ADU ILMIY BO'LIM YANGILIKLARI
Andijon davlat universiteti ilmiy bo'limi yangiliklari Murojaatlar uchun: +99874 223 83 63
نمایش بیشتر744
مشترکین
+1024 ساعت
+477 روز
+11730 روز
- مشترکین
- پوشش پست
- ER - نسبت تعامل
در حال بارگیری داده...
معدل نمو المشتركين
در حال بارگیری داده...
Photo unavailableShow in Telegram
📢🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤
Imiy tadqiqot ishlari uchun eng foydali manbalar!
🔎Plagiatni aniqlashda yordam beradi (xorijiy tillarda) – http://turnitin.com/
✏️Milliy antiplagiat tizimi – http://antiplag.uz/
📋Qayta yozish va so‘zlarni ifodalash uchun platforma – http://quillbot.com/
🧩Siz yozmoqchi bo‘lgan fikrlarni yanada boyitib beruvchi sayt – http://wordtune.com/
📚Akademik ilmiy resurslar qidiruv tizimi. Bir milliarddan ortiq manbalar: ensiklopediyalar, monografiyalar va jurnallar – https://www.refseek.com/
📖10 milliondan ortiq ilmiy adabiyotlar bazasi: kitoblar, maqolalar, tadqiqot ishlari – https://link.springer.com/
🔍20 ming jahon kutubxonlari doirasidagi qidiruv tizimi. Eng noyob adabiyotlar manbai – https://www.worldcat.org/
📝Ingliz tilidagi ilmiy maqolani tekshirib beruvchi, grammatik va stilistik xatolarini ko‘rsatib, tuzatuvchi dastur – https://www.grammarly.com/
🟢Immunolog va Mikrobiologlar uchun foydalaniladigan ikonka va shablonlar – https://biorender.com/
🚀@aduilmiy
🚀@ADU_premium_scopus
00:44
Video unavailableShow in Telegram
#forum2024
O‘zbekiston-Qirg‘iziston rektorlarining II forumi boshlanish arafasidaForum Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida tashkil etilmoqda. “Zamonaviy bosqichda O‘zbekiston va Qirg‘izistonda oliy ta’lim va fanni rivojlantirish xususiyatlari” mavzusidagi anjumanda Qirg‘iziston Respublikasi Ta’lim va fan vaziri Dogdurkul Kendirbayeva boshchiligida tashrif buyurgan 30 ga yaqin yetakchi oliy ta’lim muassasasi rektorlaridan iborat delegatsiya va Oʻzbekiston tomonidan esa 30 dan ortiq oliygoh rahbarlari, vazirlik va idoralar masʼullari qatnashadi. Anjumanda ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari oʻrtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qoʻyish, professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvi, o‘zaro o‘quv jarayonlarini tashkil qilish, ta’lim sifatini oshirish, stajirovka o‘tash, malaka oshirish va ilmiy faoliyatdagi hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, turizm, geologiya, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, raqamlashtirish va sun’iy intellekt yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilinadi. Forum yakuni bo‘yicha O‘zbekiston va Qirg‘iziston rektorlari tomonidan o‘zaro hamkorlik doirasida 30 ga yaqin anglashuv memorandumi, bitim va yo‘l xaritalari imzolanishi kutilmoqda. Shuningdek, anjuman doirasida mehmonlar Samarqand davlat universiteti, Samarqand davlat tibbiyot universiteti faoliyati va Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari bilan yaqindan tanishtiriladi. 👉На русском 👉In English
Bizni kuzatingFacebook | X | YouTube
01.mp427.08 MB
Photo unavailableShow in Telegram
❤️🔥❤️🔥❤️🔥💙💙💙
Bugun 16-iyul kuni soat 14:00 da!!!
