fa
Feedback
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

رفتن به کانال در Telegram

"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8 Ishonch telefoni: 71 207 23 76 E-mail: info@het.uz Murojaat uchun @HET_admin Call center: 1154 Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari Sayt: het.uz

نمایش بیشتر

📈 تحلیل کانال تلگرام "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

کانال "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot (@hetmuloqot) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 93 384 مشترک است و جایگاه 1 339 را در دسته فناوری و برنامه‌ها و رتبه 661 را در منطقه أوزبكستان دارد.

📊 شاخص‌های مخاطب و پویایی

از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 93 384 مشترک جذب کرده است.

بر اساس آخرین داده‌ها در تاریخ 12 ژوئیه, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر 1 626 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر 175 بوده و همچنان دسترسی گسترده‌ای حفظ شده است.

  • وضعیت تأیید: تأیید نشده
  • نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 11.17% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 7.47% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب می‌کند.
  • دسترسی پست‌ها: هر پست به طور میانگین 10 418 بازدید دریافت می‌کند. در اولین روز معمولاً 6 969 بازدید جمع‌آوری می‌شود.
  • واکنش‌ها و تعامل: مخاطبان به‌طور فعال حمایت می‌کنند؛ میانگین واکنش به هر پست 0 است.

📝 توضیح و سیاست محتوایی

نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاه‌های شخصی توصیف می‌کند:
"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8 Ishonch telefoni: 71 207 23 76 E-mail: info@het.uz Murojaat uchun @HET_admin Call center: 1154 Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari Sayt: h...

به لطف به‌روزرسانی‌های پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 13 ژوئیه, 2026)، کانال همواره به‌روز و دارای دسترسی بالاست. تحلیل‌ها نشان می‌دهد مخاطبان به‌طور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته فناوری و برنامه‌ها تبدیل کرده‌اند.

93 384
مشترکین
+17524 ساعت
+3267 روز
+1 62630 روز
آرشیو پست ها
📌📌📌📌📌📌 XAVFSIZ MEHNAT – BARQAROR FAOLIYAT GAROVI Ta’kidlash joizki, elektr energetikasi sohasi eng xavfli kasbiy yo‘nal
+6
📌📌📌📌📌📌 XAVFSIZ MEHNAT – BARQAROR FAOLIYAT GAROVI Ta’kidlash joizki, elektr energetikasi sohasi eng xavfli kasbiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Shu bois xodimlar o‘rtasida mehnat muhofazasi va xavfsizlik qoidalariga rioya etish yuzasidan muntazam tushuntirish ishlari olib borish, ularning hushyorligini oshirish, shuningdek, shaxsiy himoya vositalarining yaroqliligini doimiy ravishda tekshirib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, mehnat faoliyati davomida yo‘l qo‘yilgan bitta xato yoki kichik e’tiborsizlik ham og‘ir oqibatlarga olib keluvchi baxtsiz hodisalarning yuz berishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ana shu maqsadda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tizim korxonalarida muntazam ravishda “Xavfsizlik texnikasi ko‘rigi oyligi” tashkil etiladi. Ayni kunlarda “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tarkibidagi barcha tuman va shahar elektr ta’minoti korxonalarida mehnat muhofazasi hamda texnika xavfsizligi qoidalariga bag‘ishlangan o‘quv-seminarlar o‘tkazilmoqda. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz

📌📌📌📌📌📌 NOQONUNIY QURILISH-MONTAJ ISHLARIGA CHEK QO‘YILMOQDA "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ tizimida davlat va shartnoma
+3
📌📌📌📌📌📌 NOQONUNIY QURILISH-MONTAJ ISHLARIGA CHEK QO‘YILMOQDA "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ tizimida davlat va shartnomaviy xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishida nazorat tadbirlari respublikaning barcha hududlarida izchil davom ettirilmoqda. Jumladan, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent hududiy filiali tomonidan o‘tkazilgan tahliliy o‘rganishlar davomida belgilangan tartib-taomillarni chetlab o‘tgan holda, ya’ni shartnoma rasmiylashtirmasdan noqonuniy ravishda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirgan qator ob’ektlar aniqlandi. O‘tkazilgan tekshiruvlar yakunlariga ko‘ra, qonunchilik talablarini buzgan ob’ektlar belgilangan tartibda ro‘yxatga olindi. Shuningdek, xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmagan, tartib-intizom buzilishiga yo‘l qo‘ygan mas’ul xodimlarga nisbatan amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli intizomiy va boshqa qonuniy choralar ko‘rilmoqda. Shuni alohida aytish lozimki, har qanday qurilish-montaj ishlari faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma hamda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosidagina amalga oshirilishi shart. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz

📌📌📌📌📌📌 KOMMUNAL TO'LOVLARNI O'Z VAQTIDA TO'LANG “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan hududlarda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash hamda tо‘lovlarni о‘z vaqtida amalga oshirmagan iste’molchilarga qonuniy choralar kо‘rish bо‘yicha reyd tadbirlari davom etmoqda. Namangan hududiy filiali tomonidan bu borada hududda kо‘rilayotgan keskin choralar yuzasidan “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion lavhasida tanishish mumkin. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz

+3
📌📌📌📌📌📌 XAVFSIZLIK OYLIGI: BILIM, TAJRIBA VA MAHORAT SINOVDAN O‘TMOQDA   “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent hududiy filiali tomonidan “Xavfsizlik texnikasi ko‘rigi oyligi” yuqori saviyada tashkil etilmoqda. Joriy yilning 10-iyuliga qadar o‘tkazilayotgan mazkur oylikning asosiy maqsadi ishlab chiqarish jarayonlarida baxtsiz hodisalarning oldini olish, xodimlar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, mehnat muhofazasi hamda texnika xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlashdan iborat.   Mazkur sa’y-harakatlar doirasida filialning barcha tarkibiy bo‘linmalarida ish joylarining xavfsizlik holati kompleks o‘rganilib, elektr qurilmalari va jihozlarining texnik sozligi tekshirilib, himoya vositalari hamda maxsus kiyim-boshlarning yaroqliligi nazoratga olingan. https://uza.uz/posts/879979 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz

📌📌📌📌📌📌 “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ AYOL XODIMLARI XITOYDA ILG‘OR ISHLAB CHIQARISH TAJRIBALARINI O‘RGANMOQDA "Hududiy
+6
📌📌📌📌📌📌 “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ AYOL XODIMLARI XITOYDA ILG‘OR ISHLAB CHIQARISH TAJRIBALARINI O‘RGANMOQDA   "Hududiy elektr tarmoqlari" AJda inson kapitali salohiyatini rivojlantirish, xodimlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini muntazam oshirib borish, shuningdek, ayollarning rahbarlik va ishlab chiqarish jarayonlaridagi faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlash ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.
Shu maqsadda jamiyatning bir guruh ayol xodimlari Xitoy Xalq Respublikasining Xanchjou shahriga xizmat safariga yuborildi. Tashrif mahalliy korxona faoliyati bilan yaqindan tanishish, zamonaviy texnologiyalar, sifat nazorati tizimi va ishlab chiqarishni boshqarishning ilg‘or tajribalarini o‘rganish hamda o‘zaro tajriba almashish maqsadida tashkil etildi. Mazkur tashrif O‘zbekiston Respublikasida gender tengligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan davlat siyosati va milliy qonunchilik talablarining amaldagi ifodasi hisoblanadi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida"gi Qonuniga muvofiq, mehnat munosabatlarida, kasbiy tayyorgarlik, qayta tayyorlash va malaka oshirish sohalarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar yaratilishi kafolatlangan.   Xanchjoudagi "Holley Technology" Ltd. MCHJ QKga amalga oshirilgan tashrif davomida ishtirokchilar korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari, intellektual hisoblagichlar va energetika sohasi uchun zamonaviy uskunalarni ishlab chiqarish texnologiyalari, avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish jarayonlari hamda xalqaro standartlar asosida yo‘lga qo‘yilgan boshqaruv amaliyoti bilan yaqindan tanishdilar.   Mazkur tashrif natijasida orttirilgan bilim va amaliy tajribalarni jamiyat faoliyatiga tatbiq etish, ishlab chiqarish samaradorligini yanada oshirish hamda ayol xodimlarning kasbiy salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilishi kutilmoqda. Bu esa "Hududiy elektr tarmoqlari" AJda gender tengligi tamoyillari amalda ta’minlanayotgani, xotin-qizlarning bilim va malakasini oshirishga, ularning kasbiy rivojlanishiga rahbariyat tomonidan alohida e’tibor qaratilayotganining yana bir amaliy namunasidir.
Batafsil 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz

