fa
Feedback
CODEACADEMY

CODEACADEMY

رفتن به کانال در Telegram

✅AI(Computer vision) ✅Mobile(Flutter) ✅Backend(Django) 🖥 https://www.youtube.com/codeschooluz 📍Manzil: Samarqand shahar Mironshox Mirzo ko'chasi. Mo'ljal: Makon mall(Gum) 📍https://t.me/codeacademyai/614 📩Savollar va takliflar uchun: @codeacademy_admin

نمایش بیشتر
992
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
اطلاعاتی وجود ندارد7 روز
اطلاعاتی وجود ندارد30 روز
آرشیو پست ها
🧐Internet tezligi nima va u qanday o'lchanadi? Internet tezligi bu WWW internet tarmog'idan kompyuter, planshet yoki telefoningizga ulanish tezligini anglatadi, u internetdan yuklab olish va yuklashni bildiradi. Ushbu ma'lumotlarning tezligi soniyasiga megabit (Mbps) bilan o'lchanadi. Bir megabit 1024 kilobitga teng. Ushbu tezlik 1.0 Mbit/s sekundiga 1.0 Kilobit/s (Kbps) dan 1000 marta tezroq ekanligini anglatadi. Download(internetdan yuklab olish) va Upload(internetga yuklash)ni soddaroq qilib tushuntiradigan bo'lsak. Donwload - internetdan yuklash tezligi raqamli ma'lumotlarni internetdan kompyuteringizga yuklash tezligi. Upload - yuklash tezligi ma'lumotlarni internetga yuklash tezligidir. Internet tezligi turlari. Siz foydalanayotkan internet tezligi, siz ishlatayotkan internet turiga bog'liq. Internetga ulanish turga misol keltiradigan bo'lsak biz eng ko'p foydalanadigan 3G simsiz yoki 4G simsiz aloqa, mobil aloqa, mobil tarmoq nuqtalari, modem yoki dial-up DSL (raqamli abonent liniyasi), kabel, sun'iy yo'ldosh, ISDN (Integrated Services Digital Network) va boshqalarni misol keltirishimiz mumkin. P.S: Shu mavzu bo'yicha yana qo'shimcha ma'lumotlar bo'lsa commentlar bo'limida qoldirishingiz mumkin. 🚀@codeschooluz

#data_type #primitive Dasturlashda ma'lumotlar turini ikkiga bo'lib o'rganamiz, primitive va non-primitive. Asosiy ma'lumot t
#data_type #primitive Dasturlashda ma'lumotlar turini ikkiga bo'lib o'rganamiz, primitive va non-primitive. Asosiy ma'lumot turlari bu dasturlash tillari tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlar turidir. Aksariyat dasturlash tillari murakkabroq ma'lumot turlari asosiy ma'lumot turlari ustiga quriladi va faqatgina qiymatini saqlab qolmasda o'zaro bog'liqlik ham bo'ladi. — Pythonda 4 ta primitive ma'lumot turi mavjud: • Integers • Float • Strings • Boolean — Non-primitive ma'lumot turi faqat bir turdagi o'zgaruvchi emas, balki turli xil turdagi o'zgaruvchilarni ham o'zida saqlashi mumkin, bular quyidagilar: • List • Tuple • Set • Dictionary 🚀@codeschooluz

🧐Nega biror sohani pul uchun o'rganilsa rivojlanish bo'lmaydi? #foydali_ilm Biror sohani o'rganishdan avval maqsad qo'yib olishimiz kerak, ko'pchiligimiz atrofga qarab kim qaysi sohada ko'proq pul topayotkan bo'lsa shuni o'rgangimiz keladi, buyerda maqsad pul, to'g'ri pul uchun o'rganilsa o'rganib bo'lmaydi emas, pul sabab qaysidir nuqtada qolib ketasiz. — Bu qanday bo'ladi? Siz ma'lum muddat, aytaylik 4 oy dasturlashni o'rgandingiz(aslida dasturlash uchun 4 oy hech qancha vaqt emas), 4 oy ichida ancha-muncha narsa o'rganasiz. Bir kuni buyurtma olasiz va bajarasiz, pul topasiz💰. Pul odamni buzadi deganlaridek, pul topishga qiziqasiz va o'rganishdan qolib ketasiz. Bilimingiz yetarli bo'lmagan, kuchingiz yetmagan ishlarni pul uchun qilishga shoshilasiz, eplab qilishingiz mumkin. Lekin vaqt ketadi... — Iloji boricha o'rganayotkan sohangizni o'zingizni mutaxassis deb his qilmaguncha o'rganing. Ishlashni boshlagan taqdirda ham kamida ikki soat o'rganishga sarflang, o'rganishdan to'xtab qolmang. 🚀@codeschooluz

