fa
Feedback
CODEACADEMY

CODEACADEMY

رفتن به کانال در Telegram

✅AI(Computer vision) ✅Mobile(Flutter) ✅Backend(Django) 🖥 https://www.youtube.com/codeschooluz 📍Manzil: Samarqand shahar Mironshox Mirzo ko'chasi. Mo'ljal: Makon mall(Gum) 📍https://t.me/codeacademyai/614 📩Savollar va takliflar uchun: @codeacademy_admin

نمایش بیشتر
992
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
اطلاعاتی وجود ندارد7 روز
اطلاعاتی وجود ندارد30 روز
آرشیو پست ها
❗️Natural language processing Natural Language Processing(NLP) - bu AI ning kichik bir sohasi bo'lib odamlar va kompyuterlar o'rtasidagi aloqani yaxshilashga xizmat qiladi desak bo'ladi. NLP ga kiritiladigan ma'lumot(input) ham chiqadigan natija(output) ham matn ko'rinishida bo'ladi. Unga misol qilib bir tildan ikkinchisiga tarjima qilish yoki so'zlarni sinflarga ajratishi(masalan comment larda so'zlarni yaxshi yoki yomon deb) mumkin. ❗️Speech Recognition Speech Recognition(SR) - nutqni aniqlash, bu odamlarning nutqini matn ko'rinishiga keltiradi, ya'ni kiruvchi ma'lumot bizga voice(ovoz) natija esa matn ko'rinishida bo'ladi. Yildan yilga Speech Recognition aniqligi oshib bormoqda. ❗️Speech Synthesis Speech Synthesis - Nutqni sintezlash, buni qisqa qilib inson ovozini sun'iy ravishda ishlab chiqarish deb ta'riflasak bo'ladi. Speech Synthesis ham hozirgi kunda juda tez rivojlanmoqda, bunga o'zimizni O'zbekistondagi kompaniyalardan ham misol qilsak bo'ldi TTS.uz. TTS uz o'zining telegram botini ham yaratgan, o'zingiz sinab ko'rishingiz mumkin - @ttsuzbot Bularning barchasini o'zida mujassamlashtirgan ilovalar Voice assistant lar deyilari, ularga misol qilib: Siri(Apple), Alisa(Yandex), Ok Google va shunga o'xsha bir nechta ilovalar mavjud. Biz bularga unchalik ko'p to'xtalmaymiz keyingi postlarimiz Computer Vision bo'yicha bo'ladi. Bizni kuzatishda davom eting ! 🚀@codeschooluz

❗️Artificial Neural Network Application. AI(Sunʼiy intellekt)ning turli sohalarda qoʻllanilishi haqida gaplashdik. Quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha hozirgacha yaxshi natijalarga erishib kelinmoqda. Computer Vision Natural language processing Speech Recognition Speech Synthesis Keyingi postlarimizda har biri boʻyicha qisqacha toʻxtalib oʻtimsiz. P.S. Biz koʻproq Computer Visionga eʼtibor qaratamiz. 🚀@codeschooluz

#Sport #AI O'tgan postlarimizda AI ning turli sohalarda qo'llanilishi haqida aytgandik. Ularga yana bir misol Sport da keng qo'llanilmoqda. Sports analytics(sport analitikasi, tahlillari) uchun, real vaqtda o'yin ma'lumotlarini taqdim etishga yordam beradigan avtomatik tizimlarni AI va Computer Vision yordamida ishlab chiqilmoqda. 🚀@codeschooluz

Yangi ishlab chiqarilgan GPT-3 texnologiyasi AI dunyosida katta shov-shuv uyg'otdi. GPT-3 Elon Musk asos solgan OpenAI tatqiqot kompaniyasi tomonidan yaratilgan. ❓GPT-3 nima. GPT-3 kengaytmasi Generative Pre-trained Transformer(oldindan tayyorlangan umumiy transformator) - 3, bu GPT ning 3-versiyasi hisoblanadi. Qisqacha aytganda, bu oldindan tayyorlangan algoritmlar yordamida matn yaratadi degan ma'noni anglatadi. Unga 575 GB matnli ma'lumotlar berilgan. Bunday katta miqdordagi ma'lumotlarni o'rgatish uchun OpenAI kompaniyasi 4,6 million dollar sarflagan. ❓GPT-3 - nima qila oladi. GPT-3 - savollarga javob berishi, insho yozishi, uzun matnlarni umumlashtirishi, tillarni tarjima qilishi, va hatto kompyuter kodini yozishi mumkin. U matn yaratishda jumlalarni qanday keltirishni bilsh uchun simantik tahlil qiladi, nafaqat so'zlarni balki matnda ishlatilgan so'zlarga qarab so'zlarni ishlatilishi qanday farq qilishini ham tekshiradi. P.S. Biz bilgan Copilot, Codex, GPT-3 asosida ishlaydi. 🚀@codeschooluz

