fa
Feedback
Bilimdon® | o'quv markazi

Bilimdon® | o'quv markazi

رفتن به کانال در Telegram

Bilimdon® Eng birinchi, Eng sifatli, Eng ishonchli, O‘QUV MARKAZ! Termiz shahrida. 2013-yildan... #Biz_sizga_yaqinmiz!!! 📞 90 5205545 📞 95 5025545 👨‍💻 Administration: @bilimdonadmin2 📷 Instagram: @bilimdon_study

نمایش بیشتر
902
مشترکین
-224 ساعت
اطلاعاتی وجود ندارد7 روز
-1430 روز
آرشیو پست ها
photo content

photo content

photo content

photo content

photo content

14 - yanvar endi nima bo'ladi???😂😂😂

Ta'til maktablar uchun! O'quv markazda darslar davom etadi!!!

Umumta’lim hamda ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarining qishki ta’til kunlari uzaytiriladi O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli bayon qaroriga asosan, umumta’lim hamda ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarining qishki ta’til kunlari ob-havo haroratining keskin tushib ketishi sababli 2023-yilning 17-yanvarigacha davom etadi. 2022-2023-o‘quv yilining III choragi 2023 yilning 18-yanvaridan boshlanadi. Joriy yilning 11-17- yanvar kunlari rejalashtirilgan dars mashg‘ulotlari o‘quv yili davomida boshqa mavzularda tig‘izlashtirilib o‘qitiladi. Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

photo content

photo content

photo content

photo content

photo content

🎅Rasman ⚡ O'quv markazimizda yangi yil ta'til kunlari 28- dekabr-4 yanvar. Oxirgi dars 27- dekabr, birinchi dars 5- yanvar kuni bo'ladi.

photo content

"Biologlar."nomidan Biologcha tabriknoma! .Yangi yil bilan Iloyim tanu joningiz sog‘,  kayfiyatingiz doimo chog‘ bo‘lsin! Organizmingizga cheksiz ATF lar, o‘pkangizga musaffo kislorod,  yuragingizga bir me‘yordagi ritm tilaymiz! Iloyim boshingiz og‘riqni, yuragingiz miokardni, o‘pkalaringiz koronovirusni, jigaringiz gepatitni umuman ko‘rmasin! Doimo qon bosimingiz 120/70 bo‘lsin! Yurakdagi minutlik hajmingiz 5 litrdan , o‘pka tiriklik sig‘imingiz 8-9 litrdan , eritrotsitlaringiz 5 mln.dan, leykotsitlaringiz 6-8 mingdan,  trombotsitlaringiz 300-400 mingdan kam bo‘lmasin! (Hursandchiliklar, jismoniy mashqlar vaqtida bemalol bu ko‘rsatgichlarni o‘zgartirishingiz mumkin😜) Pulsingiz faqat hursandchilikda ko‘tarilsin! Tomirlardan oqayotgan qoningiz hech qanday to‘siqlarga uchramasin! Ko‘zlaringiz Golovin jadvalidagi 1,0 dan keyingi qatorlarni 50 yoshdan keyin ham o‘qiy olsin! Hech qanday mikrob, virus, bakteriya va zamburug‘lar sizni yenga olmasin!🥰🥰🥰 Khasanova Madinabonu🎀

Adabiyotchilardan tabrik!!! Shirindek go’zal, Layli misol vafodor , Kumush yanglig’ oqila ayollar -u Otabekdek ziyoli, Majnundek sadoqatda tengsiz , Anvardek o’ktam yigitlar!! «Shohnoma» misol baland, martabangiz «Xamsa»dek  buyuk bo’lsin.Navoiydek uluglik, Boburdek jasorat ,  Nodiradek go»zallik, Mashrabdek qalbi poklik, Yassaviydek kamtarinlik umringizni bezasin!! Tanosubdek   ajdodlarga loyiq bo‘ling, ta’did misol yutuqlarga erishing, talmeh misol chaqnab yuring! «Daftar hoshiyangizdagi 2023 — yil bitiklar «Ikki eshik orasidagi» ma’nili umringizni bezasin! Mashaqqat bilan «O’tgan kunlar» ingizning  «Kecha va kunduz»i  shodlik lahzalariga aylansin!! Mr NOBODY

