cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

MASTURA ABDURAIM QIZI (IJOD)

✔Muallif ijodi ✔Kitoblar ✔Sevimli musiqa Yozuvchi Mastura Bo'riyevaning mualliflik blogi. Murojaat uchun @MasturaAbduraimovna

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استزبان مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
پست‌های تبلیغاتی
178
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
اطلاعاتی وجود ندارد7 روز
اطلاعاتی وجود ندارد30 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

#Nasr #Qissa Birgalikda mutolaa qilamiz! PS: Aytgancha, yangilik bor! Men boshladim! "Yalmog'izning kundaligi" Nasib! @NasrNazmNavo
نمایش همه...
Mixail Bulgakov ITYURAK qissa.pdf9.12 KB
Biz boshladik..!
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Buni TINCHLIK deydilar... Ko'ngil tinchligi, Yurt tinchligi, Olam tinchligi... @NasrNazmNavo
نمایش همه...
#Hayrat Axtarib, qidirib, kovlashtirib, ishlov berib, tahliliy tekshiruvlar o'tkazib.., yaxshilikdan ham yomonlik topadigan odamlarga beixtiyor qoyil qolib ketasan kishi. Arxeolog bo'lib ketingey!
نمایش همه...
#Nasr #Yangi_hikoya - Мен ҳали кўнглим ҳақида сенга гапирмадимку, - деди Меркел ҳайрат ва соддалик билан. - Нега энди, келганингдан буён сўйлаб ўтирибдику, - деди Карл унинг тиниқ мовий кўзларига боқиб, - Кўзларинг.., денгиз каби шовуллаяпди улар...Дардлар бисёр, аламлар бисёр. Сен унинг ўзгинасисан...Оҳҳ...Карл бошини чангаллади. Меркел унунг қўлларидан оҳиста силади. -Ҳаммаси яхши, ўзингни қийнама азизим Карл! https://telegra.ph/TILLARANG-JOMADON-09-03
نمایش همه...
TILLARANG JOMADON

(Hikoya) Карл жуда истеъдодли ижодкор эди. У моҳир ҳайкалтарош бўлиб, асосан аёл табиати, руҳияти ва уларнинг нозик вужудида қўним топган бетакрор жозибасини яратишга бутун умрини сарфлаган десак муболаға бўлмасди. Карл ўрта бўйли, оқ юзли, қора қош - кўзли, хуллас атрофидаги гирдикапалак аёллар таъбири билан айтганда келишган ва ёқимтой бир йигит эди. Кимдир уни 25 - 30 ёш оралиғида, ҳали уйланмаган сўққабош йигитлигини айтса, бошқаси эса аллақачон 40 - 45 ни уриб қўйган, уйланиб хотинидан жудо бўлган бева…

