi dasturga qo'shilish tartibini tushuntirishadi. O'z xatosini tan olgan ustoz — zaif ustoz emas. Xatosini bilib turib, jim yurgan ustoz — zaif. Men birinchi yo'lni tanladim. Kutaman. Aziz Halikov

Tez kunda o'ta jiddiy KURS !!!

Bugungi postni yozish uchun 2 oy sabr qildim. Aynan shu soha vakili bo'la turib, Forex margin savdosi, ayniqsa XAUUSD'dagi savdoni keskin tanqid qilishni boshlaganimga ham qariyb 2 oy bo'ldi. Nega aynan bugunni kutdim, bilasizmi? Chunki bugun hayotimdagi eng qadrli inson — onamning shukronalik kuni. Shu vaqt ichida juda ko'p negativlar bo'ldi. Chunki nafs insonning eng katta dushmani. Forexga endigina kirib, oltinda ketma-ket 2–3 ta bitimi o'xshab qolganlar yoki qo'shtirnoq ichidagi "trader"lardan motivatsiya olib yurganlar tomonidan tanqidlar yomg'irdek yog'ildi. Ha, balki kimdir: "Aziz buni ham o'z manfaati uchun qilayotgandir", deb o'ylagandir. Aynan shunday fikr tug'ilmasligi uchun ham bu postni bugun yozyapman. Bugun onamning shukronalik kuni. Ishoning, hayotda och qolsam ham, hech qachon o'z manfaatim yo'lida onamning nomidan foydalanmayman. Maqsadlarim samimiy. Ishonamanki, kun kelib biz Amerikacha treyding modeliga o'tamiz. Shunda ortiqcha slivlar ham, kreditga kirib savdo qilishlar ham ancha kamayadi. Buning uchun faqat biroz vaqt kerak.

1:55 da post yozdim 1:59 da instagramdan shu sms keldi Manda hammasi yaxshi, lekin konglim hira bo'ldi. Silanikichi?
1:55 da post yozdim 1:59 da instagramdan shu sms keldi Manda hammasi yaxshi, lekin konglim hira bo'ldi. Silanikichi?

Buy now sell now Biz aytamiz bozor yuradi xalq mazza qivoti chellenglar shularni hammasi ertami kechmi huddi shu videodagi halokatlarga olib kelishi mumkin. Alloh saqlasin.

📌 #SQQQ nima? Oddiy tilda tushuntiraman. Ko'pchilik #SQQQ nima ekanligini so'ramoqda. #SQQQ — bu Nasdaq-100 indeksiga teskari harakat qiladigan ETF. Ya'ni: 📉 Agar Nasdaq-100 1% tushsa, SQQQ taxminan 3% ko'tariladi. 📈 Agar Nasdaq-100 1% ko'tarilsa, SQQQ taxminan 3% tushadi. Shu sababli SQQQ odatda fond bozori pasayishidan foyda olishni istagan investorlar tomonidan ishlatiladi. ⚠️ Muhim jihati shundaki, SQQQ uzoq muddat ushlab turish uchun yaratilmagan. U kunlik (daily) 3 baravar teskari natijani kuzatishga mo'ljallangan. Shuning uchun uzoq muddat davomida uning natijasi oddiy matematik 3× ko'rsatkichdan farq qilishi mumkin. Agar siz bozor yaqin oylar ichida pasayadi deb hisoblasangiz, SQQQ shunday ssenariy uchun ishlatiladigan instrumentlardan biridir.