fa
Feedback
Ona tili | Malika Sayfizoda 👩🏻‍🏫

Ona tili | Malika Sayfizoda 👩🏻‍🏫

رفتن به کانال در Telegram

Agar sizga foydam tegsa, Otamni duo qiling: qabrlari nurga to'lsin🤲 Reklama va hamkorlik : @rukhsora23 Kanal admini: @rukhsora23 👩‍🏫Malika_Sayfizoda

نمایش بیشتر
8 685
مشترکین
+224 ساعت
-537 روز
-18230 روز
آرشیو پست ها
🌟MIQDOR-DARAJA RAVISHLARI Harakat va holatning bajarilishidagi miqdor-darajani bildiradigan va qancha? so'rogiga javob bo'ladigan ravishlar miqdor -daraja ravishlari deyiladi. Quyidagilar miqdor-daraja ravishlariga kiradi: 🌟Ozgina 🌟Nihoyatda, 🌟Biroz 🌟Kop 🌟Juda 🌟Xiyla 🌟Ozroq 🌟Kopgina 🌟Rosa 🌟Zarracha 🌟Obdon 🌟Behad 🌟Tirnoqcha 🌟Andak 🌟Ancha 🌟Talaygina 🌟Jindekkina 🌟G’oyatda 🌟MAQSAD-SABAB RAVISHLARI Harakat-holatning bajarilish sababi yoki yuzaga chiqish maqsadini bildirgan ravishlar maqsad-sabab ravishlari hisoblanadi. Tilimizda maqsad-sabab ravishlarining miqdori u qadar ko'p emas. Maqsad ravishlari nima uchun? nima maqsadda? nimaga? kabi so'roqlarga javob bo'ladi. Sabab ravishlari nima uchun? nega? nima sababdan? kabi so'roqlarga javob bo'ladi. Maqsad ravishlari quyidagilar: 🌟Atay 🌟Atayin 🌟Ataylab 🌟Jo’rttaga 🌟Qasddan 🌟Azza-bazza Sabab ravishlari quyidagilar: 🌟Ilojsiz 🌟Chorasiz 🌟Ilojsizlikdan 🌟Chorasizlikdan 🌟Chor-nochor 🌟noiloj Masalan: Atayin hol sochiq bilan artindi. Taklifga noiloj ko'ndi. 🌟 @Test_repetitor

🌟 O’RIN RAVISHLARI Harakat-holatning bajarilish yoki bajarilmaslik o'rnini bildirgan va qayerga? qayerda? qayerdan? so'rog'iga javob bo'luvchi ravishlar o'rin ravishlari hisoblanadi. O’rin ravishlariga quyidagilar kiradi: 🌟Ichkari 🌟Uzoqqa 🌟Olg'a 🌟Yaqinda 🌟Ichkariga 🌟Uzoqdan 🌟Quyi 🌟Har yoqqa 🌟Tashqari 🌟Oldida 🌟Nariroqda 🌟Nariroqqa 🌟Tashqariga 🌟Oldinga 🌟Beri 🌟Yuqori 🌟Shu yerda 🌟Bu yerda 🌟Yuqorida 🌟Beriroqda 🌟Bu yoqqa 🌟Har yoqda 🌟Quyida 🌟Yaqinda 🌟@Test_repetitor

🌟 PAYT RAVISHLARI Harakat - holatning bajarilish yoki bajarilmaslik paytini bildirib qachon? qachondan beri qachongacha? so'rog'iga javob bo'luvchi ravishlar payt ravishlari sanaladi. Payt ravishlariga quyidagilar kiradi: 🌟Endi 🌟So’ng 🌟Erta-indin 🌟Erta 🌟Oldin 🌟Bir zumda 🌟Hozir 🌟So'ngra 🌟Qishin-yozin 🌟Ertaga 🌟Keyin 🌟Shu vaqt 🌟Hozircha 🌟Dastlab 🌟Kech-kunduz 🌟Ertalab 🌟Avval 🌟Shu payt 🌟Hozirgina 🌟Hozirdan 🌟Hanuz 🌟Kechqurun 🌟Avvallari 🌟Hamon 🌟Hali-beri 🌟Erta-yu kech 🌟Hamisha 🌟Saharlab 🌟Doim (o) 🌟Hali-beri 🌟Boya 🌟Onda-sonda 🌟Kech 🌟Kecha 🌟Kechalari 🌟Ilgarilari 🌟Muqaddam 🌟Bugun 🌟Bultur 🌟Buguncha 🌟Ahyon 🌟Payt ravishlarining ayrim so'zlari daraja olishi mumkin. Masalan: ertaroq, kechroq, avvalroq, keyinroq… 🌟@Test_repetitor