Ona tilichasiga bayram tabrigi ⭐️⭐Assalomu alaykum qadri baland qadrdonlarim.🤗🤗🤗🤗 Mana yana bir yil ham ko'z ochib yumguncha o'tib ketibdi🙂🙂🙂🙂. Kelayotgan 2023-yilda 2022-yilda erishmagan va erishishni maq sad qilib qo'ygan barcha niyatlaringizga yeting.🥰🥰🥰🥰🥰 Bajara olmay qolgan ishlaringizni kelasi yildagi bajarishni rejalashtirgan ishlaringizga qo'shib a‘lo darajada uddalab tashlang.🤘💪👌✌️ Kelayotgan yangi yilda oxiri yo‘q ona tilining grammatik qoidalari kabi son- sanoqsiz syurprizlarga duch keling,🎁🎁🎁🎁 umringizga eng chiroyli sifatlar hamroh bo'lsin.🏵🏵🏵🏵 Hayotingizda aniq otlar kabi real voqealar mavhum otlarning eng saralari bilan birgalikda sizga uchrasin.💞💞💞💞 Fe'ldan fe'l yasalmagani kabi siz ham hech o'zgarmang,🤜🤛🤜🤛 o'z holingizcha qoling(axir siz eng zo'risiz)💪💪💪💪. Yordamchi so'zlar kabi o'zgalarga doimo yordam bering,🧑‍🏫👨‍🏫 orttirma darajadagi so'zlar kabi ko'p-ko'p savoblar yomg'iri ostida qoling.🤲🤲🤲🤲🤲 Oraliqdagi so'zlar kabi ikki orada qolmang,😐😐😐 mustaqil so'zlar kabi doimo mustaqil va kuchli bo'ling.☝️☝️☝️☝️☝️ Jarangli undosh tovushlar kabi jaranglab🎺🎺🎺🎺🎺🎺🎺, jarangsizlarning hayotiga jaranglab quvonch olib kiring.🎷🎷🎷🎷🎷🎼🎼🎼🎼🎼🎼 Portlovchi undoshlar kabi doimo portlab yuring(yaxshi ma‘noda),🥁🥁🥁🥁🥁🥁 sirg'aluvchilar kabi sekin harakat qilmang🪕🪕🪕, doimo yonib turing.🎸🎸🎸🎸🎸🎸 Hayotingiz murakkab qo'shma gaplardek uzun bo'lsin.😃😃😃😃😃😃 Ko'p ma'noli so'zlar kabi doimo yangi jihatlaringizni kashf eting.🎇🎇🎇🎇🎇 Hayotda antonimlarga duch kelib qoqilmang,🩹🩹🩹🩹🩹 yo'lingiz egadek to'g'ri va bexavotir bo'lsin.🛤🛤🛤🛤🛤🛤🛤🛤🛤 Umringiz tartib sonlardek tartibli bo'lsin,📆📆📆📆📆 ammo sanoq sonlardek sanalmasin.📅📅📅📅📅📅 Siz fonema bo‘lmang, morfema ham bo'lmang, hayotingizning so'z qoliplariga solinishiga ham yo'l qo'ymang❌❌❌❌❌, siz yaxlit o'zgacha bir leksema bo'ling❕❕❕❕ o'zingiz mustaqil holda gap bo'lib shakllana oling.. ☺️☺️☺️Barcha barchangiz imloviy xatolarga yo'l qo'yasiz ,albatta🙃🙃🙃🙃🙃 va mana shu imloviy xatolaringizni orfografiya qoidalariga binoan to'g'rilay bila olishingizga ishonaman😊😊😊😊😊. Kirib kelayotgan Yangi yilingiz bilan chin qalbimdan tabriklayman🎉🎉🎉🎉🎉🎉. Yangi yilni oila davrasida xursandchilikda kutib olishingizga tilakdoshman.🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊 Kirib kelayotgan yangi 2023-yilingiz hech ham tasavvur qila olmaydigan yangiliklarga, baxt va quvonchli lahzalarga boy bo'lsin.🤲🤲🤲🤲🤲🤲🤲💐🥰❤️🌹  Yangi yilingiz bilan ,azizlarim🎆🎆🎆🎆🎆🎆🎆🎆🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🌠🌠🌠🌠🌠🌠🌠🥳🥳🥳🥳🥳🥳🥳🥳🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🧸🧸🧸🧸🧸🧸🛍🛍🛍🛍🛍🛍🛍🎁🎁 🎁🎁🎁🎁🎁🎁🎂🎂🎂🎂🎂🎂🎂❣❣❣❣

👏👏👏 Tarixchilarcha tabrik! Kirib kelayotgan 2023-yil yilda sog'ligingiz Misr ehromlaridek mustahkam, Umringiz Buyuk Xitoy devoridan ham uzun va koranavirusdan himoyada bo'lsin, Qadringiz Eyfel minorasidan ham baland, Har bir o'tgan lahzangiz Tojmahal va Parfenon kabi go'zal va har xil tusda tovlanadigan, Eng asosiysi Sin Shi Xuandi maqbarasidek joningiz yer ostidan ham but-butun chiqadigan bo'lsin. Shuningdek baxt va omad giyohingizni Gilgamishnikidek o'g'irlab ketishmasin. Ilmingiz Behistun yozuvlaridek  xotirangizga bitilsin. Yangi yilda sizga.... To'marisning matonatini, Shiroqning botirligini, Sezarning qobiliyatini, Makedonskiyning shijoatini, Muhammad s.a.v. payg'ambarning e'tiqodini, Medichilar ehtiromini, Bismarkning diplomatiyasini, Napaleonning hujumkorligini, Motsartning sho'xligini, Baxning irodasini, Xorazmiyning zehnini, Farg'oniyning chirog'ini, Farobiyning zakovatini, Beruniyning universalligini, Chingizxonning dovrug'ini, Manguberdining jasoratini, Temurbekning mardligini, Ulug'bekning tilsimini, Boburning vajoxatini, Navoiyning ilmini, Olimxonning boyligini, Jadidlarning ma'rifatini, Madaminbekning qaysarligini, Gitlerning nutqini, Kastroning omadini, Szedunning murosasini, Vilsonning ayyorligini, Rashidovning tayyorligini, Karimovning chehrasini, Mirziyoyevning donoligini, Arxeologlarning sabrini, Jahon tarixining mukammalligini, O'zbekiston tarixining milliyligini, Manbashunoslarning mehrini chin dildan tilab qolaman. YANGI YIL BARCHANGIZGA QUTLUG' KELSIN🥳