cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Insholar va bayonlar

𝑿𝒖𝒔𝒉 𝒌𝒆𝒍𝒊𝒃𝒔𝒊𝒛 📝Insholar 📄Bayonlar 📋Testlar 📚Darslik Qullanmalar Kimga insho bayon esse kerak bolsa @uzjoku_unversiteti va @Mahmud_Niyozov7 ga murojaat qilishingiz mumkin eslatib ótamiz xizmat kórsatish pullik

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
6 871
مشترکین
-3124 ساعت
-3877 روز
+69730 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

@iramond kanali uchun maxsus. Insho bóyicha @Uzjoku_unversiteti ga murojaat qilishingiz mumkin.
نمایش همه...
👍 3🔥 1
Insho Bayroq haqida         Reja: 1. Ózligimiz ramzidir bayroğimiz . 2.Muqaddas ramzlardan biri 3. Bayroq haqida bilgan va bilmaganlarimiz . 4. Tariximizning bayroğimizda ifodasi . 5. Dunyo arenalarida xilpiragan bayrog'im.                              Havorang  oq   va yashil. Bordir qizil belboği, Shuning uchun chiroyli. Ózbekiston bayroği Bayrog‘imiz, g‘urur va faxrimiz timsolidir. Vatanimizning beqiyos ramzidir. Quyosh ko‘kda falakning bayrog‘i bo‘lib porlab turibdi, ko‘ngilda muhabbat bayrog‘i hilpiraydi, ongimizni esa tafakkur bayrog‘i nurlantiradi. Ozod va obod Vatanimiz — O‘zbekistonning bayrog‘i ham bizni ulug‘ maqsadlar tomon boshlovchi buyuk mash’aladir. Davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli hisoblanadi. Davlat bayrog‘i va uning ramzi bugungi O‘zbekiston hududida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtiradi. Yer yuzida ikki yuzdan ortiq davlat bor va albatta, har bir davlatning o‘z ramzlari, bayrog‘i bor. Har bir bayroq ayricha rang va timsollarga ega. Ular bilan yonma-yon balqib turgan bayrog‘imiz hech kimdan kam emasligimiz va kam bo‘lmasligimizni ko‘rsatib turadi. Shuni aytishimiz lozimki, bayroq qadim-qadimdan har bir xalq uchun mustaqillik, hurlik, tinchlik va barqarorlik timsoli bo‘lib kelgan. Ajdodlarimiz ham yurt bayrog‘ini muqaddas bilib, uni ko‘z qorachig‘idek asraganlar. Davlatchiligimiz tarixining qaysi davrini olib qaramaylik, bayroq ajdodlarimiz uchun ozodlik, kuch-qudrat, jasorat, g‘alaba timsoli bo‘lgan. Millat bayrog‘i. U jondek aziz, nondek mo‘’tabar. Buyuk sohibqiron Amir Temur g‘oliblik bayrog‘ini yuksak ko‘tardi. Bu bayroq ostida buyuk el birlashdi, u barpo etgan ulug‘ saltanatni dunyo tan oldi. Bu davr vatan tarixiga zarhal harflar bilan bitildi. Bayroq esa tom ma’noda mamlakat ramzi, ulug‘vorlik timsoliga aylandi. Jangchilarga jangovar ruh bag‘ishlash, ularning kayfiyatini ko‘tarish, irodasini chiniqtirish maqsadida jang maydonlari uzra baland hilpirab turdi. Bu bayroq eng ishonchli bahodirlar tomonidan qo‘riqlandi. Bexos daydi o‘q kelib tug‘ ko‘targan jangchiga tegsa-da, u tuproqqa qorishmadi — darhol shahid sarboz o‘rnini boshqasi egallaydi, maqsad janggohdagilarga bayroq ko‘rinmay qolmasin. Sohibqiron bobomiz zamonida bayroqni past tutish yoki sarbozning qo‘lidan tushib ketishi xosiyatsiz sanalgan. Bunga sohibqiron alohida e’tibor bergan. Bayroqning pasaytirilishi mag‘lubiyat va ortga chekinish ishorasi bo‘lgan. Shuningdek, «Temur tuzuklari»da ta’kidlanishicha, dushman ustidan shijoat va mardlik ko‘rsatib, g‘alaba qozongan amirlar va sipohiylarga davlat timsollari — tug‘ va nog‘ora in’om qilingan. Bu sohibqiron davlatida saltanat ramzlari nechog‘lik baland maqom tutgani va ular qanday katta ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy ahamiyat kasb etganidan dalolat beradi… Vatanimiz bayrog‘i. U tarixning xalqimiz boshiga musibat tushgan davrlari — o‘tgan asr boshlarini yodimizga soladi. O‘sha kunlar xalqimiz qalbida ketmas dog‘ bo‘lib qoldi. Vatan bayrog‘ini tutgan qo‘llar qayrildi, ozodlikni kuylagan ovozlar bo‘g‘ildi… Millat fidoyilari «xalq dushmani», «quloq», «sotqin» degan qora nomlar bilan ta’qibga olindi. Dunyoga ne-ne allomalarni bergan qadim xalq omi, savodsizga chiqarildi. Xalqimizga nisbatan aytilgan bu haqorat asl vatandoshlarimiz qalbida ma’rifat olovini yoqdi — ular belini mahkam bog‘lab, millatni erk va ozodlik bayrog‘i ostida birlashishga chaqirdi. Bu mag‘rur elning asrlar davomida orzu qilgan g‘ururi, sha’ni, qadr-qimmati, irodasini ifodalovchi ozodlik bayrog‘i edi! Unda ajdodlar orzu-armoni aks etadi. Unda xalqimizning buguni, o‘lmas xotirasi, iymon-e’tiqodi, kelajakka bo‘lgan komil ishonchi jilolanadi. Bayrog‘imiz 1992 yilning 2 martidan O‘zbekiston to‘laqonli suveren respublika sifatida tan olinganining ramzi sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh qarorgohi oldida ham hilpiray boshladi.
