cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Active-life motivatsiya😘

Har bir vaziyatni boricha qabul qilishga o'rganing,darrov xal qilishga shoshilmang.Shunda sizga o'sha insonlar yordamga o'zlari keladilar... Siz ayollarga erkaklarday kuchli va jasorat bilan xal qilish buyurilmagan.Siz ibo,xayo,joziba,nazokat manbaisiz...

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
208
مشترکین
-124 ساعت
-77 روز
-1530 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Nega "Qalb kasbingiz" ni topa olmayapsiz?! Ko'p bor menga "o'z qalb kasbimni topa olmayapman" deb yozishadi. Agar sizda ham shunday holat bo'lsa eng avvalo o'zingizga savol bering: Xo'sh aytingchi uni nega topmoqchisiz? Agar javobingizni asosiy qismini "Agar topsam ishlarim yurishib, ko'proq pul topishni boshlardim yoki qalb kasbida ishlasa odam muvaffaqiyatli boʻlib ketadi..." degan moddiyatni yoki mashhurlikni ko'zda tutuvchi istaklar egallagan bo'lsa, unda qalb kasbingizni hali ancha vaqt izlab yuraverasiz! Xo'sh nega bunday?! Ko'p bor takrorlayman: Bizni ongimizni asosan ikki xil (bizni poklovchi va kirlatuvchi) kuchlar boshqarishga urinadi. Bizni jannatdan uzoqlashtiruvchi kuchlar bizda nafsimiz va egoimizni ustuvor qilib, ular istagiga intilib yashashimizga undaydi. Poklovchi kuchlar esa, bizda bizni qalbimizni poklashimizga undovchi istaklarni uygʻotadi va shu orqali bizni karmalarimizni poklagan holda jannat taraf yetaklashadi. Iqtidor ham karmadir. Ya'ni u ruhimizga biriktirilgan va bu olamda uni amalda ezgulik yo'lida ishlatib, insoniyatga manfaat keltirish orqali poklashimiz kerak bo'lgan narsadir. Shu bois ham qachonki sizni ongingiz nafsoniy istaklar bilan to'lgan ekan. Bu holatda iqtidoringiz qalbingiz tubida chang bosib yotaveradi. Asl o'zligingiz va qalbingizning asl xohishlariga yetib berishingiz uchun, avvalo sizni dunyoviy istaklar ketidan chopishga majbur qilayotgan shaytoniy illyuziyalardan ongingizni tozalashingiz kerak. Buning eng tez va samarali usuli o'zingizni, bor energiyalaringizni, rizqingizni va ertangi taqdiringizni to'liq Alloh izniga topshirishdir. Ya'ni Taslimiyat! Shunda siz o'zingizni ezgulik kuchlariga topshirgan bo'lasiz. Keyin esa ular asta-sekin sizni poklashga olib boradigan yo'llar bilan boshqarishni boshlashadi. Kirlatuvchi kuchlar nafsingiz istagiga undagan bo'lsa, poklovchi kuchlar asl qalb istaklaringizni uygʻotib beradi. Shunda siz insoniyatga qandaydir yaxshiliklar qilgingiz keladi. Aynan qaysi yo'l bilan yaxshilklar qila olaman degan savol bilan qalbingiz tubidagi o'z iqtidoringizni ham aniqlay olasiz. Yuqorida aytganimdek iqtidor karmasini yuvilishi u orqali ezgulik xizmatlarini qilish bilan sodir boʻladi. Shunday ekan o'zingizga savol bering: Aynan nimalarni odamlarga beminnat va shartiz qilib berishni istaysiz? Shartsizlik istagi qalb istagidir. Qanchalik atrofingizga shartsiz xizmatlarni ko'p ulashsangiz shunchalik ongingizni boshqarishdagi qalbingiz ustivorligi ortib boradi. Bundan tashqari, agar siz allaqachon iqtidotingizni topgan va u orqali faoliyat olib borayotgan bo'lsangizu, lekin uni ba'zida shartsiz, ezgulik yo'lda ham ishlatib turmayotgan bo'lsangiz va uni faqat nafsingiz istaklari uchun ishlatayotgan bo'lsangiz, unda hali siz iqtidor karmangizni ruhingizdan forigʻ qilmayotgan bo'lasiz. Xo'sh uni poklayotganingizni qanday aniqlash mumkin? Qachonki, qancha ko'p odamlar iqtidoringiz orqali sizdan minnatdor bo'layotgan bo'lsa va xizmatlaringiz uchun sizdan rozi bo'lib, chin koʻngildan sizni duo qilishayotgan bo'lsa, shunchalik siz Ruhingizni karmalardan poklayotgan bo'lasiz! Chunki Allohning rozi qilayotganingizni asosiy ko'rinishlaridan biri bu turli xizmatlaringiz orqali Uning bandalarini qalbiga yorugʻlik kiritishga erisholganingizdir! @Activelifemotivatsiya
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Hayotdan biror narsa olmoqchi bo’lsangiz,  unga hech qachon tugamaydigan narsangizni tiking..... @Activelifemotivatsiya
نمایش همه...