#Ijod #Yangihikoya ...Chunki, haykaltarosh dilkash, ochiqyuzli inson bo'lishiga qaramasdan, odamovi va kamgap bo'lib, odatda murojaat qilishmasa ko'cha - kuyda yoki tez - tez tashkil etiladigan ko'rgazmalarida birov bilan suhbatlashib o'tirganini hech kim ko'rgan emasdi. Uning ko'zlari muloyim boqar, tub - tubida g'am - g'ussa, qayg'u in qurib olgandek ko'rinardi. Yana bir qarasangiz allaqanday quvlik ham ko'rinib ketgandek bo'lar, ammo ayollarni unga talpinib, mahliyo etadigan yana bir jihati timqora ko'zlaridagi ma'yuslik edi. Karlning muxlislari asosan ayollar bo'lib, Veneradan tortib Afroditagacha cho'zilgan ayol qiyofasi bor go'zalligini ifoda etagigan, mohirlik bilan bunyod bo'lgan san'at asarlarida har bir ayol o'zini qay bir jihatini ko'rgandek bo'lar, bu holat ularning haykaltaroshga bo'lgan mehr - muhabbatini yanada jo'shqinlantirar edi... Vanihoyat, boshladim! Nasib! @NasrNazmNavo
نمایش همه...
Beautiful Mess Kristian Kostov.mp32.85 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Ona vataning, o'z uyingda sog' - omon uyg'onib, oilang davrasida baxtni tuyib, tinchlik va xotirjamlik bilan uyquga ketishingni o'zi asl bayram emasmi..?!
نمایش همه...
03:43
Video unavailableShow in Telegram
#Navo #Bayrammuborak 📹 ШАХЗОД ГУРУХИ. "Эй азиз юртим!" Vatan haqidagi eng sevimli taronam! Adashmasam, 1997 - 98 yillarda eng xit taronaga aylangan edi. Azizlarim bayram muborak! Yurtimiz tinch, Ota - Onalarimiz sog' - omon, farzandlarimiz baxtli bo'lishsin! @NasrNazmNavo
نمایش همه...
ШАХЗОД ГУРУХИ. Эй азиз юртим.mp420.07 MB
#Nasr #Mutolaa Nodirabegim Ibrohimovaning "Haykallar" hikoyasi. Ijroda suxandon Dilshod Salomov(Bedil) Ushbu hikoya haqida ancha oldin eshitgandim. Ammo, qidirib topilmagandim. Kuni kecha muallifning sahifasiga qo'yildi. O'zgacha ruhdagi, mahorat bilan bitilgan ajoyib hikoya. Kichik hikoya keng qamrovli g'oyani o'z ichiga sig'dira olgan. Menda juda katta ta'sirot o'yg'otdi. Adibaning ko'plab qissa va hikoyalarini mutolaa qilganman, ammo, "Haykallar"ni barchasidan a'lo ko'rdim. Adiba Nodirabegim Ibrohimovaga ijodiy barkamollik tilab qolaman. "Haykallar"ga esse yozish niyati tug'ildi. Nasib! Marhamat! Tinglang va baho bering! @mittihaqiqatlar @Factorbooks @NasrNazmNavo
نمایش همه...
Haykallar.mp313.67 MB
#Nazm *** Rashk! Nima u? Tanimayman uni, hattoki, Bir bora o'tmaganman ko'chasidan ham. Hatto, suvratini ko'rmadim, Bir bor! Yig'lashadi, qilishadi hasrat, Bir olam ko'z yosh.(hayronman) "Topib oldim to'lov chekini, Oylik to'lov, katta xarajat. Bilaman(poyloqchilik qilganda ko'rganman uni) Bu o'sha - sariq sochli yalmog'iz, Sarviqomat, ofatijon!"- (Yig'laydi ovsinim diydiyo qilib) Izini poylaguncha, Ko'nglini poyla! Tilingni shirin qil! Yozg'iraverma! Turishingni qara, ering tugul, Meni ko'nglim ozmoqda!(buyog'i ovsinchilik) O'rgan(ovsinginam), masalan men Rashkni bilmayman! Tanimayman uni, ko'rmaganman hech... Qani, yoqangiz kirmasmi, dadajonisi? Ko'zlaringiz ma'yus, charchadingizmi? Keling azizim, oling, Shirin taom, qazak ham qildim. Barchasi siz uchun, achchiq solmadim.(yoqtirmaysiz bilaman axir) Sochlarimmi? Rahmat, siz uchun Bo'yatdim kecha. Uyaltirmang, Onam shunday, Chiroyli tuqqan! Damingizni oling! Men ungacha, Yuvib qo'yay loy tuflingizni, O'lsin qaysi ko'cha ekan, Balchiq qoplagan?! Ehtiyot bo'ling, tag'in yiqilib.., Najosat bo'lmasin... Xudo asrasin! Oshxonamdan pichoqni olib, U sevgan taomni boshlayman kechga. G'ingshiydi ovsinim(uyuga ketsachi, eriga boqsin) "Nima qilsam ekan, bering maslahat?!" Qiziq ekansizku, men qaydan bilay(changallayman pichoqni) Bunchalar rashkchisiz? Boring,qarang ro'zg'oringizga! Masalan men, rashkni bilmayman! Tanimayman uni, hatto o'tmaganman ko'chasidan ham... O'zim atir sepib qo'yaman, Oppoq yoqali ko'ylagini kiydirib, Toza tuflisini qo'yaman poyiga: Yaxshi boring, azizim, Ehtiyot bo'ling! Surinib netib yurmang(axir rang - barang "odamlar" ko'p ko'chada) Yaxshi boring, doim siz bilanman. Havotir olmang, faqat uyga qaytishingizni o'ylang!!! Tabassum aylayman, pichoqni sanchaman ho'l taxtakachga... Burdalayman uning go'shtini(y'ani qo'chqorning) Tayyorlayman u sevgan taom So'z demayman, ortiqcha, tamom!(Bilasizku, juda soddaman!) Ko'rdingizmi?! (Ovsinjon!) Men rashkni bilmayman! Tanimayman uni, Hattoki, o'tmaganman ko'chasidan ham, Hatto, suvratini ko'rmadim bir bor... Mastura. PS: Opamiz yozolmay qolib nimalarni aljirabdi dedingiz. Oq she'r(qofiyasiz) yozib ko'rdim. Qaysidir shoirning adashib yurgan ilhom parisini aldab chaqirib oldim. Har kim qo'lidan kelgan ishini qilsin ekan.😅Yozuvchi yozuvchiligini, shoir shoirligini... @NasrNazmNavo
نمایش همه...
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.