cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Miyashunos | Jamshidbek

Miya ilmi (Neuroscience) va erta yoshdagi ta'lim (Early Childhood Education) sohalarida izlanib, o'rganganlarimni ilmiy-ommabop kontent sifatida ulashib boraman. - Jamshidbek Izzatulloh

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
651
مشترکین
+3324 ساعت
+417 روز
+8530 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Mundarija - Miyashunos kanalidagi postlar xaritasi 1. Miyashunos kanaliga kirish - Ingliz tilidagi so'nggi post 2. Miya nima? 3. Miya nima EMAS! - miya haqidagi eng ko'p tarqalgan yolg'onlar 4. Xotira - Miya Mo'jizalari rubrikasining birinchi posti 5. Dopaminga kirish - Futbol tarixidagi eng esda qolarli lahza 6. Lazzat gormoni - Dopamin nima? 7. 86 000 000 000 ta "g'isht" - Neyronlar 8. Miyamiz o'zgaruvchanmi? - Neyroplastiklik 9. Miyashunos kim? - Nega aynan miya ilmi? Miya mo'jizalariga chuqurroq sho'ng'ish uchun bizni kuzatib boring! @Miyashunos_Jamshidbek
نمایش همه...
6🔥 4👍 2❤‍🔥 1🌭 1🍾 1
Miyashunos kim? Ingliz tilini 10 yil davomida o‘rgangan inson sifatida, o'z oldimga savol qo‘ydim: Nega yer sharidagi 273 million insonning birinchi tili bo‘lgan tilni 10 yil sarflab o‘rganishimiz kerak. Til bu shunchaki vosita bo‘lsa, uni tezroq va sifatliroq o‘zlashtirib, boshqa ilmlarni o‘rganishning imkoni yo‘qmi? Shu va shunga o‘xshash savollarimning barchasiga Erta Yoshdagi Ta’lim (Early Childhood Education) sohasi javob berdi. Opam bilan birgalikda izlanib, o‘rganganlarimizni jiyanlarimda tatbiq qildik. Hozirgi kunda, 5 yoshli jiyanim ingliz, rus va o‘zbek tillarida erkin suhbatlashadi, va shu tillar bilan birgalikda arab tilida ham o‘qiy oladi. Chaqaloqlar miyasi qanchalar kuchli ekanligini tushunganimdan so‘ng, atrofga e’tibor qarata boshladim, va juda ko‘p yosh bolalar kunlarining asosiy qismini nafaqat behuda, balki juda zararli bo‘lgan ishlar bilan o‘tkazishayotganining guvohi bo‘ldim. 1 daqiqalik videolar va grafikaga boy bo‘lgan o‘yinlar bolalar miyasiga qanday jiddiy ta’sir ko‘rsatishidan xabar topdim. Buning barchasiga asosiy sabab esa shunchaki ota-onalarning bu sohadan bexabar ekanliklari degan xulosaga keldim. Bolalarning miyasi va inson umrining eng erta yillaridan qanday qilib maksimum unumli foydalanish mumkin ekanligini o‘rganish maqsadida Cognitive Science sohasida tadqiqotchi bo‘lishni, va o‘rganganlarimni O‘zbek jamiyatiga taqdim qilib borishni niyat qildim. Keling endi Miyashunos kim degan savolga javob beraman: Ismim Jamshidbek Izzatulloh. Cambridge International College (CIC) bitiruvchisiman. Sobiq dasturchiman. Hozirda matematika va ingliz tili ustozi sifatida faoliyat yuritaman. IELTS dan 8.0 va SAT dan 1510 ballarini qo‘lga kiritganman. Notiqlik san’atiga qiziqaman va 2 yil davomida CICda TEDx loyihasini tashkillashtirganman. Roppa rosa ikki hafta avval ingliz tilida yuritiladigan shaxsiy blogimni siz hozir o'qiyotgan ko‘rinishga keltirdim. Maqsadim - rivojlanayotgan yoshlarda bu sohaga bo'lgan qiziqishni oshirish va O'zbek jamiyatiga miya ilmi sohasida ilmiy-ommabop kontent ulashish. Qo'llab-quvvatlash istagida bo'lsangiz kanalni boshqalarga tavsiya qiling. Rahmat. Miya mo'jizalariga chuqurroq sho'ng'ish uchun bizni kuzatib boring! @Miyashunos_Jamshidbek
نمایش همه...
