cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Umidjon Qurbonov

Kuzatuvlar, fikrlar, mulohazalar va shaxsiy tavsiyalar... •facebook.com/umidjon.qurbonov.uzinstagram.com/umidjonqurbonov_officialyoutube.com/channel/UC4bVMp2LnTGz66DBDK01LPg Aloqa: @gapimbor

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استزبان مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
پست‌های تبلیغاتی
257
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
اطلاعاتی وجود ندارد7 روز
اطلاعاتی وجود ندارد30 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

⚡️"Meni aybim oshkor qilmaganim" Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev oshkor qilmagan ishlarini aytib o‘tdi. @jurnalist_qurbonov
نمایش همه...
Мен шу мамлакатнинг, мана шу юртнинг фарзандиман. Бозорим ҳам, мозорим ҳам шу ер.<..> 3,5 йил ишлаган бўлсам, давлатнинг 1 сўм пулига ҳам хиёнат қилмадим- Ортиқхўжаев Тошкент шаҳар ҳокимиятида кечаги gazeta.uz да чиққан мақола юзасидан ўтказилаётган учрашув якунида шаҳар ҳокими Жаҳонгир Ортиқхўжаев ҳам иштирок этди ва ҳомийлик маблағларидан фойдаланиш билан боғлиқ саволларга муносабатини билдирди. P.S. Видео тўлиқ. @qurbonova_a
نمایش همه...
2024-yil Parijda bo‘lib o‘tadigan XXXIII (33) yozgi Olimpiya va XVII (17) Paralimpiya o‘yinlarining g‘olib va sovrindorlari uchun bir martalik pul mukofotlari belgilandi — Prezident qarori. ▫️oltin medal – $ 200 000 ▫️kumush medal uchun – $ 100 000 ▫️bronza medal uchun – $ 50 000 @jurnalist_qurbonov
نمایش همه...
❗️Bugun ijtimoiy tarmoqlar orqali yurtimizda vaksina olgan fuqarolar uchun 750 ming so‘m miqdorida pul mablag‘i berilayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi "bu xabarlar asossiz" deb, raddiya bildirdi. @jurnalist_qurbonov
نمایش همه...
⚡️"UzAuto Motors" avtomobillari uchun oldindan to‘lov miqdorini 85 foizdan 50 foizgacha pasaytirish, 1-mayga qadar avtomobil xarididagi navbatlarni to‘liq bartaraf etish vazifasi qo‘yildi. Bugun Shavkat Mirziyoyev huzurida mashinasozlik sanoatida amalga oshirilayotgan ishlar va 2022-yildagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish boʻlib oʻtdi. @jurnalist_qurbonov
نمایش همه...
⚡️"UzAuto Motors" avtomobillari uchun oldindan to‘lov miqdorini 85 foizdan 50 foizgacha pasaytirish, 1-mayga qadar avtomobil xarididagi navbatlarni to‘liq bartaraf etish vazifasi qo‘yildi. Bugun Shavkat Mirziyoyev huzurida mashinasozlik sanoatida amalga oshirilayotgan ishlar va 2022 yildagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish boʻlib oʻtdi. @jurnalist_qurbonov
نمایش همه...
Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

Президентимиз соҳага масъул “Ўзавтосаноат” АЖ раиси Ш.Умурзоқовга ишлаб чиқаришни ошириш ва аҳолимизнинг талабини тўлиқ қондириш бўйича тинимсиз ишлаши шартлиги кўрсатиб ўтди. Шунингдек, жаҳонда микрочиплар ишлаб чиқариш ва халқаро логистика билан боғлиқ муаммолардан келиб чиқиб янги ёндашув ва ечимлар топиш зарур. Умуман, машинасозлик тармоғи саноатнинг “драйвер” соҳаларидан бири бўлиши кераклиги таъкидланди. Бу борада, беш йиллик Тараққиёт стратегиясида автомобиль ишлаб чиқаришни 1,4 баробарга, экспортини эса 2 баробарга ошириш белгилаб олинган. Шу муносабат билан 1 майга қадар автомобиль харидидаги навбатларни тўлиқ бартараф этиш, "UzAuto Motors" автомобиллари учун олдиндан тўлов миқдорини 85 фоиздан 50 фоизгача пасайтириш вазифаси қўйилди. Шунингдек, Ш.Умурзоқов зиммасига бир ҳафта муддатда автомобиль савдосида очиқ-ошкора ва инсон омилидан холи тизимни йўлга қўйиб, сунъий навбатлар ва коррупцион ҳолатларни таг-томири билан йўқ қилиш учун шахсий жавобгарлик юкланди.

