cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi 🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry 📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy ☎️ Ishonch telefoni: 1243

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
12 146
مشترکین
-824 ساعت
+217 روز
+19330 روز
آرشیو پست ها
QVZ: Toshkent davlat agrar universitetining "Yangi yulduzlar" jamoasi "Toshkent shahar hokimi kubogi" sovrindori bo‘ldi 🎭"Toshkent bitiruvchi va talaba-yoshlar" loyihasi doirasida Poytaxt oliy taʻlim muassasalari QVZ jamoalari oʻrtasida “Turkiston” sanʻat saroyining yozgi amfiteatrida “Quvnoqlar va zukkolar” koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi. 🏆Toshkent davlat agrar universitetining “Yangi yulduzlar” jamoasi Toshkent davlat yuridik universitetining “Yuristlar”, Toshkent tibbiyot akademiyasining “Adrenalin”, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining “Bolalar” hamda Toshkent kimyo-texnologiya institutining “Atom” jamoalari “Toshkent shahar hokimi kubogi” uchun bellashdi. 🎉Bellashuv soʻnggida yuqori natija bilan Toshkent davlat agrar universitetining "Yangi yulduzlar" jamoasi birinchi pog’onani egalladi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
نمایش همه...
👍 6❤‍🔥 2 1🔥 1👏 1🎉 1🤩 1👌 1💯 1
Buxoro tumani: O‘rim-yig‘imga 15 ta kombayn va 70 dan ortiq yuk avtomashinasi hozirlandi 👨‍🌾Ayni kunlarda ma’muriy jihatdan 36 ta mahalla fuqarolar yig‘iniga bo‘lingan Buxoro viloyati Buxoro tumanida 171 mingdan ortiq aholi istiqomat qilayotgan bo‘lib, qishloq xo‘jaligining birgina g‘allachilik tarmog‘ida faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaligi soni joriy yilda 274 taga yetgan. Holbuki, o‘tgan yilgi mavsumda bu ko‘rsatkich 265 tani tashkil etgan va davlat omboriga fermer xo‘jaliklari tasarrufidagi 5092 gektar yer maydonidan 11 ming tonnaga yetkazib, sifatli bug‘doy yetkazib berilgan. 🌾Joriy yilda esa tumanda fermerlar safi hamda ekin yeri kengaygani barobarida davlatga 5462 gektarga yetkazilgan g‘allazordan 11 ming 566 tonna bug‘doy sotish maqsad qilingan. Shundan 2964 tonna sara bug‘doy urug‘likka qabul qilinishi mo‘ljallangan. Yalpi maydondan o‘rib olinadigan hosil salmog‘i esa fermerlar ixtiyorida qoldiriladigan bug‘doy bilan qo‘shib hisoblaganda, ikki barobarga mo‘lroq. 🔩G‘alla o‘rim-yig‘im mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazish, hosil talon-torojiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida tumanda mavjud kombaynlar texnik ko‘rigi va ta’miri o‘tgan oydan boshlangan. Bugunga kelib hududda 15 ta otryad tashkil etilib, ularga 6 ta “CASE” va 9 ta “KLASS” kombayni ekipaji biriktirildi. O‘rim-yig‘imda hosilni qabul maskaniga tashib yetkazish maqsadida har bir kombaynga 5 donadan, jami 75 ta don tashish avtomashinasi biriktirildi. ✅Tumanda dolzarb palla — bug‘doy o‘rim-yig‘imiga hozirlik, kombayn va boshqa texnika vositalari shayligi bugun viloyat hokimining o‘rinbosari Amrillo Nazarov tomonidan o‘rganilib, tuman hokimi Anvar Ochilov boshliq mas’ullarga mavsumni yuqori tayyorgarlik va uyushqoqlik bilan o‘tkazishga doir tavsiya va topshiriqlar berildi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
نمایش همه...
🙏 4❤‍🔥 1🔥 1👏 1🎉 1🕊 1
Gender tenglik: Qishloq xo'jaligi sohasida xotin-qizlarning ta'siri va roli kengaymoqda 🇺🇳Ma'lumki, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan “Gender tenglikni ta’minlash hamda barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish”ga oid bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. 📍Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida “Gender tengligiga erishish usullari va yondashuvlari” mavzusidagi 3 kunlik trening ham shular jumlasidandir.
