Китоб тумани 96-мактаб (1-ДИМИ)
رفتن به کانال در Telegram
Қашқадарё вилояти ХТБ тасарруфидаги Китоб тумани1- давлат ихтисослаштирилган мактаб - интернати
نمایش بیشتر899
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-67 روز
-1130 روز
آرشیو پست ها
Repost from Kitob tumani hokimligi| RASMIY
+6
Kitob tumanida Janubiy Afrikalik malakali pedagog faoliyat boshladi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Til egasi” loyihasi doirasida Kitob tumanidagi 96-umumta’lim maktabida Janubiy Afrikadan kelgan xorijiy malakaga ega o‘qituvchi — Lungane Jobe o‘z faoliyatini boshladi.
Mazkur loyiha doirasida yurtimiz ta’lim muassasalariga xorijiy mutaxassislarni jalb etish, o‘quvchilarga chet tillarini o‘rgatishda ilg‘or tajriba va samarali metodikalarni tatbiq etish ko‘zda tutilgan. Shu maqsadda Kitob tumanidagi 96-maktab jamoasiga qo‘shilgan ingliz tili fani o‘qituvchisi Lungane Jobe dars jarayonlariga zamonaviy yondashuvlarni tatbiq etmoqda.
U o‘quvchilar bilan muloqotchan, qiziqarli va interfaol darslar tashkil etayotgani, ayniqsa, tinglab tushunish va og‘zaki nutqni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratayotgani bilan ajralib turadi. Yangi pedagogning faoliyati o‘quvchilarning ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishi va motivatsiyasini oshirishga xizmat qilmoqda.
Ta’kidlash joizki, “Til egasi” loyihasi chet tillarini chuqur o‘qitish orqali yoshlarning global bilim maydoniga kirib borishi va raqobatbardosh kadr sifatida shakllanishiga keng imkoniyat yaratmoqda. Kitob tumanida ushbu loyiha doirasida xorijlik mutaxassisning faoliyat boshlagani ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan izchil islohotlarning amaliy ifodasidir.
🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
❤https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h
💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt| ✅Telegram | ✅Twitter | 📹YouTube
+2
#Natija
Toifa attestatsiya testidan natija
Kitob tumani 96-umumiy o‘rta ta‘lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi,2024-2025 oʻquv yilida Vazir ustamasi sovrindori,
"Xalq ta'limi aʼlochisi" Norqulov Oybek Boʻronovich toifa testidan 90 ball olib oliy toifani, 70 foizlik ustama, "Yil o'qituvchisi" ko‘rik tanloviga yo'llanma hamda yana bir bor Vazir ustamasiga nomzodlikni qo'lga kiritdi.
+2
#Natija
Toifa attestatsiya testidan natija
Kitob tumani 96-umumiy o‘rta ta‘lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi Komilov Aktam Xudoyberdiyevich toifa testidan 86 ball olib oliy toifani, 70 foizlik ustama, "Yil o'qituvchisi" ko‘rik tanloviga yo'llanma hamda Vazir ustamasiga nomzodlikni qo'lga kiritdi.
+3
📚 Kitob tumanida xorijiy tillarni o‘qitish sifati izchil oshirib borilmoqda!
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Zo‘r (Класс) loyihasi” doirasida ta’lim jarayonlarini yanada takomillashtirish maqsadida xalqaro ta’lim sertifikatiga ega bir nafar xorijiy pedagog Kitob tumanidagi 96-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdi.
Bugun mazkur maktabda mehmonni samimiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida ta’lim sifatini oshirish, xorijiy tillarni o‘qitish samaradorligini yanada yaxshilashga doir ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Pedagog tomonidan o‘tkazilgan dars mashg‘ulotlarida o‘quvchilar faol ishtirok etib, katta qiziqish va samimiyat bilan qatnashdilar.
🤝 Janubiy Afrikadan tashrif buyurgan Lungane Jobe faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar va yangi zafarlarga erishish tilandi.
🌐 Kitob tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi axborot xizmati
👇👇👇
🔗 t.me/kitobmmtb_axborot
+1
#Natija
Toifa attestatsiya testidan natija
Kitob tumani 96-umumiy o‘rta ta‘lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi xalqaro Grey sertifikati (50% ustama) sohibasi Xalilova Dilafro‘z toifa testidan 86 ball olib oliy toifani, 70 foizlik ustama, "Yil o'qituvchisi" ko‘rik tanloviga yo'llanma hamda Vazir ustamasiga nomzodlikni qo'lga kiritdi.
