KAP DEPO
رفتن به کانال در Telegram
Официальный канал крупнейшей инвестиционной компании Узбекистана — KAP DEPO. Андеррайтер SPO АО «УзРТСБ» Андеррайтер IPO АО «Узбекинвест». Группа: https://t.me/+9L7GMBLbakY4NmQy @kapdepo_support. 55-511-02-02. kapdepo.com. @goinvestuz
نمایش بیشتر7 674
مشترکین
-824 ساعت
+707 روز
+44830 روز
آرشیو پست ها
7 675
🇺🇿📄 Рынок гособлигаций Узбекистана: итоги полугодия
Представляем обзор рынка государственных ценных бумаг Узбекистана за I полугодие 2026 года. В отчёте — динамика размещений, спроса и доходностей государственных облигаций.
🔎 Также наши аналитики рассмотрели изменения на вторичном рынке и основные тенденции в структуре спроса инвесторов.— 🇺🇿📄 O‘zbekiston davlat obligatsiyalari bozori: yarim yillik yakunlari O‘zbekiston davlat qimmatli qog‘ozlari bozorining 2026-yil I yarim yillik yakunlari bo‘yicha sharhini taqdim etamiz. Hisobotda davlat obligatsiyalarining joylashtirilishi, ularga bo‘lgan talab va daromadlilik dinamikasi yoritilgan.
🔎 Shuningdek, tahlilchilarimiz ikkilamchi bozordagi o‘zgarishlar va investorlar talabi tarkibidagi asosiy tendensiyalarni ko‘rib chiqdilar.📈 #облигации #анализ
7 675
🔥🥇 «НГМК» увеличил прибыль на 57% по итогам I полугодия
АО «Навоийский горно-металлургический комбинат» (НГМК) по итогам I полугодия 2026 года получил чистую прибыль в размере $2,4 млрд, что на 57,2% выше показателя за аналогичный период 2025 года.
📈 Выручка компании увеличилась с $4,7 млрд до $7,1 млрд, а валовая прибыль выросла с $2,9 млрд до $4,7 млрд. На этом фоне операционная прибыль увеличилась с $2,8 млрд до $4,5 млрд.
Рост финансовых результатов сопровождался увеличением стоимости произведённой продукции. В I полугодии НГМК выпустил продукцию на 86,2 трлн сумов против 60,8 трлн сумов годом ранее. Физический объём производства золота, напротив, снизился на 1,9%, до 1 508,8 тыс. унций.
💰 При этом общий объём заимствований НГМК сократился с $2,6 млрд до $2,3 млрд. Долгосрочные заимствования составили $1,7 млрд, а краткосрочные $570 млн.— 🔥🥇 ”NKMK” I yarim yillikda foydasini 57%ga oshirdi “Navoiy kon-metallurgiya kompaniyasi” AJ (NKMK) 2026 yil I yarim yillik yakunlariga ko‘ra $2,4 mlrd miqdorida sof foyda oldi. Bu 2025 yilning shu davriga nisbatan 57,2%ga ko‘pdir. 📈 Kompaniyaning tushumi $4,7 mlrddan $7,1 mlrdgacha, yalpi foydasi esa $2,9 mlrddan $4,7 mlrdgacha oshdi. Operatsion foyda ham $2,8 mlrddan $4,5 mlrdgacha ko‘tarildi. Moliyaviy natijalardagi o‘sish ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatining oshishi bilan ham kuzatildi. I yarim yillikda ”NKMK” 86,2 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqardi, bu bir yil avvalgi 60,8 trln so‘mga nisbatan yuqori. Shu bilan birga, oltin ishlab chiqarishning fizik hajmi 1,9%ga kamayib, 1 508,8 ming unsiyani tashkil etdi.
💰 ”NKMK”ning jami kredit va qarzlari esa $2,6 mlrddan $2,3 mlrdgacha qisqardi. Shundan $1,7 mlrd uzoq muddatli, $570 mln esa qisqa muddatli qarzlarni tashkil etdi.📈 #NGMK #отчет
7 675
📊 Еженедельный обзор, 21.09.2026-25.09.2026.
—
📊 Haftalik sharh, 21.09.2026-25.09.2026.
