cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

PROGRESS

🔥 Ushbu kanal shaxsiy rivojlanish istagida bo‘lgan, o‘z dunyoqarashi va bilimlarini oshirib, muvaffaqiyat hamda moliyaviy erkinlikka erishish niyatida bo‘lganlar uchun. 📩 Murojaat uchun: @Hasanovuzbot

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استزبان مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
پست‌های تبلیغاتی
410
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
اطلاعاتی وجود ندارد7 روز
اطلاعاتی وجود ندارد30 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

QAT'IY QAROR! Siz muvaffaqiyatli, omadli, baxtli inson bo‘lishni, boy bo‘lib ketib, o‘zingizga to‘q yashani orzu qilasiz! Barchaning hurmatiga sazovor bo‘lib, ko‘plab muhtoj insonlarga yordam berishni xohlaysiz! Ota-onangizni, oilangizni farovon yashashini, ularni baxtli ko‘rishni istaysiz! Ha, orzu qilasiz, xohlaysiz, istaysiz! Ammo... Ammo bilasizmi, barchamiz qilishimiz kerak bo‘lgan asosiy ishni unutib qo‘yamiz. Agar biz orzu qilsagu shu ishni qilmasak, umrimizning oxirigacha orzular og‘ushida yashab, o‘tib ketamiz! Hamma orzularni, xohishlarni, istaklarni amalga oshirishda qilishimiz kerak bo‘lgan asosiy ish bu qat'iy qarordir! Siz orzu qilsangiz-u, shu orzuga yetishish uchun qat'iy qaror qilmas ekansiz, orzu-orzuligicha qolib ketadi. Men muvaffaqiyatli inson bo‘lishni orzu qilaman (yo‘q unday emas) Men muvaffaqiyatli inson bo‘lishga qaror qildim va bo‘laman! (mana shunday) 📌 @progress_team
نمایش همه...
​​KUCHLI VA ANIQ MAQSAD Barchamiz moliyaviy erkinlikni, ko‘p pulimiz bo‘lishini orzu qilamiz. Lekin, siz ko‘p pul haqida o‘ylaganingizda, bu pulga nima sababdan erishmoqchi ekanligingizni hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Agarda siz boylikni faqatgina shaxsiy manfaatlar yo‘lida to‘plamoqchi yoki orzu-havaslaringiz yo‘lida sovurish niyatida bo‘lsangiz bunday boylikdan ma'no yo‘q. Biroq siz katta pullarga insonlarga biror nafingiz tegishi, ularga yordam berish uchun erishmoqchi bo‘lsangiz, sizdagi kuchli va aniq maqsad insonlar hayotiga ozgina bo‘lsada mazmun olib kirish bo‘lsa, ishonavering, bu yo‘lda Allohning o‘zi sizga madadkor bo‘ladi! 📌 @progress_team
نمایش همه...

​​​💎 «OLMOSNING HAM O‘TMISHI KO‘MIR BO‘LGAN» Olmos tabiatda ma'lum barcha materiallardan qattiq bo‘lib, uni faqat olmos bilan tirnash mumkin. Siz-u biz bilgan zargarlikda ishlatiladigan olmoslar mukammal shaklli, o‘ta shaffof, sof, darzsiz va boshqa nuqsonsizdir. Ammo shu olmos ko‘mir holida dunyoga kelgan. Bir necha yuz yillar, bosqichlar va sayqallanishdan so‘ng u bejirim shaklga keladi. O‘tmishingiz yoki hoziringiz balkim ko‘mir singari ''qoradir'' yoki umuman qanday bo‘lishidan qat'iy nazar siz ham albatta ''olmos'' bo‘la olasiz. Buning uchun sabr-toqat va sayqallanish kerak bo‘ladi. Bir kunda ''olmos'' bo‘lib qololmaysiz. Ammo ko‘pchilik shuni istashadi. Inson uchun sayqallanish bu bilim olishdir. Yillar davomida sayqallanib boring shunda siz qiymati millionlarga teng bo‘lgan ''olmos''ga aylanasiz! @progress_team
نمایش همه...

