Umar Sadullayev | Blog
رفتن به کانال در Telegram
IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad
نمایش بیشتر5 123
مشترکین
-724 ساعت
-257 روز
-3830 روز
آرشیو پست ها
Repost from Umar Sadullayev
"Odamlarga axloqingiz bilan muomala qiling. Ularni axloqi bilan emas"
"Olim, odam va olam" kitobidan
#hikmat
@UmarSadullayev
Angular bo'yicha kursim bo'lmaydigan bo'ldi. Bunga ba'zi sabablar bor.
12 ta inson yig'ilishi kerak edi. 10 ta yig'ildi. Keyin bir inson bir og'iz aytmasdan chiqib ketdi. Keyin 9 ta insonga o'tishga qaror qilib, gaplashib olish uchun vaqtni belgiladim. Ammo atigi 4 ta o'quvchi kirdi.
Azizlar, bularni nega aytyapman ?
Katta kompaniyada global jamoalarda ishlab ko'rgan tajribam bilan aytaman, bunaqa mas'uliyatsiz insonlar uzoqqa borishmaydi. Ha balki ishi chiqib qolgandur. Ammo ogohlantirish kerak. Haligi chiqib ketgan akamiz ham bir og'iz sababini aytmadi.
Bu ochiqdan ochiq mas'uliyatsizlik. Bunday insonlar bilan ishlashni hech kim yoqtirmaydi. Aytilgan vaqtga kirmasa, oldindan ogohlantirmasa ...
Jamiyatimizda bunday narsalar oddiy holdek go'yo. Ammo bu juda yomon holat. Bunday yoqimsiz odatlarni tugatishimiz zarur. Bizlar global jamoada O'zbekistonni, Musulmonlarni yuzimiz.
Hozirdan bunday narsalarga o'rganib qolsak, ertaga aniq pand beradi. Bunga ko'plab guvoh bo'lganman.
Bu gaplar kursga yozilganlar misolida hammaga tegishli, ularni ayblash niyatim yo'q.
@JoshDeveloper
Oxirgi ikkita postim Youtube'dan olinganidan tushungan bo'lsangiz kerak Dasturchini dam olish kunlari ko'pincha qanday o'tishini...😅
@JoshDeveloper
Repost from Umar Sadullayev
Shu diman, biznes trening boshlasammikin🙆♂😄
Ha nima yoshligimda pista sotganmanku , nimam kam qolganlardan 😄😄👍
Subyektivni yangi soni yaxshi chiqibdi😉
https://youtu.be/O9XTWHUW7qQ
@UmarSadullayev
Repost from Umar Sadullayev
Youtube titkilab o'tirib ushbu videoga duch kelib qoldim.
Buni nafaqat Qur'onga shubhasi borlar, balki Musulmonlar ham ko'rishi va bilishi kerak.
Marhamat, son-sanoqsiz Qur'on mo'jizalari ichidan 9 tasi haqida aytilgan video:
https://youtu.be/-X9VJUMucB0
@UmarSadullayev
Heey,
May oyi uchun JavaScript'dan intervyu olish payti keldi.
Bu oygi mavzu "JavaScript'da DOM va BOM" deb nomlanadi.
O'zingizni sinab ko'rmoqchimisiz ?
Pastdagi formani to'ldiring.
@JoshDeveloper kanaliga obuna bo'lmagan bo'lsangiz ishtirok eta olmaysiz.
Bitta ishtirokchini 21-may kuni, soat 14:00'da jonli ravishda kanalimizda tanlab olamiz.
Forma: https://forms.gle/DsBJoz73JakRJycZ7
Ulashing ✈️
@JoshDeveloper
Hamma "hater"lar shuyerda ekanku...😄
Orangizdan bitta insongina JS ni "hate" qilishini aytdi, qolganlar esa hamon JS yoqadi deb o'zini ishontirib yuribdimi deyman...🙆♂😄
Qo'ysangizchi, yoqtirmaysizku 😄
"We hate it. We use it. We love it.
At the end , we again hate it.
It is JavaScript"
© @JoshDeveloper
"Hate"lashamiz 🔥🙃
IT olamida nimani "hate" qilsangiz, komment ostiga yozib qoldiring.
Mazza qilib "hate" qilib ham turish kerak 😁
Faqat janjal bo'lmasin, birovni "hate"larini hurmat qiling. 😉
Kommentda o'zim boshlab beraman 😁
@JoshDeveloper
Repost from Umar Sadullayev
Ayb kimda ?
Eng so'ngi modeldagi kompyuterni juda xato ishlatayotgan insonni ko'rsangiz, ayb insonda bo'ladimi yoki kompyuterdami ?
Eng zo'r mashinani hayday olmay avariya qilgan insonni ko'rsangiz, ayb insonda bo'ladimi yoki mashinadami ?
Eng zo'r din(Islom)ga amal qila olmasdan gunohga botayotgan insonni ko'rsangiz ayb insonda bo'ladimi dindami ?
Negadur shu oxirida insonga emas, dinga baho beradigan bo'lib qolishgan. Xolbuki xatokorlar biz. Lekin ayb negadur Islomda...
Haa adolatli insonlar-a...
#shaxsiy_fikrim
@UmarSadullayev
13 daqiqada shuncha narsa...🤯
"100+ Computer Science Concepts Explained" nomli video topib oldim.
Juda foydali bo'ladi degan umiddaman inshaaAlloh.
Marhamat: https://youtu.be/-uleG_Vecis
@JoshDeveloper
Aytgancha, ushbu post muallifi(Yaqin ukamiz) bugun INHA'ga kirganlarini nishonlamoqdalar.
Tabriklaymiz 🥳🎉
Alloh xayrli qilsin :)
@JoshDeveloper
Repost from Abduaziz π
💣 HTTP flood haqida. U qanday ishlaydi?