🔥 12👍 3 2🗿 2❤‍🔥 1💯 1🍾 1
Miyamiz o'zgaruvchanmi? (Neyroplastiklik) Nega miya haqida tasavvur qilganimizda, o'zgarmas va turg'un, xuddi yong'oq shaklidagi organ xayolimizga kelaveradi? Aslida ham shundaymi? Yo'q. Aslida, miya hayratlanarli darajada o'zgaruvchan, bizning hayotiy kechinmalarimizga javoban muntazam ravishda o'zini-o'zi o'zgartirib boruvchi organdir. Miyamizning bu ajabtovur qobiliyati ilmiy tilda neyroplastiklik deb yuritiladi. Bugungi maqolamiz shu haqida!
Neyroplastiklik nima?
Neyroplastiklik hayotimiz davomida yangi neyro aloqalar hosil qilish orqali miyamizning o'zini boshqatdan shakllantirish qobiliyati hisoblanadi. Bu jarayon miyamizdagi nerv hujayralariga yangi muhit va yangi mashg'ulotlarga moslashishga yordam beradi.
Neyroplastiklik qanday sodir bo'ladi?
Neyroplastiklik turli xil miqyosda, masalan, o'rganish jarayonidagi hujayralardagi o'zgarishlar yoki jiddiy halokatdan so'ng, miyaning tashqi qatlamini yangilanishida, sodir bo'ladi. Uning ikkita asosiy turi mavjud: 1) Funksional plastiklik: bu miyaning funksiyalarni shikastlangan joydan shikastlanmagan joyga o'tkazish qobiliyatidir. Misol uchun, agar miyaning ma'lum bir funksiya uchun mas'ul bo'lgan qismi shikastlangan bo'lsa, shu vaziyatda miyaning boshqa qismi bu vazifani vaqtincha egallashi mumkin. Insultdan aziyat chekuvchi bemorlarni olaylik. Bu kasallik tufayli miyaning nutq faoliyati bilan bog'liq bo'lgan qismi - chap yarimshar zararlansa, o'ng yarimsharga ko'chgan ayni funksiya orqali nutq faoliyati tiklanadi. 2) Strukturaviy plastiklik: bu miyaning o'rganish, tajriba yoki atrof-muhitdagi o'zgarishlarga javoban o'z tuzilishini o'zgartirish qobiliyatidir. Bu sinapslarning (ikki nerv hujayralari orasida aloqa) kuchayishi yoki zaiflashishi, neyronlar orasidagi aloqalar, shuningdek, yangi sinapslarning o'sishini o'z ichiga oladi.
Neyroplastiklik muhimmi?
Neyroplastiklik bir necha sabablarga ko'ra muhim rol o'ynaydi: -Xotira: neyroplastiklik bizning o'rganish va eslab qolish qobiliyatimizning asosidir. Qachonki yangi mahoratlar yoki bilimlarni o'rganayotganimizda, neyronlar o'rtasidagi aloqa mustahkamlanib, yangi "neyroyo'lak"larni hosil qilib boradi. -Miya shikastlanishidan tiklanish: Neyroplastiklik miyaga shikastlanish va kasalliklardan forig' bo'lish imkonini beradi. Masalan, yana o'sha insultdan so'ng, neyroplastiklik miyaning boshqa qismlariga ilgari shikastlangan joylar tomonidan boshqariladigan funksiyalarni bajarishga imkon beradi. -Moslashuvchanlik: bu bizni yangi muhitlarga moslashtiradi. Yangi tilni o'rganish, yangi madaniyatga moslashish yoki yangi sevimli mashg'ulot topish - bizning miyamizning plastikligi ishlayotganidan dalolat.
Neyroplastiklikni qanday rivojlantirish mumkin?