Mavzu: Adolatsiz nashriyot faoliyatlari
Tezislar: Vebinarda biz yirtqich nashrlarning turlari va xususiyatlari, ularga qurbon bo'lmaslik usullarini ko'rib chiqamiz, shuningdek, so'nggi yillarda paydo bo'lgan va nafaqat tuzatib bo'lmaydigan, balki olimlarning obro‘siga, ilmiy muassasa va hatto mamlakatga ham zarar yetkazadigan adolatsiz nashriyot faoliyatlariga alohida e'tibor qaratamiz. Keling, Web of Science Core Collection-da nashrning indekslanishini qanday tekshirishni bilib olaylik.
⏰Vaqti: 14:00–14:45
📋Registratsiyadan o’tish havolasi:
https://us02web.zoom.us/webinar/register/WN_TECzOwh5SjSVlQK7Id94EA
Manba: @Web_of_Science_Uz
Ma'lumot: @aduilmiy
Repost from Yoshlar ishlari agentligi
02:41
Video unavailableShow in Telegram
“El-yurt umidi” jamg‘armasidan navbatdagi tanlov!
⚡️“El-yurt umidi” jamg‘armasi xorijiy davlatlar nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta’lim olish uchun 500 o‘ringa mo‘ljallangan 2024-yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovini e’lon qiladi!
➡️Batafsil: www.eyuf.uz
“El-yurt umidi” jamg‘armasi yurtimizning umidi, ishonchi va tayanchi bo‘lgan Siz yoshlarni ochiq stipendiya tanlovida kutib qoladi!Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
21.95 MB
Repost from ADU ILMIY BO'LIM YANGILIKLARI
Ozarbayjon konferensiyasi: filologiya, tarix, sotsiologiya fanlari (umuman, ijtimoiy-gumanitar fanlar) bo'yicha.
Deadline: 20-iyul 2024.
Turk, ingliz va rus tillarida
Konferensiya havolalari:
https://folklor.az/az/news/212
https://science.gov.az/az/news/open/29120
Manba: @aduilmiy
Batafsil: https://t.me/aduilmiy/1721
“Türk dünyasında milli kimlik və mədəni irs” mövzusunda III Beynəlxalq Türkoloji Konqres keçiriləcək
Konqres haqqında məlumat üçün klikləyin
Repost from Doktorantlar va ilmiy izlanuvchilar | PhD, DSc
Мақсадли докторантура — бир олий таълим ёки илмий муассаса учун етишмаётган илмий даражали кадрларни бошқа муассасада шартнома асосида тайёрлаш.
Мақсадли докторантурага номзодлар буюртмачи ташкилот томонидан тавсия этилади. Бунда, бир ўринга юборилаётган номзодларнинг сони қоида тариқасида камида икки нафар бўлиши лозим.
Мақсадли докторантурага ўқиш учун талабгорлардан ҳужжатлар олий таълим ва илмий-тадқиқот муассасаси қабул комиссияси томонидан ҳар йили 15 сентябрдан 15 октябргача бўлган даврда қабул қилинади.
Докторантурани муваффақиятли якунлаган шахс уни ўқишга юборган буюртмачи ташкилотда камида уч йил ишлаб бериши лозим.
Каналга уланиш
@ILM_NUR_2020
Photo unavailableShow in Telegram
🎯 #OAK ro'yxatidagi jurnal #ВАК рўйхатидаги журнал
📚 “Ilmiy xabarnoma – Scientific Bulletin” jurnali
ISSN 2181-1563
✅ Gumanitar tadqiqotlar
✅ Pedagogik tadqiqotlar
✅ Kimyo tadqiqotlari
✅ Biologik tadqiqotlar
💯 OAK tomonidan 100% tan olinuvchi jurnal
🌐 Jurnalning rasmiy veb-sayti: https://ilmiyxabarnoma.uz
🚀Murojaat: @akromakbarovich
📱Telegram: @aduilmiy
📱Ma’lumot: https://t.me/aduilmiy/1732
Илмий тадқиқот билан шуғулланувчилар диққатига!
Андижон давлат университети муассислигидаги “Илмий хабарнома” журналида мақолаларингиз билан қатнашинг.
Журнал фалсафа, тарих, филология, педагогика, биология фан соҳалари бўйича ОАК рўйхатига кирган.