📈 #неделя #обзор
7 675
Repost from GO/INVEST
📢 Плановое обновление GOINVEST!
Уважаемые пользователи! В мобильном приложении GOINVEST будут проводиться плановые технические работы, направленные на улучшение сервиса и обновление серверной инфраструктуры. В связи с этим, 28.09.2026 могут наблюдаться кратковременные перебои в работе приложения с 20:00 до 24:00.
🔔 Мы приносим извинения за временные неудобства и благодарим вас за понимание.— 📢 GOINVEST'ning rejalashtirilgan yangilanishi! Hurmatli foydalanuvchilar! GOINVEST mobil ilovasini yaxshilash va server infratuzilmasini yangilashga qaratilgan rejalashtirilgan texnik ishlar amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan ilova ishida 28.09.2026 kuni soat 20:00 dan 24:00 gacha qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin.
🔔 Kelib chiqishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tushunganingiz uchun tashakkur bildiramiz.📱 | Чат | Instagram | LinkedIn | Сайт
7 675
Repost from GO/INVEST
Sooooooooooon)))
💛 GOINVEST 2.0 — investitsiyaning yangi darajasi!
🔴 Yangi, sodda va tushunarli dizayn
🔴 Tungi rejim — kechayu kunduz qulay
🏎 50% gacha tezroq ishlash
📲 Hisobni to‘ldirish — 0% komissiya
🔴 Yanada barqaror va ishonchli
__
💛 GOINVEST 2.0 — новый уровень инвестиций!
🔴 Новый, простой и понятный дизайн
🔴 Тёмная тема — комфортно днём и ночью
🏎 До 50% быстрее
📲 Пополнение счёта — 0% комиссии
🔴 Ещё стабильнее и надёжнее
📱 | Чат | Instagram | LinkedIn | Сайт
7 675
💡 Акции или облигации — что выбирать сейчас?
Многие акции на рынке уже находятся на высоких уровнях, поэтому потенциал быстрого роста в 2–3 раза выглядит менее очевидным. В таких условиях облигации могут стать интересной частью портфеля благодаря фиксированному купонному доходу.
🔎 На рынке уже появляются новые валютные и сумовые выпуски с доходностью от 8,5% до 24% годовых. В видео разбираем, на что сейчас стоит обратить внимание инвестору и почему облигации снова становятся актуальны.— 💡 Aksiyalar yoki obligatsiyalar — hozir qaysi birini tanlash kerak? Ko‘plab aksiyalar bozorda allaqachon yuqori darajalarda savdo qilmoqda. Shu sababli ularning 2–3 baravar tez o‘sish potensiali avvalgidek aniq ko‘rinmayapti. Bunday sharoitda obligatsiyalar belgilangan kupon daromadi orqali portfelning qiziqarli qismiga aylanishi mumkin.
🔎 Bozorda allaqachon yillik 8,5% dan 24% gacha daromadlilikni taklif qilayotgan yangi valyutaviy va so‘mdagi obligatsiyalar paydo bo‘lmoqda. Videoda hozir investor nimalarga e’tibor berishi va nima uchun obligatsiyalar yana dolzarb bo‘lib borayotgani haqida gaplashamiz.📈 #edu #рынок
7 675
🇺🇿💡 Как реформы меняют экономику Узбекистана
15 сентября OpenMarkets CME Group опубликовал материал о том, как реформы последних десяти лет изменили экономику Узбекистана. Среди ключевых изменений — валютная либерализация, рост роли частного бизнеса, упрощение внешней торговли и постепенное сокращение участия государства в экономике.
Реформы уже отражаются на темпах роста. По данным S&P Global, с 2017 года экономика Узбекистана росла в среднем примерно на 6% в год, а в 2025 году ВВП увеличился на 7,7%. На 2026 год прогнозируется рост на 8,1%. При этом страна продолжает реформировать крупные госпредприятия и банки.🥇 Для инвесторов отдельный интерес представляет сырьевой сектор. Узбекистан входит в топ-10 производителей золота в мире, является крупным производителем меди и занимает пятое место по добыче урана. Также страна располагает значительными запасами серебра, лития, вольфрама и редкоземельных металлов. 📈 Рост цен на сырьё поддержал экспорт: в 2025 году его объём увеличился на 23%, до $33,4 млрд. Экспорт золота вырос на 32%, до $9,9 млрд, и составил 29,3% всего экспорта страны. Однако высокая доля сырья в экспорте делает экономику чувствительной к мировым ценам. Поэтому Узбекистан развивает рынок деривативов, которые позволят компаниям страховать валютные и товарные риски.