-Yangi ko'nikmalarni o'rganish: til o'rganish yoki yangi fanni o'zlashtirish kabi miyani chellenjga undovchi faoliyatlar nevroplastiklikni rivojlantirishi mumkin. -Jismoniy mashqlar: muntazam jismoniy faollik neyronlarning o'sishiga yordam beradi. Masalan, har kuni tongda yugurish yoki do'stlar bilan birga futbol o'ynash. - Sog'lom ovqatlanish: omega-3 yog' kislotalari, antioksidantlarga boy mahsulotlarni doimiy iste'mol qilish nevroplastiklikni qo'llab-quvvatlaydi. - Ijtimoiy aloqalar: ijtimoiy faoliyat bilan shug'ullanish va yangi odamlar bilan tanishish miya plastikasiga ijobiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Neyroplastiklik qobiliyatini tushunish va undan foydalanish orqali biz kognitiv qobiliyatimizni kuchaytira olamiz va ruhiy salomatligimizni asraymiz. Miyani yong'oq deb o'ylaydigan tanishlaringizga jo'natib qo'ying. @Miyashunos_Jamshidbek
نمایش همه...
6 3🤣 3🔥 2❤‍🔥 1👍 1
86 000 000 000 ta g'isht. Miyamiz ichida dunyo aholisining 10 barobaridan ko'p bo'lgan bir narsa borki, u xayollarimizdan tortib hissiyotlarimizgacha, harakatimizdan tortib xotiramizgacha, barcha-barcha narsani nazorat qiladi. Miya va asab tizimini tashkil qiluvchi mayda, ammo juda murakkab va kuchli bo'lgan ushbu "g'ishtlarning" nomi — neyron. Tanamiz bo'ylab tinimsiz signallar jo'natishi, fikrlashimizga, eslashimizga, harakat qilishimizga va boshqa barcha narsaga yordam bergani uchun neyronlar juda muhim hisoblanadi. Neyronlar bo'lmasa, miyamiz ma'lumotni qayta ishlay olmasligi, harakatimizni boshqara olmasligi va hatto bizni tirik saqlay olmasligi mumkin. Qizig'i shundaki, inson miyasida taxminan 86 milliard neyron mavjud bo'lib, ularning har biri boshqa neyronlar bilan minglab aloqalarni o'rnatadi. Ushbu murakkab tarmoq bizga har kuni yashash, o'rganish va moslashish imkonini beradi. Bugungi maqola neyronlar haqida!
Neyronlar nima?
Neyronlar (yoki nerv hujayralari) miya va asab tizimining asosiy birliklari hisoblanadi. Ular butun tanaga xabarlar yuborish va qabul qilish orqali bizga fikrlash, his qilish va harakat qilish imkonini beradi. Ularni tanamizdagi hamma narsaning muammosiz ishlashini ta'minlaydigan kichik xabarchilar deb tasavvur qilsak bo'ladi.
Neyronning tuzilishi
Neyron uchta asosiy qismdan iborat: Hujayra tanasi (Soma): Bu neyronning markazi bo'lib, hujayrani tirik saqlaydigan yadroni o'z ichiga oladi. Uni yurakka o'xshatishimiz mumkin. Dendrit: Bu boshqa neyronlardan xabarlarni qabul qiluvchi shoxsimon tuzilmalar. Ularni neyronning qulog'i desak bo'ladi. Akson: Bu boshqa neyronlar, mushaklar yoki bezlarga xabar yuboradigan uzun, dumsimon qismdir. Ba'zi aksonlar xabarlarning tezroq tarqalishiga yordam beradigan miyelin deb ataluvchi modda bilan qoplangan.
