Umar Sadullayev | Blog
رفتن به کانال در Telegram
IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad
نمایش بیشتر5 143
مشترکین
-424 ساعت
-237 روز
-5830 روز
آرشیو پست ها
Stackoverflow survey 2023 chiqibdi.
Dasturlashga oid ko'plab qiziqarli statistikalar keltirilgan.
Check it out: https://survey.stackoverflow.co/2023/
#statistics
@JoshDeveloper
"Ko'p Senior va Lead'lar "Code review" jarayonida agar siz yangi chiqqan "feature"larni ishlatgan bo'lsangiz, shunga izoh qoldirishadi. "Nega buni ishlatyapsan?" deya.
Bunga sabab, ularga hali sinovdan o'tmagan narsalar dasturga muommo bo'lib qolishi yoqmaydi.
Ammo, ba'zilar "Senior" va "Lead"lar esa ancha "zamon"dan ortda qolib ketishadi. 1-2 yil oldin chiqqan va yaxshi ishlaydigan yangi "feature"larni ham ishlatishga qo'yishmaydi." degan ekan yangi "feature" ishlatib, "code review"da shunday izoh olgan dasturchi.
#someFantasticHashtag
@JoshDeveloper
Odamlar Frontint.uz da o’qib Team lead bo’lyapti. Sen esa Junior holingda yuribsan.🥲
#frontint
@JoshDeveloper
Ishga topshirish
Ish joylari hali ham chiqishyapti. Ammo, avvalgidek ko'p emas. Ish qidirish jarayonida shuni tushundimki, kandidatlar soni juda ham ortib ketgan. Ularni ichidan sizni qidirib topish amri mahol. Endi shunchaki chiroyli Linkedin profil qilishni o'zi yetmaydi.
Endi tanish-bilish ancha ahamiyatga ega.(Referral deyiladi rasmiy tilda :D)
Shu qatorda, tanish bo'lmasa, o'zingizni borligingizni bildirish uchun o'zingiz ularga aloqaga chiqishingiz kerak.
Aloqaga chiqishni eng yaxshi yo'llaridan biri, shu joyda ishlaydigan kimdirga bog'lanib, referral qilib berishini so'rash. Qila olsangiz shunday qiling.
Djinni.co ham ancha aktivlashib qolibdi. Shuyerdan 2 ta joyga topshirgandim. Hozir "muzokaralar" ketyapti. :)
Shunaqa gaplar :)
@JoshDeveloper
O'zbekistonda ish qidirish platformalari avval juda kam edi. Avval hh.uz bo'lardi. Hozir sekin sekin ko'payishyapti.
Ayniqsa Telegram kanallar yuritishni yaxshi usulini qo'llashni boshlashgan. Vakansiyalarni saralab kanalda ulashib borishadi.
Shulardan biri @frontEndJobo kanali. Frontendchilar uchun manfaatli bo'ladi deb umid qilaman.
Yana qanday kanallarni bilasiz?
@JoshDeveloper
Podkast biroz oldin tugadi.
Ajoyib ma'lumotlar uchun Abdug'affor akaga katta rahmat aytamiz.
Shuningdek biroz mazasi bo'lmasligiga qaramay, podkastni o'tkazgan o'zimga ham katta rahmat aytamiz. ✊🌚😄(hazil)
Keyingi mavzuni nima haqida qilamiz ?
@JoshDeveloper
15 daqiqalarga boshlaymiz inshaaAlloh.
Podcast mavzusi 📃:
"Project manager kim? Dasturchi sifatida nimalarni bilish kerak?"
Sana va vaqti 🕔:
10-Iyun, 20:30
Jonli efir linki📍: https://youtube.com/live/VG2LQS1PNs8
@JoshDeveloper
Angular yangi versiyasida(16) kichik dastur qilib, "Lighthouse"dan performance'ni tekshirib ko'rgan videoni ko'ryapman.
SSR'ga Angular Universal ishlatildi. Performance 100 ✅
Accessibility va SEO albatta oddiy dasturga yozib o'tirilmadi. Yozilsa ularni ham 100ga chiqarish muommo emas.