🏛 Новый закон о рынке капитала предусматривает запуск фьючерсов, опционов, свопов и форвардов. Одновременно UZEX Global совместно с Phillip Capital развивает доступ узбекских компаний к международным товарным деривативам, включая инструменты CME Group. Для местного рынка это может стать ещё одним шагом к полноценной инфраструктуре управления рисками.— 🇺🇿💡 Islohotlar O‘zbekiston iqtisodiyotini qanday o‘zgartirmoqda 15-sentabr kuni “CME Group“ning “OpenMarkets“ nashri O‘zbekistonda so‘nggi o‘n yil davomida amalga oshirilgan islohotlar mamlakat iqtisodiyotini qanday o‘zgartirgani haqida maqola e’lon qildi. Unda valyuta liberallashuvi, xususiy sektor rolini kengaytirish, tashqi savdoni soddalashtirish va davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirish asosiy o‘zgarishlar sifatida qayd etilgan.
Islohotlar iqtisodiy o‘sish sur’atlarida ham o‘z aksini bermoqda. “S&P Global“ ma’lumotlariga ko‘ra, 2017-yildan buyon O‘zbekiston iqtisodiyoti yiliga o‘rtacha 6% atrofida o‘sdi, 2025-yilda esa YaIM 7,7% ga oshdi. 2026-yil uchun iqtisodiy o‘sish 8,1% darajasida prognoz qilinmoqda. Shu bilan birga, mamlakat yirik davlat korxonalari va banklarini isloh qilishni davom ettirmoqda.🥇 Investorlar uchun xomashyo sektori ham alohida qiziqish uyg‘otadi. O‘zbekiston oltin qazib olish bo‘yicha dunyodagi eng yirik 10 ta davlat qatoriga kiradi, mis ishlab chiqarishda yirik ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi va uran qazib olish bo‘yicha dunyoda beshinchi o‘rinda turadi. Shuningdek, mamlakat kumush, litiy, volfram va noyob yer metallari bo‘yicha katta zaxiralarga ega. 📈 Xomashyo narxlarining o‘sishi eksportni ham qo‘llab-quvvatladi: 2025-yilda O‘zbekiston eksporti 23% ga oshib, $33,4 mlrdni tashkil etdi. Oltin eksporti esa 32% ga o‘sib, $9,9 mlrdga yetdi va mamlakat umumiy eksportining 29,3% ini tashkil qildi. Biroq eksportda xomashyoning yuqori ulushi mamlakat iqtisodiyotini jahon bozoridagi narxlar o‘zgarishiga sezgir qiladi. Shu sababli O‘zbekiston kompaniyalarga valyuta va xomashyo narxlari bilan bog‘liq xatarlarni himoyalash imkonini beradigan derivativlar bozorini rivojlantirmoqda.
🏛 Yangi kapital bozori to‘g‘risidagi qonun fyucherslar, opsionlar, svoplar va forvardlarni joriy etishni nazarda tutadi. Shu bilan birga, “UZEX Global“ va “Phillip Capital“ hamkorligida o‘zbekistonlik kompaniyalarning xalqaro xomashyo derivativlari bozoriga, jumladan, “CME Group“da savdo qilinadigan instrumentlarga chiqish imkoniyatlari rivojlantirilmoqda. Bu mahalliy bozorda xatarlarni boshqarish infratuzilmasini rivojlantirish yo‘lidagi navbatdagi qadam bo‘lishi mumkin.📈 #экономика #мнение
7 675
⚖️🔵 Мировые инвестиции всё сильнее меняются под влиянием AI
В последние годы искусственный интеллект стал одним из главных факторов, влияющих на то, куда компании направляют капитал. Это уже заметно не только по инвестициям в AI, но и по энергетике, производству чипов и инфраструктуре.