#emoji #unicode Bu yerda siz Unicode dagi barcha emoji larni codeni topishingiz mumkin. LINK - https://apps.timwhitlock.info/
#emoji #unicode Bu yerda siz Unicode dagi barcha emoji larni codeni topishingiz mumkin. LINK - https://apps.timwhitlock.info/emoji/tables/unicode Ularni Pythonda ishlatilishini ham ko'rib ketamiz: print("\U0001F609") — 😉 P.S: Bu qaysi sanoq sistemasida? Javoblarni commentlarda qoldiramiz. 🚀@codeschooluz

Number system #number Biz ba'zi harflar belgilar emojilarni yozganimizda, kompyuter ularni raqamlarga o'giradi, chunki kompyuter faqat raqamlarni tushuna oladi. Kompyuter faqat pozitsion sanoq sistemasini tushunadi, raqamlar pozitsiyasiga qarab bir nechta turga bo'linadi: • Decimal Number System • Binary Number System • Octal Number System • Hexadecimal Number System — Decimal Number System (O'nlik sanoq sistemasi)- bu kundalik hayotimizda foydalanadigan sanoq sistemasi o'nlik sanoq sistemasidir. O'nlik sanoq sistemasida 10 ta raqam mavjud, 0 dan 9 gacha bo'lgan 10 ta raqamdan foydalaniladi. — Binary Number System(Ikkilik sanoq sistemasi) - raqamlarni yaratish uchun 2 ta raqamdan foydalanadi, ya'ni 0 va 1. Ikkilik sanoq sistemasi elektron qurilmalar va kompyuter tizimlarida foydalaniladi. — Octal Number System(sakkizlik sanoq sistema) - Sakkizlik sanoq sistemasi asosiy qiymati 8 ga teng. Sakkizlik sanoq sistema raqamlarini yaratish uchun u 8 ta raqamdan foydalanadi, ya'ni 0-7. Sakkizlik sanoq sistemasi keng tarqalgan emas. UNIX tizimlarida fayl ruxsatlarini va UTF-8 raqamlarini va hokazolarni ifodalash uchun stenografiya sifatida ishlatiladi. — Hexadecimal Number System(O'n oltilik sanoq sistemasi) - Asosiy qiymati 16 bo'lgan sanoq sistemasi o'n oltilik sanoq sistemasi deb ataladi. Raqamlarini yaratish uchun u 16 ta raqamdan foydalanadi. 0 dan 9 gacha raqamlar o'nlik sanoq sistemasidagi raqamlar kabi olinadi, lekin 10 dan 15 gacha bo'lgan raqamlar A dan F gacha, ya'ni 10 - A, 11 - B, 12 - C, 13 - D, 14 - E, va 15 - F sifatida ishlatiladi. Boshqa tarafdagi o'n oltilik sanoq sistemasi mikroprotsessorlar va mikrokontrollerlarda (Embedded system) qo'llaniladi, bu yerda ular kiritilgan ma'lumotlarni oltita sonlar sifatida qabul qiladi. 🚀@codeschooluz

Firuz Allayev - Oxirgi paytlar nima koʻproq xavotirga solyapti, shu haqida javob berdi. © AVLO PODCAST 🚀@codeschooluz

#memes Java vs Python 😄 🚀@codeschooluz

Assalomu alaykum hammaga, bugun kursimiz uchun ro'yxatga olishning oxirgi kuni, ro'yxatdan o'tish uchun topshiriqlarni yuborib adminga murojaat qilishingiz mumkin. Murojaat uchun 👉 @codeschooluz_admin

