fa
Feedback
Umar Sadullayev | Blog

Umar Sadullayev | Blog

رفتن به کانال در Telegram

IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares

نمایش بیشتر
4 803
مشترکین
-424 ساعت
-277 روز
-1030 روز
آرشیو پست ها
[ Photo ] Taroveh namoziga dangasalik qilyabsizmi? Oisha rodiyallohu anho Abdulloh ibn Abi Qays rodiyallohu anhuga aytdilar: "Nima bo'lsa ham tungi namozlarni tark etma!" Chunki Nabiy sollollohu a'layhi vasallam tungi namozni hech qachon qoldirmaganlar. Agar u zot kasal bo'lsalar yoki charchasalar, tungi namozni o'tirib ado etardilar. Tungi namozni o'qimaslikka hech kimga uzr yo'q, bo'lib ham ramazonda. Taroveh namozini o'tirib bo'lsa ham ado qiling ey birodar. Allohni izni bilan: - ramazon tungi namozini o'qiganlik savobiga; - gunohlaringiz kechirilishi va shu kabi biz ta'kidlab o'tgan ko'plab mukofotlarga erishasiz. Taroveh namozini o'qiyotganingizda o'zingizga motivatsiya bering. Qanday qilib? Manashu namoz Alloh Azza va Jallaga eng yaxshi amal ekanligini o'zingizga eslating. Hadisda kelganidek vaqtida o'qilgan namoz Alloh azza va jallaga eng suyukli amaldir. ℹ️ Maqolani to'liq qismini ushbu manzil orqali o'qishingiz mumkin: https://telegra.ph/Taroveh-namoziga-dangasalik-qilyabsizmi-04-12 Telegram | Youtube

Repost from Abduaziz π
Assalomu alaykum barchaga 👋 Python dasturlash tilini mustaqil o'rganishingiz uchun yo'l xaritasi tayyorladim (roadmap). Python'ni 100% mustaqil o'rgangan odam sifatida, yo'l xaritasida keltirilganlar o'zimning shaxsiy tajribamda sinalgan deb bemalol ayta olaman. Foydali bo'lsa, o'rganmoqchi bo'lgan yaqinlaringizga ham ulashing 🙂 @AbduazizPy

11-hadis. Shubhali narsalarni tark qilish. Hasan ibn Ali roziyallohu anhumo shunday rivoyat qiladi: «Rosululloh sollallohu alayhi vassallamdan buni yod oldim: "Seni shubhaga soluvchi narsalarni tark et, shubhali bo'lmaganlarini ol"» (Buxoriy, Termiziy va Ahmad rivoyatlari) Qisqacha sharxi: Rosulimiz alayhissalom bu so'zlaridan taqvodor banda shubhali narsalardan iloji boricha qochishi va shubhasiz halol bo'lgan narsalarni olishi kerakligini bilishimiz mumkin.

Ingliz tilidan foydali biror post chiqmaganiga ham ko'p bo'libdi. Bu safargi o'rganadigan so'zlarimiz quyidagilar: 1. influence - ta'sir qilmoq, ta'sir 2. induce - nimagadir sabab bo'lmoq, nimagadir olib kelmoq, nimadir keltirib chiqarmoq Misol: - The influence of oversleeping may induce laziness. - Ortiqcha uxlash ta'siri dangasalikni keltirib chiqarishi mumkin. Siz ham o'z misolingizni yozing 👇 @JoshDeveloper

Endilikda o'rganayotgan hadislarimizni #hadis heshtegi orqali topib olsangiz bo'ladi. Shu joyda bir narsani aytmoqchi edim, ushbu muborak oyda diniy postlar ko'p chiqadi. Bunga norozilar bo'lsa avvalo uzr so'rayman. InshaaAlloh dasturlashga oid postlar ramazondan keyin yana aktiv davom etadi. Shu jumladan duo qilib tursangiz, birnechta maqolalar yozish niyatidaman inshaaAlloh. @JoshDeveloper