Oxirgi yillar AI juda ko'plab ishlarning o'rnini bosa oladi degan xavotir bor edi. Oxirgi bir necha oylar AI code yozishga yordamlashmoqchi Copilot haqida eshitgan edik, va yana bir necha kun oldin Codex ham chiqdi. P.S. AI dastur tuzishni boshlasa dasturchilarga talab qolmaydi degan savol tug'ilishi tabiiy, aslini olganda bu dasturchilarga bo'lgan talabni oshiradi, bu haqida keyinroq batafsil to'xtalamiz. 🚀@codeschooluz

AI ning mashhur yo'nalishlaridan biri bu hech shubhasiz self-driving car(o'z o'zini boshqaradigan avtomobil) lar hisoblanadi. Ularning aksariyatini quyidagi ro'yxatda ko'rib chiqishingiz mumkin: • Tesla Waymo • Zoox • CruiseArgo Mobileye Bular ichida siz Tesla haqida ko'p eshitgansiz. 🎥 Qisqacha video rolikda tanishib olishingiz mumkin 😉 P.S. Keyinchalik har biriga to'xtalib o'tamiz. 🚀@codeschooluz

AI(Sunʼiy intelekt) ning boshqa sohalarda qoʻllanilishi. Suʼniy intellekt yaqin 10 yilda juda tez rivojlanganligi sababli kirib kelmagan soha deyarli qolmadi. Shu jumladan Agriculture(qishloq xoʻjaligi)dan ham yaxshigina oʻrin egalladi. 🎥 Videoda toʻliqroq koʻrib olishingiz mumkin. 🚀@codeschooluz

❗️Switch-Case endi Pythonda. Python 3.10.0 versiyasi deyarli toyyor bo'lgani Documentationda aytilmoqda. Pythonning yangi ver
❗️Switch-Case endi Pythonda. Python 3.10.0 versiyasi deyarli toyyor bo'lgani Documentationda aytilmoqda. Pythonning yangi versiyasida yangi operator qo'shilgan, New operator: match-case. Bu operatorni hozircha oldindan ko'rish uchun taqdim etilgan, uni IDE lar da ishlatish tavsiya etilmaydi. P.s. Endi Pythonda ham if elif qilmasdan match dan foydalansak bo'ladi, yangi versiya taqdim etilgandan keyin albatta. Oramizda if elif haqida bilmaganlar bo'lsa darslarimiz davomida birgalikda o'rganib ketamiz 😉. P/s². C++ biladiganlar Pythonda switch-case bormi dep so'rashardi mana endi Pythonda ham huddi shu vazifani bajaradigan operator qo'shilmoqda 😊. ✅ @JavohirJalilov

❓What is an Artificial Neural Network ? Artificial Neural Network(ANN) - bu ingliz tilidan "sun'iy neyron tarmoqlari" deb tarjima qilinadi. ANN ML(AI) ning bir bo'limi bo'lib ma'lumotlardan mustaqil o'rgana olish usullaridan biri. An'anaviy ML algoritmlaridan farqi ma'lumotlardagi xususiyatlarni o'zi taniydi va mustaqil ajrata oladi. 🚀@codeschooluz

❓Robotlar va AI ning farqi nimada. Koʻpchilik Robototexnika AI ning bir qismi yoki AI robototexnika ning bir qismi deb oʻylas
Robotlar va AI ning farqi nimada. Koʻpchilik Robototexnika AI ning bir qismi yoki AI robototexnika ning bir qismi deb oʻylashadi. Lekin ikalasi boshqa boshqa maqsadlarda foydalaniladi. Robototexnika - bu robotlar bilan shugʻullanadigan texnologiya boʻlimi, 🤖Robot esa harakatlanadigan mexanik qurilma. U harakatlarni yoki funksiyalarni ketma-ket bajaradigan dasturlashtirilgan avtomatik mashina. AI esa inson aqlini talab qiladigan vazifalarni bajarish uchun hizmat qiladi. AI haqida oldingi postlarimizda batafsil toʻxtalib oʻtgandik. ❗️Shundan hulosa qilishimiz mumkinki sunʼiy aqilliy robotlar Robototexnika va AI oʻrtasidagi koʻprikdir. Robotlar koʻpchiligi sunʼiy aqilliy emas, yaqin-yaqingacha, barcha sanoatdagi robotlar faqat takrorlanadigan harakatlar ketma-ketligini bajarish uchun dasturlashtirilgan, ularga biz muhokama qilayotkan sunʼiy intellekt(AI)ni talab qilmaydi. 🚀@codeschooluz