❗️Github va Git haqida Bugun sizlar bilan github va git haqida suhbatlashamiz, dasturlashni o'rganayotkan har qanday inson bularni ham o'rganishi kerak albatta, shuning uchun bular haqida qisqacha ma'lumot berib o'tmoqchiman. Git - bu bepul va ochiq manbali(open-source) versiya boshqaruv tizimi(version control system), dasturiy ta'minot bo'lib u dastlab Linus Torvalds tomonidan 2005 yilda yaratilgan. — Versiya boshqaruv tizimi nima degani o'zi? Misol uchun siz birorta dastur tuzdingiz va ishga tushurdingiz, qachondir tajribangiz ortib u dasturning yangi versiyasini ishlab chiqdingiz lekin sizga eski versiya ham kerak, shu holatda versiyalarni boshqarish uchun git bizga yordamga keladi. Github - 2008 - yilda ishlab chiqarilgan bo'lib bepul va code uchun bulutli platforma. U Git orqali siz va sizning jamoangiz kompyuterda birga ishlashingizga yordam beradi. Git va Github bilan ishlash haqida yana bitta post qilamiz Insha'Alloh. 🚀@codeschooluz

Eslatma Yana bir bor eslatib o'tamiz, kursga ro'yxatdan o'tish uchun @codeschooluz_admin ga quyidagilarni taqdim etishingiz kerak: • To'liq ism familya, Tug'ilgan kun - DD/MM/YYYY • VisualStudioCode dasturida "Hello, World" natijani chiqarib screenshot yuboring • Gihub account ochib link yuboring 👉 @codeschooluz_admin

Python Foundation Course Assalomu alaykum hammaga, sizlar uchun ajoyib yangilik, CODESCHOOLUZ jamoasi Python Foundation kursiga start bermoqda. — Kursimiz birinchi oy bepul, kursni yaxshi tugatganlarga keyingi kurslarimizga ham chegirmalarimiz bor. — Kurs haqida batafsil ma'lumotni Yakshanba kuni 19:00 da bo'lib o'tadigan ovozli chat - da aytib o'tamiz. Ovozli chat shu kanalda bo'lib o'tadi - @codeschooluz Python o'rganmoqchi bo'lgan do'stlaringizga yuboring, bunday imkoniyat boshqa bo'lmasligi aniq😉 🚀@codeschooluz

Unicode vs ASCII #ascii #unicode Unicode va ASCII belgilarni kodlashning standartlaridan bo'lib, hozirda butun dunyoda qo'llaniladi. Har biriga qisqacha to'xtalib o'tamiz. Unicode - bu har qanday tilda matnli ma'lumotlarni qayta ishlash, saqlash va almashtirishni osonlashtirish uchun ishlatiladigan universal kodlash usuli. Unicode 140 000 dan ortiq belgilarni va 150 dan ortiq zamonaviy va tarixiy skriptlar va emoji larni belgilaydi. Unicode UTF-8, UTF-16, UTF-32 va boshqalar kabi turli belgilar kodlari bilan aniqlanishi mumkin. Bularning ichida UTF-8 eng ommabop hisoblanadi. Chunki u internet web saytlarning 90% dan ortig'i va Windows OS zamonaviy operatsion tizimlarda qo'llaniladi. ASCII - bu kompyuterlarda belgilar, harflar, raqamlar va boshqalar kabi matnlarni ko'rsatish uchun ishlatiladi. ASCII 128 ta inglizcha belgilarni raqamlar ko'rinishida ifodalash uchun ishlatiladi, har bir belgi 0 dan 127 gacha bo'lgan ma'lum bir raqamga tayinlanadi. Masalan ingliz bosh harfi "A" uchun ASCII kodi 65 ga teng. ❗️Ularning farqi nimada. Hozirda Unicode ASCII ga qaraganda ko'proq belgilarni ifodalashi aniq. ASCII atigi 128 ta belgini kodlash uchun ishlatiladi, har bir belgi 7 bitdan iborat. Unicode 154 ta emoji va yozma scriptlarni kodlaydi. Shuni aytish mumkinki, Unicode ko'proq belgilarni kodlashda ishlatiladi va ASCII ga qaraganda ko'proq joy egallaydi. Unicode ham, ASCII ham matn kodlash standartlari bo'lib, ular zamonaviy aloqada katta ahamiyatga ega. 🚀@codeschooluz

#interesting #fact Oxirgi 1 yil ichida Google'da "IELTS" so'zini qidirish bo'yicha O'zbekiston dunyoda birinchi o'ringa chiqi
+1
#interesting #fact Oxirgi 1 yil ichida Google'da "IELTS" so'zini qidirish bo'yicha O'zbekiston dunyoda birinchi o'ringa chiqib olibdi. TOPIK (Koreys tili darajasini aniqlash testi) bo'yicha esa dunyoda 4-o'rinda ekanmiz 🤔 Manba: Google trends @uzbek_students_korea