BILIM va SHUBHA • Bilimning qanoti ikkita, shubhaniki esa bitta. Shubha qilganlar Shu nuqsoni sababli ucha olmaydi. Bir qanotli qush tezda qulaydi. Yana uchishga harakat qiladi. nari borsa ikki qadam yoʻl  bosadi. Shubha qushi yiqilib-surinib, umid oshyoniga toq qanot  bilan uchishga intiladi Ammo bu qush shubhadan xalos boʻlib,  bilim sohibiga aylanishi bilan qanoti juft boʻladi, qanot qoqadi. @Activelifemotivatsiya
نمایش همه...
⚡️Buni hech qachon unutmang siz o'ziga xossiz. Hech qachon unutmangki, agar sizning butun o'ziga xosligingiz bilan bu er yuzida bo'lishingiz kerak bo'lmasa, siz birinchi navbatda bu erda bo'lmagan bo'lar edingiz. Va hech qachon unutmang, hayotdagi qiyinchiliklar va muammolar qanchalik og'ir ko'rinmasin, bir kishi dunyoni o'zgartirishi mumkin. Darhaqiqat, dunyodagi barcha muhim o'zgarishlar har doim bir kishi tufayli sodir bo'ladi. Shunday qilib, bitta odam bo'ling. @Activelifemotivatsiya
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
#Shukronalik ❤️Men o'zimni mavjudligim uchun, inson qilib yaratilganligim uchun, sog'lomligim uchun shukronalik keltiraman. ❤️Men o'zimning oilam uchun, ular doimo meni qo'llab-quvvatlashayotganligi uchun shukronalik keltiraman. ❤️Men farovon hayotda yashayotganligim uchun, to'kin-sochinligim uchun, men istagan pullar hayotimga kirib kelayotgani uchun shukronalik keltiraman. ❤️Men o'zimning aqlim uchun, olgan va olayotgan bilimlarim uchun shukronalik keltiraman. ❤️Men, menga ato etilgan va ato etiladigan barcha ne'matlar uchun shukronalik keltiraman!!!
نمایش همه...
1
00:20
Video unavailableShow in Telegram
#bismillah🔮 Assalomu aleykum va rahmatullohu va barakotuh🌞 Go'zal Qirolichalar👑 Boshlangan yangi kun hayrli va mo'jizaviy kelsin💫 Go'zal narsalar bu hayotda shunchalik ko'pki,ko'rib to'ymaysan😍😍😍 💦Har bir kun bizga shunday go'zalliklar tayyorlaydiki,faqat va faqat qalb ko'zlarimiz bilan ko'ra olishimiz kerak🥰 Qalb ko'zi esa o'zini anglay olgan insonlardagina ochiq bo'ladi💚 💦Harakatingiz va o'zgartirishingiz kerak bo'lgan inson faqat o'zingizsiz,boshqalar emas) 💦Hozir sizda hech narsa o'xshamayaptimi? Yana harakat qiling❤️ Yana,Yana va yana.. Qaysidur payt,qaysidur harakatingizda nihollar o'sib chiqadi🌱🌱🌱 Va bilmaysizki,bir kun kelib siz orzu qilgan hayot sizga kelib qolganini💚 💦Maqsadingiz pul bo'lmasin,maqsad oliy bo'lsin. Pul sizni o'zi izlashga tushadi. Maqsadli bo'ling,ularni aniqlang. Chunki,pul maqsadli joygagina keladi💵 💦Yaxshilik qilishda doim bardavom bo'ling,bilmaysizki qaysi yaxshiligingiz sizning savob tarozingizni bosishini💖 @Activelifemotivatsiya
نمایش همه...
