cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Mendan iborat!

Yozilgani meniki, tushunganingiz sizniki ) Nodira© @Menshunos (Koʻchirilmasin)

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
519
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-97 روز
-1130 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Azizam... Avval sen, keyin boshqalar Azizam... O'z hayotingda o'zingni birinchi o'ringa qo'yishing xudbinlik emas Azizam... Sening barcha hislaring muhim va kerakli Azizam... Iltimos, o'z baxtingni birinchi o'ringa qo'y Azizam... Xohishlaring yoki xohlamasligining yetarlicha sabab bo'la oladi Azizam... O'zingni jazolama Azizam... Sen ham tirik insonsan, imkonsiz narsalarni o'zingdan talab qilaverma Azizam... Dunyoda huddi sen kabi yana bir insonning o'zi yo'q Azizam... Istaganlaringning barchasiga erishishga haqqing bor ❤️
نمایش همه...
Kechasi ochiq qolgan yelkangni oʻrab qoʻyadigan dadajoning va eng sevikli taomingdan albatta olib qoʻyadigan onangni eslashni oʻziyoq sokin bir baxt hissini uygʻotadi senda...
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Siz baxtni kelajakka qoldira olmaysiz, hozir baxtli bo'lishingiz kerak) Mixail Shishkin
نمایش همه...
​​Inson, tuygʻu va yana inson Umidga oʻxshagan insonlarning yaqini koʻp boʻlardi. Chunki umid xokisor, hazin, dilgayoqar, haminqadar miltillab oʻziga tortadigan nimasidir bor. Mehr-chi, mehr... u onamga oʻxshaydi. Sizning ham onangizga. Tamom bundan ortiq aniq oʻxshashi boʻlmas. Samimiylik bolalarga, ularning bir juft koʻzlariga oʻxshardi judayam. Bir goʻdakning onasiga qaragan nigohini koʻrganmisiz, ana shu yerda eng sof umid, mehr qorishiq samimiyat bor. U yerdagisi hech qayerda yoʻq boshqa. Orzu mushuklarga oʻxshaydi.. Yoqimli, asablaringni tinchlantiruvchi, sevikli ammo bevafo. Chaqirsang kelmaydi, oʻzing borib tutishing kerak. Baxtmi? Hamma borishni istaydigan, hamma aristokratlar ichidan izlaydigan, aslida esa oddiy toʻpori insonlarga oʻxshagan tuygʻu boʻlardi. Lekin barcha insonlar yasama baxtlar — zodagonlar atrofida giryon. Hijronning ham mehmonlari koʻp, bozori chaqqon boʻlardi. Negaki insonlar oʻz yaqinlarini yolgʻizlatishga oʻch. Keyin uning ham chuchmal, nordon taʼmi borki, bu taʼmni xushlovchilar koʻp. Muhtojlik, zoriqish... tilanishni istamaydigan tilanchi bolaning nigohlari kabidir. Iztirobning eng oliy choʻqqisi shularning koʻzida. Armon boʻlsa, oʻz ishidan qoniqmaydigan yoki oʻz ishini yaxshi koʻrmaydigan insonlarga oʻxshaydi. Ishingdan voz kecholmaysan, ammo yaxshi ham koʻrolmaysan. Tikandek qayeringgadir sanchilib turdi.
نمایش همه...

Открыть комментарии
Markes toʻgʻri aytadi: " Ular sevishdan to'xtaganlari bois qariydilar." Isming Ishqing Hijroning Oshiyonimga aylangan koʻngling oʻldirmish meni. Muhabbatga aylanganda ishq egalari uchun oshiqlik sharti shu. Muhabbat biz hech nihoyasiga yeta olmaydigan kechmish. Umr. Mohiyat. Uning chegarasi yoʻq. Lekin biz insonlar u uchun qandaydir cheklovlar qoʻyaverib qaysidir nuqtada yoʻqotganimizni his qilmay qolamiz. Muhabbatsizlik bizni ijtimoiylashtiradi. Toʻgʻri, muhabbat qorin toʻydirmaydi, ammo qorin toʻydirish gʻamida yurgan hayvondan farqlaydi. Ish odamiga aylanib qolgan zamoningda bir oʻzingga, bir koʻnglingga, bir oʻtmishga qaragin. Muhabbatli zamonlar qanchalar yoqimli edi. Halovat deydiganing huzurli tuygʻuning ham muhabbat bor joyda mavjudligi uning naqadar muhim tuygʻu ekanini anglatmayaptimi senga? Muhabbat bizni qutqaradi, yeb bitirayotgan oʻzimizning oʻylarimizdan. Oʻz-oʻzimizdan. Muhabbatsiz insonni oʻzi yeb bitirgani uchun ular qariydilar. Nihoyada hammamiz ishqqa aylanamiz ibtidoda shunday edik @Mendaniborat
نمایش همه...
​​Onalar mehribon. Onalar xokisor. Farzandining yanoqlari sovuqdan qizarishini istamaydilar, oʻzi qahratonda sovuq suvlar kechsa ham. Bolasi peshonasini urib gʻurra qilishini xohlamaydilar. Butun borini qurbon qilib sevadi bolalarini, oʻzini fido qilib. Hamisha u uchun oson yoʻllarni izlaydi. Mehri tufayli. Ulgʻaygan farzandining ulkan orzulari amalga oshmay qolishidan qoʻrqib oddiyona maqsadlar sari yetaklaydi. Aynan ayash tufayli. Oʻzini qurbon qilib yaxshi koʻrgan ona bolasidan ham oʻzini qurbon qilib uni sevishini kutadi baʼzan. Nima: "Qariganimda qaraydi, bir kunimga yaraydi" , — degichlarni eshitmaganmisiz? Yanoqlar baʼzan sovuqni ham his qilishi, peshonalar gʻurraning taʼmini totishi kerak. Bolangiz yashashni oʻrganyapti axir. Siz ayaganingiz bilan hayotning ayovsiz zarbalari bor. Dunyo mehrli ona emas, u oʻgay onaga oʻxshaydi baʼzan. Uning ulkan orzulari boʻlishiga, u orzular yoʻlida tinimsiz harakat qilib xatolar qilsa-da, toʻxtamay, kurashadigan kimdir boʻlsin u. Onalar) Bolangizni yaxshi koʻrganingizdan qoʻyib yuborgingiz kelmasligini bilaman. Lekin u oʻzi istagan maqsadlarga yetishi uchun mehringiz tushovini qoʻyib yuborishingiz kerak. Dunyodagi eng samimiy tuygʻu — onalik mehringiz farzandingizning erkini kishanlamasin. T.me/Mendaniborat
نمایش همه...

Открыть комментарии
Onalar mehribon. Onalar xokisor. Farzandining yanoqlari sovuqdan qizarishini istamaydilar, oʻzi qahratonda sovuq suvlar kechsa ham. Bolasi peshonasini urib gʻurra qilishini xohlamaydilar. Butun borini qurbon qilib sevadi bolalarini, oʻzini fido qilib. Hamisha u uchun oson yoʻllarni izlaydi. Mehri tufayli. Ulgʻaygan farzandining ulkan orzulari amalga oshmay qolishidan qoʻrqib oddiyona maqsadlar sari yetaklaydi. Aynan ayash tufayli. Oʻzini qurbon qilib yaxshi koʻrgan ona bolasidan ham oʻzini qurbon qilib uni sevishini kutadi baʼzan. Nima: "Qariganimda qaraydi, bir kunimga yaraydi" , — degichlarni eshitmaganmisiz? Yanoqlar baʼzan sovuqni ham his qilishi, peshonalar gʻurraning taʼmini totishi kerak. Bolangiz yashashni oʻrganyapti axir. Siz ayaganingiz bilan hayotning ayovsiz zarbalari bor. Dunyo mehrli ona emas, u oʻgay onaga oʻxshaydi baʼzan. Uning ulkan orzulari boʻlishiga, u orzular yoʻlida tinimsiz harakat qilib xatolar qilsa-da, toʻxtamay, kurashadigan kimdir boʻlsin u. Onalar) Bolangizni yaxshi koʻrganingizdan qoʻyib yuborgingiz kelmasligini bilaman. Lekin u oʻzi istagan maqsadlarga yetishi uchun mehringiz tushovini qoʻyib yuborishingiz kerak. Dunyodagi eng samimiy tuygʻu — onalik mehringiz farzandingizning erkini kishanlamasin.
نمایش همه...
Ota ona sevgisi farzandni iztiroblardan asrash deganda yanada joʻshqin tus oladi. Mashaqqatsiz yoʻllardan yurib yuksak zafarlar qozonishimizni oʻzimizdan koʻproq istashadi ular. Eslasam, har doim kiyimini kir qilmaydigan, oʻyinchoqlarini mehmonga kelgan bolalardan qizgʻonishini yashiradigan, "royish" deb maqtaladigan.... gan... xullas "odobli bola" boʻlganman ekan) Vaqt esa oʻtib borardi. Anglay boshlaganimdan buyon xato qilmasdan yashashni istaganman, balki shuning uchun hamisha oson yoʻllarni izlagandirman.. Vaqt esa oʻtib boryapti. Maqsadlarim tomon zafarli yurishlarim natijasi tufayli yashaydiganlarim orasida oʻzimdan kichiklar uchun " Falonchiga oʻxsha" deb namuna qilib koʻrsatishlarini bilib quvonardim) Vaqt esa oʻtib borardi. Kamroq xatolar qildim. Kichik yoʻllarda katta gʻalabalarga erishdim. Koʻnglim istagan koʻzim yetmagan orzularimni koʻnglim koʻzi tushmaydigan yerlarga koʻmdim. Vaqt esa oʻtib borardi. Onam mendan minnatdor boʻlishini, dadam singgan mehnatlariga arzyidgan farzand ekanimni hamisha his qilib turishini istaganman. Yillar meni zafardor xudbinga, hamma qadami gʻoliblikka olib keladigan xudbinga aylantirganov Vaqt oʻtib boryapti. Hozir koʻrayotganim mehr va eʼtiborim, oilamda tutgan oʻrnim oʻzim oʻylagandan yuz chandon ziyodroq boʻlmasin oʻsha qurmagʻur koʻnglimda tugʻilgan orzular uchun harakat qilmaganim armondan koʻproq qiynaydi Vaqt haliyam oʻtib boryapti. Qilingan qarorlar ijorsini men taminlab kelmoqdaman. Tushunyapsizmi? Vaqt hamisha oʻtib boradi. Siz oʻz umringizni yashasangiz ham qaroringizni oʻzingiz qabul qilsangiz, qoʻrq(ma)sangiz, xato qil(ma)sangiz ham bu umr payon topadi... Shunchaki qarorlaringizni qabul qilishda jurʼatli, orzularingiz roʻyobi yoʻlida qoʻrqmas boʻlishingiz hammasidan muhim tuyiladi baʼzan. Vaqt hozir ham oʻtib boryapti. T.me/Mendaniborat
نمایش همه...
Oʻzingni haddan ortiq sevish emas, oʻzgalarni seni sevishidan shaxsiy manfaating yoʻlida foydalanish xudbinlikdir
نمایش همه...
Qalb siriga erishganlar nima qiladi, bilasizmi..? Gʻazablanmaydilar... Arazlamaydilar... Ranjimaydilar... Hamma narsadan yaxshilik izlaydilar... Hech narsani odam bolasidan bilmaydilar... Hamma narsani Robbidan biladilar va hammasini Undan umid qilib, kutadilar... Va sukut qiladilar... Sukutda soʻzlaydilar... Umida Aziz© @Mendaniborat'
نمایش همه...
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.