Neyronlarning turlari
Sezgi neyronlari: Bu neyronlar hissiy organlardan (masalan, ko'zlaringiz, quloqlaringiz va teringiz) miyaga ma'lumot olib boradi. Ular ko'rish, eshitish, teginish, ta'm va hid bilishga yordam beradi. Harakat neyronlari: Bu neyronlar miya va orqa miyadan mushaklarga signallarni olib boradi, va natijada mushaklar harakatga keladi. Interneyronlar: Bu neyronlar miya va orqa miya ichidagi turli neyronlarni bog'laydi. Ular ma'lumotni qayta ishlaydi va tanangiz turli signallarga qanday javob berishini belgilaydi. Miya o'zini tiklay olishi va yangi kechinmalarga qarab o'zgarishi mumkinligiga ishonasizmi? Fantastikadek eshitildimi? Unday emas! Keyingi maqolamizda biz neyroplastika tushunchasini, ya'ni miyaning o'zgarish va moslashish qobiliyatini o'rganamiz. Miyangiz qanday qilib siz tasavvur qilganingizdan ham kuchliroq va moslashuvchan ekanligini bilish uchun bizni kuzatib boring. @Miyashunos_Jamshidbek
نمایش همه...
🔥 8👍 4 3 2🤣 1
Lazzat garmoni (yoxud dopamin nima?) Miya haqida gapirganda dopamin so'zini chetlab o'tish deyarli imkonsiz. Rohatlanishdan tortib, harakatlanishgacha, bu sehrli moddaning ahamiyati haqida soatlab, balki kunlab gapirish mumkin. Ammo dopamin o'zi nima, va u bizga nega kerak? Bugungi maqola shu haqida! Dopamin bu neyro-uzatgich. Oddiy so'z bilan aytganda, u miyadagi neyronlarning bir-biri bilan aloqasini ta'minlovchi kimyoviy xabarchilardan biri. U zavq, motivatsiya va rag'batni his qilishimizda muhim ahamiyatga ega. Yoqtirgan taomingizni iste'mol qilganda, qiziq o'yin o'ynaganda yoki qiyin bo'lgan biror ishni bajara olganingizda, sizga ozmi-ko'pmi xursandchilik hissini beradigan modda aynan shu. Ijtimoiy tarmoqlarda ko'p o'tirishdan o'zingizni nega to'xtata olmasligingiz haqida hech o'ylab ko'rganmisiz? Har safar "like" va izoh olganingizda yoki 1 daqiqalik videoning keyingisiga o'tkazganingizda, miyangiz sizni dopamin ishlab chiqarish orqali rag'batlantiradi va shu ishni yana qayta qilgingiz keladi. Bu tanamizning rag'bat tizimi bo'lib, u sababli biz ba'zi mashg'ulotlarga mukkamizdan ketamiz. Miyamiz rag'batni doimiy ravishda qidiradi, va barchasining orqasida dopamin turadi. Faqatgina ijtimoiy tarmoqlar emas, balki ovqatlanish, do'kon aylanish va sport bilan shug'ullanish ham dopamin ishlab chiqarilishiga sabab bo'ladigan faoliyatlar jumlasidandir. Biroq dopamin faqatgina zavq va rag'bat berish bilan cheklanmaydi. Harakat, diqqat va o'rganishda ham dopamin muhim rol o'ynaydi. Masalan, miyaning ma'lum qismidagi dopamin ishlab chiqaruvchi neyronlarning zararlanishi Parkinson kasalligiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, dopaminning gormonal buzilishi turli ruhiy kasalliklar, jumladan shizofreniya, depressiya, va DYGS (Diqqat yetishmasligi va giperaktivlik sindromi — ingliz tilida ADHD) ning asosiy sababidir. Dopaminni yaxshi tushunish yuqorida sanalgan kasalliklarni yaxshiroq o'rganish va davolash yo'llarini ishlab chiqishga yordam berishi mumkin. Endi esa savollar tug'iladi: nega ba'zilar ekstremal attraksionlardan ko'proq zavqlanishadi, ammo ba'zilar uylarida yolg'iz masala ishlab o'tirishni afzal ko'rishadi. Nega ba'zilar quvvatga to'lib yonadi, va ba'zilar esa juda lanj? Dopamin miqdori ko'p bo'lgani yaxshimi, agar ha bo'lsa uni qanday yo'llar bilan oshirsa bo'ladi? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring. Keyingi postlarda bu mavzuga, albatta, qaytamiz. @Miyashunos_Jamshidbek
نمایش همه...
