fa
Feedback
UPLIFT | Javlon Otaqulov

UPLIFT | Javlon Otaqulov

رفتن به کانال در Telegram

📈 AAOIFI Standardiga ko'ra aksiyalar bilan halol treyding va investitsiya 📚 Moliyaviy savodxonlik & Shaxsiy rivojlanish Instagram: instagram.com/javlonota Website: trading.uplift.uz Murojaat uchun: @Uplift_Manager UPLIFT asoschisi: Javlon Otaqulov

نمایش بیشتر
8 232
مشترکین
-724 ساعت
-497 روز
-11330 روز
آرشیو پست ها
Jonli efirda yaqin kuzatuvga olgan nomzod aksiyamiz $RMD Kirish $204.5 TP $221 SL $192 R/R 1-1.4
Jonli efirda yaqin kuzatuvga olgan nomzod aksiyamiz $RMD Kirish $204.5 TP $221 SL $192 R/R 1-1.4

Kecha jonli efirda ancha qiziq tahlillar qildik. Qatnasha olmaganlar uchun tradingda yaqin kuzatuvga olingan asosiy aksiyalar ro'yxati: 📊 $RMD, $IPAR, $ESTC, $SNPS Nega aynan bular? Ularda qanday signallar bor va nimasiga e'tibor berish kerak — barchasini efir davomida batafsil tushuntirib berganmiz. Agar jonli efirni o'tkazib yuborgan bo'lsangiz, hechqisi yo'q. Vaqt topib, to'liq videoni ko'rib chiqishni tavsiya qilaman: 👉 https://youtube.com/live/OoDVdKutaEc?feature=share

🔴 Jonli efir boshlandi Quyidagi havola orqali efirga qo’shiling: https://youtube.com/live/OoDVdKutaEc?feature=share

▶️ Bugun soat 20:30 da jonli efir o'tqazamiz Jonli efirda quyidagi mavzular bo'yicha gaplashamiz: 🟣Umumiy bozor holati bo'yi
▶️ Bugun soat 20:30 da jonli efir o'tqazamiz Jonli efirda quyidagi mavzular bo'yicha gaplashamiz: 🟣Umumiy bozor holati bo'yicha 🟣Sektorlardagi o'zgarishlar 🟣Hozirgi bozor holatida qanday yo'l tutganimiz ma'qul 🟣Yaqin kuzatuvga olish uchun nomzod aksiyalar Efirda ko'rishamiz! Aytgancha, aksiyaalr bilan halol savdo qilshga qiziqqan tanishlaringiz bo'lsa, ularga ham ushbu xabarni yetkazib qo'yish esdan chiqmasin. Birgalikda o'rganish va tahlil qilish har doim samaraliroq!@upliftuz