📌📌📌📌📌📌 “Yangi О‘zbekiston” gazetasining 2026-yil 4-iyuldagi 134-sonida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruv raisi A
📌📌📌📌📌📌 “Yangi О‘zbekiston” gazetasining 2026-yil 4-iyuldagi 134-sonida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruv raisi Asrorjon Asqarovning “ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLI Talab oshib boryapti, ta’minot-chi?!” sarlavhali maqolasi e’lon qilindi. Maqolada bugungi kunda sohada olib borilayotgan islohotlar hamda kelgusi rejalar xususida sо‘z boradi. Gazetani elektron shaklda о‘qish. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz

📌📌📌📌📌📌 ANDIJON HUDUDIY FILIALINING 12 NAFAR XODIMIGA NISBATAN JINOIY ISH OCHILDI “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorl
📌📌📌📌📌📌 ANDIJON HUDUDIY FILIALINING 12 NAFAR XODIMIGA NISBATAN JINOIY ISH OCHILDI “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvining topshirig‘iga muvofiq, Jamiyatning Ichki audit xizmati hamda Komplayens nazorati xizmati tomonidan Andijon va Samarqand filiallarida elektr energiyasi hisoblagichlarining iste’molchilarga qonunchilik talablariga muvofiq o‘rnatilishi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Oʻrganishlar davomida Jamiyatning Andijon filialida isteʻmolchilarga elektr hisoblagichlarini oʻrnatish jarayonida qonunbuzilish holatlari, shuningdek, hisoblagichlar kamomadi aniqlandi. Mazkur holatlar boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga tegishli tartibda xabar berildi. Natijada qonunbuzarlik sodir etganlikda gumon qilinayotgan korxonaning 12 nafar xodimiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Hozirda Jamiyatga yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda. Shuningdek, Samarqand viloyatining Samarqand shahar boʻlinmasida elektr hisoblagichlarining isteʻmolchilarga jamiyat mablagʻlari hisobidan noqonuniy ravishda oʻrnatilgani aniqlanib, ushbu holat yuzasidan ham huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berildi. Ayni paytda jamiyatga yetkazilgan zararni qoplash choralari amalga oshirilmoqda. Hozirda Samarqand viloyatining boshqa shahar va tumanlarida ham elektr hisoblagichlarining isteʻmolchilarga qonunchilik talablari asosida oʻrnatilishi hamda ularning maqsadli va samarali sarflanishi yuzasidan oʻrganish ishlari davom etmoqda.   📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz

📌📌📌📌📌📌 ELEKTR ENERGIYASIDAN 1.8 MLRD SO‘MLIK NOQONUNIY FOYDALANISH HOLATI ANIQLANDI “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Sirdaryo hududiy filiali tomonidan Mirzaobod tumanida oʻtkazilgan nazorat reyd tadbirida "B. F." fermer xo‘jaligida hisoblagichdan tashqari tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Ushbu qoidabuzarlik natijasida, elektr ta’minoti korxonasiga 1.8 milliard so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi hamda to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rilishi uchun tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz

📌📌📌📌📌📌 “O‘zbekiston 24" radiokanalining “Xalq qabulxonalarida" eshitirishining navbatdagi sonida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ matbuot kotibi F.Nuraliyev hamda Murojaatlar bilan ishlash bo‘limi bosh mutaxassisi A.Suleymanovlar ishtirok etishdi. Eshittirishda Jamiyat tomonidan murojaatlar bilan ishlash tizimi, kelib tushgan murojaatlar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusi rejalar xususida batafsil ma’lumotlar berildi. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz

📌📌📌📌📌📌 Endi gaz va elektr energiyasi kompensatsiyasini my.gov.uz orqali rasmiylashtirish mumkin Kuz-qish va yoz oylarid
📌📌📌📌📌📌 Endi gaz va elektr energiyasi kompensatsiyasini my.gov.uz orqali rasmiylashtirish mumkin Kuz-qish va yoz oylarida energiya resurslari xarajatini kamaytirish maqsadida ehtiyojmand oilalarga davlat tomonidan kompensatsiya to‘lanishi joriy etilgan. Va endi buni uydan chiqmay turib rasmiylashtirish mumkin. Mazkur xizmatdan: Ijtimoiy reyestrga kiritilgan, shuningdek, Reyestrga kiritilmagan, biroq moddiy ahvoli boʻyicha “davlat taʼminotidagi oila” yoki “kambag‘al oila” toifasidagi mezonlarga mos, oiladagi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadi minimal isteʼmol xarajatlarining 1,5 barobaridan oshmaydigan oilalar foydalanishlari mumkin. Kompensatsiya bazaviy me’yordan oshgan quyidagi iste’mol hajmi uchun ajratiladi: • Elektr energiyasi: oyiga 150 kVt·soatgacha; • Tabiiy gaz: isitish mavsumida oyiga 250 kub metrgacha, boshqa oylarda esa oyiga 150 kub metrgacha. Arizani:Onlayn: my.gov.uz orqali. — Oflayn: Davlat xizmatlari markazi, “Inson” markazlari yoki mahalladagi ijtimoiy xodim orqali topshirish mumkin. Ariza har oyning 16-sanasiga qadar qabul qilinadi (16-sanadan keyingilari navbatdagi oyga o‘tadi).
To‘lov tartibi quyidagicha: Kompensatsiya tasdiqlangach, mablag‘ keyingi oyning 27-sanasiga qadar “Xalq banki” orqali fuqaroning ijtimoiy yoki bank kartasiga o‘tkazib beriladi. Natija haqida SMS va shaxsiy kabinetga xabarnoma keladi.
Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul. Hoziroq ariza yuborish uchun: https://my.gov.uz/uz/service/1363 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz

📌📌📌📌📌📌 NAVOIY VILOYATIDA "KASB MAHORATI" MUSOBAQASI O'TKAZILDI Unda ishtirokchilar nazariy bilimlari bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarini ham namoyish etib, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etgan holda belgilangan shartlar bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Bu haqida batafsil Navoiy viloyat telekanalining “Yangiliklar” axborot dasturi lavhasida tanishish mumkin. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz

📌📌📌📌📌📌 Davlat organlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi kuchaytirildi Endilikda davlat organi yoki tashkilot
📌📌📌📌📌📌 Davlat organlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi kuchaytirildi Endilikda davlat organi yoki tashkiloti rahbarlarining korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga aloqadorligi yoki jinoiy guruh faoliyatiga rahnamolik qilayotgani haqida yetarli asoslar mavjud bo‘lganda, komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosar tegishli materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqdim etish vakolatiga ega. Shuningdek, bunday holatlarda rahbarning kadrlar va moliyaviy masalalar bo‘yicha qaror qabul qilish vakolatini vaqtincha to‘xtatish yoki tegishli rahbar yoxud xodimni vazifasini bajarishdan vaqtincha chetlatish yuzasidan taklif kiritishi mumkin. Mazkur tuzilmalar faoliyatini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Komplayens xizmati tomonidan amalga oshiriladi. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz

📌📌📌📌📌📌 ENERGETIKLARNING MAHORATLARI SINOVDAN O'TKAZILDI   “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali tomonidan “Xavfsizlik texnikasi ko‘rik oyligi” doirasida tashkil etilgan “Kasb mahorati” musobaqasi o‘tkazildi.   Jarayonlardan "My5" telekanalining  “Hudud” informatsion dasturi orqali namoyish etilgan videolavhada batafsil tanishish mumkin. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz

📌📌📌📌📌📌 Samarqand viloyatida debitor qarzdorlikni kamaytirish va qonuniylikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi Sam
+2
📌📌📌📌📌📌 Samarqand viloyatida debitor qarzdorlikni kamaytirish va qonuniylikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi Samarqand viloyatida elektr energiyasi bo‘yicha debitor qarzdorlikni qisqartirish, to‘lov intizomini mustahkamlash hamda noqonuniy ulanishlarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Urgut tuman elektr ta’minoti korxonasida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda tizimda korrupsiyaviy holatlarga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik, amaldagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish hamda har bir xodimning xizmat vazifalarini halollik va mas’uliyat bilan bajarishi zarurligi alohida ta’kidlandi. Yig‘ilish “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda Samarqand hududiy filialining Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xizmati mutaxassislari ishtirokida o‘tkazildi. Tadbir yakunida Samarqand hududiy filiali tasarrufidagi barcha tuman va shahar elektr ta’minoti korxonalari rahbarlari hamda mas’ul xodimlariga debitor qarzdorlikni keskin qisqartirish, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlariga nisbatan murosasiz huquqiy choralar ko‘rish, qonun ustuvorligini ta’minlash va belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish yuzasidan topshiriqlar berildi. Mazkur vazifalar ijrosi qat’iy nazoratga olindi. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz

📌📌📌📌📌📌 “Farg‘ona HETK” AJ tomonidan hududda elektr energiyasi yo‘qotishlarini kamaytirish, yuqori yuklamaga ega tarmoqlarni modernizatsiya qilish hamda noqonuniy holatlarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada O’zbekiston tumanida olib borilayotgan amaliy ishlar “Sevimli” telkanalining “Zamon” informatsion dasturi lavhasida. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz

📌📌📌📌📌📌 Samarqand viloyatida energiya tizimini mustahkamlash va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda Viloyatda aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini elektr energiyasi hamda tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida energiya ta’minoti barqarorligini oshirish, texnik yo‘qotishlarni kamaytirish, hisob-kitob intizomini yaxshilash va debitor qarzdorliklarni qisqartirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish, elektr tarmoqlari va uskunalarini modernizatsiya qilish, elektr va gaz ta’minoti obyektlarida rejali ta’mirlash ishlarini amalga oshirish hamda muqobil energiya manbalarini kengaytirish choralari izchil davom etmoqda. Ushbu ishlar kuz-qish mavsumida iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror va ishonchli ta’minlashga xizmat qiladi. Mavzu yuzasidan batafsil — Samarqand telekanalining “Samarqand yangiliklari” axborot dasturida. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz

+6
📌📌📌📌📌📌 HUDUDLARDA ELEKTR TA’MINOTI SIFATI OSHIRILMOQDA O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlari hamda Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali tomonidan hududlarda elektr ta’minotini yaxshilashga qaratilgan qurilish-montaj ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Jumladan, Andijon tumanining “Chilon” MFY “Og‘ir” mahallasi hamda Oltinko‘l tumanining “Oqtomor” MFY “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi” mahallasida yangi elektr tarmoqlarini qurish, temir-beton tayanchlarni o‘rnatish va transformator punktlarini ishga tushirish bo‘yicha belgilangan ishlar jadal sur’atlarda davom etmoqda. Mazkur loyihalar yakunlangach, aholi va tadbirkorlik subyektlarining elektr energiyasi bilan ta’minlanish sifati hamda barqarorligi sezilarli darajada yaxshilanadi. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz

📌📌📌📌📌📌 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo hududiy filiali tizimidagi tuman va shahar elektr ta’minoti korxonalari xodimlari ishtirokida “Xavfsizlik texnikasi” bo‘yicha kasbiy mahorat va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga bag‘ishlangan ko‘rik-tanlov jarayonlari— “Surxondaryo” telekanalining “Munavvar kun” dasturida! 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz

📌📌📌📌📌📌 Energetika vazirligida sohadagi dolzarb masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi Energetika vazirligida yo
+8
📌📌📌📌📌📌 Energetika vazirligida sohadagi dolzarb masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi Energetika vazirligida yoqilg‘i-energetika sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish, energiya ta’minoti barqarorligi, debitor va kreditor qarzdorliklarni qisqartirish hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Bosh prokuratura, qator vazirlik va idoralar, yoqilg‘i-energetika tizimi tashkilotlari hamda mahalliy hokimliklar rahbariyati ishtirok etdi. Yig‘ilishda yuqori havo harorati sharoitida elektr va gaz ta’minoti barqarorligini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi. Qayd etilganidek, joriy yozda elektr energiyasiga talab o‘tgan yilga nisbatan yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan elektr tarmoqlari va podstansiyalar ishonchli ishlashini ta’minlash, avariyaviy holatlarning oldini olish hamda brigadalarning doimiy shay holatda bo‘lishi yuzasidan aniq topshiriqlar berildi. Xususan, Toshkent shahrida kuzatilgan avariyaviy uzilishlar yuzasidan maxsus komissiya ish boshlagani qayd etildi. Komissiya avariya sabablari, uskunalarning texnik holati, rekonstruksiya ishlari sifati hamda avariyaga qarshi himoya tizimlari samaradorligini o‘rganadi. Aholi murojaatlarini tezkor ko‘rib chiqish, call-markazlar faoliyatini kuchaytirish hamda avariyaviy holatlar bo‘yicha aholini o‘z vaqtida xabardor qilish zarurligi ta’kidlandi. Energiya samaradorligi masalasi ham muhokama qilindi. Elektr energiyasi va tabiiy gazni tejash rejalari tahlil qilinib, ayrim yirik korxonalarda energiya resurslaridan samarasiz foydalanish holatlari keskin tanqid qilindi. Mas’ullarga energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish, eski uskunalarni yangilash va tejash ko‘rsatkichlarini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi. Shuningdek, debitor va kreditor qarzdorliklar tanqidiy muhokama qilindi. Qarzdorliklarni qisqartirish bo‘yicha qarorlar ijrosini ta’minlamayotgan rahbarlar qat’iy ogohlantirilib, aniq choralar ko‘rish vazifasi belgilandi. Yig‘ilishda korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari keskin tanqid qilinib, korrupsiyaga nisbatan murosasiz yondashuv talab etildi. Ta’kidlanganidek, korrupsiya uchun sudlangan barcha xodimlar ishdan bo‘shatiladi. Shuningdek, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridagi tizim korxonalari rahbarlarini to‘liq attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Bundan tashqari, sohada korrupsiyaviy xavf-xatarlarni tahlil qiluvchi maxsus Kengash tashkil etilishi ma’lum qilindi. Shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida elektr va gaz infratuzilmasini ta’mirlash, avariyaviy zaxiralarni shakllantirish hamda aholini energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Yig‘ilish yakunida barcha tizim rahbarlari qat’iy ogohlantirildi. Keyingi yig‘ilishlarda, avvalo, berilgan topshiriqlar ijrosi, shaxsiy mas’uliyat hamda rahbarlarning javobgarligi ko‘rib chiqilishi ta’kidlandi. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz

+6
📌📌📌📌📌📌 “Xavfsizlik texnikasi ko‘rik oyligi” doirasida kasb mahorati musobaqalari o‘tkazilmoqda Ayni paytda, Yangariq tuman elektr ta’minoti korxonasining o‘quv-mashg‘ulot maydonida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali tasarrufidagi tuman va shahar elektr ta’minoti korxonalarining taqsimlash tarmoqlariga xizmat ko‘rsatuvchi ta’mirlash xodimlari o‘rtasida kasb mahorati musobaqalari o‘tkazilmoqda. Musobaqalar “Xavfsizlik texnikasi ko‘rik oyligi” doirasida tashkil etilib, unda xodimlarning kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalari, mehnatni muhofaza qilish hamda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etish darajasi sinovdan o‘tkazilmoqda. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz