cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

XALQ MINBARI GAZETASI | Rasmiy Kanali

"XALQ MINBARI" газетасининг расмий каналига ХУШ КЕЛИБСИЗ! Холис, аниқ, ишончли ва тезкор!

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
585
مشترکین
-124 ساعت
اطلاعاتی وجود ندارد7 روز
-830 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

E ’ L O N HURMATLI OZIK-OVQAT MAHSULOTLARINI ISHLAB CHIQARUVCHI ISHBILARMONLAR! Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi tomonidan tasdiqlangan «Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlarning natijalari hamda ishlanishi lozim choralar haqida»gi majlis bayonlari topshiriqlariga muvofik, dehqon bozori hududidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida tasdiqlovchi hujjatlari bor bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi ishbilarmonlar uchun bepul 5 ta turg‘un savdo shahobchasi, 10 ta savdo rastasi ajratilishini ma’lum qilib bildiramiz. Murojaat uchun telefon: 94-198-07-72 DEHQON BOZORI MA’MURIYATI
نمایش همه...
Э Ъ Л О Н ҲУРМАТЛИ ОЗИК-ОВҚАТ МАҲСУЛОТЛАРИНИ ИШЛАБ ЧИҚАРУВЧИ ИШБИЛАРМОНЛАР! Қорақалпоғистон Республикаси Жўқорғи Кенгеси Раиси томонидан тасдиқланган «Қорақалпоғистон Республикасини ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш борасида амалга оширилган ишларнинг натижалари ҳамда ишланиши лозим чоралар ҳақида»ги мажлис баёнлари топшириқларига мувофик, деҳқон бозори ҳудудидан Қорақалпоғистон Республикасида тасдиқловчи ҳужжатлари бор бўлган озиқ-овқат маҳсулотлари ишлаб чиқарувчи ишбилармонлар учун бепул 5 та турғун савдо шаҳобчаси, 10 та савдо растаси ажратилишини маълум қилиб билдирамиз. Мурожаат учун телефон: 94-198-07-72 ДЕҲҚОН БОЗОРИ МАЪМУРИЯТИ
نمایش همه...
Дунёда кенг тарқалган касалликлардан бири куйдирги – бу ҳайвонлар ва одамлар учун умумий бўлган ўта хавфли юқумли касаллик ҳисобланди. Чорвачилик ривожланган ҳудудларда кўп учрайдиган куйдирги табиий ўчоқли касаллик бўлиб, касаллик асосан куйдиргига чалинган ҳайвонларни сўйиш, терисини шилиш, гўштини майдалаш, ташиш ва ошқозон - ичаклари ҳамда калла-почаларини тозалаш жараёнлари билан боғлиқ бўлади. Куйдирги касаллиги аксарият ҳолларда тери шаклида (98,0 – 99,0 фоиз) учрайди ва касалликнинг бу турида бемор тўлиқ тиббий даво муолажаларидан сўнг ҳеч қандай асоратсиз соғайиб кетади. Касалликнинг септик, ичак, ўпка шакллари ҳам мавжуд бўлиб, жуда оғир кечади ва одатда ўлим билан тугайди. Касалликнинг “тери яраси” шаклидаги яра бошқа яралардан тубдан фарқ қилади: яранинг оғриқсиз бўлиши (агар иккиламчи инфекция қўшилмаган бўлса); яра устини кўмирга ўхшаш қора пўстлоқ қоплаши; яра атрофи қизариб, шиш пайдо бўлиши; баъзида ярага яқин жойлашган лимфа тугунлари яллиғланиб, катталашиши кузатилади (лимфаденит). Шунингдек, яра атрофида пуфаксимон тошмалар пайдо бўлиши ҳам мумкин. Куйдирги яраси асосан баданнинг очиқ қисмларида (қўл, оёқ, юз, бўйин) кўпроқ учрайди. Бундай ҳолатларда зудлик билан тиббиёт ходимларига мурожаат қилиш зарур. Айрим ҳолатларда беморлар яранинг устидаги қора пўстлоқни ўткир тиғли жисмлар ёрдамида олиб ташлашга уринишади. Натижада касалликнинг тери шакли септик шаклига ўтиб, касаллик ўлим билан якун топиши мумкин. Шу сабабли, баданда яра пайдо бўлса ва бу яранинг пайдо бўлиши касалланган молларни сўйиш, терисини шилиш, гўштини майдалаш ва ошқозон-ичакларини ҳамда калла-почасини тозалаш билан бевосита боғлиқ деб ҳисобланса, унда зудлик билан ҳудудий даволаш-профилактика муассасаларига мурожаат қилиш керак. Н.ТАЙБАГАРОВА, Беруний тумани СЭО ва ЖСБ олий тоифали врач эпидемиологи.