#kompaniya_tahlili Yetakchi kompaniyalar bilan tanishamiz 🏢 Kompaniya: Advanced Micro Devices, Inc. 🟣 Aksiya belgisi: $AMD
+2
#kompaniya_tahlili Yetakchi kompaniyalar bilan tanishamiz 🏢 Kompaniya: Advanced Micro Devices, Inc. 🟣 Aksiya belgisi: $AMD 💰 Bozor kapitallashuvi: ~$880B+ ⚙️ Sanoat: Yarimo'tkazgichlar (Semiconductors) 🌙 Shariatga muvohiqligi: Halol ✅ Advanced Micro Devices ($AMD) — shaxsiy kompyuterlar, serverlar, ma'lumotlar markazlari va o'yin konsollari uchun yuqori unumdorlikka ega protsessorlar (CPU) hamda grafik chiplar (GPU) ishlab chiqaruvchi yarimo'tkazgichlar bo'yicha jahon gigantidir. Kompaniya o'zining Ryzen (shaxsiy kompyuterlar uchun) va EPYC (serverlar uchun) protsessorlar oilasi bilan bozorda juda kuchli mavqega ega. Ular chip dizayni va arxitekturasida eng ilg'or texnologiyalarni qo'llash orqali hisoblash quvvatini yangi darajaga olib chiqmoqda.
$AMD — shunchaki kompyuter qismlari ishlab chiqaruvchisi emas, balki Nvidia ($NVDA) kompaniyasining AI chiplari bozoridagi eng asosiy va jiddiy muqobil (raqobatchi) variantidir. Sun'iy intellekt klasterlari va bulutli infratuzilmalarda muvozanatni saqlash uchun yirik texnologik gigantlar aynan AMD yechimlariga katta qiziqish bildirmoqda. 🧠 AI va Ma'lumotlar markazlarining muqobil kuchi: Microsoft ($MSFT), Google ($GOOGL) va Meta ($META) kabi eng yirik bulutli provayderlar (hyperscalers) o'z ma'lumotlar markazlarida AMD kompaniyasining MI300 va uning keyingi avlod MI seriyasidagi AI tezlatgichlaridan (accelerators) faol foydalanmoqda. Ushbu chiplar ulkan til modellarini (LLM) o'qitish va ishga tushirishda Nvidia chiplariga nisbatan xarajatlarni optimallashtirish va yuqori xotira o'tkazuvchanligini ta'minlash uchun xizmat qiladi. 📈 Strategik ustunligi va bozordagi o'rni: AMD kompaniyasining eng katta ustunligi — uning "fabless" (zavodsiz) biznes modelida ishlashidir. Ya'ni kompaniya chiplarni o'zi jismoniy ishlab chiqarmaydi (ishlab chiqarishni TSMC kabi gigantlarga topshiradi), bor e'tiborini faqat eng ilg'or arxitektura va dasturiy ta'minot (ROCm platformasi) ekotizimini rivojlantirishga qaratadi. Bu strategiya kompaniyaga og'ir kapital xarajatlardan qochish, an'anaviy raqobatchisi Intel'dan texnologik jihatdan o'zib ketish va ma'lumotlar markazlari (serverlar) bozoridagi ulushini muntazam oshirib borish imkonini beradi. Balansidagi moliyaviy barqarorlik va o'sish sur'atlari yarimo'tkazgichlar sektorida eng jozibadorlaridan biri hisoblanadi.
‼️ Eslatma: Ushbu tahliliy post faqat ta'lim va ma'lumot almashish maqsadida tayyorlangan bo'lib, aksiyani sotib olish yoki sotish uchun to'g'ridan-to'g'ri signal hisoblanmaydi. Halollik statusi joriy vaqt uchun amal qiladi, kompaniyaning yangi hisoboti chiqqanida bu status o'zgarishi mumkin. Savdo qilishdan avval albatta halolligini qayta tekshirib olishni unutmang! Kompaniyaning to'liq ma'lumotlarini Finranks saytidan ko'ring 👇 https://finranks.com/uz/stock/amd/summary@upliftuz

O'quvchilarimiz natija va otziflarini quyidagi kanalda kuzatib borishingiz mumkin: https://t.me/upliftnatijalar@upliftuz

پیام ویدیو00:50

Bozor ancha pishib qoldi, tahlillarni berishni boshlaymiz 💸

پیام ویدیو01:01

Yo’lda tinglab ham hordiq ham yangi insightlar uchun ajoyib podcast! The Thinking Muslim kanaliga yaqinda joylangan 'The future of Muslim AI’ podcasti. Videoda AIning musulmonlar uchun ahamiyati chiroyli tushuntirib berilgani va AI haqida yaxshi insaytlar bo'lgani uchun sizga ham ulashgim keldi. 🎞 Havola: https://www.youtube.com/watch?v=XgCfUqlsKbQ&t=772s

🔴 Video joylandi ! | Sun'iy intellekt fond bozorini qanday o'zgartirmoqda: Amaliyot va aniq natija 📹 Video havolasi : https://youtu.be/sEIKSLt-uHM

Iyun oyi yakuniga yetmoqda. Bu oy davomida jamoamiz bilan treyding, chuqur bozor tahlili va portfelni to'g'ri boshqarishga doir eng dolzarb ma'lumotlarni sizlarga ulashdik. Agar yozning birinchi oyida qaysidir muhim mavzuni o'tkazib yuborgan bo'lsangiz, barchasini bir joyga jamladik. Saqlab qo'ying va albatta tanishib chiqing: ⚙️ TradingView sozlamalari uchun mini app Tahlil jarayonini osonlashtirish va ishingizni tezlashtirish uchun qulay vosita. 👉 FOYDALANISH 🤖 Sun'iy intellekt va aksiya bozori tahlili Zamonaviy AI texnologiyalaridan foydalanib bozorda qanday qilib to'g'ri qarorlar qabul qilish mumkin? 👉 KO'RISH 📊 Aksiyalar tahlili Bozordagi joriy holat, qiziqarli imkoniyatlar va texnik darajalar sharhi. 👉 TOMOSHA QILISH 🎓 Treyding sohasini boshlamoqchilar uchun video darslik Yangi boshlovchilar qanday qadamlar qo'yishi va nimalarga e'tibor qaratishi kerakligi haqida maxsus YouTube darslik. 👉 TOMOSHA QILISH 💼 Aksiya bozorida portfel tuzish: Risk va Money Management qoidalari Kapitalni qanday qilib to'g'ri taqsimlash va xavflarni minimallashtirish bo'yicha asosiy tamoyillar. 👉 TOMOSHA QILISH 🏥 Top 12 Health Care sektoridagi eng yaxshi aksiyalar ro'yxati Sog'liqni saqlash sohasidagi fundamental jihatdan eng kuchli va potensialli kompaniyalar jamlanmasi. 👉 O'QISH 💬 Ushbu ro'yxatdagi qaysi mavzu siz uchun eng afzal va foydali ma'lumot bo'ldi? Izohlarda o'z fikringizni qoldiring! P.S.Bu haftani Vyetnamdan olingan eksklyuziv video darslik bilan yakunlaymiz. Biz bilan qoling!@upliftuz