Журнал учта -“Гуманитар тадқиқотлар” (1 йилда 4 та сон), “Педагогик тадқиқотлар” (1 йилда 2 та сон) ҳамда “Биологик тадқиқотлар” (1 йилда 2 та сон) – серия шаклида чоп қилинади.
Мақолалар журнал талабларига мос тарзда расмийлатирилиши, фан соҳасининг долзарб мавзуларида ёзилган бўлиши лозим.
Мақола плагиатдан мутлақо ҳоли бўлиши, ўзгалар фикридан амалдаги тартибларга мувофиқ фойдаланилган бўлиши шарт!
Мақоллар йил давомида узлуксиз қабул қилинади.
Таҳририятга келган мақолаларнинг расмийлаштирилиши талабга мувофиқ бўлмаса, камчиликлари кўрсатилиб, қайта ишлаш учун муаллифга қайтарилади. Расмийлаштирилиши талабга мувофиқ бўлгачгина мақола таҳририят томонидан қабул қилинган ҳисобланади.
Қабул қилинган мақола антиплагиат дастурида текширилади.
Плагиат ҳолати аниқланган мақолалар (ўзлаштириб олиш ҳажмидан қатъи назар) рад қилинади.
Антиплагиат текширувидан ўтган мақолалар соҳа мутахассисларига тақризга берилади, ижобий тақриз олган мақолалар навбатдаги энг яқин сонга киритилади.
Мақолалар бепул чоп қилинади.
Расмийлаштириш талаблари билан ilmiyxabarnoma.uz сайтида танишишингиз мумкин.
Журнал таҳририяти
Манба: @aduilmiy
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish masalalari bo‘yicha «OAK Byulleteni» jurnali
📚Yillar kesimida: 2016-2024
«OAK Byulleteni» jurnalida izlanuvchilarning dissertatsiya tadqiqotlari mavzulari, dissertatsiya annotatsiyasi bilan birgalikda doktorlik dissertatsiyalari himoya qilinishi, talabgorlarga ilmiy darajalar berilishi hamda ilmiy unvonlar berilishi to‘g‘risidagi axborot va boshqa ma’lumotlar ham beriladi. «OAK Byulleteni» jurnali o‘z xarajatlarini o‘zi qoplash asosida nashr etiladi.
Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazishda ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash maqsadida OAK faoliyati masalalari OAK veb-saytida va «OAK Byulleteni» jurnalida yoritiladi.
Sayt havolasi: https://oak.uz/pages/28
Manba: @aduilmiy
Repost from Doktorantlar Official || PhD, DSc
Photo unavailableShow in Telegram
Avstraliyaning nufuzli universitetida magistratura va doktorantura bosqichini o'qish uchun grant dasturi — Monash Graduate Scholarship
Talablar
— Nomzodlar yuqori akademik ko'rsatkichlarga ega bo'lishlari lozim, chunki saralash jarayonida shunga e'tibor qaratiladi;
— Magistratura uchun bakalavr bosqichini, doktorantura uchun esa magistraturani yakunlagan bo'lish zarur;
— Qatnashchilardan xalqaro til bilish sertifikati talab qilinadi, til talablari nomzod tanlagan yo'nalishi va bosqichiga qarab farq qiladi.
Foydali tomonlari
— Talabalarga har oy stipendiya beriladi;
— Saralab olingan nomzodlarga ko'chib kelib joylashish uchun mablag' ajratiladi;
— Xalqaro talabalar ushbu grant bilan birga kontrakt xarajatlari qoplanadigan grantlarni ham qo'lga kiritishlari mumkin bo'ladi.
Oxirgi muddat
31.08.2024
📌Rasmiy havola: https://www.monash.edu/study/fees-scholarships/scholarships/find-a-scholarship/monash-graduate-scholarship-mgs
📥Hujjat topshirish: https://www.monash.edu/graduate-research/study/apply/application/guide#/
#grantlar_va_stipendiyalar #qisman_moliyalashtiriladi #Avstraliya
Ⓜ️grantgouz
@doktorantlarofficial
@doktorantlarofficial_group
یک طرح متفاوت انتخاب کنید
طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.