💰 В 2026 году проекты в сфере возобновляемой энергетики привлекли $73,3 млрд новых инвестиций. Больше всего средств пришлось на солнечную энергетику, за ней следуют водород, другие чистые технологии и ветроэнергетика.
При этом инвестиции в возобновляемую энергетику немного снизились. Одной из причин стало сокращение интереса со стороны 🇺🇸американских компаний. США при этом остаются крупнейшим источником прямых иностранных инвестиций в мире.🛢 Параллельно $44,7 млрд получили проекты в угольной, нефтяной и газовой отрасли. Около 75% этой суммы приходится на одну газовую электростанцию в Огайо, которая строится для обеспечения электроэнергией нового дата-центра. AI влияет и на производство чипов. В 2026 году полупроводниковая отрасль привлекла $38,8 млрд инвестиций. Ещё $24,9 млрд направлено в транспорт и складскую инфраструктуру.
🌱 Всё это показывает, что развитие искусственного интеллекта требует гораздо больше, чем просто новых дата-центров. Растёт спрос на электричество, чипы, оборудование, электронные компоненты и логистику — и вместе с этим меняется направление мировых инвестиций.— ⚖️🔵 Jahon investitsiyalari tobora ko‘proq AI ta’sirida o‘zgarmoqda So‘nggi yillarda sun’iy intellekt kompaniyalar kapitalini qayerga yo‘naltirishiga ta’sir qilayotgan asosiy omillardan biriga aylandi. Bu jarayon nafaqat AI loyihalariga, balki energetika, chiplar ishlab chiqarish va infratuzilmaga kiritilayotgan investitsiyalarda ham ko‘rinmoqda. 💰 2026-yilda qayta tiklanuvchi energetika loyihalariga $73,3 mlrd yangi investitsiya jalb qilindi. Eng katta mablag‘ quyosh energetikasiga yo‘naltirildi. Undan keyingi o‘rinlarda vodorod, boshqa toza texnologiyalar va shamol energetikasi turibdi.
Shu bilan birga, qayta tiklanuvchi energetikaga investitsiyalar biroz kamaydi. Bunga sabablarning biri 🇺🇸AQSh kompaniyalarining ushbu yo‘nalishga qiziqishi pasaygani bo‘ldi. Shunga qaramay, AQSh dunyodagi eng yirik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar manbai bo‘lib qolmoqda.🛢 Ko‘mir, neft va gaz loyihalariga esa $44,7 mlrd investitsiya yo‘naltirildi. Ushbu mablag‘ning qariyb 7% Ogayo shtatida qurilayotgan gaz elektr stansiyasiga to‘g‘ri keladi. Stansiya yaqin atrofdagi yangi data-markazni elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun qurilmoqda. AI chiplar ishlab chiqarishiga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. 2026-yilda yarimo‘tkazgichlar sohasi $38,8 mlrd investitsiya jalb qildi. Yana $24,9 mlrd transport va ombor infratuzilmasiga yo‘naltirildi.
🌱 Bularning barchasi sun’iy intellekt rivoji faqat yangi data-markazlar qurilishini anglatmasligini ko‘rsatadi. Elektr energiyasi, chiplar, uskunalar, elektron komponentlar va logistika xizmatlariga talab ham oshmoqda. Shu bilan birga, jahon investitsiyalarining yo‘nalishi ham o‘zgarib bormoqda.📈 #ИИ #инвестиции
7 675
🇺🇿📈 Согласно сентябрьскому обзору Европейского банка реконструкции и развития (ЕБРР) «Региональные экономические перспективы», экономика Центральной Азии сохраняет высокие темпы роста, несмотря на внешние риски.
В регионе рост составил 5,9% в I полугодии 2026 года, а прогноз на весь год установлен на уровне 5,8%. В 2027 году ЕБРР ожидает замедления до 5,3%.🏆 Узбекистан остаётся одним из ключевых драйверов роста региона. ВВП страны увеличился на 8,5% год к году в I полугодии 2026 года. Основной вклад внес сектор услуг — 4,4 процентного пункта общего роста. Промышленное производство выросло на 8,8%, а объём торговли — на 13,5% год к году. Рост экономической активности сопровождался увеличением заработных плат на 18,4% и денежных переводов на 13%. ⚖️ При этом инфляция после замедления в мае вновь ускорилась и в июле достигла 6,4% годовых. На этом фоне Центральный банк сохраняет основную ставку на уровне 14% с марта 2025 года. ЕБРР прогнозирует рост реального ВВП Узбекистана на 7,5% в 2026 году и на 6% в 2027 году. При этом прогноз на 2026 год был повышен с 6,5%, которые ЕБРР закладывал в июньском прогнозе.