10-hadis. Halol luqma Аbu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Shubhasiz, Аlloh taolo goʼzaldir va faqat goʼzal amalni qabul qiladi. Аlloh moʼminlarga paygʼambarlarga buyurgan narsalarni buyurgan. U (paygʼambarlarga) bunday degan: «Ey paygʼambarlar, halol, pok taomlardan yenglar va yaxshi amallar qilinglar!» (Moʼminun surasi 51-oyat) Va yana Аlloh taolo degan: «Ey moʼminlar, sizlarga rizq qilib berganimiz – pokiza narsalardan yenglar va Аllohning Oʼzigagina ibodat qilguvchi boʼlsangizlar, U Zotga shukr qilingiz!» (Baqara surasi 172-oyat). Keyin Paygʼambarimiz sollallohu alayhi vasallam sochlari toʼzgʼigan, oyoqlari yigʼilgan va qoʼllarini koʼtarib: «Yo Rabbi, yo Rabbi!» deb duo qilgan bir odam haqida bahs yuritdilar: «Uning yegani harom, ichgani harom, kiygani harom. Uning duosi qanday qilib qabul qilinsin?» (Muslim, Termiziy, Dorimiy va Аhmad rivoyatlari).

Repost from Hilol Nashr
ISLOMGA BAG'ISHLANGAN UMR (Hujjatli film) Oʻzbek xalqining atoqli farzandi, yetuk alloma, fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining ibratli hayot yoʻli haqidagi «Islomga bagʻishlangan umr» nomli hujjatli film. Film butun umrini, kuch-quvvatini Islom diniga, moʻmin-musulmonlarga, el-yurt tinchligi, Vatan ravnaqi yoʻlida xizmat qilishga bagʻishlagan buyuk olimning sinov va mashaqqatlarga toʻla shonli hayoti haqida hikoya qiladi. Marhamat quyidagi havolalar orqali to‘liq filmni tomosha qiling. 1-qism https://youtu.be/LUlhx4wXyu8 2-qism https://youtu.be/KsQ8mTS7lbo 👉 Manba: islom.uz @hilolnashr

Hurmatli tarovehga chiqayotgan birodarlarimiz: - Safga e'tiborli bo'ling, orangiz ochiq qolmasin. - O'zingizdan nojo'ya hid chiqmayotganiga e'tiborli bo'ling. - Odamlar qatnaydigan joyga turib namoz o'qimang. - Masjidda odob saqlang, baland gapirmang, qo'pol harakatlar qilmang. - O'zingizgan chiqindi qoldirib ketmang. Alloh ibodatingizni qabul qilsin.

Bir kunda nechi soat uxlash kerak ? Va shu kabi boshqa savollarga juda ajoyib javob berilgan videorolik ko'rib qoldim. Marhamat: https://www.instagram.com/tv/CbckwExrW3l/?igshid=YmMyMTA2M2Y= @JoshDeveloper

9-hadis. Toqatga ko'ra javobgarlik. Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladi: «Rosululloh sollallohu alayhi vassallam bunday deganlarini eshitdim: "Men taqiqlagan ishlardan mutlaqo saqlaninglar. Men buyurgan ishlarni ham kuchingiz yetkanicha ado etinglar. Shubxasiz, sizdan avvalgi ummatlar ko'p savol berganlari va payg'ambarlari to'g'risida shubhaga tushganlari sababli halok bo'ldilar"» (Buxoriy, Muslim, Nasaiy, Ibn Moja, Ahmad rivoyatlari) Qisqacha sharxi: Ushbu hadisda Rosulimiz alayhissalom bizga juda jiddiy omilni, ya'ni u zotga itoat qilishni buyurmoqdalar. Shundan so'ng, avvalgi qavmlar qilgan xatoni bizga eslatib, bularni qilmaslikka undamoqdalar. U xato nimalar edi ? 1. Ko'p savol berganlari - buyerda savol berishni umuman boshqa turi haqida gap ketmoqda. Albatta savol berish juda yaxshi, xatto ba'zi hollarda farz yoki vojib darajasiga chiqishi mumkin. Ammo, ba'zi savollardan murod bilim olish bo'lmaydi, yana ba'zi savollar haddan oshishdan boshqa narsa emas, bunga Alloh taolaga xos bo'lgan ilmlarni so'rash misol bo'la oladi. Vallohu a'alam. 2. Payg'ambarlar to'g'risida shubha - u qavmlarni ikkinchi xatosi Payg'ambarlarini yolg'onchiga chiqarish, gaplaridan xato topishga harakat qilish va shubhalanish edi. U qavmlarga o'xshab qolishni xohlamasak bu ikki sifatlarni takrorlamasligimiz kerak.