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Н.ТАЙБАГАРОВА, Беруний тумани СЭО ва ЖСБ олий тоифали врач эпидемиологи: КУЙДИРГИ КАСАЛЛИГИДАН ЭҲТИЁТ БЎЛИНГ! 👇👇👇
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
# Баспасɵз _ бетлеринде # Еркин _ Қарақалпақстан _ газетасы ⚡️ Газетаның 04.07.2024 жыл №79 санында Халық депутатлары Беруний районлық Кеңеси депутаты Рахима Юлдашева өзи сайланған аймақ сайлаўшылары менен ушырасыўы ҳаққында 👉👉👉https://t.me/uzlidepqr
نمایش همه...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
– Биласизми нега инсонларнинг армони кўп? – Чунки инсонлар тушунишдан кўра, айиблашни, кечиришдан кўра ғурурни, боришдан кўра кутишни, курашишдан кўра, воз кечишни маъқул кўрадилар.
نمایش همه...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
📌SHOU GALA KONSERT BERUNIYDA 👉2024 yil 10-iyul kuni soat 19:00 da Beruniy tumani "Eco bozor" (gipermarket) yonida Ma'naviyat festivali gala konserti bólib ótadi. Tumanimiz aholisini va  yoshlarni konsert dasturida kutamiz!
نمایش همه...
👏 2
Muhtaram prezidentimiz ta’kidlaganidek “Eng katta boylik bu- aql zakovat va ilm, eng katta meros bu- yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik bu- bilimsizlikdir. Taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham bu ilm-fan, ta’lim tarbiyadir”. Kurbanbayeva Xalida Yerkebayevna, Beruniy tumani 2-sonli kasb-hunar maktabi tarbiya,  davlat va huquq asoslari fanlari o’qituvchisi.
نمایش همه...
#Педагог минбари Yuksak ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalashda pedagoglarning roli Har bir millatning gullab-yashnashi, undagi yashovchi halqlarning farog’ati ta’lim va tarbiya tufaylidir. Hayotimizda tarbiya singari insoniyatga ta’sirli narsa yo’q. Ma’naviy tarbiya kishilar ongi, tafakkuri, turmush tarziga ta’sir etishi bilan o’zga tarbiya turlaridan farqlanadi. Chunki ma’naviy tarbiya-insonning ruhiy va aqliy olamiga ta’sir etuvchi jihat bo’lib, jamiyatning, millatning, yoki ayrim bir kishining ichki hayoti, aqliy qobiliyatini, ruhiy kechinmalarini mujassamlashtiruvchi negizdir. Yoshlarda ma’naviy tarbiyani shakllantirish,ularni ilmli, bilimli, kasb-hunarli, har tamonlama yetuk qilib voyaga yetkazish barcha zamonlarda muhum vazifa hisoblangan. Bu mutaffakirlarimizning yozib qoldirgan nodir asarlarida yorqin ifodalangan. Asarlar o’sib kelayotgan yosh avlodni salbiy illatlardan asrab, ahloqan pok, haqiqiy inson bo’lib yetishishlariga undaydi. Xitoy donishmandi Syu Szi “Chaqoloqlar hamma yerda bir hil yig’lashadi. Katta bo’lganlarida esa turli qiliqlar qilishadi. Bu tarbiyaning oqibati”,-deb yozgan. Sharq mutafakkirlarining ilmiy merosida ta’lim-tarbiya masalalari muhum o’rin egallaydi. Ayniqsa, ular oila va oilada farzand tarbiyasiga katta e’tibor berganlar. Ze’ro, yosh avlod tarbiyasi insoniyatning kelajak taqdirini belgilaydi. Abdurauf Fitrat “Xalqning harakat qilishi, davlatmand bo’lishi, baxtli