❓Nega aynan Python. #python #foydali_ilm Pythonni ko'plab yirik kompaniyalar ilovalar(backend uchun) ishlab chiqish uchun foydalanadi ularning ba'zilari - Google, Shopify, Netflix, Reddit, Dropbox, Stripe, facebook, Instagram. ❗️Pythonda juda ko'p dasturlar yaratilgan, unda ko'plab yo'nalishlar bo'yicha o'zining kutubxonalari yozib chiqilgan, ulardan quyidagilarni ko'rishimiz mumkin: • Web: Django, Flask • Desktop: Kivy, Tkinter, PyQt • Mobile: Kivy, BeeWare • Game: Pygame, Godot • Embedded: MicroPython, CircuitPython • AI & ML: TensorFlow, PyTorch, Keras 😎 Agar Python dasturlash tilini o'rganishda muammoga duch kelsangiz, tashvishlanmang, siz yolg'iz emassiz. Hozirda dunyoda python dasturchilari juda ko'p, ular internetda ko'plab maqolalar chiqargan ular orqali siz savollaringizga javob topishingiz mumkin. Buning uchun siz ingiliz tilini bilishingiz kerak bo'ladi. Agar ingliz tilini bilmasangiz hoziroq boshlang. P.S: Albatta biz ham o'zbek tilida savollaringizga javob beramiz va o'zbek tilida foydali kontentlar chiqarishga harakat qilamiz. 🚀@codeschooluz

🧐Flask nima va u nima uchun ishlatiladi? #flask #foydali_ilm Flask - bu web-ilovalar ishlab chiqish uchun ishlatiladigan pythonda yozilgan mikroframework. U 2011-yil Armin Ronacher tomonidan taqdim etilgan. Bu framework mustaqil va moslashuvchan bo'lganligi sababli ko'plab boshlang'ich dastuchilar Flaskdan boshlashni ma'qul ko'radi. ❗️Flaskning asosiy xususiyatlari. Yengilligi(Lightweight), Bu tashqi kutubxonalardan mustaqil bo'lganligi uchun yengil framework hisoblanadi. — Moslashuvchan tuzilishga ega kengaytirilgan framework. Dasturchi o'zi xohlagan tarzda backend tizimini yaratishi mumkin. — Har qanday turdagi ma'lumotlar bazasi bilan osongina foydalanish mumkin. ORM yoq shuning uchun SQLAlchemy-dan foydalanishingiz mumkin. — Boshlash uchun oson framework. Agar siz biror narsani ham tez yaratib ham o'rganmoqchi bo'lsangiz Flaskdan foydalanishingiz mumkin. Flask haqida ko'p gaplashishimiz mumkin, keyingi postlarimizda ham chuqurroq o'rganib ketamiz. 🚀@codeschooluz