7🔥 4❤‍🔥 1👍 1 1🤣 1
87-daqiqa. Asosiy vaqt o'z poyoniga yetib bormoqda. Jamoa keyingi bosqichga o'tishi uchun 3 ta gol urishi kerak. Bir daqiqa o'tar-o'tmas, jamoa hujumchisi jarima zarbasidan mukammal foydalandi. 2 ta qoldi, va hakam 5 daqiqa qo'shib berdi. Bu daqiqalarning birinchisidayoq muxlislar yana bir gol guvohiga aylanishdi. Keyingi bir necha daqiqa davomida barchani birgina savol qiynadi: nahotki ulgurmasa. Birgina gol hammasini hal qiladigan palla – yo uyga ketishadi, yo keyingi bosqichga. 95-daqiqa. To'p jarima maydonchasi ichiga yetkazib berildi. Stadionga yig'ilgan 96,290 muxlis bir lahzaga nafas olishdan to'xtadi va ko'zlari bilan to'pni darvoza to'riga kuzatib qo'yishdi. Shu kungacha boshimdan o'tkazgan eng ekstremal hissiyotlardan biri 2017-yili aynan shu kuni sodir bo'ldi. Sevimli futbol jamoamiz muhim o'yinda g'alaba qozonganida, IELTSdan biz kutgan natija telefonimizga SMS bo'lib kelganida yoki kunlik barcha rejalarimiz to'g'risiga "ptichka" belgisini qo'yib chiqqanimizda miyamizda katta miqdorda ishlab chiqariladigan garmon, ya'ni dopamin mavzusiga keyingi maqolamizda qisqacha kirish qilamiz. Dopamin. Bu so'zni oldin ham eshitgansiz. Balki, bu haqida yaxshigina bilimga ham ega bo'lsangiz kerak. Kanal obunachilarining bu mavzudagi fikrlarini eshitish maqsadida kichik musobaqa tashkil qilamiz. Dopamin haqida bilganlaringizni biz bilan izohlarda ulashing. Eng yaxshi izoh muallifining xabarini shu kanalda ulashaman. Savol esa oddiy, "Dopamin nima?" Istalgan manbaadan foydalanish mumkin. Eng yaxshi, tushunarli va qiziqarli izoh muallifining xabarini shu kanalda ulashaman. Oxirgi muddat hozirdan 24 soat keyin. P.S. Yuqorida tasvirlangan o'yin qaysi jamoalar o'rtasida bo'lgan va u qanday nom bilan tarixda qolgan? @Miyashunos_Jamshidbek
نمایش همه...
6 5👍 5❤‍🔥 4🤣 4
Miya Mo'jizalari: Xotira Tasavvur qiling. Bolalikdagi sevimli taomingizning hididan tortib, 2 yil oldingi suhbatda aytilgan so'zlargacha eslab qolish qobiliyatiga egasiz. Balki tasavvur qilishingiz shart emasdir — balki rostdan shundaydir. Ha, bu ilmiy fantastika emas! Xotira inson miyasining aql bovar qilmas xususiyatlaridan biri. "Miya mo'jizalari" rubrikamizning birinchi sonida inson miyasi katta hajmdagi ma'lumotlarni qanday saqlashi va eslashi haqida qisqacha o'rganamiz. Mo'jiza Xotira shunchaki fakt va raqamlarni eslab qolishdan iborat emas. Xotira — axborotni kodlash (encode), saqlash (store), olish (retrieve) dan iborat bo'lgan murakkab va dinamik jarayon. Huddi super-kompyuter kabi, miyamiz juda katta hajmdagi ma'lumotlarni saqlay oladi. Hozirgi kunda olimlar miyamizning hajmini 2.5 petabayt ma'lumotni sig'dira oladi degan xulosaga kelishgan. Bu tahminan 3,000,000 soatlik tele-ko'rsatuvga teng. Bu hayratlanarli qobiliyat bizga yangi ko'nikmalanri o'rganish, kechinmalarni eslab qolish va beshikdan to qabrgacha ilm to'plash imkonini beradi. Xotira qanday ishlaydi?