🔎 Среди ключевых рисков ЕБРР выделяет возможное замедление экономики России и продолжительные перебои с поставками российского топлива, которые могут усилить влияние высоких мировых цен на энергоносители.— 🇺🇿📈 “Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki“ning (YeTTB) sentabr oyidagi “Mintaqaviy iqtisodiy istiqbollar“ sharhiga ko‘ra, tashqi xatarlarga qaramay, Markaziy Osiyo iqtisodiyoti yuqori o‘sish sur’atlarini saqlab qolmoqda.
Mintaqada iqtisodiy o‘sish 2026-yilning I yarim yilligida 5,9%ni tashkil etdi. 2026-yil yakuni bo‘yicha prognoz 5,8%, 2027-yil uchun esa 5,3% darajasida belgilangan.🏆 O‘zbekiston mintaqadagi iqtisodiy o‘sishning asosiy drayverlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Mamlakat YaIM 2026-yilning I yarim yilligida yillik hisobda 8,5%ga o‘sdi. Umumiy o‘sishga eng katta hissa xizmatlar sektori tomonidan qo‘shilgan bo‘lib, uning hissasi 4,4 foiz bandini tashkil etdi. Sanoat ishlab chiqarishi 8,8%, savdo hajmi esa yillik hisobda 13,5%ga oshdi. Iqtisodiy faollikning o‘sishi ish haqlarining 18,4%ga, pul o‘tkazmalarining esa 13%ga ko‘payishi bilan birga kechdi. ⚖️ Shu bilan birga, may oyida sekinlashgan inflyatsiya iyul oyida yana tezlashib, yillik hisobda 6,4%ni tashkil etdi. Bunday sharoitda Markaziy bank asosiy stavkani 2025-yil mart oyidan buyon 14% darajasida saqlab kelmoqda. YeTTB O‘zbekiston real YaIMining 2026-yilda 7,5%, 2027-yilda esa 6%ga o‘sishini prognoz qilmoqda. Shu bilan birga, 2026-yil uchun prognoz YeTTBning iyun oyidagi prognozida qayd etilgan 6,5%dan 7,5%gacha oshirildi.
🔎 YeTTB asosiy xatarlar qatorida Rossiya iqtisodiyotining ehtimoliy sekinlashuvi hamda Rossiyadan yoqilg‘i yetkazib berishdagi uzoq davom etadigan uzilishlarni qayd etmoqda. Bu omillar jahon energetika resurslari narxlarining yuqoriligi ta’sirini yanada kuchaytirishi mumkin.📈 #экономика #ЕБРР
7 675
🔥💼 Biznes Finans разместит 8 октября облигации на 40 млрд сумов
МФО «Biznes Finans» зарегистрировала шестой выпуск сумовых облигаций на сумму 40 млрд сумов. Решение о выпуске было принято на собрании учредителей компании 6 августа 2026 года.
💵 Номинальная стоимость одной облигации составит 100 000 сумов, купонная ставка — 24% годовых. Срок обращения бумаг — 3 года, выплаты по купону предусмотрены ежемесячно.
Государственную регистрацию облигации прошли 22 сентября, а соответствующее объявление было опубликовано 23 сентября. Размещение бумаг планируется начать 8 октября, в четверг.