🧠 AI ning aqlliy Robotlari. 🤔Sizda ham shunday shaxsiy it bo'lishini hohlaysizmi ? 🚀@codeschooluz

AYoQShlarning buzilish ehtimolini 97 % to'g'ri aniqladik Dunyodagi katta-katta kompaniyalardagi havflarni sun'iy intellekt orqali oldindan bartaraf etilayapti. © Osmondagi bolalar A'zamjon Nemadaliev sun'iy intellektdan ilk loyihalarida qanday foydalanganligini so'zlab berdilar. 🚀@codeschooluz

Unsupervised Learning(UL) - bu nazoratsiz o’rganish aniqroq aytganda o’qituvchi yordamisiz o’rganish deyishimiz mumkin. Supervised Learning(Nazorat ostida o’rganish)dan farqi hech qanday o’qituvchi tayinlanmaydi ya’ni hech qanday ta’lim berilmaydi. ❓What is Unsupervised Learning ? O’tgan postlarimizda sizlar bilan Supervised Learning bilan tanishgandik. Supervised Learning-da biz to’g’ri javobni bilgan holatda qo’llar edik. Unsupervised Learning(Nazoratsiz o’rganish)da esa to’g’ri javobni bilmagan holda qo’llaymiz ya’ni Supervised Learning-da ma’lumotlarning javobini bilgan holda classification yoki regression muammolarni yechishimiz mumkin. Unsupervised Learning bilan esa classification, regression muammolarni yecha olmaymiz chunki tepada aytib o’tganimizdek Unsupervised Learning-da ma’lumotlarni to’g’ri javobni bilmagan holda qo’llaymiz va AI algiritmlaridan foydalanib ma’lumotlarni tahlil qilamiz, va sinflarga ajratishimiz mumkin. P.S. Biz ko’proq Supervised Learning-ga e’tibor qaratamiz ya’ni Supervised Learning bo’yicha ma’lumotlar tashlab boramiz. 🚀@codeschooluz

#python #statements #dars 📖 Mavzu: Shu paytgacha sizlar bilan chiziqli dasturlashni ko’rib chiqdik, bugun esa tarmoqlanuvchi
+5
#python #statements #dars 📖 Mavzu: Shu paytgacha sizlar bilan chiziqli dasturlashni ko’rib chiqdik, bugun esa tarmoqlanuvchi dasturlash bilan tanishib chiqamiz. 🔴 Youtube: You tube orqali ko'rish 🚀@codeschooluz

Supervised Machine Learning(SL) - bu ingliz tilidan "Nazorat ostida mashinaga o'rgatish" ya'ni aniqroq aytganda o'qituvchi yo
Supervised Machine Learning(SL) - bu ingliz tilidan "Nazorat ostida mashinaga o'rgatish" ya'ni aniqroq aytganda o'qituvchi yordamida mashinaga o'rgatish deyishimiz mumkin. ❓Supervised Learning qanday ishlaydi. Supervised Learning-ga biz ma'lumotlarni to'plab natijalar bilan training(o'rgatish) qilamiz va yangi ma'lumotlarni model-lar orqali prediction(tahmin) qilishimiz mumkin. Supervised Learning da ikki xil muammoni yechish uchun ma'lumotlarni yig'ishimiz mumkin. • ClassificationRegression Bular haqida keyinroq to'liq to'xtalib o'tamiz. 🚀@codeschooluz

10-dars. Pythonda list metodlari. https://youtu.be/c3Kb-DQadkc

🏃‍♂️ Chegirma narxlar bilan olish uchun 1 kun qoldi (qabul shu haftani oxirigacha) 👨‍💻 Web-dasturlashni 0 dan O‘RGANING! K
🏃‍♂️ Chegirma narxlar bilan olish uchun 1 kun qoldi (qabul shu haftani oxirigacha) 👨‍💻 Web-dasturlashni 0 dan O‘RGANING! Kursni yakunlaganlarga amalyot uchun ish topishga yordam qilinadi 🔻Kursda quyidagi texnologiyalar o‘rgatiladi: 🔹 HTML5 🔹 CSS3, Sass 🔹 BootStrap, jQuery 🔹 JavaScript (ES6) 🔹 ReactJS (web application yasash uchun) 🔸 React native (telefon ilovalar yasash uchun) + 30 dan ziyod katta loyihalar qilib ko‘rasiz! 🔸 Format: Onlayn (Zoom va video darslar orqali); 🔸 Davomiyligi: 7 oy (haftasiga 3 marotaba, har darsga vazifa berilib, tekshirib boriladi); 🔸 Narxi: Oyiga 550 000 so‘m ( 🥳 bugun ro‘yxatdan o‘tganlar uchun 20%-lik chegirma bilan 440 000 so‘m bo‘ladi, shoshiling); 🔸 Taʼlim tili: o‘zbek; 1-dars tekin 😎 ✍️ Murojaat uchun: @javohircoder 📞 Telefon: +998993127135 📢 Kanal: @webdev07 (chegirma faqat kanalga azo bo'lganlar uchun)