HTTP flood - siz eshitgan ddos hujumning bir turi hisoblanadi. Bunda buzg'unchi serverga GET yoki POST so'rovini tinmasdan yuboradi. Maqsad esa serverni ishda chiqarish("yiqitish"). Bu uchun buzg'unchiga zombilar yoki boshqacha aytganda botlar armiyasi yordamlashadi. Bunaqa botlar esa troyan'ga o'xshash "infeksiya"ni yuqtirib olganlar orasidan tanlab olinadi. Bot'lar armiyasi qancha katta bo'lsa, serverga shuncha darajada ko'p yuklama tushadi va millionlab be'mani HTTP so'rovlar natijasida server o'z-o'zidan yuklamani ko'tara olmasdan "yiqiladi".
Gapni yanayam ko'paytirmaslik uchun professional paint skill'mdan foydalandim.
P.S muallif va texnologiya ➡️ const
@AbduazizPy
Repost from Umar Sadullayev
"Hayotingdagi birinchi qadamingni boshqalar hayotidagi o'ttizinchi qadamga solishtirma."
"Olim, odam va olam" kitobidan
@UmarSadullayev
Ko’pchilik ingliz tilini harxil yo’llar orqali o’rganishni ma’qul ko’radi.
Keling fikr almashamiz, sizningcha ingliz tilini qay tartibda o’rganish eng yaxshi usuli ?
Kommentda fikringizni qoldiring👇
@JoshDeveloper
Internet provayderlarni ko'p aytadigan bahonasi:
"Wifi'ni o'chirib yoqing, muommo siz tomondan bo'lyapti..."
@JoshDeveloper
EPAM haqida so'rayotganlarga atab yozgan postimni o'qimaganlar bo'lsa tavsiya qilaman.
Marhamat:
https://t.me/JoshDeveloper/760
@JoshDeveloper
Angular bo'yicha kursimizga oz o'rinlar qoldi.
Qo'shilishga ulgurmaganlar bo'lsa tezroq qo'shilib oling. Keyin darslar boshlanadi inshaaAlloh.
Ushbu xabarni bizni qidirib yurganlarga yetib borishi uchun tarqatganlar "Appreciated ✨".
@JoshDeveloper
Linkedinda bizni dasturchilarga talablar oshib boryapti sezyapsizmi ?
Meni o'zimga kamida 4-5 ta chetel kompaniyalari yozdi shu yaqin 1 oylikda.
Alhamdulillah, dasturchilarimiz ham endi global marketda ko'paymoqda. Talablar oshmoqda.
Bunga bir qancha sabablar bor. Ularni sanab o'tirish niyatida emas.
Nima bo'lsa ham, bu vaziyatdan unumli foydanalib, yaxshi dasturchilarni chetel kompaniyalariga kirgizishimiz kerak. O'zimiz ham yaxshi joylarda ishlab, IT'da sekin o'z o'rnimizga chiqishimiz va o'zimiz boshqaruvni qo'lga olishni boshlashimiz kerak.
Alloh oson qilsin rejalarimizni :)
@JoshDeveloper
Intervyularimizni davom ettirish payti kelganga o'xshaydi ... 😉
E'lon yaqin orada chiqadi inshaaAlloh.
Kim nomzodini qoldirish istagida ? 🙋♂️
@JoshDeveloper
1. Mendan yaxshi dasturchi chiqmaydimi ?
2. Nega ana ular mendan tez o'rganishadi, men esa...?
kabi savollarni ko'p kuzatamiz.
Aslida bu savollar to'g'rimi ?
Ularga javobni qanday bilsak bo'ladi ?
Javobim:
Dasturlash bo'yicha aytadigan bo'lsa. Insonlarni uch turga bo'lishimiz mumkin.
1. Alloh bergan iqtidor, qobiliyat egalari.
Bular dasturlashni juda oson va tez o'rgana olishadi va katta natijalarga erisha olishadi.
2. Dasturlashni o'rganishga foydasi tegadigan ilm egalari.
Masalan ingliz tili, matematika va hakozo ilmlarni biladigan insonlar. Bularda iqtidor bo'lmasa ham, qo'llarida qurollari mavjud. Ular biroz qiynalsalar ham, dasturlashni o'rganishlari oson kechadi.
3. Oddiy, iqtidorsiz va ilmsiz insonlar.
Bular na til bilishadi va na iqtidorlari bor. Bularda dasturlashni o'rganish ancha qiyin. Ammo, uddalasa bo'ladi.
Endi siz bulardan qaysi biriga kirishingizni aniqlang va o'qishni davom eting.
1. Agar siz birinchi toifaga kirsangiz.
Allohga hamd ayting va o'rganishdan to'xtab qolmang.
2. Agar siz ikkinchi toifaga kirsangiz.
Qo'lingizdagi qurollar bilan 2 barobar ko'proq harakat qilsangiz, iqtidorli insonlardan kam joyingiz qolmaydi. :)
Bir barobar harakat qilsangiz, albatta ulardan qolib ketishingiz turgan gap.
3. Agar siz uchinchi toifaga kirsangiz.
Kayfiyatni tushurmang. Yon-atrofingizdagi odamlar sizdan juda ham tez o'tib ketishiga siqilmang. Ularni ba'zilari iqtidorli, ba'zilarini esa qo'lida qurollari mavjud. Siz esa bularga nisbatan 3-4 barobar ko'proq harakat va izlanish qilishingiz kerak. Ko'proq harakat qilsangiz, inshaaAlloh siz xatto ulardan ham o'tib ketishingiz mumkin.
Fikrlarim manfaatli bo'ldi deb umid qilaman.
@JoshDeveloper