🎯 Odamlar motivatsiya uzoq davom etmaydi deyishadi. Toʻgʻri, choʻmilish ham sizni koʻp toza ushlab turmaydi. Shu sabab, har kuni bu ish bilan shugʻullanib turish tavsiya etiladi. Zig Ziglar @progress_team
نمایش همه...
​​​Kim baxtli va boy bo‘lmoqchi bo‘lsa, shuni bilib olsin: buning birdan-bir yo‘li o‘z ustida ishlashdir. Bill Geyts, Uoren Baffet, Jef Bezoslarga havas qilamiz-u, ammo ular yurgan yo‘ldan yurmaymiz. Sizga milliarder bo‘lish erish tuyular balki, yoki maqsadingiz umuman pul ham emasdir. Lekin yaxshi yashash uchun o‘z ustingda ishlashdan boshqa yo‘l yo‘q. Shaxs sifatida rivojlanish umr bo‘yi davom etadi. Sizning nimadir olishingiz emas, kim bo‘lishingiz muhimroq. Shaxs sifatida o‘smasdan turib topilgan pulni saqlash qiyin. Agar siz o‘zingizni o‘zgartirmasangiz, o‘zingizda bor narsadan ziyodiga ega bo‘la olmaysiz. Bu muqarrar, o‘zgarmas hikmat! 📌 @progress_team
نمایش همه...

​​115 SONIYADA 119 MILLION DOLLAR! Yamaykalik "chaqmoq" Useyn Bolt Olimpiya o'yinlarining birida 115 soniyada finishga kelib oltin medalni qo'lga kiritdi. U bor yo'g'i 115 soniyagini yugurdi holos. Daromadi es 119 million AQSh dollari bo'ldi. Lekin u mana shu 2 daqiqa uchun 20 yil mashq qilgan. Mana bu haqiqiy investitsiya!!! @progress_team
نمایش همه...

👍 8
OZCHILIK VA KO‘PCHILIK ORASIDAGI FARQ Ko‘pchilik odamlar tirikchilik qilish uchun bor kuchlarini ishga solib pul topadilar. Juda ozchilik odamlarda xohlagan hamma narsasi bor. Qiyinchilik bilan pul topish o‘rniga ozchilik odam faol ishlab o‘z boyliklarini ko‘paytiradilar. Xuddi hamma ular uchun ishlayotgandek. Ko‘pchilik odamlar o‘zlarining baxtsizligidan, hayotlari juda murakkabligidan nolib yuradilar. Juda ozchilik odamlar bu hayotdan mamnun. Mana shu ozchilik va ko‘pchilik o‘rtasida qanday farq borki, yashash tarzlari bir-biridan butkul farq qiladi? Orzulardami? Maqsadlardami? Aqliy qobiliyatidami? Jismoniy jihatidanmi? Tug‘ulgan sharoitidanmi? Yo‘q asosiy farq bunda emas. Asosiy farq bu fikrlash tarzida. Fikrlash tarzingiz qandayligi sizni yoki ozchilik yoki ko‘pchilik odamlar toifasidan bo‘lishingizni belgilab beradi. Siz fikrlash tarzingizni o‘zgartish orqali o‘n, yigirma balki o‘ttiz yil davomida erisha olmagan orzularingizga bir yoki ikki yilda erishishingiz mumkin. Qanday qilib deysizmi? Hammasi juda oddiy! Ammo men siz o‘z fikrlash tarzingizni o‘zgartirmoqchi yoki yo‘qligingizni bilmoqchiman! Bunga tayyormisiz? @Peogress_team
نمایش همه...
🙂 HA 7
😊 ALBATTA 11
📌 Har tong kunlik reja tuz va uni albatta bajar. Boshqalarning fikrini oʻylab oʻtirgandan koʻra oʻz ustingda koʻproq ishla. @progress_team
نمایش همه...
🎯 Erta yotish va barvaqt turish insonni sogʻlom, boy va aqlli qiladigan omildir. © Benjamin Franklin @progress_team
نمایش همه...
📌 Qachonki bir eshik yopilsa, boshqasi ochiladi. Ammo biz shunchalar uzoq vaqt va afsus bilan yopilgan eshikka boqamizki, biz uchun ochilgan eshiklarni koʻrmay qolamiz. © Alexander Graham Bell @progress_team
نمایش همه...
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.