1. Kodlash
Bu birinchi bosqich bo'lib, unda ma'lumot miyada saqlasa bo'ladigan shaklga keltiriladi. Buni ingliz tilidan "shirflash" jarayoni deb tarjima qilish ham mumkin. Misol uchun, siz yangi inson bilan ko'rishganingizda, miyangiz u insonning ismi va yuzini ifodalaydigan neyron bog'lamlarini yaratadi. Ma'lumotga diqqat berish kodlash jarayoniga ta'sir qiladi, ya'ni qancha e'tibor qaratsangiz, ma'lumot shuncha yaxshiroq kodlanadi. Ko'chada qo'lingizga flayer tutqizib qo'ygan, yoki televizorda qayta qayta ko'rgan mahsulotni olishni istashingiz bejizga emas. Bu haqida keyingi postlarda. Takrorlash, o'xshatish, va tasavvur qilish ma'lumotning oson kodlanishiga, ya'ni saqlasa bo'ladigan shaklga kelishiga yordam beradi.
2. Saqlash
Ma'lumot kodlanganidan so'ng, u kelajakda foydalanish uchun saqlanishi kerak. Miyamiz xotiralarni ma'lumot turiga qarab turli miya sohalarida saqlaydi. Masalan, velosiped haydash kabi xotiralar bazal gangliya va serebellumda, tarixiy sanani eslash kabi xotira hipokampus va korteksda saqlanadi. Miya qismlari va sohalarini keyinchalik o'rganamiz.
3. Olish
Bu saqlangan ma'lumot kerak bo'lganda xotiradan olish, ya'ni eslash jarayonidir. Tanish yuzni ko'rish, yoki ma'lum so'zni eshitish ma'lumot eslanishiga turtki bo'ladi. Ammo, bu jarayon doim ham mukammal emas: unga stress, kontekst, va vaqt kabi turli omillar ta'sir qilishi mumkin. Test ishlash, yoki muhokama qilish orqali ma'lumot olinishi tezlashadi. Ustozingiz mavzuga doir ko'p test bersa, undan xafa bo'lmang. Dahshatli xotira Hayotining har bir kunini mayda detallargacha yuqori aniqlikda eslab qola oladigan inson bor desam ishonasizmi? Jill Prays aynan shunday xotiraga ega va doktorlar unga gipertimisiya (hyperthemisia) diagnozini qo'yishgan. Jillni o'rganayotgan tadqiqotchilar uning miyasi avtobiografik xotira bilan bog'liq bo'lgan hududlarda neyronlar o'rtasidagi o'ta kuchli aloqani aniqlashgan. Bu shuni ko'rsatadiki, to'g'ri neyron ulanishlar bilan bizning xotiramiz deyarli cheksiz bo'lishi mumkin. Qanday qilib xotirani kuchayitirish mumkin? Bu mavzuda izlanish qilib, uni siz bilan ulashishimni xohlasangiz, kanalni yaqinlaringizga tavsiya qiling. Rahmat. @Miyashunos_Jamshidbek
نمایش همه...