Just for you to know 🙂
@JoshDeveloper
Bugun soat 20:30 da juda kerakli mavzular haqida podkast bo'lib o'tadi.
Podkastda Project manager bo'lishdan tortib, dasturchilar bilishi kerak bo'lgan ko'nikmalar haqida ham gaplashamiz.
InshaaAlloh
@JoshDeveloper
Hazil hazil bilankuya, bu borada fikrlarimni aytaymi?
Erkak kishini mas'uliyatlari oshgan sari, hayolida oilasi uchun ko'proq pul ishlash haqida bo'ladi. Pul haqida o'ylaydi, ko'proq pul ishlashni o'ylaydi.
"2 ta snikers sotvolishga pulim yetsa bo'ldi. Bittasi menga bittasi Oybibixonga" deydigan hayollarni emas, ancha kattaroq hayollarni qiladi.
Shaxsan o'zimizda, oylik to'lovlarimizni o'zi tahminan 20mln atrofida. Arenda va uzoq kutgan va endi bo'lib berishga olgan uyimizni o'ziga oylik to'lov bu. Hali yeb ichish, kiyim-kechak, kasal-sog'lar haqida aytmadim.
Endi aytingchi, pul haqida o'ylasam bo'ladimi?!
@JoshDeveloper
Calm down qildim mana.
Lekin yaxshi ish qilishmadi.
Hamayli, yaxshilikka. InshaaAlloh kanalda yaxshilikka bo'libdi shu narsalar deb yozaman yaqinda. 😉
Senior oylikka Middle qilib olishsa mayli, ishlayverarman-a? 🌚
#someFantasticHashtag
@JoshDeveloper
Bunisi oshib tushdi.
EPAM'dan feedback keldi.
Feedback'da shunday ma'noda aytiladi:
"kandidat" juda ham yaxshi ishtirok etdi. Vazifalarni juda yaxshi bajardi.
"Kandidat"ning ES6(JS) bilish darajasi "Intermediate".
"EPAM"da "Intermediate" deb Middle'larni aytishadi. Intervyuda esa xatto Event Loop'ni ham so'ramadi. Umumiy Frontend mavzulari, SOLID, Angular va TS kabilar haqida ko'p savol bo'ldi.
Oxirida esa qanaqasiga "Intermediate" oldim JS'dan ?
Bitta dona git stash'ni unutib qo'yibman(keyin aytib berdim), boshqa hamma savoliga ortiqi bilan javob bergandim.
Intervyuver o'zi Middle darajadan yuqoriroq bilishimni aytdi.
Oxirida esa "Intermediate" degan yozuvni ko'rib, "Middle" ekansiz deb kelyapti "Recruiter" opa.
Bunisi biroz asabimni o'ynadi.
P.s: Hali reject emas bu, manga mos loyiha qidirisharmush hali.
P.s: Intervyuver Hind edi.
@JoshDeveloper
@JoshDeveloper
For loop ichida "str.substring()" ishlatgandim. Shunisi xato ketdi deb rosa o'yladim chiqqanimdan keyin.
O(n) ekan bu metodni o'zi ham. Esimga kelmadi. Ikkisi qo'shilib O(n^2) bo'ladi.
Mana shunga bo'lsa kerak. Chunki boshqa xato qilmadim.
Bilib qo'yinglar deb aytib qo'yyapmanda :)
@JoshDeveloper
Dear Umar,
Thank you for....
DSR'dan kelgan email boshlanishi... )
Ikkita task berilgandi, ikkisini ham yechib berdim. Birinchisida Big O'ga uncha qarash esimga kelmagani sabab bo'lsa kerak. Lekin Frontend'chi uchun bunchalar qattiq qarash qanchalik to'g'ri bilmadim.
Ha mayli. Nasib qilmagan ekanda :)
@JoshDeveloper
Avvalgi loyiham yaxshi edi. Test'lar run bo'lguncha choylarimni damlab, ovqatimni yeb kelardim bemalol... 😣😅
#joke
@JoshDeveloper
