Suhrob Ziyo
رفتن به کانال در Telegram
1 027
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-37 روز
-2230 روز
آرشیو پست ها
1 027
Repost from Rahmat Bobojon I Раҳмат Бобожон
XORAZMDA ILK MARTA SHEʼRIY KONSERT VA TEATRLASHTIRILGAN KITOB TAQDIMOTI
Saltanat restorondo “Muallif dastxati” bo,
Xolong voxtindo galing, xolong yo erta galing.
Aziz xorazmlila, ey muhtaram eldoshlo,
Hazzab sheʼr eshitmaka sheʼriy konserta galing.
Sizni 15-iyul kuni soat 15:00 da bo‘lib o‘tadigan iste’dodli shoir Rahmat Bobojonning “Muallif dastxati” loyihasi doirasindagi yangi chop qilingan “Qursin” dagan dillari qursin...” kitobi taqdimotiga bag‘ishlangan she’riy konsertga lutfan taklif etamiz!
📍 Manzil: Urganch shahar, "Saltanat" restorani
💺 Joylarimiz soni cheklangan!
📞 Murojaat uchun tel: +998 (88) 091-96-96
#sheriy_konsert | @Rahmat_Bobojon
1 027
***
Men g‘amgin odamman, g‘amgin o‘larman,
Bo‘zlab qolaverar ishq bulbullari.
To‘lsam bir osmonday butkul to‘larman,
To‘kilsam yomg‘irday to‘kilgay bari.
Jismim qumg‘onini qaynatar obdon
Ko‘ksimda lovullab turgan bitta cho‘g‘.
Yo‘qdir berkitgulik na sir, na yolg‘on,
Unda hayqirgulik haqiqat ham yo‘q.
Bu jism dunyoga chayib o‘zini,
Xokligin unutib bazm qilmishdir.
Samodan to‘kilgan oydin so‘zini
Maydalab-maydalab hazm qilmishdir.
Endi sukunatim mendan ham g‘amgin,
So‘zsiz vujudimdan sirg‘aladi jon.
Bir soqov haqg‘o‘yni bag‘riga bosib,
Sokin aylanadi zaminu osmon.
Ammo... qaydan kelding, ey ma’yus quvonch,
Qachon bu qushlarning osmoni qaytdi?
So‘zi qurib bitgan zabonim bilan
Xudoning ismini pichirlab aytdim.
Aytdim, eshitdimi Xudoning o‘zi?
Aytdim Yolg‘izimga shukronalarni.
Aytdim, aytaverdim, tirildi so‘zim.
O‘zi asrar ekan devonalarni.
Ey dunyo, sen yo‘qsan. O‘zga dunyo bor,
Unga yetolmaslar vujudlar safi.
Uni axtarurlar takroru takror,
Unga topinurlar chin ishq mazhabi.
Mendan ham g‘amgin bir dunyo bor ekan,
Bor ekan vujudin poyingga tashlab
Uyg‘onish asrining kashshoflariday
Xazina axtarib yurgan oshiqlar.
Baribir qolgim yo‘q, ketgim bor biroz,
Bu bo‘ston omonat, bu bo‘ston - sahro.
Menga moʻjizaday tuyuldi, xolos,
Sening tabassuming berkingan dunyo.
Kel, endi sen meni qatl et bearmon -
Insonni o‘ldirar baxt ham gohida.
Men g‘amgin odamman, g‘amgin o‘larman
Ma’sum muhabbatning qatlgohida.
S.Z.
@suhrob_ziyo1
1 027
Turk seriallari — alohida hodisa. Oxiri, jumhurrais-u hukumat aʼzolari ishtirokida hujjatli serial namoyish qilishyapti.
Hujjatli-badiiy-tarixiy "dizi" — "Asrlik kecha".
https://youtu.be/aD7Y2NgM3K8?si=uhLVbkXXTizRFeaa
1 027
Dissertatsiyadan so'ng
Esimda yoʻq, qachon bu dard boshga tushdi,
Avvalboshdan Soʻzni Dilga nikoh qildim.
