fa
Feedback

فریب کلاهبرداران را نخورید! تل‌متریو این کانال‌ها را شناسایی و برچسب‌گذاری می‌کند 👉 برای مشاهده برچسب، اشتراک تهیه کنید

Alfa Kimyo | Tojiboyev Abbosbek

Alfa Kimyo | Tojiboyev Abbosbek

رفتن به کانال در Telegram

📍 Toshkent shahar, Registon Yakkasaroy 📞 Aloqa uchun: +998 93 584-27-00 Instagram ⇩ https://www.instagram.com/alfa_kimyo YouTube ⇩ https://youtube.com/@alfa_kimyo

نمایش بیشتر
1 639
مشترکین
-624 ساعت
-197 روز
-8330 روز
آرشیو پست ها
0.33 KB

Uydagilar ko’rmasin, ruknidan😂 🔘 @xushnudbekuz

Kimyo o’qishni o’zi qiyin edi. Endi sertifikatga registratisiya qilish bunaqa qiyin😁

Toshkent shahridagilar. Nurafshonda bo’sh joylar bor ekan

Agar sanasi chiqmasa qoralamalarni o'chirib qayta kiringlar

Ishlayapti!
Ishlayapti!

پیام صوتی00:32

Dastur va saytda haligacha muammo bor. Ro’yhatdan o’tganlar bormi?
Dastur va saytda haligacha muammo bor. Ro’yhatdan o’tganlar bormi?

Uxlayveringlar! Всем спать

Hay mayli
Hay mayli

Meni izlab ovora bo’lmang Topolmaysiz…
Meni izlab ovora bo’lmang Topolmaysiz…

Hamma my gov da hozir Serverga nagruzka boldi shekilli qotib qoldi

Kimyo fanidan limit
Kimyo fanidan limit

1,2-dimetil 3-(ikkilamchi)butil siklogeksan ✅

#Motivatsiya Yozilgan bo’lsa, nasib qiladi baribir(#) 𝐀𝐥𝐟𝐚 𝐊𝐢𝐦𝐲𝐨

#Qiziqarli Rasmdagi yog’och tokchani sistematik nomenklatura bo’yicha nomlang 𝐀𝐥𝐟𝐚 𝐊𝐢𝐦𝐲𝐨
#Qiziqarli Rasmdagi yog’och tokchani sistematik nomenklatura bo’yicha nomlang 𝐀𝐥𝐟𝐚 𝐊𝐢𝐦𝐲𝐨

0.33 KB

Organik kimyo: Galogenalkanlarning asosiy 11 ta reaksiyasi 🧪 1️⃣ Alkanlar olinishi (Vyurs reaksiyasi) Galogenalkanlarga metall natriy ta'sir ettirilganda uglerod zanjiri uzayadi va simmetrik alkanlar olinadi. Tenglama: 2CH3-Cl + 2Na -> CH3-CH3 + 2NaCl 2️⃣ Alkenlar olinishi (Degidrogalogenlanish) Galogenalkanga ishqorning spirtli eritmasi ta'sir ettirilganda Zaysev qoidasiga asosan qo'shbog' hosil bo'ladi. Tenglama: CH3-CH(Cl)-CH2-CH3 + KOH (spirtli) -> CH3-CH=CH-CH3 + KCl + H2O 3️⃣ Spirtlar olinishi (Gidroliz) Galogenalkanga ishqorning suvli eritmasi ta'sir ettirilganda galogen atomi gidroksil (OH) guruhiga almashadi. Tenglama: CH3-Cl + KOH (suvli) -> CH3-OH + KCl 4️⃣ Aminokislotalar sintezi α-galogen almashtirilgan karbon kislotalarga mo'l ammiak ta'sir ettirilganda galogen o'rniga amin guruh kiradi. Tenglama: CH2(Cl)-COOH + 2NH3 -> CH2(NH2)-COOH + NH4Cl 5️⃣ Fenol olinishi Galogenbenzollarga qattiq sharoitda (yuqori harorat va bosim) ishqor ta'sir ettirilib, fenol olinadi. Tenglama: C6H5-Cl + NaOH (t, p) -> C6H5-OH + NaCl 6️⃣ Aromatik spirtlar sintezi Yon zanjirida galogen tutgan aromatik birikmalarga ishqorning suvli eritmasi ta'sir ettirilganda aromatik spirtlar olinadi. Tenglama: C6H5-CH2-Cl + NaOH (suvli) -> C6H5-CH2-OH + NaCl 7️⃣ Oddiy efirlar olinishi (Vilyamson sintezi) Galogenalkanlarga spirtlarning ishqoriy metalli tuzlari (alkogolyatlar) ta'sir ettirilganda oddiy efirlar hosil bo'ladi. Tenglama: C2H5ONa + CH3Cl -> C2H5-O-CH3 + NaCl 8️⃣ Karbon kislotalar olinishi Kislota xlorangidridlariga suv ta'sir ettirilganda ular oson gidrolizlanib, tegishli karbon kislotalarni hosil qiladi. Tenglama: CH3-COCl + H2O -> CH3-COOH + HCl 9️⃣ Aminlar olinishi (Gofman reaksiyasi) Galogenalkanlarga ammiak ta'sir ettirilganda birlamchi aminlar hosil bo'ladi. Tenglama: CH3-Cl + 2NH3 -> CH3-NH2 + NH4Cl 🔟 Nitrillar olinishi (Sianlanish) Galogenalkanlarga ishqoriy metallarning sianidlari ta'sir ettirilganda zanjir bitta uglerodga uzayib, nitrillar olinadi. Tenglama: CH3-Cl + KCN -> CH3-CN + KCl 1️⃣1️⃣ Murakkab efirlar sintezi Galogenalkanlarga karbon kislotalarning natriyli yoki kaliyli tuzlari ta'sir ettirilganda murakkab efirlar hosil bo'ladi. Tenglama: CH3-COONa + CH3-Cl -> CH3-COO-CH3 + NaCl YouTube’da video holatda ham tayyorlaganman: 1-qism 2-qism 𝐀𝐥𝐟𝐚 𝐊𝐢𝐦𝐲𝐨

Repost from Edu.uz
#Qabul2026 #Qoraqalpoq_yoshlari #Maqsadli_qabul Qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha davlat grantiga ro‘yxatda
#Qabul2026 #Qoraqalpoq_yoshlari #Maqsadli_qabul Qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha davlat grantiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi 2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilgan qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun maqsadli qabul parametrlari (qo‘shimcha grant o‘rinlari) doirasida tanlovda qatnashish imkoniyati yaratildi. Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni 2026-yil 2–6-oktyabr kunlari my.uzbmb.uz platformasi orqali amalga oshiriladi. Nomzodlar my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabineti orqali o‘zlari tavsiya etilgan oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha maqsadli tanlovda ishtirok etishga rozilik bildirib ro‘yxatdan o‘tishlari lozim. 📝 Tanlovda ishtirok etish talablari: ▪️Kirish imtihonlarida 68,0 va undan yuqori ball to‘plagan bo‘lish; ▪️Kunduzgi ta’lim shakliga to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilgan bo‘lish; ▪️Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashash; ▪️Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlarini aynan Qoraqalpog‘iston hududida tamomlagan bo‘lish. Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarning to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda tanlov qaydnomalari chop etiladi hamda 2026-yil 10-oktyabrga qadar tegishli oliy ta’lim tashkilotlariga yetkaziladi. Facebook | Instagram | YouTube|Telegram