fa
Feedback
Umar Sadullayev | Blog

Umar Sadullayev | Blog

رفتن به کانال در Telegram

IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares

نمایش بیشتر
5 039
مشترکین
-124 ساعت
-67 روز
-3730 روز
آرشیو پست ها
“Vibe coding” degan so’z sizlarni ham joningizga tegdimi? Bu qandaydir propaganda ekanligini sezyapsizlarmi? #vibeCoding @JoshDeveloper

🚀 DevOpsDays O‘zbekistonda birinchi marta. Bu hali boshlanishi. 24-may kuni Toshkentda DevOps, madaniyat, vositalar va real
🚀 DevOpsDays O‘zbekistonda birinchi marta. Bu hali boshlanishi. 24-may kuni Toshkentda DevOps, madaniyat, vositalar va real hayot amaliyotlari bo‘yicha mamlakatdagi birinchi xalqaro konferensiya DevOpsDays Tashkent 2025 bo‘lib o‘tadi. 🌍 Butun dunyoda DevOpsDays 15 yildan ortiq vaqtdan beri o‘tkazib kelinmoqda, endi esa O‘zbekistonda. Bu yerda mahalliy DevOps hamjamiyati paydo bo‘ladi va siz uning boshlanishiga qo‘shilishingiz mumkin. 🎤 Germaniya, Serbiya, Qozog‘iston, Armaniston va O‘zbekistondan kelgan ma’ruzachilar: - shaxsiy keyslar va muvaffaqiyatsizliklar, - haqiqatda ishlaydigan vositalar, - qo‘llanmalarda topilmaydigan maslahatlar 🛠 Mutaxassislar tomonidan tanlangan mavzular: CI/CD, ChatOps, muhandislik madaniyati, DevOps-da AI, jarayonlarni tashkil etish va avtomatlashtirish. 📍 24-may kuni Digital.uz da ko'rishguncha 🔗 Tafsilotlar va chiptalar: devopsdays.uz #DevOpsDays #DevOpsTashkent #DevOpsUzbekistan #DevOpsCommunity #Conference

Frontend dasturchilari uchun savol: System design va design system farqi nima? #interviewQuestion @JoshDeveloper

Frontend arxitekturasi mavzularida darslar qilish vaqti ham keldi. O’zbek Frontend dasturchilari orasida nihoyat shu mavzu ancha aktuallashib qoldi. Shu yo’ldan yurishni boshlaymizmi? 😉️️️️️️ #architecture @JoshDeveloper

Safar ham qaridi... Unicon soft'dagi hammaga katta rahmat. Unutilmas jamoa bo'ldingiz. @JoshDeveloper
Safar ham qaridi... Unicon soft'dagi hammaga katta rahmat. Unutilmas jamoa bo'ldingiz. @JoshDeveloper

"FrontINT" kursi qo'llanmasi ⚡️ Ushbu PDF Frontint.uz kursi uchun qo'llanma. Frontend sohasida ko'plab ma'lumotlarni o'z ichiga olgani bois, siz azizlarga alohida yuboryapmiz. Kitobdagi ma'lumotlar to'liq holda Frontint.uz kursida tushuntirib o'tilgan. Enjoy it with ☕️ #guide @JoshDeveloper

Frontint.uz kitobchasini kutayotganlar bormi? #guide @JoshDeveloper

Kommentda halol va haromni belgilab berayotganlar chiqibdi. EPAM biz biladigan va mahsulotlarini ishlatadigan Google, Apple, Meta kabi kompaniyalar qatorida Yevropa va Amerika kompaniyasi. Ularni ham siyosati bir. Avval ham bu haqida aytganman. Halol va harom masalalarni ahli-ilmlarga qo’yib beringlar. Man ham so’ramasdan, surishtirmasdan ishga kirmayman. O’zimizga limit qo’yib, ortda qolib ketadigan zamon emas hozir. Halol loyihada, halol ishlab, halol joyga sarflayotganlarga tosh otishni to’xtatib, o’zimiz halol rizqimizni topishni boshlasak bo’lar edi. #munosabat @JoshDeveloper

To'g'risin aytsam, Unicon Soft'dan ketgim kelmayapti ham. Eng ko'p offline ishlagan ishxonam shu joy. Komanda - TOP 🔥. Hammasini sog'insam kerak. Loyihalarimiz ham juda katta va mas'uliyatli. Lekin "Comfort zone kills your dreams!" degan ekan bir O'zbek dasturchi. Erishishim kerak bo'lgan rejalar ko'p. Tanlov qiyin bo'ldi, ammo shunday bo'lishi kerak ekan. Ko'ramiz endi, bu yo'l qayerga olib borar ekan 🙂 #thoughts @JoshDeveloper

1 hafta kuttirmay ayta qolay, EPAM'dan offer oldim 🙌. Qaytmoqchiman. Nega EPAM? - Remote - O'sish uchun shu paytgacha EPAM'c
1 hafta kuttirmay ayta qolay, EPAM'dan offer oldim 🙌. Qaytmoqchiman. Nega EPAM? - Remote - O'sish uchun shu paytgacha EPAM'chalik yordam bergan kompaniya bo'lmadi. Hozir yana o'sishim kerak. - Qolgan kompaniyalar bunday offer bera olmadi.) Loyiha ham topilgan, faqat muddati juda oz loyiha ekan. Tavakkal qilyapman. Xudo xohlasa, buni oqlaydi degan umiddaman. #news @JoshDeveloper