Oxirigacha koʻramiz:)😁 @jurnalist_qurbonov
نمایش همه...

Tramvay — orzu — kim olib tashlagan? Oxirgi xabarlar tramvay qaytarilishi haqida boʻlyapti, ularni oʻqib talaba sifatida yosh boladek quvonyapman. Nega desangiz, maktab davrimda "talaba boʻlsang, tramvayga chiqasan" tushunchasi menda boʻlardi. "Palonchining bolasi Toshkentga oʻqishga kiribdi" degan gap boʻlsa, tezroq katta boʻlsamda tramvayga chiqsam deb oʻzimcha orzu qilardim, endi bolalikda boʻlgan-da. Mana talaba boʻlganimizga ikki yilcha boʻlib qoldi, poytaxtdan tramvay olib tashlanganiga esa olti yilcha boʻlib qolibdi. "Ana senga tramvay-u, mana senga metro". Eng quvonarlisi, 10-fevral kuni davlatimiz rahbari Samarqand viloyatiga borganida: "Toshkentga tramvayni qaytarmoqchimiz", — debdi. Yaxshigina yurib turgan ekan, kim oldirib tashlagan, desrsiz... Maʼlumotlarga qaraganda, 2016-yilning 2-may kuni Toshkentda harakatlanayotgan so‘nggi tramvay yo‘nalishi — “Beshqayrag‘och” dahasi va Ippodrom o‘rtasida qatnovchi 17-yo‘nalish yopilgan va shu tariqa Toshkent tramvayining 115 yillik tarixiga nuqta qo‘yilgan. Koʻpchlik sobiq hokimni ayiblamoqda, lekin baʼzilar esa mana bu videoni ijtimoiy tarmoqlarda aylantirmoqda... Xullas, oʻtgan ishga salavot. Muhimi yana tramvay qaytarkan... @jurnalist_qurbonov
نمایش همه...

Oliygohlarda uch smenada dars berilyotgan bir vaqtda, Alisher Qodirov dars boshlanish vaqtini 10:00ga koʻchirishni taklif qilmoqda "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirovning fikricha, shahar ko‘chalarida asosiy tirbandlik talabalar ertalab o‘qishga kelish va qaytish vaqtiga to‘g‘ri keladi. Ya’ni davlat xizmatlaridagi ish vaqti bilan oligohlarda o‘qish boshlanish vaqti bir xil — 08:50 (09:00). Agar, 10:00ga koʻchirilsa, jamoat transporti va avtoyo‘llarda bosim jiddiy kamayishiga olib keladi. P.s: hozirgi O‘zbekiston sharoitida bu taklifni tadbiq etib bo‘lmaydi. Sababi, ayni kunda yurtimizdagi ko‘plab oliygohlarda uch smenada dars berilmoqda. @jurnalist_qurbonov
نمایش همه...

Rossiyaga kiyim-kechak mahsulotlari olib ketayotgan O‘zbekiston yuk mashinasi Qozog‘iston yo‘llarida yonib ketdi Yuk mashina Nursulton-Pavlodar hududida 12-fevral kuni 1:38 daqiqa o‘tganda yonib ketgan. Ikki nafar haydovchini Kalkamandagi shifoxonaga olib ketilgani aytilmoqda. Qurbonlar yo‘q. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda yong‘inga o‘tkazgichlardagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgan. @jurnalist_qurbonov
نمایش همه...