cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

پست‌های تبلیغاتی
1 282
مشترکین
+224 ساعت
+47 روز
-930 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Photo unavailableShow in Telegram
#Sessiya Toyloq tumani 4-sektor rahbari Zafar Sindorov: -Toyloq tumanidagi 4-sektor hududida Sayxunobod tumani tajribasi asosida joylarda biriktirilgan tijolrat bank va hokim yordamchilari tomonidan 60 ta xonadonlar tanlab olindi. Ushbu xonadonlarga 872 mln so’m kredit mablag’lar ajratish rejalashtirilgan bo’lib, shuning 20 mln. so’mi parrandachilik 386 mln so’mi chorvachilik, 145 mln. so’mi dehqonchilik, 66 mln so’mi bog’dorchilik, 210 mln so’mi asbob-uskuna, 45 mln so’mi boshqa sohalarga ajratilishi belgilandi. Hisobot davrida jami 471 mln. so’m yoki 54 foizga kreditlar yo’nalishlar bo’yicha ajratildi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇 Telegram / Facebook / Instagram / Web Sayt
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
#Sessiya Toyloq tuman 3-sektor rahbari Oybek Xo’jamov: Toyloq tumanida 2024-yilning o‘tgan davri davomida aholini qiynab kelayotgan muammolarni hal etish, bevosita kayfiyatiga ta’sir qiluvchi muammoli masalalarni bartaraf etish maqsadida: -tumanning 3-sektor hududidagi “Tepaqishloq” mahallasida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” tamoyili asosida 1,0 km ichki yo‘llar asfalt qilindi, 9,0 km shag‘al tashlab ta’mirlandi, 9,0 km suv tarmog‘i qurish va 3 ta suv inshootini rekonstruksiya qilish, 2 ta yangi transformator, 8,0 km elektr tarmog‘i tortish, 321 ta beton ustunlar o‘rnatish, 2,1 km internet aloqa tarmog‘i, 50 ta suyultirilgan gaz ballonlari, 5 dona chiqindi konteynerlari o’rnatish, 1,8 km piyodalar yo‘laklari qurish, mahalla binosi va qishloq vrachlik punkti binosini kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirildi;
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
🔴Live #Sessiya Toyloq tumani 2-sektor rahbari Asomiddin Saypiddinov: -Tumanda bandlik dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida 2024-yil yanvar -aprel oylarida 2-sektorda jami 578 ta yangi ish o’rinlarini yaratish belgilangan. Amalda bu ko‘rsatkich joriy yilning 1-may holatiga 815 taga yoki 141 foizga ijrosi ta’minlandi. Tumanda oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida mahallalarda ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarida amalga oshiriladigan 534 ta loyihalarni amalga oshirish natijasida jami 750 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Ajratilgan kreditlarning umumiy qiymati 5 mlrd 875 mln so‘mni tashkil etdi. Masalan, 2-sektor hududida 57 ta fuqarolarga 1 mlrd 38 mln. so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilishi natijasida 80 nafar fuqarolarning bandligi ta'minlandi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇 Telegram / Facebook / Instagram / Web Sayt
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
🔴Live #Sessiya Tumanda jami 37,3 ming ta xonadon mavjud bo‘lib, oilalar soni 51,7 ming tani tashkil qiladi. 50 ta mahallalarda hukumat qarori asosida berilgan 22 tadan ortiq imtiyozlar - kredit mablag‘lari, subsidiyalar berilishi natijasida hozirda ro‘yxatga olingan 4,4 ming kambag‘al oilalar saqlanib qolmoqda. Sektorlar kesimida kambag‘al oilalarning 1,3 ming tasi 1-sektor, 800 tasi 2-sektor, 1,1 ming tasi 3-sektor va 1,3 ming tasi 4-sektor kesimiga to‘gri keladi. Eng ko‘p kambag‘al oilalar 1-sektorda Nuroniy (289 ta) va Olmazor (309 ta) mahallalariga to‘gri keladi. 2024 yilning bugungi kuniga qadar 534 nafar fuqarolarga 5,8 mlrd so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratib berilgan bo‘lsa, 27 ta oilalarga subsidiya asosida 1 sotixli issiqxonalar qurib berildi. Shuningdek 50 ta mahallalarda 400 gektar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlari “E-auksion” platformasi orqali 1840 nafar fuqarolarga ajratib berildi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇 Telegram / Facebook / Instagram / Web Sayt
نمایش همه...