Mazkur trening O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda BMTning Global Ekologik Jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilayotgan “O‘zbekistonda oziq-ovqat tizimlarining yerdan foydalanish va qayta tiklashga ta’sirini baholash dasturi” va “O‘zbekistonda qurg‘oqchilikka uchragan ekotizimlardagi o‘rmonlar va yaylovlarni barqaror boshqarish” loyihalari tomonidan tashkillashtirildi.
💬Unda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi agentligi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbar va xodimlari ishtirok etishdi. Uch kunlik trening davomida gender va gender tengligi tushunchalari, gender va ekologiyaning o‘zaro bog‘liqligi, ekologik muammolarning xotin-qizlarga ta’siri kabi ko‘plab mavzular muhokama qilindi. ✅Bundan tashqari, gender tengligini tartibga soluvchi milliy qonunlar va qarorlar batafsil tahlil qilindi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
نمایش همه...
🤩 5 2 2👏 2🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
🅰️👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍 Shirin qalampir. Uni yetishtirishda nimalarga e’tibor qaratish lozim? 🌶️Ekiladigan shirin qalampir ko'chatlari 40-45 kunlik, 6-7 bargli, poyasi va ildizlari rivojlangan, barglari to'q yashil tusda, sog'lom bo'lishi lozim. Yerlarni tayyorlash ishlari kuz oylaridan boshlanib, 1 sotix yerga 200 kg chirigan go'ng sochib chiqiladi. So'ng oz miqdorda o'gitlar sochilib, keyin maydon 28-30 sm chuqurlikda yumshatiladi va 70-90 sm qator oralig'ida ekish egatlari tortib chiqiladi. 🌱Shirin kalampir ko'chatlari mintaqa joylashuviga qarab mart, aprel yoki mayning 1-o'n kunligida 70×30 sm yoki 70×40 sm tizimida, yer osti suvlari yaqin bo'lgan yerlarda 90×25 sm sxemada ekiladi. 1 sotix maydonga ekish sxemasiga qarab 445-475 ta ko'chat sarflanadi. 📅O'simliklarga birinchi ishlov berish 10-12 kundan keyin boshlanadi. Bunda egat ichi, qatordagi ko'chatlar orasining tuprog'i yumshatiladi. Shirin qalampir o'simligi yaxshi rivojlanib, mo'l xosil berishi uchun uning ildizi joylashgan qatlam havo bilan ta'minlangan bo'lishi kerak. Buning uchun suv egat oralatib quyilgani ma’qul. 🌲Qalampirni yetishtirishda 1 sotix maydonga 7,6 kg sulfat ammoniy, 2,6 kg ammofos, 1,6 kg kaliy xlor o'g'itlari beriladi. Bu o'simlik suvga talabchan bo'lib, tuproqli yerlarda 12-15 marta sug'oriladi. Xosil yetilguncha xar 8-12 kunda, xosil yoppasiga pishganda esa 5-7 kunda sug'oriladi. Qalampir xaddan oshiq zaxlatib yuborilsa so'lish kasalligiga chalinadi. 🧬Shirin kalampirning mevasini ko'kligida ham, qizarganida ham iste’mol qilish mumkin. Ko'kligida yig'ib olinsa, xosil miqdori nisbatan ko'proq bo'ladi. Qizil tusga kirganda mevasida A va S vitaminlari ancha oshadi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
نمایش همه...
👍 4 2❤‍🔥 2👏 2 1🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
👍👍👍👍👍👍👍 Gujum: tuproqni eroziyadan asraydi, havoni tozalaydi 🌳Gujum daraxti o‘ta chidamli o‘simlik bo‘lib, yuz yildan ortiq umr ko‘radi. 🔰Eʼtiborlisi, u o‘sishi uchun joy tanlamaydi. U yantoq kabi chuqur ildiz otib, qurg‘oqchil, sho‘rlangan yerlarda ham o‘saveradi. Barglari tukchalar bilan qoplangani bois quyosh issiqligini o‘tkazmaydi. Ihotazorlar barpo etishda, asosan, gujumdan foydalaniladi. ✅Gujum qum ko‘chkilarining oldini olish, shamol yo‘lini to‘sish, tuproqni eroziyadan asrashdan tashqari, iqlimni moʻtadil saqlashda ham asqotadi. 🦠Yozning saratonida quyuq soya berib, oftob nurini o‘tkazmaydi. U karbonat angidrid gazini yutib, ko‘p miqdorda kislorod ishlab chiqaradi, noorganik changlarni tutib, havoni tozalaydi. 🟢Bu xususiyati vohaning keskin kontinental iqlim sharoitida ham insonning hordiq chiqarishi uchun qulay sharoit yaratadi. 🔫Gujum daraxti ildizi va urug‘idan ko‘payadi. U sadaqayrag‘och, yaʼni qoramon daraxtiga payvand qilinsa, sizot suvlariga chidamliligi yanada ortib, umri uzayadi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
نمایش همه...