👍 8❤‍🔥 6 3 1🔥 1🥰 1👏 1🤣 1🏆 1
Miya nima EMAS! (yohud miya haqidagi eng ko'p tarqalgan yolg'onlar) Inson miyasi nima ekanligi haqida yuqorida qisqacha ma'lumotga ega bo'ldik. Keling endi miya haqida keng tarqalgan, ko'pchilik ishonadigan, ammo aslida xato bo'lgan ma'lumotlar, ya'ni miflar haqida o'rganamiz. Kettik! 1-mif: Biz miyamizning atigi 10 foizidan foydalanamiz. Odamlar bir vaqtda miyaning faqatgina 10 foizidan foydalanadi degan gaplarni eshitgan bo'lsangiz kerak. Bu g'oya Limitless (2011), Lucy (2014) va boshqa bir nechta filmlarda olg'a surilgan. Miya tasvirini ko'rish imkonini beradigan zamonaviy usullar shuni ko'rsatadiki, biz miyamizning deyarli barcha qismlaridan foydalanamiz va uning aksariyat qismi deyarli har doim faol. Oddiy vazifalarni bajarsak ham, murakkab masala ustida bosh qotirsak ham, miyaning turli sohalari birgalikda ishlaydi. 2-mif: Kattaroq miyalar aqlliroq bo'ladi. Yana bir keng tarqalgan mif - kattaroq miyalar aqlliroq bo'ladi. Kattaroq miya yaxshiroq intellektga mutanosibdek tuyulsa ham, aslida unday emas. Intellekt miyaning kattaligi bilan emas, balki uning tuzilishi, neyronlarning bog'likligi va ma'lumotni qanchalik samarali qayta ishlashi bilan belgilanadi. Masalan, Albert Eynshteynning miyasi o'rtacha inson miyasidan kichikroq bo'lgan, lekin miyasining tuzilishi uning noyob iste'dodiga hissa qo'shgan. 3-mif: Chapaqaylar miyaning o'ng yarim-sharidan foydalanishadi, va o'ngaqaylar - chap. Yana bir keng tarqalgan noto'g'ri tushunchalardan biri bu chapaqaylar asosan miyaning o'ng qismidan foydalanishadi degan tushunchadir. Qaysi qo'lda yozish va miya yarim sharlari o'rtasida qisman bog'lig'lik bo'lsada, aslida bu ancha murakkabroq. Gapirish, tilni tushunish, va boshqa analitik vazifalar inson qaysi qo'lda yozishidan qat'iy nazar ko'proq chap yarim-sharda amalga oshiriladi. Shu kabi boshqa vazifalarni boshqarish miyaning turli qismlarida keng tarqalgan va har bir insonning miyasi har xil ishlaydi. Miyamiz qaysi qismi qanday ishlashiga bir nechta omillar sabab bo'lishi mumkin. Jumladan, chaqaloqlik paytimizdagi o'rganganlarimiz va hayotda boshdan kechirganlarimiz asosiy faktorlardandir. 4-mif: "Uyquda eshitib yotsang o'rganasan" Uxlashdan avval audioni yoqib, ertalab yangi bilim bilan uyg'onsangiz zo'r bo'lsa kerak-a? Afsuski, bu yolg'on. Uyqu xotiralarni mustahkamlash va kun davomida o'rgangan ma'lumotlarni qayta ishlash uchun juda muhim bo'lsa-da, uxlab yotganda ma'lumotni passiv tinglash samarali o'rganishga olib kelmaydi. Doimiy ravishda ma'lum ovozni tinglab uxlaydigan bo'lsangiz, uni eshitganda uyqu kelishi esa haqiqatga yaqinroq, va maslahat berilmaydi. 5-mif: Uzilgan nerv tolalari tiklanmaydi "Asabiylashma, nervlaring uzilsa qaytarolmaysan" degan gapni eshitgan bo'lsangiz kerak. Aslida, bizning miyamiz neyronlarni ma'lum darajada tiklash qobiliyatiga ega. Jiddiy shikastlanish neyronlarning qaytarib bo'lmaydigan holatiga olib kelishi mumkin bo'lsa-da, ko'plab miya hujayralari o'z-o'zini tiklay oladi va hayotimiz davomida boshqa neyronlar bilan yangi bog'lamlarni yaratadi. Yangi uyga moslashish, jarohatlardan tiklanish, yangi fanni o'rganish va hattoki ba'zida miya jarohatlarini tiklashda yordam beradigan ushbu hususiyat neyroplastiklik deb ataladi. Ushbu tabiiy tiklanish jarayonini qo'llab-quvvatlash uchun yaxshi ovqatlanish, jismoniy mashg'ulot va stressni tog'ri boshqarish katta ahamiyatga ega. Shu miflardan birortasiga o'zingiz ham ishongan bo'lsangiz, va post foydali bo'lsa, yaqinlaringizga ulashing. Balki ular ham miyani 10% ishlaydi deb o'ylashar. @Miyashunos_Jamshidbek
نمایش همه...