نمایش همه...
👍 3
Ranglar jilosida baxt va osoyishtalik ulashib hilpirayotgan milliy bayrog‘imizga ko‘zimiz tushganda, uni faxr bilan ko‘kka ko‘targanimizda butun vujudimiz hayajonga, faxru iftixorga to‘ladi. Istiqlolimiz, baxt-iqbolimiz ramzi bo‘lgan milliy bayrog‘imizni sevib qadrlamagan kishi topilmasa kerak. Yuksalish va rivojlanish sari dadil hilpirayotgan, xoh osmono‘par binolar peshtoqida bo‘lsin, xoh ish stoli ustida viqor to‘kib turgan Davlat bayrog‘i o‘zida milliy-madaniy an’analarni mujassam etgani shundoqqina aks etadi. Bayroqdagi moviy rang mangu osmon va obi hayot ramzi bo‘lib, tiriklik mazmuni, yaxshilik, donishmandlik, shon-shuhrat va sadoqatdan ma’no beradi. Tinchlik, poklik, beg‘uborlik darakchisi bo‘lgan oq rangning uyg‘unlashuvi ajib bir go‘zallik kashf etayotgan bo‘lsa, yashil rang ona tabiatning yangilanishi, navqironlik, umid va shodlik timsoli hisoblanadi. Bayroq uzra ko‘tarinkilik ruhida ufurib turgan qizil chiziqlar vujudimizda jo‘shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlari bo‘lsa, tarixiy an’analarimiz, qadimgi quyosh yilnomasiga bevosita aloqador bo‘lgan o‘n ikki yulduz tasviri ham undan o‘rin olgan. O‘zbekiston sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurimizda “nujum ilmi” taraqqiy etganligi bilan ham izohlanadi. O‘n ikki yulduz tasviri o‘zbek xalqi madaniyati qadimiyligi, uning komillikka, o‘z tuprog‘ida saodatga intilish ramzi sifatida tushuniladi.
نمایش همه...
Mana, qariyb yigirma besh yildirki, u xalqaro maydonda mamlakatimizning kuch-qudrati, mustaqilligimizning jahonaro ifodasi, xalqimiz g‘ururi va iftixori timsoli bo‘lib xizmat qilmoqda.
نمایش همه...
Ta'kidlash joizki hozirgi kunda ózbekiston bayroği juda ham kóp mamlakatlar yuzini kórdi desam mubolağa bólmaydi. Sportchilarimiz va bilimga chanqoq yoshlarimiz tufayli ózbekiston bayroği jaxon minbarlarida xilpirayotganini guvohi bólib turibmiz . Kuni kecha Prezident Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab Amirliklariga tashrifi sharafiga dunyoning eng baland binosi hisoblangan Dubaydagi Burj Al-Xalifa hamda boshqa diqqatga sazovor obektlar O‘zbekiston bayrog‘i ranglariga burkandi. Davlat rahbari matbuot xizmati O‘zbekiston bayrog‘i "libosi"dagi Burj Al-Xalifaning tasviri bilan bo‘lishdi. Bu xabar yana bir bor ózimizda faxr tuyğusini xis qilishimizda yordam berdi desak xato bólmaydi. Birgina bayroğimiz emas balki Ózbekiston madhiyasi ham jaxonda baralla yangramoqda . Bu albatta mustaqil yurtning mustaqil farzandlarining yanada yuksak zafarlar quchishiga turtki bóladi
نمایش همه...
👍 3
@iramond kanali uchun maxsus . @Uzjoku_Unversiteti
نمایش همه...
4👍 3👏 2
Assalomu alaykum kimga insho bayon esse kerak bólsa @Uzjoku_Unversiteti ga murojaat qilishingiz mumkin . Eslatib ótamiz xizmat kórsatish pullik. Tólov oldindan
نمایش همه...
👍 4
Agar sevadigan bo‘lsang, chin qalbdan sev, izhor qilishdan tortinma, “Aytolmayman, yozolmayman”, dema. “Mening borim shu”, deya his-tuyg‘ularingga qarshi chiqma.
©️Ramazon Demir (Yelkangga ishq qo'nsa) kitobidan
نمایش همه...
2
Kimga insho, bayon, esse kerak bólsa @Uzjoku_unversiteti ga murojaat qilishingiz mumkin eslatib ótamiz xizmat kórsatish pullik. Bekorchilar bezovta qilmasin . Xa aytgancha meni shu kanalda qolishimni istaganlarni hammasiga kattakon raxmat 🫶
نمایش همه...
👏 11 3👍 2🤩 2🌚 1