❓Machine Learning nima. Machine Learning atamasini 1959 - yilda Artur Samuel kiritgan. Machine Learning(ML) - bu sun'iy intel
❓Machine Learning nima. Machine Learning atamasini 1959 - yilda Artur Samuel kiritgan. Machine Learning(ML) - bu sun'iy intellekt(AI) ning bir qismi bo'lib, ma'lumotlar va algoritmlardan foydalangan holda shu paytgacha faqat odamlar tomonidan bajariladigan vazifalarni avtomotik ravishda o'rganishdir. Bu insonning minimal aralashuvi, ya'ni aniq dasturlashsiz amalga oshiriladi. Bu qanday bo'ladi, kompyuterga sifatli ma'lumotlar beriladi va turli algoritmlardan foydalangan holda o'rgatish uchun ML modellari yaratiladi. Machine Learning bir nechta usullarga bo'linadi. • Supervised Machine Learning • Unsupervised Machine Learning • Reinforcement Machine Learning Keyingi postlarimizda Machine Learning usullari haqida batafsil to'xtalib o'tamiz. 🚀@codeschooluz

Аёллар ва IT ҳақида Ҳозирда эркак программистлар орасида ҳам аёл программистларга нисбатан скептик қараш мавжудлигини сезиб қоламан. Аслида бору, мен сизларга бир сирни очай, агар сиз биз таржима қилган Уолтер Айзексоннинг "Инноваторлар" китобини ўқиган бўлсангиз бу сирни ўзингиз ҳам биласиз. Так вот, дунёдаги биринчи ҳақиқий компьютер дастурчиси аёл киши бўлган. Ҳа бу Грейс Хоппер эди. Ҳақиқий деганим, дастурлаш теорияси компьютер яратилгунча ҳам мавжуд эди. Ҳатто ўша компьютер яратилмаган даврлардаги биринчи дастурчи ҳам аёл киши Ада Лавлейс эди, прикинь🙃 Тасаввур қилинг, 20 аср бошлари, ғарб жамиятида ҳам ҳаттоки аёллар ҳуқуқи энди тикланаётган пайтлар. Ўша даврдаги биринчи компьютер MARK -1 га дастурни аёл киши ёзган. ENIAC деб номланган кейинги авлод компьютерига ҳам илк дастурларни 6 та аёлдан иборат бўлган жамоа ёзган. 40-50 йилларда компьютер дастурлаш ишларига мантиқий фикрлаши юқори ва математик ақл эгалари бўлган одамлар ишга олинган. Бундай фикрлаш эса аёлларда эркаклардан юқорироқдир. Мисол учун тўқувчилик ишлари ҳам айнан ана шу юқоридаги интеллект соҳибларида яхши амалга ошади. Ким зўр тўқийди кийимни? Канешна аёллар. 1984 йилгача дастурлаш соҳасини 4 дан 3 қисмини аёллар ташкил қилган экан. Персонал компьютерлар пайдо бўлиши билан ушбу статистика ўзгара бошлаган. Гап шундаки, ўғил фарзандлар қиз фарзандларга нисбатан 2.5 баробар кўпроқ совға сифатида персонал компьютерлар ола бошлаган. Агар ота оналар оилага компьютер сотиб олишса, кўп ҳолларда уни ўғилларининг ҳонасига жойлаштиришган. Бугунги кунга келиб эса соҳада аёллар жуда ҳам оз ва эркак программистлар аёл программистларнинг устидан кулиб қўйишлари ғалати нарса. Чунки агар дастурлашдаги гендер мувозанатининг сабабчиси деб инсон биологиясини олсак, дастурлаш илмининг дастлабки кунларида, ишлар ҳозиргига қараганда анча қийин бўлган пайтда, аёлларнинг бу соҳада етакчи бўлганлиги тушунарсиз бўлиб қолади. Ўша пайтларда соҳада зулмат эди, барча математик амалларни иккилик ёки ўн олтилик форматда бажариш керак эди, интернет-форумлари бўлмаган, муаммолар бўлса, мурожаат қиладиган қидирув тизимлари ҳам йўқ эди. Фақат сен ва сенинг миянг бор эди холос. Аёллар эса бу ишни аъло даражада эплашган. Так что братларим, қизларимизга сен каомпьютерчи бўлиб нима қиберардинг деб, ёки ўғилларга комп қизларга сеп сидирға оберормасдан уларга ҳам шанс берайлик. Улар бир кун келиб IT соҳасини ёрворишлари мумкин🤘😎 @nurbekalimov