#Sessiya Ayni kunlarda Toyloq tumanida tashqi migratsiyada yurgan fuqarolar xonadonma- xatlovdan o‘tkazilib, muammolari o‘rganilmoqda. Hozirda 6736 nafar migrantlarning oilalari xatlovdan o‘tkazildi. Bu ko‘rsatkich 1-sektorda 1926 tani, 2-sektorda 1960 tani, 3-sektorda 1662 tani va 4-sektorda 1191 tani tashkil qiladi. Amalga oshirilgan tadbirlar natijasida mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarning 1380 nafarining bandligi ta’minlandi: 51 nafari doimiy ish o‘rinlariga; 140 nafari yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatiga; 454 nafari o‘zini-o‘zi band etish; 164 nafari kasb-hunar ta’limiga; 571 nafari norasmiy sektor faoliyati bo'yicha bandligi ta’minlandi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇 Telegram / Facebook / Instagram / Web Sayt
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
🔴Live #Sessiya Tumanda jami 37,3 ming ta xonadon mavjud bo‘lib, oilalar soni 51,7 ming tani tashkil qiladi. 50 ta mahallalarda hukumat qarori asosida berilgan 22 tadan ortiq imtiyozlar - kredit mablag‘lari, subsidiyalar berilishi natijasida hozirda ro‘yxatga olingan 4,4 ming kambag‘al oilalar saqlanib qolmoqda. Sektorlar kesimida kambag‘al oilalarning 1,3 ming tasi 1-sektor, 800 tasi 2-sektor, 1,1 ming tasi 3-sektor va 1,3 ming tasi 4-sektor kesimiga to‘gri keladi. Eng ko‘p kambag‘al oilalar 1-sektorda Nuroniy (289 ta) va Olmazor (309 ta) mahallalariga to‘gri keladi. 2024 yilning bugungi kuniga qadar 534 nafar fuqarolarga 5,8 mlrd so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratib berilgan bo‘lsa, 27 ta oilalarga subsidiya asosida 1 sotixli issiqxonalar qurib berildi. Shuningdek 50 ta mahallalarda 400 gektar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlari “E-auksion” platformasi orqali 1840 nafar fuqarolarga ajratib berildi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇 Telegram / Facebook / Instagram / Web Sayt
نمایش همه...
Repost from Zarnews.uz
Photo unavailableShow in Telegram
❗️Телеграмингизга шу каби хабар келса, уни асло очманг. Аксинча, хабарни дарҳол ўчириб ташланг. Чунки бу - вирус. Уни очишингиз билан компьютер ёки смартфонингиздаги барча маълумотлар ва бошқарув кибер-фирибгарлар қўлига ўтиб қолиши мумкин. Оқибатда сизнинг ёки яқинларингизни пластик картасидаги пуллар ечиб олинади. ———- ❗️Telegramingizga shu kabi xabar kelsa, uni aslo ochmang. Aksincha, xabarni darhol oʻchirib tashlang. Chunki bu - virus. Uni ochishingiz bilan kompyuter yoki smartfoningizdagi barcha maʼlumotlar va boshqaruv kiber-firibgarlar qoʻliga oʻtib qolishi mumkin. Oqibatda sizning yoki yaqinlaringizni plastik kartasidagi pullar yechib olinadi. ✅@Zarnews_uz
نمایش همه...
🔴Live #Sessiya Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashining navbatdan tashqari 92-sessiyasi o‘z ishini boshladi. Unda tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, sektorlar rahbarlari, siyosiy partiyalar, shuningdek, Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i, viloyat 4-sektori rahbari Elyor Tolliyev hamda kun tartibidagi masalalarga aloqador korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishmoqda. Sessiya ishini Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi kotibiyati mudiri Bobur Hamroyev olib bormoqda. Sessiya ishini quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin. https://www.facebook.com/Toyloqhokimligi/videos/402113466137979 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇 Telegram / Facebook / Instagram / Web Sayt
نمایش همه...
Bugun Toyloq tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo’limiga qarashli 18-maktabda kitobxonlik madaniyatini oshirish bo’yicha "Yoshlar uchun -ming kitob" loyihasi o’tkazildi. Bunda maktab kutubxonachi Manzura Xudoyberdiyeva o’quvchi yoshlarni badiiy kitobga bo’lgan qiziqishlarini oshirib, ”Kitob taqdimoti” o’tqazdi. Shu o'rinda 21-may "Kutubxona xodimlari kuni" munosabati bilan Manzura opa Xudoyberdiyevani maktab jamoasi nomidan samimiy qutlab qolamiz. Hech qachon ilm-ziyo tarqatishdan hormang-tolmang deymiz.
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️FVV eslatib o‘tadi❗️ 📱Mobil telefon va boshqa gadjetlarni yotoq yonida, yostiq tagida qarovsiz yoki tungi vaqtda qavvutlash ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin: 🔹 telefoningizni kunduzgi vaqt, nazoratingiz ostida quvvatlantiring; 🔹 telefoningizni yostiq tagiga aslo qo‘ymang; 🔹agar elektr jihozi alangalansa, birinchi navbatda tokni uzish kerak, so‘ng ustiga qalin mato yopish maqsadga muvofiq bo‘ladi, alangani faqat o‘t o‘chirgich bilan o‘chiring🧯 ⭕️Boshqa yangiliklar👇 Telegram | Instagram | Facebook
نمایش همه...