fa
Feedback
🇺🇿 Learn .NET

🇺🇿 Learn .NET

رفتن به کانال در Telegram

• 2 ta Microsoft MVP dan o'rganing • Professional .NET va C# darslar • https://learn.net.uz rasmiy kanali

نمایش بیشتر
1 360
مشترکین
-124 ساعت
-87 روز
-3230 روز
آرشیو پست ها
Backend dasturchi bilishi shart! Bugun bir nechta nomzodlar bilan suhbat o'tkazyapman. Xoh senior xoh junior bo'lsin so'raladigan mavzular mana bular: 1️⃣CLR, Heap va Stack (struct va class) 2️⃣SOLID va o'xshash prinsiplar 3️⃣RESTFul API va HTTP request lifecycle 4️⃣Indexes SQL and DB Normal Forms 5️⃣Threading & Tasks Qaysi mavzularda eng ko'p qiynalasiz?

🗓 2 oy 0 dan boshlagan guruhimiz biz bilan o'qiytganiga 2 oy to'lar ekan ertaga. Hozirgacha reja qilib qoygan loyihalarimizn
+1
🗓 2 oy 0 dan boshlagan guruhimiz biz bilan o'qiytganiga 2 oy to'lar ekan ertaga. Hozirgacha reja qilib qoygan loyihalarimizni 4 tasini qildik. Ertaga master-classda Open AI modeli bilan ishlaydigan console loyihasini qilishin o'rgatamiz. Agar shogirdlarimiz komentariyada loyihalarini tashlashlarini istasangiz 👍 reaksiya qoldiring.

Azuredagi akkountimizga 1 oylik 200$ lik kredit olamiz. Keyingi darsligiimiz bugun soat 19:15 da uzatiladi. Snacklar va ichimliklarni tayyorlab qo'yishni unutmang😅

🤔 out/ref esdami? O'quv kursimizda o'qiyotgan bir akamiz qiziq muammoni aytib qoldilar.
Metodlar mavzusini o'tganimizda, shu mavzu boyicha masallalar ishlab chiqganman shunda out va ref kalit so'zlaridan foydalanishni to'liq o'rganib olgandim, Bugun Generic ni qaytarish vatida metodlar bilan ishlayotganimda out va ref dan foydalanolmayabman , esimdan chiqib ketibdi
Bunga quyidagicha javob berdim: bundan umuman xavotir olmasligingiz kerak. Siz katta dastur yozish uchun atigi 30% bilimni egalladingiz. Qolgan 70% ni o'qigangizda 50% bilganlaringiz esdan chiqadi Lekin, qayerda nima qilishni doim bilib turasiz. O'sha paytda google qilib sintaksis yoki mavzuni tezda qaytarib olasiz. Miyamiz ensiklopedia emas, muammoni tez yechadigan motor bo'lib xizmat qiladi shunda. 0 dan o'rganayotganda sizda ham shunday muammo bo'lganmi?

⛔️ Videolarimizni ko'rmang! Dasturlashni o'rganishning eng oson yo'li - loyiha tuzish. Tinimsiz video-darslik ko'rish sizni dasturchi sifatida ishga kirishingizni ta'minlamaydi. Undan ko'ra #amaliyot hashtagi ostidagi amaliy loyihalarni ko'rib chiqing va yechimingizni ushbu post koment qismida ulashing.

Birinchi til C# bo'lsinmi? Kitoblarni berasizmi? O'quv qo'llanma bering Roadmap bo'yicha AI prompt bering
Kelasi postlarimiz mana shu savollaringizga javob beradi. Ungacha dasturlashni o'rganuvchi tanishlaringizga biz haqimizda aytishingizni so'rab qolamiz. Chunki, biz doimiy va sifatli bilimni ulashib borishga harakat qilamiz bu kanalda. ❤️ Oldindan rahmat!