14🔥 6👍 5❤‍🔥 2👏 2🤣 2😘 2 1🥰 1
Miya nima? Murakkab ilmiy tushunchalarni o'rganishdan avval, keling, o'zi miya nima ekanligini qisqacha bilib olamiz. Miya tanamizning boshqaruv markazidir. U fikrlash, o'rganish, his qilish, eslab qolish va boshqa ko'p jarayonlarda yordam beradi. Biz bajaradigan hamma narsa miyamizdan boshlanadi. U mushaklarimizga harakat qilishni buyuradi, qarorlar qabul qilishimizga yordam beradi va ko'rish, eshitish va teginish kabi hislarimizdan olgan barcha ma'lumotlarni qayta ishlaydi. Miya neyronlar deb ataladigan milliardlab mayda hujayralardan iborat. Bu neyronlar bir-biri bilan elektr va kimyoviy signallar orqali gaplashadi. Neyronlar orasidagi bu aloqa yurish va gapirishdan tortib, jumboqlarni yechish va tuyg'ularni his qilishgacha bo'lgan barcha narsani qilish imkonini yaratadi. Miya tana vaznining atigi 2 foizini tashkil qilishiga qaramay, u tanamizdagi energiyaning 20 foizini ishlatadi. Bu bizning miyamiz qanchalik band va muhim ekanligini yaqqol dalilidir.
Miya haqida yana bir nechta qiziqarli ma'lumotlar: — Miya taxminan 73% suvdan iborat. Biroz suvsizlanish ham diqqatni jamlash va fikrlashga salbiy ta'sir o'tkazadi. Suv iching! — Boshimiz og'riganda miyamiz chiqib ketadigandek tuyulsa ham, miya aslida og'riqni sezmaydi, chunki unda og'riq retseptorlari yo'q. Shuning uchun shifokorlar miya operatsiyalarini bemor uyg'oqligida ham o'tkazishlari mumkin. — Miyamiz eng faol bo'ladigan davr bu uyqu. Uyqu bizga energiya berishdan tashqari, xotiralarni shakllantirishga va o'rganganlarimizni singdirishga yordam beradi. Uyqungizni tartibga soling!
Miyani tushunish unga yaxshiroq g'amxo'rlik qilishni va uning ajoyib qobiliyatlaridan maksimal darajada foydalanishni o'rgatadi. Miya mo'jizalariga chuqurroq sho'ng'ish uchun bizni kuzatib boring! @Miyashunos_Jamshidbek
نمایش همه...
🔥 17 4 4👍 3❤‍🔥 1👏 1🤣 1😘 1
The major transformation has finally arrived. Over the course of 3 years and 3 months, this channel has been the main platform through which I shared my ideas with the world. Giving people value has been my biggest concern, as I didn't want anyone spend time reading nonsense. Thus, I have been very selective with what I post, which consequently made this channel extremely inactive. Due to my growing interest and knowledge in brain sciences, I saw an opportunity to give value to people by sharing content about Cognitive Science and Neuroscience. To reach a wider Uzbek-speaking audience, I have decided to completely shift the language of this channel to Uzbek. Welcome to Miyashunos, where we dive deep into understanding the wonders of the brain, how it works, and how we can nurture it from an early age. After days of searching and considering hundreds of names for this channel, I found this unique name - Miyashunos - which doesn't exist in Uzbek dictionary yet. However odd it may sound, we'll hopefully make it into the dictionary one day with your support! At Miyashunos, you can: - learn the basics of Cognitive Science, Psychology and Neuroscience through informative posts; - learn about how our brain operates and how we can make the most of it from an early age; - stay tuned with the recent discoveries in the fields of brain sciences; - listen to podcasts with prominent Uzbek scientists in the field; - and many more... We are writing the history. Get ready for revolutionary content! - Jamshidbek Izzatulloh @Miyashunos_Jamshidbek
نمایش همه...
14🔥 4 3👏 2🥰 1🤯 1😢 1🎉 1🤗 1😘 1😎 1
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.