Shu bitta chiroyli, zo'r kod yozib qo'ysa, keyin shu kodga yarim soat termulib, o'zidan fahrlanib o'tiradiganlar oramizda bormi ? 😅 Mazzami termulib o'tirish ? :D @JoshDeveloper

8-hadis. Mo'minni obro'sini saqlash Muʼoz ibn Аnas al-Juhaniy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim bir moʼminni munofiqdan himoya qilsa, Аlloh qiyomat kuni bir farishtani yuborib, uning goʼshtini jahannam oʼtidan himoya qiladi. Kim bir musulmonni sharmanda qilish uchun uni bir narsa ila ayblasa, Аlloh uni jahannam koʼprigi ustida to u aytgan gapidan qaytmagunicha ushlab turadi», dedilar». Qisqacha sharxi: Bir odam moʼmin kishini gʼiybat qilib, obroʼsini toʼkayotgan boʼlsa, uni eshitib turgan kishilar ichidan mazkur moʼminni himoya qilgan odam katta ajrga ega boʼladi. Uning moʼmin kishining obroʼsini himoya qilgani qiyomatda oʼziga katta baxt boʼlib qaytadi. Аlloh taolo uni doʼzaxdan himoya qiladi. Bas, shunday ekan, moʼminlar bir-birlarini munofiqlarning gʼiybat va boʼhtonlaridan himoya qilishlari zarur. Аksincha, bu dunyoda moʼmin-musulmonni ayblash bilan mashgʼul boʼlgan odam qiyomatda xijolatda qolar ekan. Mahsharga toʼplanganlar huzurida qilgan nobakorligi jazosi sifatida, jahannam koʼprigidan oʼta olmay, toʼxtab qolar ekan. Bas, shunday ekan, moʼmin banda zinhor oʼz birodarini ayblashga oʼtmasin. (Bu 40 hadis kitobidan emas, balki Hadis va Hayot" kitobidan).

#Quran Kahf surasi (to'liq) Shayx Alijon qori Jum'a kuni kuningizni Kahf surasini o'qish yoki eshitish bilan boshlang. 🌙 Jum'a muborak azizlar !!! @JoshDeveloper

Repost from Texno Work
Yilning ikkinchi yarmida chiqariladigan yangi MacBook Air 🔥 Ushbu MacBook yangi SoC M2 bilan jihozlanadi va ekrani MacBook P
+1
Yilning ikkinchi yarmida chiqariladigan yangi MacBook Air 🔥 Ushbu MacBook yangi SoC M2 bilan jihozlanadi va ekrani MacBook Pro'ga o'xshash bo'ladi. Biroq MacBook Pro kabi, yangi MacBook Air'da, o'lchami kattaligiga qaramay, Face ID bo'lmaydi. 👉 @itplanetauz

7-hadis. Nasihat - islomning asosi. Tamim ibn Doriy roziyallohu anhudan shunday rivoyat qilinadi: «Paygʼambarimiz sollallohu alayhi va sallam: "Din nasihatdir", dedilar. Biz: "Yo Rasulalloh, kim uchun ?" deb soʼradik, "Аlloh uchun, Uning kitobi va paygʼambarlari, musulmonlarning imomlari (boshliqlari) va barcha musulmonlar uchundir", deb javob berdilar.» (Buxoriy, Muslim, Termiziy, Nasaiy, Ahmad rivoyatlari) Qisqacha sharx: Ibn Battol aytadi: "Bu hadisda nasihatning din yoki Islom deb nomlanishiga, din so'z va amal bilan qoim bo'lishiga dalil bor. Nasihat farzi kifoyadir, bir kishining ado etishi bilan boshqalardan soqit bo'ladi. Nasihat qiluvchi so'zlari tinglanib, qabul etilishiga ishonsa va o'ziga hech qanday tahlika bo'lmasligiga ko'zi yetsa, nasihat unga vojib. Agar biror tahlika ehtimoli bo'lsa, nasihat qilish-qilmaslik ixtiyori o'zida bo'ladi"

​​NFT haqida: u nima, nima uchun mashhur va uning ortida turgan millionlar NFT - o’zaro o’zgarmas token degan ma’noni bildiradi. Uni o’zgartirib yoki alashtirib bo’lmaydi. Xususiyatlari: Raqamli aktiv (buyum) - blockchain texnologiyasi asosida ishlaydigan, musiqa, san'at asarlar va o'yinlar kabi yig'ish imkoniga ega tokenlardir. Yagona - uni soxtalashtirish yoki boshqa yo'l bilan o'zgartirish mumkin emas. Almashish - NFTni almasish uchun mahsus birjalar mavjud va unda kriptovalyutalarda savdo qilinadi. NFT qanday ishlaydi? NFTning asosiy qismi Ethereum kriptovalyutasining blockchainida joylashgan NFT - individual token bo’lib, o’zida qimmatli ma’lumotlarni saqlaydi. Talab va taklif hisobiga bozorda uning narxi bor bo’lgani uchun uni oddiy buyumlardek sotish yoki xarid qilish mumkin. NFTning yagona ma’lumotga egaligi unining haqiqiyligini aniqlash va egasini tasdiqlash va o’zaro shaxslar o’rtasida almashishni osonlashtiradi. NFT nima uchu ishlatiladi? Crypto-birja va san’at asarlarini yig’ishga qiziqadigan odamlar ko’pincha NFTdan foydalanishadi. Bundan tashqari, yana quyidagicha ishlatish mumkin: Raqamli kontent - NFTlardan juda ko’p raqamli ijodkorlar foydalanib kelishmoqda. O'yin buyumlari - NFTlar o'yin ishlab chiquvchilarda katta qiziqish uyg'otgan. NFTs o'yinchilarga juda ko'p foyda keltirishi mumkin. Odatda, onlayn o'yinda siz o'zingizning o’yin qahramoningiz uchun qo’shimcha narsalar sotib olasiz va bo’ldi u siz bilan qoladi. NFTlar bilan siz narsalarni sotib olganingizdan so'ng ularni sotish orqali pulingizni qoplashingiz mumkin. Domen nomlari - NFTlar domeningizni eslab qolish osonroq bo'lgan nom bilan ta'minlaydi. Bu veb-sayt domen nomi kabi ishlaydi, uning IP manzilini esda qolarli va qimmatli qiladi, odatda uzunligi va dolzarbligiga asoslanadi. Basketboldagi videolar orqasidan millionlab dollar Oxirgi paytda mashhur bo’layotgan NFTlardan bu NBA Top Shot kolleksiyasidir. Bu NFTlar Dapper Labs (CryptoKitties o'yinini ishlab chiqaruvchilar) va Milliy Basketbol Assotsiatsiyasi (NBA) o'rtasidagi hamkorligi asosida yaratilgan. NBA basketbol tarixidagi eng mashhur va eng muhim voqealar muxirlangan qisqa videolarni litsenziya asosida Dapper Labsga beradi, u esa videolarni raqamlashtiradi va xaridorlarga sotadi. Bu NFTlar kollektsiyasidan allaqachon 230 million dollar ishlab olishgan. Eng qimmatga sotilgan qisqa videolar: LeBron James “Cosmic” Dunk: $208,000 Zion Williamson “Holo MMXX” Block: $100,000 LeBron James “From the Top” Block: $100,000 LeBron James “Throwdowns” Dunk: $100,000 LeBron James “Holo MMXX” Dunk: $99,999 Nima uchun NFTlar mashhur bo’lib ketti? NFTs aslida 2015 yildan beri mavjud, biroq ular hozirda bir necha omillar tufayli mashhurlik oshib bormoqda. Birinchisi va eng muhimi bu blockchain va kriptovalyutalarning keng ishlatilib, mashhurlikka erishgani. Bundan tashqari, muxlislik qilish va tanqislik qonuni birgalashib yana bir sababni keltiriib chiqargan. Chunki xaridorlarning barchasi noyob raqamli kontentga ega bo'lish va ularni investitsiya turi sifatida saqlash imkoniyatidan foydalanishni xohlaydi. @mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi Telegram | Instagram | Youtube