👍 9❤‍🔥 2 2🤩 2🕊 2 1🔥 1👏 1🎉 1👌 1💯 1
Photo unavailableShow in Telegram
Bahor oylarining seryog‘in kelishining qishloq xo‘jaligi ekinlariga hamda mavjud suv resurslariga ta’siri ⛈Mamlakatimizda mart-aprel va may oylarida har doimgidan ko'proq yog‘ingarchilik kuzatilmoqda. Bu qishloq xo‘jaligi ekinlari rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Qolaversa, suv zaxiralarini ko‘payishiga va yil davomida qishloq xo‘jaligi ekinlarini parvarishida suv taqchilligiga barham berishga yordam beradi. 💧Shuningdek, qishloq xo‘jaligi ekinlarini suvga bo‘lgan talabini bir qismini to‘ldirishga, tuproqdagi namlikni saqlab turishda juda katta ahmiyat kasb etadi. ✔️Respublikamizdagi mavjud sug‘oriladigan maydonlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun joriy yil sug‘orish mavsumida jami 38,2 millard kub metr, jumladan, asosiy ekinlarga 30,2 millard kub metr hamda aholi tomorqalari va takroriy ekinlarga 8,0 millard kub metr suv talab etilishi hisob-kitob qilindi. 🟢Shunga asosan bahor oylarida yog‘ib o‘tgan yog‘in miqdori va respublikamizdagi mavjud suv omborlardagi suv zaxiralari, shuningdek, Amudaryo va Sirdaryo havzalarida joylashgan tog‘lardagi qor zaxiralarini hisobga olib, suv yetishmovchiligini 30-35 foiz qismini qoplashi kutilmoqda. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
نمایش همه...
👍 9 3👌 2❤‍🔥 1👏 1🤩 1
02:16
Video unavailableShow in Telegram
🇺🇿🇹🇷 Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markaziga Turkiyaning Sharqiy O‘rta Yer dengizi qishloq xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimi, seleksioner olim doktor Ayshe Nuran Chil xonim tashrif buyurdi. ✅U bugungi kunda Milliy markaz tizimidagi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda kungaboqar va yeryong‘oq seleksiyasi ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Shu bois tashrif davomida mutaxassis Milliy markazning Yuqorichirchiq tumanida joylashgan tajriba dalasiga ekilgan kungaboqar va yeryong‘oqning o‘sish jarayonini ko‘zdan kechirish uchun taklif etildi. 🟢Bu yerga kelgusida gibrid nav yaratish maqsadida yeryong‘oqning o‘zbek va xitoy navlari aralashtirib ekilgan (o‘zbek navining mag‘zi maydaroq xitoy navining mag‘zi esa nisbatan yirikroq). 💬Mutaxassis bu yerdagi ekinlarning rivojlanish holati haqida o‘z fikrlarini bildirdi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
نمایش همه...
Turkiya_Sharqiy_O'rta_Yer_dengizi_qishloq_xo'jaligi_ilmiy_tadqiqot.mp443.20 MB
👍 5🕊 2❤‍🔥 1 1🔥 1🎉 1🤩 1
O'zbekistonda Xalqaro qishloq xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi(IFAD) vakolatxonasi tashkil etiladi 🌍Bugungi kunda Qishloq xo'jaligi vazirligi tizimidagi bir qancha tashkilotlar hamda agrar sohaga oid xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalarini ochish, ularning infratuzilma holatlarini yaxshilash bo'yicha bir qancha amaliy ishlar qilib kelinmoqda. 🔝Bu ishlarning zamirida qishloq xo'jaligi boshqaruvini takomillashtirish, tub islohotlar olib borish, bu orqali ish samaradorligini oshirish yotadi. 📍Mana shunday ishlarning davomi o'laroq, bugun Qishloq xo'jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Xalqaro qishloq xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi (IFAD) vakolatxonasini O'zbekistonda ochish doirasida qilinayotgan ishlarni ko'zdan kechirish maqsadida Toshkent shahridagi vakolatxona uchun ajratilgan binoga bordi. 💬Bino holatini ko'zdan kechirar ekan, vazir Ibrohim Abdurahmonov, binoni modernizatsiya qilish, xodimlarga zarur bo'lgan shart-sharoitlarni yaratish borasida mas'ullarga bir qancha topshiriqlar berib o'tdi. 📌Ma'lumot o'rnida, 2022-yil 25-oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi o‘rtasida “O‘zbekistonda Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasining vakolatxonasini tashkil etish” bo‘yicha bitim imzolangan. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
نمایش همه...