4.06 MB
00:25
Video unavailableShow in Telegram
Hammasi tugadi digan vaqtingizda aslida hammasi endi boshlangan bo'ladi Ba'zida shunday vaziyatlar bo'ladiki, bari tugadi, tamom bo'ldim, deysiz. Qalbingiz og'riydi 💔 kechirolmaysiz, unutolmaysiz 😔 o'zingizni nochor hech kimga keraksizdek his qilishingiz ham mumkin. 💞 O'sha uddalay olmayman diganingizni uddalashingizni bilgani uchun ham sizga Robbim shu sinovni berdi. Harakat qilishga arzigulik sabablaringiz bor. Birinchisi sizga berilgan HAYOT nemati. Bu uchun butun umr yashashga arziydi.
Endi aytingchi baxtli va SOG'LOM munosabatlarda yashashni tanlaysizmi? Yoki butun umr zulm ko'ruvchi azoblangan, hayot zavqini bilmagan ayol bo'lishni istaysizmi?
Murojaat uchun @princess_menejer Sevimli kanalingiz @Princesses_blog
نمایش همه...
6192691935_An9LRU83zfiyUhhi3g6mC_mmW1t10_nOkDpDK_ezMDl2L5z73T_FjRN.mp43.79 MB
2
«Одамлар нима дейди?”, шу гапни жуда ёмон кўраман🥺. Сиз дунёга келганинигизда ҳам одамлар гапирган, фалончининг хотини туғибди деб, сиз эртага кетсангиз ҳам, писмадончи ўлибди, дейди одамлар. Нега одамлар учун уларнинг гапини деб, сиз бахтсиз бўлишингиз керак? Бировнинг сиз ҳақингиздаги фикри, қандай яшашингизни белгилаши керак эмас, агар уларнинг кўзи билан яшашни танласангиз, демак сиз йўқсиз! Ўзингизга хиёнат қилмаяпсизми? Ҳар қадамда “Нима дейишаркан?!” деган фикр билан яшаш, бу аслида яшаш эмас, шунчаки ҳаётда бор бўлиб туриш... Сиз жуда яхши бўлсангиз ҳам камчилик топишади одамлар ва бу табиий🙏🏻. Атрофингизда ҳар хил деди-дедичиларга эътибор бермасликни ўргансангиз, шундагина бахтни тўлиқ ҳис қилиб яшайсиз. Одамлар деб кийиниш, яшаш, тўй қилиш, менимча бу бахтсизлик. Чунки сиз бировнинг фикри учун яшаб, ўзингиз нимани хоҳлаётганингизни ҳам билмай қоласиз. Шунчаки одамларга сиз ҳақингизда ўзи истаганидек фикрлаш ҳуқуқини беринг, уларнинг бунга ҳаққи борлигини тушунинг ва қалбингиз истаганини қилишда ва ўз ҳаётингизда яшашда давом этинг! ❤️🙏🏻 @Activelifemotivatsiya
نمایش همه...
👍 3
Hech kimga yoqish mumkin emas, to‘g‘rimi? 🪻Aynan shu fikr bilan o‘zingiz yaxshi ko‘radigan ishni qilishingiz osonroq bo‘ladi. 🪻Boshqalarning siz qo‘lidan keladigan ishni bajarish uchun jur’ati va kuchi yetmagani uchun o‘zingizni cheklashingiz kerak emas. 🪻O‘zingiz bilganingcha yashang, birovlarning noto‘g‘ri qarashlariga, tushunmovchiliklariga e’tibor qilmang. @Activelifemotivatsiya
نمایش همه...
Nizolarni qanday bartaraf etish mumkin? 🩶Agar kimdir siz haqingizda nojo‘ya hazil qilsa, undan bu hazilni yana qaytarishini yoki izohlab berishini so‘rang. 🩶Agar siz suhbatdoshingiz bilan bahslashsangiz, uning yonida turing - bu fojia darajasini pasaytirishga yordam beradi. 🩶Agar sizning suhbatdoshingiz noo‘rin savollar bersa, uning suhbatini to‘xtating va unga ham savollar bering. 🩶Ichingizga yutmang keyin bu bera olmagan savollaringiz u insonga nisbatan nafratga olib boradi. Vaziyatni joyida ekologichniy hal qiling. @Activelifemotivatsiya
نمایش همه...
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.