📊 История выпусков: 🔹 I выпуск (зарегистрирован в июле 2022 года): 10 млрд сумов, 27% годовых. 🔹 II выпуск (август 2023 года): 20 млрд сумов, 27% годовых. 🔹 III выпуск (ноябрь 2024 года): 30 млрд сумов, 27% годовых. 🔹 IV выпуск (июль 2025 года): 25 млрд сумов, 28% годовых. 🔹V выпуск (январь 2026 года): 10 млрд сумов, 27% годовых.— 🔥💼 “Biznes Finans“ 8-oktabr kuni 40 mlrd so‘mlik obligatsiyalarni joylashtiradi “Biznes Finans“ MMT 40 mlrd so‘m miqdoridagi oltinchi chiqarilishdagi so‘m obligatsiyalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Obligatsiyalarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror kompaniya ta’sischilarining 2026-yil 6-avgustdagi yig‘ilishida qabul qilingan edi. 💵 Bitta obligatsiyaning nominal qiymati 100 000 so‘m, kupon stavkasi esa yillik 24% etib belgilangan. Obligatsiyalarning muomalada bo‘lish muddati — 3 yil, kupon to‘lovlari esa har oy amalga oshiriladi. Obligatsiyalar davlat ro‘yxatidan 22-sentabr kuni o‘tkazilgan, tegishli e’lon esa 23-sentabr kuni e’lon qilingan. Qimmatli qog‘ozlarni joylashtirishni 8-oktabr, payshanba kuni boshlash rejalashtirilgan.
📊 Emissiyalar tarixi: 🔹 I emissiya (iyul 2022 ro'yxatga olingan): 10 mlrd so‘m, 27% yillik. 🔹 II emissiya (avgust 2023): 20 mlrd so‘m, 27% yillik. 🔹 III emissiya (noyabr 2024): 30 mlrd so‘m, 27% yillik. 🔹 IV emissiya (iyul 2025): 25 mlrd so‘m, 28% yillik. 🔹 V emissiya (yanvar 2026): 10 mlrd so‘m, 27% yillik.📈 #BFMT #облигации
7 675
📄🏦 Аналитический отчёт по рейтингу «Anor Bank»
Подготовили аналитический отчёт по «Anor Bank» после снижения рейтинга Fitch Ratings.
Разобрали, что именно привело к пересмотру рейтинга, как быстрый рост кредитного портфеля повлиял на капитал и качество активов банка и какие условия могут определить дальнейшую динамику рейтинга.
🔎 В отчёте также рассмотрели план банка по восстановлению капитала и факторы, которые Fitch будет учитывать при дальнейшей оценке кредитоспособности банка.— 📄🏦 “Anor Bank“ reytingi bo‘yicha tahliliy hisobot “Fitch Ratings“ tomonidan “Anor Bank“ reytingi pasaytirilganidan so‘ng, bank bo‘yicha tahliliy hisobot tayyorladik. Unda reytingning pasayishiga olib kelgan omillar, kredit portfelining tez o‘sishi kapital va aktivlar sifatiga qanday ta’sir qilgani hamda reytingning keyingi dinamikasini belgilashi mumkin bo‘lgan shartlarni ko‘rib chiqdik.
🔎 Shuningdek, bankning kapitalni tiklash rejasi va “Fitch“ bankning kredit qobiliyatini keyingi baholashda e’tibor qaratadigan asosiy omillarni tahlil qildik.📈 #Anorbank #анализ #рейтинг
7 675
🌱🏛 Капитализация рынка ценных бумаг Узбекистана превысила $25 млрд
За последние два года капитализация рынка ценных бумаг Узбекистана выросла более чем в три раза и превысила $25 млрд.
Об этом 17 сентября сообщил председатель Национальной ассоциации инвестиционных институтов (НАИИ) Анвар Ирчаев на VIII международной конференции Cbonds «Рынок капитала Республики Узбекистан», передает Spot.
📈 По словам Ирчаева, рост рынка сопровождается изменениями в законодательстве, расширением доступа к международным рынкам капитала и увеличением интереса со стороны иностранных инвесторов.При этом заметно вырос и оборот внебиржевого рынка — за последние два года он увеличился более чем в 40 раз. 💼 Параллельно на рынке появляются новые инструменты, включая исламские ценные бумаги и валютные облигации. Для иностранных инвесторов также упрощается доступ к узбекским ценным бумагам за счёт изменений в работе с номинальными держателями. Отдельное внимание уделяется развитию связей узбекских брокеров с международными финансовыми институтами. После поездки представителей отрасли в 🇭🇰Гонконг планируются аналогичные визиты в 🇬🇧Лондон и 🇩🇪Франкфурт.