👍 9👏 2❤‍🔥 1 1🔥 1🎉 1🤩 1🕊 1
21:23
Video unavailableShow in Telegram
📈 O‘zbekistonda 2024 yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini 3,5 mlrd AQSH dollariga yetkazish nazarda tutilmoqda. 2023 yilda bu ko‘rsatkich 2 mlrd AQSH dollari bo‘lganligini inobatga olsak, demak oldinga judda katta marra qo‘yilgan. 🔰Bunga erishish esa albatta oson emas! Kundan kunga chegara-bojxona postlari orqali harakatlanayotgan transport vositalarining oqimi oshib bormoqda. Pishiqchilik mavsumida bu raqamlar karrasiga oshadi. 🔫Bu esa tabiiyki, chegaralarda tirbandliklarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Xo‘sh, bu masalaga qanday yechim bor? ▶️“Bojxonada” podkastining navbatdagi soni ayni shu mavzuga bag‘ishlandi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
نمایش همه...
Sequence 06_1.mp4145.26 MB
3🕊 2👍 1❤‍🔥 1🔥 1👏 1🤩 1
Samarqand viloyatida “Ayollar biznesini qo‘llab-quvvatlash” mavzusidagi uchrashuv-muloqot bo‘lib o‘tdi 🟢O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-martdagi "Xotin-qizlarning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" PQ-122-son qarorining hududlarda ijrosini ta’minlash maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda boshqa vazirlik va idoralar xodimlaridan iborat Ishchi guruhning Samarqand viloyatida navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. ✅“Ayollar biznesini qo‘llab-quvvatlash” mavzusidagi uchrashuv-muloqotda Qishloq xo‘jaligi vazirligi Global iqlim o‘zgarishlari sharoitida bio dehqonchilikni rivojlantirish bo‘limi bo‘shlig‘i A.Ungalov, Statistik tahlil va prognozlashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi J.Artikovlar ham ishtirok etdilar. 🟢Bo‘lim boshlig‘i A.Ungalov uchrashuv-muloqotda agrar sohada ayollar biznesini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, qishloq xo‘jaligidagi imtiyoz va preferensiyalar to‘g‘risida o‘z ma’ruzasi bilan qatnashdi. 📌Tadbir davomida o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan yoki faoliyatini kengaytirish istagida bo‘lgan ayol tadbirkorlar tomonidan berilgan savollari, muammo va takliflari hududiy ijro hokimiyati vakillari bilan birgalikda atroflicha muhokama qilindi hamda muammolarni tegishli tashkilotlar tomonidan ijobiy hal qilinishi belgilab olindi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
نمایش همه...
🤩 4👏 1🙏 1👌 1🕊 1
Manfaatli hamkorlik yo‘lidagi yana bir qadam 🇺🇿🇷🇺Ayni kunlarda Qishloq xo‘jaligi vazirligining bir guruh vakillari amaliy va ishchi tashrif bilan Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turibdi. 📈Agrar sohadagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash masalalariga qaratilgan tashrif manfaatli kelishuv va investitsion loyihalarni jalb qilishga qaratilgan uchrashuvlarga boy ekani bilan ahamiyatli. ✅Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasi tashrif davomida Rossiya Federatsiyasining “Bioforte-Lab” kompaniyasining oqsil sintezi texnologiyasini ishlab chiquvchi laboratoriyasi imkoniyatlari bilan tanishdi. 🟢Delegatsiya a’zolari mazkur laboratoriyada oqsil olishning zamonaviy usullari bilan tanishar ekan, ushbu texnologiyani O‘zbekiston Respublikasida joriy etish masalalarini o‘rtaga tashladi. Ushbu taklif Rossiya tomonidan iliq qabul qilindi hamda hamkorlik shartnomasini imzolashga kelishib olindi. 📌Zero, agrar sohani rivojlantirish, islohotlarni chuqurlashtirish, aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash, qoʻshilgan qiymat zanjirni yaratishda bu kabi hamkorlik aloqalari muhim rol oʻynaydi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
نمایش همه...
❤‍🔥 4🔥 1🤩 1🕊 1