Osmonxayol ishqi naq quyoshga tushdi,
Bunga oy-u yulduzlarni guvoh qildim.
Soʻzqaldirgʻoch qoʻngan edi ayvonimga,
Hayronlarim kuy terardi hamyonimga,
Qimmatkuyni berdi qadri arzonimga,
Soʻng u kuydan dugoh qildim, segoh qildim.
Nega endi makonini izlab qoldim?
Soʻz kelgan u tomonlarga boʻzlab qoldim,
Bu daftarni yopdim-u so'ng muzlab qoldim,
Men hayratni taftish etib gunoh qildim.
S.Z.
2026.
@suhrob_ziyo1
1 027
Repost from Shokirjonov news
Alifbodagi 4 harf özgarishi böyiça fikringiz qanday?
1 027
Repost from Мирзо Кенжабек ижодхонаси
"Улуғ дарёни бошлаб кел... "Ҳадиси шариф ва "Маснавий"да Амударё ва Сирдарё васфи. Устоз Мирзо Кенжабек шарҳи. @m_kenjabek| @xojagon_uz •┈┈• ❀ 🌷☘️🌷 ❀ •┈┈•
1 027
BUGUNNING SHE'RI!
Muhammad Saloh
Futbol kimga ermak, kimga tiriklik,
Kimga shon, kimga non, kimgadir xatar.
Kimgadir gol nasib, kimga sheriklik,
Maydonga tushasan: “Ollohu Akbar”.
Tumanli yurt qalqar, dunyo qalqadi,
Misr faxr tuyar shuhrating bilan.
Islom yaloviday yashil maydonni
Larzaga solasan shiddating bilan.
Hali to'p tepadi Messi, Ronaldu,
Bir yulduz so'nmayin porlar yangisi.
Sendan ham bir kun davr o'tar fursat bor,
“Qizillar”ning muslim jangchisi.
Hozircha to'pni ol, olg'a yur, tamom!
Klopp* nigohida ayon zardasi.
Sho'rlik Yevropaning fanatlariga
Ko'rsat musulmonning asl zarbasin.
Dunyo qon kechadi Islom yerinda,
Dunyoni uyg'otgan mo'minlar mudroq.
Musulmon “terrorist”, musulmon “qotil”,
Inson qonin to'kkan johillar “oppoq”.
Ular ko'rib qo'ysin, shahvatga botgan
Haris nigohlarning orasida, oh,
Olloh zikri ila to'p surib yurar
Muhammad ummati - Muhammad Saloh.
Men - turkiy, maydonga tushsa millatim,
Uning zafarini kutarman doim.
Muslim birodarim, ammo nailoj,
Futbolni ko'p ko'rgan bizga Xudoyim.
Bir paytlar dunyoning to'rt burchagidan
Zafarlar keltirgan yovqur erlarni
Manfur maydonlarda to'pday teparlar,
Bizlar tomoshabin bo'lib turarmiz.
Turkiyman, qonimda bosiq qaldiroq,
Bu maydon meni ham ko'rsin niyatim,
Mening ham ko'ksimda salohlarim bor,
Mening ham bor asriy salohiyatim.
Sadio* to'p so'rar o'z qanotida,
Uzat, birodaring qo'llaydi, illo.
Zarba!
Gol!
Hayqirar dunyo ortingdan,
Sen sajda qilasan: “Alhamdulilloh”.
Qismating shu to’p va shu yashil gilam,
Eng halol o’yinni qo'ysinlar ko'rib.
Yevropani zabt et iymoning bilan
Sulton Salohiddin Ayubiy* bo'lib.
© Suhrob Ziyo
@suhrob_ziyo1
1 027
Repost from N/a
1 027
Repost from OYINA.UZ
⚡️ Turkiston qanday qulagan edi?
Biz ko‘pincha Turkiston muxtoriyati, jadid bobolarimizning qismati yoxud milliy ozodlik harakati yetakchilari — qo‘rboshilarning jasorati haqida ko‘p bahs yuritamiz. Ammo asl fojia qachon va qanday boshlangan edi? Chor Rossiyasi, keyinchalik bolsheviklar istilosiga olib kelgan ichki parokandalik, tashqi siyosiy xatolar hamda tub sabablar nimalardan iborat bo‘lgan?