🌟RAVISHLARNING MA’NO TURLARI 🌟 🌟 Holat ravishlari Harakat-holatning qanday holda bajarilganligini bildirgan va qanday? qay holda? qay tarzda? so'roqlariga javob bo'luvchi ravishlarga holat ravishlari deyiladi. Holat ravishlariga quyidagilar kiradi: 🌟Qalban 🌟Birdan 🌟Bolalarcha 🌟Birma-bir 🌟Birin-ketin 🌟Rasman 🌟Qo'qqisdan 🌟Qardoshlarcha 🌟Yonma-yon 🌟Asta-sekin 🌟Tasodifan 🌟To'satdan 🌟So'zma-so'z 🌟Omon-eson 🌟Aqlan 🌟Bexosdan 🌟Do’stlarcha 🌟Galma-gal 🌟Oldin-keyin 🌟Xayolan 🌟Tubdan 🌟Mardlarcha 🌟Ustma-ust 🌟Birin-sirin 🌟Mantiqan 🌟Chindan 🌟yangicha 🌟Yakkama-yakka 🌟Biyron-biyron 🌟Majburan 🌟Yoppasiga 🌟Eskicha 🌟Taxminan 🌟Qatorasiga 🌟Xomligicha 🌟Bittalab 🌟Vijdonan 🌟Erkakchasiga 🌟To'xtovsiz 🌟O'zidan-o'zi 🌟Qisman 🌟Birga 🌟Naridan-beri 🌟Qat'iyan 🌟Tezda 🌟Fidokorona 🌟@Test_repetitor

🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟 🌟Ravish so'z turkumi haqida umumiy ma'lumot: Harakat -holatning belgisini, ya'ni bajarilish tarzi, payti, o'rni, daraja-miqdori, maqsadi kabi belgilarini bildiruvchi va “qanday? qay holatda? qachon? qayerda? qayerdan? qancha? nima uchun? “ singari so'roqlarga javob bo'luvchi so'zlar ravish deyiladi. 🌟Morfologik xususiyatlari: Ravish, asosan, fe'lga bog'lanib, ish-harakatning belgisini bildiradi. Masalan: Avtobus sekin siljidi. Qahramonlar mangu yashaydi. 🌟 Ravish turkumiga oid so'zlar ba'zan predmed, hodisalarning belgisini yoki belgining belgisini bildirishi mumkin. Masalan: Ozroq chida. (ravish fe'lga bog'lanib, harakatning belgisini ifodalagan) Otga ozroq yem beray. (ravish otga bog'lanib, predmetning belgisini ifodalagan) Yoki: bolalarcha fikrlamoq (ravish fe'lga bog'lanib, harakatning belgisini bildirgan); Bolalarcha sodda (ravish sifatga bog'lanib, belgining belgisini bildirgan) Demak, ravish, asosan, fe'lga, ba'zan fe'l bo'lmagan so'zlarga (jumladan, otga, sifatga) bog'lanishi mumkin. 🌟@Test_repetitor

💚 Bugun RAVISH mavzusini o’rgansak nima deysizlar? Morfologiya bo’limlari orasida menimcha Ravish bo’limi ancha murakkab va chalkash! 💚 @Test_repetitor

🌟Assalomu aleykum,xayrli kun🌟 (yo’qolib ketgan adminingizdan)💚 💚 Menga judayam qiziq, o’zi kanaldan biror foydali ma’lumot olyapsizlarmi, yoki xabarlarni o’qimay o’tkizvorasizlarmi? To’g’ri, hozirda kanallar judayam ko’p! Va obunachilar har qaysi kanalni har sababdan kuzatishadi! “Har birining o’rni bo’lakcha” deydi-yu! 💚 Bizning kanal siz uchun qanday o’rinda turadi?