Bir necha yildan beri o’rganayapsiz lekin ishga kira olmayapsizmi? Ko’pchilik shogirdlarim va ular qatorida bir-vaqtlar o’zim ham dasturlash tiliga juda ko’p vaqt sarflaganman. Ya’ni dasturlash tilini yillar davomida o’rganasiz lekin ish topa olmasligingiz mumkin, bunga sabab biz ma’lum bir vaqt o’rganib, yaxshi dasturchi bo’lgandan keyin ishlab keta olamiz deb fikirlashimiz. Lekin amalyotda unday bo’lmaydi, xattoki 10 yil dasturchi bo’lib ishlagan ham yana o’rganaveradi, siz dasturchi bo’ldingizmi endi o’rganishdan to’xtamaysiz chunki bu yo’nalish juda tez rivojlanadi va har kuni o’zgarib turadi. Shunday ekan qanday qilib ishlashni boshlasa bo’ladi? Albattda bu savol juda umumiy shuning uchun ozgina aniqlashtirib olamiz. — Backend misolida: Biz boshlang’ich dasturlashni o’rganganimizda asosan ma’lumotlarni ma’lum bir darajada qayta ishlash bilan shug’ulanganmiz, oddiy misol sonlar ustida amallar, shu oddiy jarayonni ham biz uch bo’limga bo’lishimiz mumkin, bular: 1. Ma’lumotlarni kiritish. 2. Ma’lumotlar ustIda amallar bajarish. 3. Ma’lumotlarni chiqarish (Ko’rsatish tasvirlash v.h. Frontend yoki foydalanuvchiga yetkazib berish). — Bugun boshlanishiga qisqacha tushuntirib o'taman. Ma’lumot turlari bu boshlang’ich int, float, bool va str murakkablari json, csv v.h ularni kiritishni boshida bir-nechta usullarini o’rganamiz, ya’ni bular: - To’g’ridan to’g’ri o’zgaruvchiga qiymat beramiz (hard-codoing). - Keyinchalik console oynadan (birinchi interactive ...). - Fayl orqali kiritishni o’rganamiz (buyerda o’zi fileni turi haqida ko’p gaplashsak bo’ladi, keyingi postlarimizda batafsil to'xtalamiz). Ko’pchilik shu joyda to’xtab qoladi yoki keyingi bosqichga o’tib ketadi, ma’lumotlar ustida amallar bajarish va buyerda anchagina qolib ketadi(albattda hamma emas). Siz ham shunday holatda bo’lsangiz va bu muammo borligini tushingan bo’lsangiz bu yaxshi (nimasi yaxshi, ya’ni muammoning borligini bilib uni bilmaslikdan yaxshi). Shunday qilib muammoni aniqlab olamiz, albattda unga o’zimning tajribamdan kelib chiqqan holda yechim va yo’nalish berib o’taman. Biz ma’lumotni tashqaridan kiritishni o’rganishimiz kerak, boshqacha qilib aytganda o’zimzning kompyuterdan(local machine) emas balkim internedan. Buning uchun biz boshlanishga ma’lumotlar qanday qilib almashinadi va ularning usullari haqida ozgina bo’lsa ham tasavvurga ega bo’lishimiz kerak. Baxtimizga Pythonda buni bajarish anchagina oson, buni requests kutubxonasi orqali bajaramiz, keyingi postimizda requests haqida batafsil to'xtalamiz. @naxalov

🧐What is an API? #api API(Application Programming Interface) - bu Ikki dasturning bir-biri bilan bog'lanishini taminlab beruvchi aloqa vositasi. Siz har kuni ishlatadigan Facebook, Telegram da habar yuborganingizda yoki ob-havoni tekshirganingizda API dan foydalanasiz. ❓Bu qanday ishlaydi. Telefoningizda biror bir ilovadan foydalanganingizda dastur inetnetga ulanadi va u ma'lumotlarni severga yuboradi, server ma'lumotlarni tahlil qilib dasturga qayta yuboradi, dastur ma'lumotlarni tahlil qilib o'qish mumkin bo'lgan holatda sizga taqdim etadi. Bu API orqali amalga oshiriladi. ❗️Keling buni hayotiy misolda ko'ramiz. Tasavvur qilig siz restorandasiz va menyu orqali buyurtma berish imkoniga egasiz. Restoran oshxonasi sizning buyurtmangizni bajaradigan "Tizim" ning bir qismi. Buyurtmani oshxonaga yetkazish va ovqatingizni sizga qaytarish uchun nimadir yetishmayapti, buyerda sizga ofitsant yoki API kerak bo'ladi. Sizning buyurtmangiz yoki so'rovingizni qabul qiladigan va oshxonaga nima qilish kerakligini aytadigan ofitsant yoki API, keyin ofitsant sizga responce(javob)ni qaytaradi, bu javob biror oziq ovqat ko'rinishida bo'ladi. Siz bilan haqiqiy hayotda API ga misol keltirdik, va sizda ham shunday tushunarli misollar bo'lsa kommentda qoldirishingiz mumkin. 🚀@codeschooluz

#python #ai ⚡️Hozirgi kunda Python dasturlash tili juda rivojlanib bormoqda, U AI(Sun'iy intellekt), Computer Vision(Sun'iy k
#python #ai ⚡️Hozirgi kunda Python dasturlash tili juda rivojlanib bormoqda, U AI(Sun'iy intellekt), Computer Vision(Sun'iy ko'rish), Machine Learning uchun ishlatiladigan kutubxonalar ichida ham Python kutubxonalari hech shubhasiz birinchi o'rinda turadi. ❓Bularni qayerdan o'rganaman deysizmi. Hozirda Python bo'yicha darslar va AI bo'yicha foydali ma'lumotlar ulashib borayotgan Javohir Jalilov Blogini tafsiya qilaman. Kanalga a'zo bo'lish👉 ✅@JavohirJalilov