bo’lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo’lishi, zaif bo’lib horlikka tushushi, baxtsislik yukini tortib e’tibordan qolishi, o’zgalarga tobe va qul, asir bo’lishi bolalikdan o’z ota-onalaridan olgan tarbiyalariga bog’liq. Bolalar ahloqiy tarbiyani muhitdan oladilar. Boshqacha qilib aytganda, bolalar suvga o’xshaydi, suv idishning shakliga olganidek, bolalar ham muhitning odob-ahloqini qabul qiladilar”, deydi. Tarbiyada butun ish nafaqat oata-onalarga, balki go’zal ahloq va ilmiy salohiyatga ega bo’lgan biz ustoz-muallimlarning say-harakatimizga ham bevosita bog’liq. Ma’naviy-ahloqiy tarbiya murakkab jarayon bo’lib, bu jarayonda oila, ta’lim-muassasa, mahalla va jamoat tashkilotlarining birgalikdagi faoliyati samara beradi. Nemis pedagogi A.V.Disterverg shunday degan “Yaxshi o’qita bilgan o’qituvchi yaxshi tarbiyalaydi ham”. Shunday ekan biz o’qituvchilar o’quvchilarga nafaqat ta’lim berib, kasb-hunar o’rgatish balki, tarbiya berish, ularda ma’naviy tarbiyani shakllantirish bizning eng asosiy vazifamiz bo’lishi darkor. Chunki ma’naviy tarbiyasi yuksak avlodning kelajagi ham porloq bo’ladi. Farobiy “Fazilatli shaharlarda ilm-fan, falsafa, axloq-ma’rifat birinchi o’rinda bo’lmog’I lozim. Shunda jamiyat yetuklikka erishadi”-deydi va insonning kamolotiga to’sqinlik qiluvchi dangasalik, bekorchilik kabi nuqsonlarni yomonlik deb, kishilarni undan ogohlantiradi. Bunday tarbiyaviy iboralarni biz har bir buyuk allomalarimizning boy ma’naviy merosida uchratamiz. Yoshlarda ma’naviyatni shakllantiradigan muhum omil bu ta’lim tarbiya tizimidir. Albatta biz pedagoglarning bosh maqsadimiz yosh avlod ongiga Vatanga sodiqlik va uning taqdiri uchun daxldorlik hissini singdirishga, ularda yot g’oya va qarashlarning salbiy ta’siriga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirish, mustaqil dunyoqarashini kengaytirish, haqiqiy vatanparvar inson qilib tarbiyalashdir. Va bu borada biz pedagoglar kasb-hunar maktabimizda o’qib, ta’lim olayotgan o’quvchilarga ta’lim va tarbiyani birgalikda olib bormoqdamiz, darslarni sifatli va mazmunli tashkil qilingan, ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish uchun fan, sport va kasbiy to’garaklar tashkil qililingan, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, badiiy kechalar, musobaqalar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda uchrashuvlar tashkil qilinib kelinmoqda. Kelajagimiz bo’lgan yoshlarning ma’naviy kamolotini ya’nada yuksaltirish, ma’rifatli jamiyat qurishda o’z hissamizni qo’shish bu- har birimizning vazifamiz.
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
#Bugungi_kun_hikmati "Ҳаёт саҳна. Бу ҳаётда яшаётган ҳар бир инсон ўзига тақдир томонидан берилган ролини бажаради. Кимнинг қандай роль бажариши олган тарбияси, билимига боғлиқ. Кимнинг роли лаҳзалик, кимники абадий". ✍️ Уильям Шекспир
نمایش همه...
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.