💡 В совокупности эти изменения указывают на постепенное расширение инфраструктуры и инструментов локального рынка капитала, а также на его дальнейшую интеграцию с международными финансовыми рынками.— 🌱🏛 O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozorining kapitallashuvi $25 mlrddan oshdi So‘nggi ikki yil ichida O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozorining kapitallashuvi uch baravardan ko‘proqqa oshib, $25 mlrddan yuqori bo‘ldi. Bu haqda 17-sentabr kuni Kapital bozori bo‘yicha Cbonds’ning VIII xalqaro konferensiyasida Investitsiya institutlari milliy assotsiatsiyasi (IIMA) raisi Anvar Irchayev ma’lum qildi, deb xabar beradi Spot.
📈 Irchayevning so‘zlariga ko‘ra, bozorning o‘sishi qonunchilikdagi o‘zgarishlar, mahalliy emitentlarning xalqaro kapital bozorlariga chiqishi hamda xorijiy investorlarning qiziqishi ortishi bilan birga kechmoqda.Shu bilan birga, birjadan tashqari bozordagi aylanma ham sezilarli darajada oshgan — so‘nggi ikki yil ichida ushbu ko‘rsatkich 40 baravardan ko‘proqqa o‘sdi. 💼 Bozorda yangi moliyaviy instrumentlar ham paydo bo‘lmoqda. Ular qatorida islomiy qimmatli qog‘ozlar va valyutadagi obligatsiyalar bor. Xorijiy investorlar uchun O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlariga kirish imkoniyatlari ham kengaymoqda — nominal egalovchilar bilan ishlash bo‘yicha tartiblarning soddalashtirilishi bunga xizmat qilmoqda. O‘zbekiston brokerlarining xalqaro moliya institutlari bilan aloqalarini rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Soha vakillarining 🇭🇰Gonkongga tashrifidan so‘ng 🇬🇧London va 🇩🇪Frankfurtga ham shu kabi tashriflarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
💡 Umuman olganda, ushbu o‘zgarishlar O‘zbekiston kapital bozori infratuzilmasi va moliyaviy instrumentlarining kengayib borayotganini, shuningdek, mahalliy bozorning xalqaro moliya bozorlariga integratsiyasi kuchayayotganini ko‘rsatadi.📈 #НАИИ #рынок #Cbonds
7 675
🔥✈️ Moody’s Ratings впервые присвоило «АГМК» долгосрочный корпоративный рейтинг «Ba2». Прогноз по рейтингу установлен на уровне «стабильный».
Агентство отмечает, что по итогам 2025 года выручка «АГМК »составила $4,2 млрд, а скорректированный Moody’s EBITDA — $2,0 млрд. Показатель валового долга к EBITDA составил 1,8x, а отношение (EBITDA – Capex) / процентные расходы — 5,1x.
При этом Moody’s ожидает умеренное ухудшение кредитных показателей на фоне масштабной инвестиционной программы.🇺🇿🏭 «АГМК» обеспечивает около 5% ВВП Узбекистана и 5,8% доходов государственного бюджета. Компания производит 100% меди, 90% серебра и 20% золота страны. Запуск проекта Ёшлик I должен примерно удвоить производство меди и увеличить производство золота примерно на 70% с 2029 года после выхода проекта на полную мощность. При этом Moody’s указывает на риски, связанные с крупными капитальными затратами, ростом долговой нагрузки, волатильностью цен на металлы и курса доллара, а также высокой концентрацией производства на месторождении Калмакыр. 💡 Эксперты также отмечают развитие новой финансовой политики «АГМК», включая дивидендную, долговую и ликвидную политики. Компания планирует поддерживать показатель net debt/EBITDA на уровне до 2,5x в период инвестиционного цикла до 2030 года. Новая дивидендная политика с привязкой выплат к уровню долговой нагрузки ожидается к утверждению в 2027 году.