Bizning roadmap Dasturlashni 0 dan qayta, boshlasam mana bunday roadmapdan foydalangan bo'lar edim. 1. Ma'lumot turlari va Operatorlar 2. If va loop 3. CLR asoslari (yohud "Hello World" qanday ishlaydi?) 4. OOP, LINQ & Delegate 5. Asinxron dasturlash 6. TXT, EXCEL va PDF bilan ishlash 7. Tashqi APIga ulanish 8. SQL bazalar va EF (yoki dapper) 9. .NET dasturini bazaga ulash 10. Dizayn pattern va prinsiplar 11. ASP.NET Core 12. Turli arxitektura usullari 13. Unit testlash Har bir bo'lim uchun bir yoki bir nechta kitob o'qish, izlanish olib borish kerak bo'ladi. Mustaqil AI yordamida bepul yoki ustoz bilan o'qish imkoniyati hozirda mavjud. Har bir bo'lim haqida chuqurroq ma'lumot berishimizni xohlaysizmi? P.S. Ertadan mana shu roadmap bo'yicha kichik bir guruhimizga darslar boshlanadi

Azure nima? Qanday qilib ishni boshlash mumkin? Kutib oling o'zbek tilida Azure uchun ilk darslar. Avval auyganimdek endi sizlar bilan birgalikda Azure texnologiyasining sirlarini kashf etishni boshlaymiz. Umid qilamanki ushbu darsliklar hamma uchun tushunarli va sodda bo'ladi. Ayniqsa sizning skilllar to'plamingizni yanada kengaytiradi. Microsoft Azure — bu Microsoft’ning bulutli (cloud) platformasi bo‘lib, u orqali internet orqali serverlar, ma’lumotlar bazasi, storage, API, AI va boshqa IT xizmatlarni sotib olib ishlatish mumkin. Shunday ekan birinchi darslik efirga uzatilmoqda!

Yozgan servisimga Copilot test yozib berdi. Githubda PullRequest ochdim. Githubda gi Copilot aynan shu testlarga komentariya qoldirdi.

Test gapirmasa, mijoz gapiradi Bir kuni kechqurun mijozimiz, Student qo'sha olmayapman, dastur ishlamayapti degan edi. Mijoz tashlagan video va screenshotlarda xatolik yo'q edi lekin, ro'yxatda student ko'rinmayotganini aytdi. Shunday qilib men ofisga borib(tunda!!!), shu student yaratish jarayonini boshidan oxirgacha tekshirdim. Hammasi joyida. Mijozning tashlgan rasmlariga yaxshilab qarasam, u umuman boshqa sahifada ekan. Agar o'sha payti bizda Integration test ishlab turganda, yani har bir soatda hamma qismni tekshirib turganda, menda kuchliroq ishonch bo'lar edi va tashlagan resurslariga sinchikovlik bilan qarar va vaqt va energiya sarflamas edim. Testing yana nimalarni gapirishii mumkin: - Database yoki qaysidir mikroservis uxlab qolmaganini - Tashqi qo'shni API lar sihlab turgani va ularning javobi o'zgarmaganini - Networking muammosi Agar siz yuqoridagi muammolarni mijoz aytishidan oldin hal qilsangiz, sizning mahsulotingizga bo'lgan ishonch yana ham ortadi

Testing Shu mavzuda post yozish juda ham yoqadi. Loyihaga yangi endpoint chiqarsak yoki UI da o'zgarish qilsak, unga test yozamiz. Hozirgi pozitsiyam FullStack bo'lgani uchun Front Angular va Backend .NETda tinmay kod yozayapman. Shunga yarasha Testing Toollari ham har xil. UI Integration Test uchun Cypress va Api Acceptance Testing uchun Robot framework. Cypress JavaScriptga asoslangan va kod yozish stili jestga o'xshab ketadi. Robot Framework esa g'irt Python kod. Bundan oldingi loyihalarda UI integration test uchun Playwright ishlatganmiz va u juda qulay. Nafaqat .NET da support qilgani uchun, balki testni xUnit, nUnit bilan ham yozsangiz bo'ladi. Kamiga Playwrightda browserni ochib ketma-ket tugmalarni bossangi,z test ham yozib beradi. C# da uni test yozishni bilsangiz, Acceptance testingga ham qiynalmaysiz. Shunchaki, Bitta project ochib HttpClient + xUnit orqali Input-Output larni taminlab bersangiz bo'ldi. Qisqasi .NETda ham bularni tez amalga oshirsa bo'ladi Sizlar Unit Test, Acceptance Test, Integration Test, Automation Test, ... , End-To-End testga qanday texnologiya ishlatasizlar