TOP-12-Halol-Aksiya-Healthcare.pdf8.39 KB

🚑 Va'da qilinganidek: Sog'liqni saqlash sektoridagi TOP-12 Halol Aksiya! Sog'liqni saqlash sektordagi aksiyalar nafaqat fund
+3
🚑 Va'da qilinganidek: Sog'liqni saqlash sektoridagi TOP-12 Halol Aksiya! Sog'liqni saqlash sektordagi aksiyalar nafaqat fundamental jihatdan mustahkam, balki har qanday bozor tebranishlarida ham ishonchli moliyaviy himoya (immunitet) vazifasini o'taydi. Tepada rasmlarini ko'rib turganingiz ushbu sektorning eng yirik 3 ta halol giganti bilan tanishing: 1️⃣ $LLY (Eli Lilly) — Diabet va semirishga qarshi dori-darmonlar bo'yicha global yetakchi. Oxirgi yillardagi o'sish va innovatsiyalar borasida bozorni hayratda qoldirmoqda. 2️⃣ $JNJ (Johnson & Johnson) — Asrlarga teng tarixga ega, tibbiy uskunalar va farmatsevtika ishlab chiqaruvchi barqaror konglomerat. 3️⃣ $MRK (Merck & Co.) — Onkologiya, immunologiya va yuqumli kasalliklarga qarshi dori vositalari yaratish bo'yicha dunyo yetakchilaridan biri. 👇 To'liq ro'yxatni hoziroq pastdagi PDF fayl orqali bepul yuklab oling va kuzatuv ro'yxatingizga (watchlist) qo'shib qo'ying!

TOP-12-Halol-Aksiya-Healthcare.pdf8.39 KB

Nega eng to'g'ri javob — Sog'liqni saqlash (Healthcare)? Odamlar iqtisodiy qiyinchilik paytida yangi telefon xarid qilishni yoki sayohatga chiqishni bemalol kechiktirishi mumkin. Ammo sog'liq — hech qachon tejab bo'lmaydigan, ortga surib bo'lmaydigan yagona ehtiyojdir! Dori-darmonlar, innovatsion tibbiy uskunalar va muolajalarga bo'lgan talab har qanday iqtisodiy sharoitda ham o'zining yuqori darajasini saqlab qoladi. 🔥 Aynan shu sababli, bugun soat 18:00 da maxsus maqola e'lon qilamiz! Maqolada ushbu barqaror sektorda faoliyat yuritadigan, fundamental jihatdan eng zo'r va shariat mezonlariga to'liq mos keluvchi TOP-12 HALOL AKSIYA ro'yxatini beramiz. ⚠️ Bildirishnomalarni yoqib qo'ying va soat 18:00 dagi postni o'tkazib yubormang!

Bozor qulasa ham pulingizni asrab qoladigan eng barqaror sektor qaysi?
Anonymous voting

📸 Yangi videoda bozordagi joriy holatni fundamental tahlil qildik:
🟣 Kutilmagan pasayish: Nega yil boshida kiberxavfsizlik aksiyalari birdaniga tushib ketdi? 🟣 AI omili: Sun'iy intellekt qanday qilib kiberxavfsizlikka bo'lgan ehtiyojni oshirib yubordi? 🟣 Emotsional xatolar: Qo'rquv va vahima sabab investorlar qaysi "noto'g'ri" aksiyalarga sarmoya kiritib qo'ymoqda?
Bozordagi asl vaziyatni tushunish va emotsiyaga berilib xato qilmaslik uchun videoni albatta ko'ring!@upliftuz