“O‘zlik” ijtimoiy-ilmiy loyihasining navbatdagi ochiq darsida aynan shu og‘riqli, ammo bugungi kunimiz uchun ham o‘ta muhim bo‘lgan tarixiy davrni chuqur tahlil qilamiz.
🎙 Navbatdagi spiker — taniqli tarixchi, olim, Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi ilmiy xodimi Bahrom Irzayev.
📜 Mavzu: Turkistonning bosib olinishi va uning sabablari
🗓 Kuni: 10-iyul, Juma
⏰ Vaqti: 19:00 da
📍 Manzil: Renessans kino saroyi
Ishtirok etish barcha uchun erkin! Kelib, o'zligimizni biz bilan birga anglang.
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Instagram | X | YouTube
1 027
Repost from N/a
Kushon sivilizatsiyasi zamonaviy AyTi dunyosiga qanday integratsiya bo‘ladi?
@kushon_shahzodasi
1 027
Shoir — Suhrob ZiyoInstagram orqali tomosha qilish: https://www.instagram.com/reel/DaalueCOdVE/?igsh=MWxkMGpkZTkxenJtYw== YouTube orqali: https://youtu.be/NGGxjok7TjU?si=x__fUPTAZxUa97kd Videoni tomosha qilib, izohlar qismiga fikrlaringizni yozib qoldiring. Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1 027
SO‘Z AHLI
Semurg‘ni izlagan o‘ttiz qush kabi
So‘z izlab chiqqandik qutlug‘ safarga.
Chalkashdi birovning yo‘li, matlabi
Birov yaqin keldi oniy zafarga…
Yaproqlik safari ildizga keldi.
Biz so‘zga kelguncha, so‘z bizga keldi.
Bizga-ku muborak bu o‘tda kuymoq,
Qo‘lni siltaganmiz bedard dunyoga.
Ilhom — yengilmoqdan g‘oliblik tuymoq,
Ilhom — o‘z kulini sochmak havoga.
Zaminning changlari yulduzga keldi,
Biz so‘zga kelguncha, so‘z bizga keldi.
She’r aytdik, rizqimiz kesilganda ham,
She’r aytdik, nomimiz chizilganda ham.
She’r aytdik, bir haqgo‘y bo‘lganda g‘olib,
She’r aytdik, bir mazlum ezilganda ham.
Tomchining isyoni dengizga keldi,
Biz so‘zga kelguncha, so‘z bizga keldi.
Goh elni bezdirdi oh-vohlarimiz,
Goh la’nat keltirdi maddohlarimiz,
Goh otib ketgimiz keldi qalamni
Tilanib yurganda gumrohlarimiz.
Kosibning ignasi zardo‘zga keldi,
Biz so‘zga kelguncha, so‘z bizga keldi.
Bizkim Koshg‘ariyning o‘zbak lashkari,
Fathimiz Nasaf, Shosh, Hirot, Qashqari,
Olamdan tashqari bo‘larmiz balki,
Biroq bo‘lolmasmiz So‘zdan tashqari.
Abut-turk nafasi boz o‘zga keldi,
Biz so‘zga kelguncha, so‘z bizga keldi.
Ey, qadim ohanglar ravon bo‘lguncha,
Kuylaylik eng so‘nggi dovon bo‘lguncha,
Olomon millatga aylansin toki
Va millat yuksalib Turon bo‘lguncha.
Cho‘lponruh muqomlar qo‘bizga keldi,
Biz so‘zga kelguncha, so‘z bizga keldi.
Avvalkalom sirrin oz-moz bilarmiz,
Shundoq tug‘ilgandik, shundoq o‘larmiz,
So‘z ahli saflansa Mahshar tongida
Navoiy poyida biz ham bo‘larmiz.
Iymon oqshomlari kunduzga keldi,
Biz so‘zga kelguncha, so‘z bizga keldi.
S.Z.
2026.
Iyul.
@suhrob_ziyo1