2025-yil sarhisobi 🚀 • Youtobega 25+ video darslik yuklandi • Bu yilgi darsliklarning umumiy koʻrishlar soni 7000+ koʻrish • Mediumda ilk maqolamni chop etdim • 2 ta offline masterklass qilindi • Tarteeb loyihasini toʻliq ishga tushirdik • Aloqa ventures, Startup Garage bilan hamkorlik qildik va loyihamizga ilk katta mablagʻdagi investitsiya jalb etdik. • Tarteeb loyihasi qurishda 10+ internlarni qabul qildik, va ularning yozgan kodlari hali ham aktiv foydalanilmoqda • Tarteeb uchun eng kuchli jamoani shakllantirdik • Tarteebni taqdimotga chiqardik. Eng kuchli natijamiz bu sizlar bilan birgalikda boʻlganimiz va keng qamrovli networking yaratganimiz boʻldi

Override Equals 🟰 Object taqdim qiluvchi Equals metodida kamchiliklar bor. Izohlarda sanab o'ta olasizmi? Agar qayta yozmoqchi bo'lsangiz (override), mana bu qoidalarga amal qilishni tavsiya qilaman: 1. O'z-o'zini zid qilmasin. Ya'ni, x.Equals(x) true qaytarsin 2. Simmetrik bo'lsin. Ya'ni, x.Equals(z) ham z.Equals(x) ham bir xil qiymat qaytarsin 3. Mantiqan to'g'ri bo'lsin, x.Equals(z) bo'lsa va z.Equals(y) bo'lsa, y.Equals(x) ham bir xil natija bersin. 4. Doimiylik - qiymatlar o'zgarmagan taqdirda, natija o'zgarmasligi kerak. Izohlarda fikringizni kutaman.

Bir haydovchi Chirchiqdan, Toshkent orqali Eshonguzarga haftasiga bir necha martta qatnar ekan.
TechCrunch nomli Amerika kompaniyasi shunday deb butun dunyoga ovoza qila olyapti. Bunda ular, haydovchining rasmi (4k), mashina nomeri va mashina tezligini ham biladi. Chunki, bizning svetofor va chorraxalardagi kameralar video va rasmlarni avtorizatsiyaga ega bo'lmagan saytda saqlayapti. Ma'lumotlar bazaga, 2024-yil Sentyabrdan boshlab kelib tushgan. AQSHdagi O'zbek hokimiyati vakillari, O'zbekistondagi UZCERT nomli, xavfsizlik tashkiloti, email orqali kelgan ogohlantirishga javob/reaksiya bildirmagan. 🔗 To'liq maqola

Birinchi muhabbatim. Ishlarimni u siz tasavvur qila olmayman va u boʻlmagan ishlar men uchun murakkabdek tuyuladi. Biroq, atrofimdagi oshiqlarning 90% birinchi muhabbati bilan emas. Onda sonda suhbatda Sherali Joʻrayevning "Birinchi muhabbatim" qoʻshigʻini eshitganimzda, u haqida bir ikki ogʻiz aytishadi. Va bizga hali "Qirmizi olmangni" topganingcha koʻp vaqt sarflaysan deyishadi. Shunday ekan, muhtaram dasturchilar muhandis sifatida bitta dasturlash tili yoki texnologiyaga qaram boʻlib qolmaylik.

😊 Lexi Yoqdimi? Biz Lexini faqat Ingliz tili (IELTS) o'rganuvchilar uchun qilib kelayotgan edik. Endilikda o'zimizning tajribadan kelib chiqib, C# va .NET ga aloqador savollarni ham qo'shishni boshlamoqchimiz. Bugungi postgan keying mana bunday kamchiliklarni to'g'rilashimiz kerakligini bildik: 🖥 Filter qilish imkoni ✔️ To'g'ri baho va feedback berish Bunday loyiha kerak edimi sizlarga? Kelajakda nimalar yaxshilanishini xohlaysiz? 💬

C# va .NET bilimlarini sinab ko'rmoqchi bo'lganlar bo'lsa, reaksiya qoldiring 🔥va komentariyalarni o'qing 💬 Sizlar uchun foydali bo'ladi.

Repost from N/a
+1

Repost from N/a
Tarteeb Efirda Bugun loyihamiz Zo'r TV ga chiqishi boshlandi. Sayt orqali ko'rmoqchi bo'lganlar uchun: https://kinom.uz/chann
Tarteeb Efirda Bugun loyihamiz Zo'r TV ga chiqishi boshlandi. Sayt orqali ko'rmoqchi bo'lganlar uchun: https://kinom.uz/channels/2/Zor-TV-HD @tarteebuz