Inglizlar tarjima qivoringlar😊
+1
Inglizlar tarjima qivoringlar😊

📌 Kecha va’da qilingan G’AZAL TAHLILI bo’yicha #quiztest ! Komentariyada kimda qancha chiqdi maqtanib o’tish ham esdan chiqmasin! 😊

Quyidagi qaysi fikr 7-bayt mazmuniga taalluqli?
Anonymous voting

G’azal haqidagi quyidagi hukmlardan qay biri noto’g’ri
Anonymous voting

G’azalda quyidagi fikrlardan qaysi biri aks etmagan?
Anonymous voting

G’azal 4- bayti mazmuniga oid XATO fikrni aniqlang!
Anonymous voting

G'azalning umumiy mavzusi qaysi javobda to'liq va to'g'ri ifodalangan?
Anonymous voting

👆 Yuqorida g’azal lug’atlari bilan berildi, o’qib tahlil qiling, ertalab testlar jo’natiladi! Sizlarga esa XAYRLI TUN!🌙

💭 #g’azaltahlili 1.Do'stlar, mahram deb elga roz ifsho qilmangiz. Boshingizga yuz balo kuch birla paydo qilmangiz. 2. Fosh qilmang roz, chunkim asray olmay qildingiz, O'zgalardin asramoq bore tamanno qilmangiz. 3. Ishq asrorig'a til mahram emastur zinhor Kim ko'nguldin tilga oni oshkoro qilmangiz.  4.Chun ko'nguldur qalbu til g'ammoz, maxfiy rozni Jon harimidin bu ikkiga huvaydo qilmangiz.  5.Chun ko'ngul til birla mahram bo'lmadi, hojat emas Aytmoqkim, elga andin nukta imlo qilmangiz. 6. Sahv etib chun roz durrin sochtingiz, nozim bo’lub Ohning dudin sahobu ko’zni daryo qilmangiz  7.Chok-chok aylab ko'ngulni, tilni aylab yuz tilim, Tashlab itlarga, alarning yodi qat’o qilmangiz. 8. Menda hijron dardiyu, yo’q vasl, bore do'stlar, Choraye gar qilsangiz, juz jomu sahbo qilmangiz. 9. Chun Navoiy ishq rozin asray olmay qildi fosh, Otini roz ahli tummorinda insho qilmangiz LUG’ATLAR: ⚪️Roz - sir ⚪️Ifsho etmoq - fosh qilmoq ⚪️Tamanno qilmoq - orzu qilmoq ⚪️G'ammoz - chaqimchi, sir ochuvchi ⚪️Harim - maxsus, xos joy, ichkari joy ⚪️Huvaydo - aniq,ravshan, oshkor ⚪️Nukta - so'z, nozik ma’noli so’z ⚪️Sahv etmoq- xato qilmoq , yanglishmoq ⚪️Sahob - bulut ⚪️Qat’o - hech qachon, qat'iyan, aslo ⚪️Juz - boshqa, o'zga, bo’lak ⚪️Jom- qadah, may piyolasi ⚪️Sahbo - qizil may ⚪️Tumor - noma, buklab o'ralgan xat

📌 RADIF Radif (arabcha) - izma-iz keluvchi, otning orqasidan ergashib boruvchi. Mumtoz she'r unsurlaridan biri. She'riy misralarda qofiyadan so'ng aynan takrorlanib keluvchi so'z yoki so'zlar qo'shilmasi. Radif she'rda ifodalanayotgan yetakchi fikrni takrorlash, kitobxon e'tiborini asosiy g'oyaga jalb etib, muallif g'oyaviy niyatini chuqurroq yetkazib berishga xizmat qiladi. Mumtoz she'rshunoslikda radif qofiya ilmi tarkibida o'rganilgan. Shams Qays Roziyning "Al-mo'jam"(1218- "Me'yor ul-ash'or" (1251-1252), Abdurahmon Jomiyning "Risolai qofiya", Shayx Ahmad Taroziyning "Funun ul-balog'a" (1436-asarlarida radif forsiy she'riyatga xos bo'lib, arablarda qo'llanilmaganligi ta'kidlanadi. Alisher Navoiy ijodida radif muhim ahamiyatga ega bo'lib, “Xazoyin ul-maoniy" kulliyotidan o'rin olgan g'azallarning deyarli teng yarmini (1294 g'azal) radif qo'llanilgan baytlar tashkil qiladi. Shoir radiflari bir bo'g'indan 9 bo'g'ingacha bo’lgan so'zlarni o'z ichiga oladi. Masalan, shoirning 🌟Dilbaro, sendin bu g'amkim, menda bordur, kimda bor? Furqatingdin bu alamkim, menda bordur, kimda bor?🌟 bayti bilan boshlanuvchi g'azalida radif “menda bordur, kimda bor?" so'zlaridan iborat bo'lib, 7 bo'g'indan iborat. 🌟 @Test_repetitor

