Umar Sadullayev | Blog
رفتن به کانال در Telegram
IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares
نمایش بیشتر5 044
مشترکین
-124 ساعت
-67 روز
-3730 روز
آرشیو پست ها
Ustozlar bayrami bilan ustoz va murabbiylarni, bilimni ulashib kelayotgan insonlarni tabriklayman.
Bu ishdan to’xtamang. Sizlardek insonlar sabab jamiyat yaxshilanadi.
#tabrik
@JoshDeveloper
Suhbat ajoyib bo'ldi,
Diyorbek aka va Shahzod akalarga rahmat aytamiz. Keyingi intervyuda nimani design qilamiz? Kim kandidat bo'ladi? Yozib keting ⬇️
Link: https://youtube.com/live/Asue50XgbL8?feature=share
#frontend #system #design
@JoshDeveloper
Frontend system design 🔥 bo'lyapti.
Link: https://youtube.com/live/Asue50XgbL8?feature=share
Link o'zgardi. Bir necha daqiqada boshlayapmiz.
Link: https://youtube.com/live/Asue50XgbL8?feature=share
#frontend
@JoshDeveloper
Ertaga dam olish-ku aytgancha 🌚
Ustozlarimiz bor bo’lsin.
#mazza
@JoshDeveloper
Bugun ilk bor O'zbek tilida Frontend system design intervyu bo'lib o'tadi.
Soat: 21:00'da hammani kutamiz.
YouTube link: https://youtube.com/live/wvonyNuhmHI
#frontend
@JoshDeveloper
Repost from Umar Muhandis
Mana bu nusxaning ismi guillermo rauch. Texnologiya olamidagi ko'pchilik uni yaxshi taniydi. Vercel asoschisi sifatida tanilgan.
O'zim ham Vercel'dan shu kungacha ko'p foydalanganman. Bugundan vercel'ni ishlatishni to'xtatishga qaror qildim. Zamonamiz Firavni bilan rasmga tushib suhbati maroqli o'tgani haqida X sahifasida yozib chiqibdi.
Vercel'ga alternativalar tiqilib yotibdi: Cloudflare, Railway, Netlify, replit...
Ha aytgancha, Replit asoschisi Amjad haqida oldin ham yozganman. Asli Falastinlik yigit.
Repost from Brogrammist
Frontend System Design Mock Interview
Kandidat: Diyorbek Sadullaev (@brogrammist)
Intervyu oluvchilar:
- Umar Sadullayev (@JoshDeveloper)
- Shahzod Tursunov (@shahzodcodes)
Vaqt: 30-sentyabr, 21:00
YouTube link: https://youtube.com/live/wvonyNuhmHI
Komponent arxitekturasi, state management'dan tortib, performance optimizatsiya, scalability mavzularigacha savollar bo'ladi.
Yetakchi tech kompaniyalarda senior va lead lavozimlarida ishlab kelyotgan mutaxassislardan o'rganamiz!
Frontend tizim dizayni kursiga qo'shiling: https://42.uz/course/frontend-tizim-dizayni
Bu postni nega yozdim?
Keling mavzudan tashqari bo'lsa ham, ochiqchasiga gaplashaylik.
O'zimizda yo'q bo'lgan narsalarni o'ylayverib, bor narsalarimizdan lazzatlanmay qo'ydik a? Shunday emasmi? Uyi bor odam, mashina olsam baxtliroq bo'lardim deydi, oilasi bor odam uyim bo'lsa baxtli bo'lardim deydi... Xullas o'zimizda yo'q narsalar bizni baxtli qiladi deb o'ylayveramiz. Tan oling, ichingizdan o'tadi-ku?!
Tepadagi postga qarang, sizda bor narsalarni ko'pchilik "Menda yo'q va xohlayman" deb bosgan. Siz esa ularda bor narsalarni bosgansiz.
Keling, birinchi bo'lib o'zimizda bor narsalar uchun Xudoga shukur aytaylik va qadrlaylik. So'ng, yo'q narsalarni erishsa bo'ladiganlariga maqsad qo'yib intilamiz, erishsa bo'lmaydiganlariga esa.... hech yo'q qolganlar qadriga yetishiga chaqiramiz.
#offtopic
@JoshDeveloper
Quyidagilardan qaysi biri sizda yo’q va bo’lishini xohlaysiz?
Frontend'dagi xavfsizlik masalasida Diyorbek aka jonli efir qilgan ekanlar.
Ko'rmaganlar bo'lsa marhamat: https://youtube.com/live/9DCwP6Xkujk
#security
@JoshDeveloper
Tepadagi postni Linkedin'ga qo'ygandim. Ba'zi qiziq fikrlar kelibdi.
Qolganlarga ham qiziq bo'lar deb ulashyapman javobimni.
Postga LINK
#linkedin
@JoshDeveloper
JS/Frontend devs lives matter!
Ko'p joylarda Frontend dasturchilarni biroz pastroq darajada deb o'ylaydiganlarni uchrataman, go'yoki Frontend'da og'ir, muhim va qiyin vazifalar yo'qdek.
Aslida esa Frontend dasturchini ishi shunchaki UI yaratish emas, balki:
— Loyiha tez ishlashini (Performance),
— Tez ochilishi (Initial load optimization),
— Hamma platformalarga mos tushishini (Cross-platform compatibility),
— Biznes talabiga javob berishini,
— Barcha toifadagi foydalanuvchilar ishlata olishini (Accessibility & UX),
— Xavfsiz bo'lishini (Security),
— Xatosiz bo'lishini (Testing & debugging),
— Kod sifatini yaxshi ushlashni (Maintainability)
va hokazolarni o'z ichiga oladi.
Aniq ayta olaman Frontend'dagi qilinishi kerak bo'lgan vazifalar boshqa yo'nalishlardan ko'p bo'lsa ko'pdirki, kam emas.
Agar siz 🫵 Frontend'ni oson sanayotgan bo'lsangiz, yo yaxshi dasturchi emassiz yoki Frontend'da chuqurroq ishlab ko'rmagansiz.
Postni barcha dasturchi tanishlaringizga yuboring 🌚
#frontend
@JoshDeveloper
Uyda ishlashni bir yomon tomonini aytaymi?
Ko'p hollarda borgan sari ish vaqtingiz kechasiga cho'zilib ketaveradi.
Hozir kelaman.
git commit -m "Fix...." git push#thoughts #remote @JoshDeveloper
Alisa endi o‘zbek tilini tushunadi
Yandex Uzbekistan yangi yangilanishni taqdim etdi: endi AI-yordamchi Alisa aqlli ovoz qurilmalarida o‘zbek tilida ham gapiradi. U o‘zbek va rus tillari o‘rtasida foydalanuvchi nutqiga qarab erkin o‘tishi mumkin.
✨🤖 AI- yordamchi Alisa kundalik vazifalarni bajaradi: eslab qolishlar va taymerlarni o‘rnatish, turli mavzularda gaplashish, ob-havo haqidagi ma’lumotni olish, musiqp qo‘yish, ertaklar eshitish va "aqlli uy"ni boshqarish kabi.
O‘zbek tilini ishga tushirish uchun «Dom s Alisoy» dasturiga kirib, «Virtualniy assistent» → «Yazik assistenta» → «O‘zbekcha + Russkiy» variantini tanlash kerak.
Modelni tabiiy ovozda ishlashi uchun minglab dialoglar va yuzlab soatlar audio yozuvlari asosida o‘rgatishgan. Testda 13 mintaqadan 300 ta foydalanuvchi qatnashgan va hozirda uni yanada yaxshilash ustida ish olib borilmoqda.
⚙️ Yangi funksiya yangilariga ham, shuningdek, ilgari sotib olingan aqlli ovoz qurilmalarida ham mavjud – «Stansiya Layt»dan «Stansiya Maks»gacha.
Yana bir necha kun davom etar ekan, kelib voucher va chegirmalarni olsangiz bo’ladi.
Repost from EDU.DIGITAL.UZ
Axborot texnologiyalari sohasini yoshlar orasida targʻib qilayotgan blogerlar taqdirlandi
⚜️Ushbu faol blogerlar jamoatchilikning AT savodxonligini oshirish va zamonaviy dunyo yangiliklari, raqamli koʻnikmalarni rivojlantirish mavzularida auditoriyaga oʻz muallifliklaridagi media mahsulotlarni taqdim etib kelishmoqda.
Quyidagi blogerlar taqdirlandi:
➡️Saadulla Abdullayev — ”Texnopolov” blogi asoschisi; ➡️Zarifjon Naxalov — ”Naxalov” blogi asoschisi; ➡️Manuchehr Usmonov — ”Yetim dasturchi” kanali asoschisi; ➡️Umar Sa’dullayev — ”Josh developer” kanali asoschisi; ➡️Nuruddin Iminohunov — ”Nuruddin blogs” kanali asoschisi.😉“Raqamli ta’limda sun’iy intellekt” forumini Youtube kanalimizda toʻgʻridan-toʻgʻri tomosha qiling! ❗️Ma’lumot oʻrnida, “Raqamli ta’limda sun’iy intellekt” forumi media hamkori Texnoplov va Profsoyuz agentligi hisoblanadi. 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