Keyingi hafta karyeramda kichik o'zgarish bo'ladi, inshaaAlloh. Tahmin qilinglarchi?) #career @JoshDeveloper

Repost from EDU.DIGITAL.UZ
Toshkentda birinchi marotaba "Ping Pong Dev" turniri oʻtkazildi 📖Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi homiyligida Umar Sadullaev tashabbusi bilan faol IT inflyuenserlar ishtirokida "Ping Pong Dev" stol tennisi turniri boʻlib oʻtdi. 🏓Stol tennisi boʻyicha oʻtkazilgan ushbu turnirda 16 ta dasturchi inflyuenserlar ishtirok etdi:
1. Umar Sadullayev 2. Khondamir Abdukhoshimov 3. Zohidjon Akbarov 4. Abbos Xazratov 5. Ulugbek Samigjanov 6. Eldor Ergashov 7. Alisher Tojiev 8. Javohir Akramjonov 9. Javohir Berdiyev 10. Elbek Normurodov 11. Ikramov MuhammadMubiyn 12. Akobir Abduganiyev 13. Bobosher Musurmonov 14. Muhammadkarim Tuxtaboyev 15. Saud Abdulwahed 16. Shahzod Tursunov
🏆Yakuniy natijalarga koʻra Javohir Berdiyev turnir gʻolibi boʻldi. ⚜️Turnir haroratini videolavhamizda tomosha qiling! 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin

Suhbat nihoyasiga yetdi. Qatnasha olmaganlar uchun audioni yuboryapman. Bizni to'g'ri tushunib, qabul qilgan Komiljon akaga, mehmonlarimiz Alisher aka Tojiyev va Muhammadkarim akaga rahmat aytamiz. Sooo, let's keep coding :) #munosabat @JoshDeveloper

20 daqiqada boshlaymiz, Xudo xohlasa

Dasturlashga qadam qo'yayotgan hamma yaqiningizni suhbatga taklif qiling. Expert sifatida hamma bilishingiz kerak bo'lgan gaplarni aytaman, Xudo xohlasa.

Dasturlashdan daromadgacha? Bu tuzoqmi yoki haqiqat? Bugun, 14:30'da shu kanalimizda jonli efir qilamiz, kurs egalari ham kirishi va savol va fikr yo'llashi mumkin. Hammani taklif qilaman. Siz ham taklif qiling. #suhbat @JoshDeveloper

Komiljon Xamidjonov degan xalqaro Senior dasturchi akamiz bor ekan. Dasturlash sohasini ham "qabriston"ga aylantiryapti. Akal
Komiljon Xamidjonov degan xalqaro Senior dasturchi akamiz bor ekan. Dasturlash sohasini ham "qabriston"ga aylantiryapti. Akalar, odamlarni hissiyoti bilan marketing qilib, ularga yolg'on umidlar berib kurs sotishni to'xtating. Dasturlashda bozorni o'zingiz ko'rib turibsiz, 5-10+ minglab odamga sohani boylikka ulab yolg'on ma'lumot bermang. Mayli o'sha sotgan minglagan odamlaringizdan 100 tasi dasturchi bo'lar, aldangan qolganini pulini sizga halollab bera oladimi? Yo'qmi? Unda yolg'onsiz ochiqcha marketing qiling, shunda sizni qarg'aydiganlar kamayadi. Xalqni katta qismi sodda va ishonuvchan, dalada quyonlar bor ekan deb bo'riga aylanish shart emas, odam bo'lib qolaylik. Alloh rizqimizni to'g'ri marketing qilib kurs sotsak ham beradi, ziyoda ham qiladi. #munosabat @JoshDeveloper

Nakrutka emas-daa... Qabul qilmayman nakrutkani 🥲

Ogohlantiring! Instagram va Telegramimda chiqayotgan bir odamning reklamalari jonga tegdi. Odamlarni pulga qiziqishidan foydalanib, dasturlashni boyib ketishga bog'lab kurs sotib yotibdi. Bu qahramonimizni ismlarini aytardim-u, "yozarmon"lardan bo'lishi mumkin deb qo'rqyapman. Keling Xamidjon deb chaqiramiz. Siz va meni vazifamiz yaqinlarimizni dasturlashda to'g'ri yo'naltirish va haqiqatlarni ochib, qalloblardan ogohlantirish. Bunday kurslar sotuvchilar shuncha odamni oy va yillarini, umidlarini pullashyapti. O'sha akamiz nogoh shu postni o'qisa, bitta gapim bor: - Odamlarni umidi bilan o'ynashmang, kurs soting ammo sodda xalqni aldamang. O'sha chiroyli mashinangizni ham kod yozib olmaganingizni o'zingiz ham bilasiz. #munosabat @JoshDeveloper

Frontend'dagi osondan qiyingacha bo'lgan mavzularni bir kichik PDF'da o'qishni xohlaysizmi? Shu postga jami 500 ta reaksiya y
Frontend'dagi osondan qiyingacha bo'lgan mavzularni bir kichik PDF'da o'qishni xohlaysizmi? Shu postga jami 500 ta reaksiya yig'ilsa, Frontint.uz da o'tilgan mavzular uchun ishlatilgan kitobchani kanalga tashlab beraman 🔥😉 #savol @JoshDeveloper