📌 G’AZAL G'azal (arabcha) - oshiqona so'z, ishq izhor qilish, ayollarni madh ma'nolarini bildirib, mumtoz she'riyatida keng targalgan lirik janr hisoblanadi. G'azal 3 baytdan 19 (21) baytgacha hajmda bo'ladi va a-a, b-a, d-a, qofiyalanadi. Turkiy adabiyotda 5-10 baytli g'azallar ko'p uchraydi. Adabiyotshunoslikda g'azal janri hagida ilk ma'lumot Shams Qays Roziyning "Al-mo'jam" asarida (13-a.) keltirilgan. Olim bunda g'azalning asosiy lug'aviy ma'nosi ayollarga muhabbat qo'yish bilan bog'liq ekanligiga e'tibor qaratadi. G'azalning birinchi bayti matla' yoki mabda, oxirgi bayti esa maqta' deb ataladi va aksar hollarda maqta'da shoir taxallusi qo'llaniladi. Ba'zan taxallus maqta'dan oldingi baytda qo'llanilishi ham mumkin. 📌 QOFIYA Qofiya (ar.) - misralar oxiridagi qo'shimcha, so'z va so'z qo'shilmalarining o'zaro ohangdosh bo'lib kelishi. Qofiya mumtoz she'rshunoslikda vazn kabi she'riy ritmni vujudga keltiruvchi asosiy unsur bo'lib, uning bayt so'ngida qo’llanilishi zaruriy talablardan biri bo’lgan. Sharq mumtoz adabiyotshunosligida qofiya haqidagi nazariy qarashlar maxsus fan - ilmi qofiyada o'z ifodasini topgan. 🔡 Qofiyalar tuzilishiga ko'ra ikki turga bo'linadi: 1) muqayyad qofiya (ar.) - bog'langan, kishanlangan. Qofiyaning tuzilishiga ko'ra farqlanuvchi turlaridan biri. Raviy harfi bilan tugallanadi. Shams Qays Roziyning "Al-mo'jam"(1218-1233) asarida muqayyad qofiya raviy harfining ikki nav'idan biri sifatida, Nasiruddin Tusivning "Me'vor ul-ash'or" (1253) asarida qofiyaning holatiga ko'ra farqlanuvchi turlaridan biri sifatida keltirilgan. Muqayyad qofiya o'zak raviy harfi bilan yakunlanganligi, ya'ni o'zakda raviydan keyin hech qanday harf qo'llanilmaganligi uchun zamonaviy she'rshunoslikda muqayyad qofiyani "o'zak qofiya" deb atash an'anasi ham mavjud (U.To'ychiev). 🌟Elga sharaf bo’lmadi johu nasab, Lek sharaf keldi hayovu adab🌟 “Hayrat ul-abror” dagi ushbu baytda "nasab" va "adab" so'zlari qofiya bo'lib, raviy "b" harfidir. Qofiya raviy harfi bilan tugallanayotganligi uchun ushbu ofiya turi muqayyad qofiya hisoblanadi. 2) mutlaq qofiya (ar.) - yetuk, to'liq. Qofiyaning tuzilishiga ko'ra farqlanuvchi turlaridan biri. Mutlaq qofiyada raviy harfidan keyin qofiyaning boshqa harflari (vasl, xuruj, mazid, noyira) ham ishtirok etadi. Alisher Navoiy g'azaliyotida mutlaq qofiya keng qo'llanilgan. Masalan: 🌟Qoshi yosinmu deyin, ko’zi qarosinmu deyin, Ko'ngluma har birining dardu balosinmu deyin? 🌟 “Navodir ush-shabob”dagi ushbu baytda "qarosinmu", "balosinmu" so'zlari mutlaq qofiya bo'lib, ulardagi "o" unlisi raviydir. Raviydan keyin kelgan "s" undoshi - vasl, "n" undoshi - xuruj, "m" - mazid va qofiya oxiridagi "u" unlisi noyira hisoblanadi, "s" harfidan keyin kelgan qisqa "i" unlisi esa nafozdir. Mutlaq qofiya hisoblanishi uchun raviydan so'ng birgina vasl harfining qo’llanilishi ham kifoya qiladi. 🌟@Test_repetitor

Demak G’azal tahlili va Badiiy asar tahlili bir xil ovozga ega bo’ldi! Mayli ikki kunni adabiyotga bag’ishlaymiz! Dastlab g’a
Demak G’azal tahlili va Badiiy asar tahlili bir xil ovozga ega bo’ldi! Mayli ikki kunni adabiyotga bag’ishlaymiz! Dastlab g’azal tahliliga oid postlar bo’ladi va keyin barcha kutgan quiz test 👏

Qaysi mavzuga doir ma’lumot,testlar xoxlaysiz?
Anonymous voting