«Нега Аллоҳ аллақачон тақдиримизни ёзиб бўлган бўлса ҳам бизни синайди?» «Мени фалон ишни қилишим тақдиримда бор, мени маломат қилманг!» Баъзан шу каби хато тушунчалар ва айрим материалистлар томонидан қазо ва қадарга бериладиган саволларга ақл эгалари тушунадиган тарзда жавоб оламиз, би изниллаҳ. Қазо ва қадар. Тақдир бизни мажбурлайдими? Manba: @Muslim_Mind @JoshDeveloper

Repost from Muslim Mind
«Нега Аллоҳ аллақачон тақдиримизни ёзиб бўлган бўлса ҳам бизни синайди?» «Мени фалон ишни қилишим тақдиримда бор, мени маломат қилманг!» Баъзан шу каби хато тушунчалар ва айрим материалистлар томонидан қазо ва қадарга бериладиган саволларга ақл эгалари тушунадиган тарзда жавоб оламиз, би изниллаҳ. Улашинг 👉 @Muslim_Mind Қазо ва қадар. Тақдир бизни мажбурлайдими?

6-hadis. Taqvo va ixlos. Noʼmon ibn Bashir roziyallohu anhu rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning bunday deganlarini eshitdim: «Halol ham, harom ham aniqdir. Bulardan tashqari insonlarning koʼpchiligi bilmaydigan shubhali narsalar ham bor. Kim shubhali narsalardan saqlansa, o'z dinini va shaʼnini saqlagan boʼladi. Kim shubhali ishlarni qilsa, haromga yaqinlashadi. Bir ekinzor chegarasi atrofida hayvonlarini oʼtlatayotgan va hayvonlarning u yerga kirib ketish ehtimoli boʼlganiga oʼxshash. Ogoh boʼlingizki, har bir podshohning oʼz chegarasi bor. Аllohning chegarasi harom qilingan ishlardir. Ogoh boʼlinglar! Inson badanida bir parcha et bor, agar u tuzalsa, aʼzolarning barchasi tuzaladi. Аgar u buzilsa, aʼzolarning barchasi buziladi. Shuni bilingki, u qalbdir!» (Buxoriy va Muslim rivoyati) Qisqacha sharxi: Ushbu hadisda Rosulimiz alayhissalom halol va harom aniq ekanligini va ular orasida ba'zi shubhali narsalar ham borligini aytmoqdalar. Kim shubhali narsalardan o'zini tiysa, o'z dinini va sha'nini saqlagan bo'lishini aytmoqdalar. Shuningdek , qalbi sog'lom kishini butun vujudi sog'lom bo'lishligi haqidagi gaplari shunday ma'nodaki: vujuddagi bu et parchasi Allohdan qo'rqsa, xushu' ichida bo'lsa, shunda butun tana ham qo'rqadi. Agar u dunyo istak-orzulari ortidan quvsa, unda butun tana istak va orzular ortidan quvadi. Agar buzuq niyatli bo'lsa, tana ham buzuq niyat uchun harakat qiladi. Alloh o'zi bizga sog'lom qalb ato etsin.