🏛 IPO «АГМК» запланировано на I полугодие 2027 года. На публичный рынок планируется вывести 10–15% акций компании.— 🔥✈️ “Moody’s Ratings“ ilk bor “OKMK“ga “Ba2“ darajasidagi uzoq muddatli korporativ kredit reytingini berdi. Reyting prognozi “barqaror“ darajada belgilandi. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil yakunlari bo‘yicha “OKMK“ning daromadi $4,2 mlrdni, “Moody’s“ tomonidan tuzatilgan EBITDA ko‘rsatkichi esa $2,0 mlrdni tashkil etgan. Yalpi qarzning EBITDAga nisbati 1,8x, (EBITDA – Capex) / foiz xarajatlari nisbati esa 5,1x bo‘lgan.
Shu bilan birga, “Moody’s“ keng ko‘lamli investitsiya dasturi fonida kompaniyaning kredit ko‘rsatkichlari o‘rtacha darajada yomonlashishini kutmoqda.🇺🇿🏭 “OKMK“ O‘zbekiston YAIMining qariyb 5%ini va davlat budjeti daromadlarining 5,8%ini ta’minlaydi. Kompaniya mamlakatdagi misning 100%ini, kumushning 90%ini va oltinning 20%ini ishlab chiqaradi. “Yoshlik I“ loyihasining ishga tushirilishi 2029-yildan boshlab, loyiha to‘liq quvvatga chiqqach, mis ishlab chiqarish hajmini qariyb ikki baravar oshirishi va oltin ishlab chiqarishni taxminan 70%ga ko‘paytirishi kutilmoqda. Shu bilan birga, “Moody’s“ yirik kapital xarajatlar, qarz yukining oshishi, metall narxlari va dollar kursining o‘zgaruvchanligi, shuningdek, ishlab chiqarishning Qalmoqir koniga yuqori darajada konsentratsiyalanganligi bilan bog‘liq xatarlarni qayd etmoqda. 💡 Ekspertlar, shuningdek, “OKMK“ning dividend, qarz va likvidlik siyosatini o‘z ichiga olgan yangi moliyaviy siyosati ishlab chiqilayotganini ta’kidlamoqda. Kompaniya 2030-yilgacha davom etadigan investitsiya sikli davrida net debt/EBITDA ko‘rsatkichini 2,5x dan oshirmaslikni rejalashtirmoqda. Dividend to‘lovlarini qarz yukiga bog‘lashni nazarda tutuvchi yangi dividend siyosatini 2027-yilda tasdiqlash kutilmoqda.
🏛 “OKMK“ IPO’si 2027-yilning I yarmiga rejalashtirilgan. Ochiq bozorga kompaniya aksiyalarining 10–15% qismini chiqarish ko‘zda tutilgan.📈 #AGMK #рейтинг #moodys
7 675
🔥😎 «Узбекинвест» достиг исторического максимума почти в 3 200 сумов
В ходе утренних торгов привилегированные акции «Узбекинвеста» на пике достигли 3 199 сумов, прибавив за день 12% и обновив очередной максимум.
🌱 С начала года рост акций на максимуме составил 113,41%, за последние 30 дней бумаги выросли на 38,48%, а за последние 12 месяцев на 155,92%.
Таким образом, за год стоимость акции увеличилась более чем в 2,5 раза.
⚖️ К 13:00 котировки скорректировались и стабилизировались в районе 3 000 сумов за акцию.— 🔥😎 “O'zbekinvest“ aksiyalari narxi qariyb 3 200 so‘mga yetib, tarixiy eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi Bugungi ertalabki savdolarda “O'zbekinvest“ning oddiy aksiyalari 3 199 so‘mgacha ko‘tarilib, bir kunda 12%ga o‘sdi va navbatdagi maksimumni yangiladi. 🌱 Yil boshidan buyon aksiyalar narxi maksimum darajada 113,41%ga, so‘nggi 30 kunda 38,48%ga, so‘nggi 12 oyda esa 155,92%ga oshdi. Shu tariqa, bir yil ichida aksiya qiymati 2,5 baravardan ko‘proqqa o‘sdi.
⚖️ 13:00 ga kelib kotirovkalar biroz korreksiyalanib, aksiya narxi 3 000 so‘m atrofida shakllanmoqda.📈 #UZINP #взлет
7 675
📊 Еженедельный обзор, 14.09.2026-18.09.2026.
—
📊 Haftalik sharh, 14.09.2026-18.09.2026.
📈 #неделя #обзор