🌐 Kitob tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi axborot xizmati
👇👇👇
https://t.me/kitobmmtb_axborot
+4
"Bir oyda bitta badiiy asar"loyihasi asosida oktabr oyi uchun 6-sinflar bilan buyuk fransuz adibi Jyul Vern qalamiga mansub "Òn beshli kapitan"asarini tahlil qildik.Bu asar yoshlarni mardlik va jasorat maydoniga yetaklaydi.Kattalarda esa Dik Sendga nisbatan havas,mehr-muhabbat uyĝotadi va ajoyib qalb egasi bòlishga undaydi.Dik Send musibatlar oldida esankirab qolmaydi.Yosh bòlishiga qaramasdan kattalardek mushohada yuritadi.Mana shunday xislatlari bilan asar qahramoni yosh kitobxonlatga òrnak bòladi.
Ustoz: Boymirzayeva Lola
+3
9A sinfda kelajak soatida MMIBDO' Turopov Y. o'quvchilar bilan "Bag'rikenglik" mavzusida suhbat olib borildi.
+2
📘 “Kelajak soati” — Bag‘rikenglik darsi
Kitob tumanidagi 96-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Kelajak soati” darslari doirasida “Bag‘rikenglik” mavzusida dars mashg‘uloti tashkil etildi.
Mazkur darsni maktab direktori S. Kodirov olib bordi. Dars davomida o‘quvchilarga insonlar o‘rtasida o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, sabr-toqat, hamkorlik va hamjihatlik kabi fazilatlarning hayotdagi o‘rni haqida aytib o'tildi.
🌐 Kitob tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi axborot xizmati
👇👇👇
https://t.me/kitobmmtb_axborot
+2
🧭 “Kelajak soati” — Xavfsiz hayot sari qadam!
Kitob tumanidagi 96-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Kelajak soati” darslari doirasida “Hayot xavfsizligi” mavzusida dars mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mazkur darsni maktab direktori S. Qodirov olib bordi. Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga kundalik hayotda xavfsizlik qoidalariga amal qilish, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish, o‘z hayoti va atrofdagilar salomatligini asrash bo‘yicha muhim ma’lumotlar berildi.
Dars o‘quvchilarda mas’uliyat, ogohlik va ehtiyotkorlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
96-maktabning 10-A sinf o‘quvchilari uchun "Xavfsiz hayot" mavzusida "Kelajak soati" soati tashkil etildi. Darsni maktabning Maʼnaviy va maʼrifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘riinbosri Yo. Turapov o‘tib berdi.
ВИЛОЯТ ҲОКИМЛИГИ ТОМОНИДАН ЎТКАЗИЛГАН "ИБРАТ ФАРЗАНДЛАРИ" ТАНЛОВИ ҒОЛИБИ 96-МАКТАБНИНГ 10-СИНФ ЎҚУВЧИСИ ТЕМИРОВ ШАМШОД. ВИЛОЯТ ҲОКИМИ ТОМОНИДАН НОТБУК БИЛАН ТАҚДИРЛАДИ
+7
📘 “Kelajak soatlari” — O‘zbekiston va jahon !
Kitob tumanidagi ta'lim muassasalarida doimiy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Kelajak soatlari” darslari yoshlarning tafakkurini kengaytirish, ularni zamonaviy bilim, innovatsiya va yutuqlar sari yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bugungi dars mashg‘ulotlari Kitob tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i M. Joniyev ishtirokida tumandagi 96-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etildi. Dars davomida o‘quvchilar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, O‘zbekistonning global miqyosdagi o‘rni, xalqaro hamkorlik, innovatsiyalar va ta’lim sohasidagi islohotlarga oid fikr-mulohazalari tinglandi.
🇺🇿 Yangi O‘zbekiston sharoitida amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlari — uchinchi Renessans poydevorini barpo etuvchi asosiy omili bo‘lib, bugungi bilimli, izlanuvchan va fidoyi yoshlar ushbu taraqqiyot yo‘lida hal qiluvchi kuch sifatida shakllanayotgani ta'kidlab o'tildi.
🌐 Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi axborot xizmati
👇👇👇
🔗 t.me/kitobmmtb_axborot
Бугун 96-мактабнинг 11-синф ўқувчиларига туман Мактабгача ва мактаб таълими бўлими бошлиғи М.Жониев томонидан "Ўзбекистон ва жаҳон" мавзусида "Келажак соати" дарси ўтилди...
