e-dars CG | Blender
رفتن به کانال در Telegram
Kompyuter grafikasi, Blender, Unity va Unreal Engine kabi dasturlarni biz bilan o'rganing. Admin: @edars_admin
نمایش بیشتر1 065
مشترکین
+124 ساعت
-47 روز
-2730 روز
آرشیو پست ها
1 065
Repost from N/a
Environment shots🏞🌄
Softwares: Blender, Nuke
|ArtStation |telegram |BlenderArtists |Instagram | Youtube
1 065
Blenderda yasagan 3D modellaringizni portfolio va ish olish uchun freelance va boshqa platformalarga muvaffaqiyatli joylashtirish uchun nimalarga e'tibor berish kerak?
Quyidagilarga e'tibor bering:
- loyihangiz chiroyli va ko'zga yoqimli bo'lishi kerak, sifatli renderlar qilish kerak
- faqat renderlarni emas, wireframe va yasalish jarayonidan namunalarni ham rasm sifatida joylashtirish kerak (asosiy renderlardan keyin)
- modellarni topologiyasi toza bo'lishi kerak, yuzalari normallari to'g'ri bo'lishi kerak
- materiallar, teksturalar va albatta UV orqali berilgan bo'lishi kerak
- model iloji boricha optimizatsiya qilingan bo'lishi kerak, hech qanday yashirin syurpriz bo'lishi kerak emas. Sahnada ko'rinib turgan modellardan boshqa barcha narsani o'chirish kerak
- modelning o'lchamlariga e'tibor berish kerak, real hayotiy o'lchamlarda modellashtirishga harakat qilish kerak
- Object mode da barcha modellar 1:1 scale da bo'lishi kerak
- iloji boricha barcha modifier lar apply qilingan bo'lishi kerak (backup olgandan keyin)
- sahnadagi barcha modellar materiallar va teksturalar mohiyatiga ko'ra nomlangan bo'lishi kera (cube.001 emas car_bumper, material.047 emas, car_body_paint va hkz.)
- modelni saytga joylashdan oldin iloji boricha turli formatlarga export qilish kerak (masalan .fbx, .obj, .glb va hkz.)
- teksturalarni alohida zip papkaga joylashtirish kerak (masalan textures.zip)
va albatta qaysi saytga joylayotgan bo'lsangiz o'sha saytning alohida talablari bilan tanishib chiqib ularga ham moslashtirish kerak.
Qo'shimcha, biz model yasab sotish bilan shug'ullanmaganmiz va hozir ham shug'ullanmaymiz va bu yo'nalish juda raqobatga to'la va hozirgi kunda daromad manbai sifatida qarash katta tavakkalchilik deb hisoblaymiz.
3D modellaringizni portfolio va freelance saytlardan ish olish maqsadida saytlarga joylashtirish sizga manfaatliroq bo'ladi deb o'ylaymiz.
@edars_cg
1 065
Bugun chegirmaning OXIRGI KUNI - shoshiling, bunday narxlar yaqin orada boshqa bo'lmaydi!
3D va animatsiya bo'yicha o'zbek tilidagi eng sifatli video kurslarni katta chegirma bilan sotib olishga ulguring!
Video kurslar haqida barcha ma'lumotlar
👉🏻 https://t.me/edars_uz
Video kurslarimiz bo'yicha savollaringiz bormi?
Javoblar: 👉🏻 https://t.me/edars_uz/14
1 065
Chegirmalar tugashiga 2 kun qoldi - shoshiling, bunday narxlar yaqin orada boshqa bo'lmaydi!
3D va animatsiya bo'yicha o'zbek tilidagi eng sifatli video kurslarni katta chegirma bilan sotib olishga ulguring!
Video kurslar haqida barcha ma'lumotlar
👉🏻 https://t.me/edars_uz
Video kurslarimiz bo'yicha savollaringiz bormi?
Javoblar: 👉🏻 https://t.me/edars_uz/14
1 065
Video o'yinlarga qiziquvchilar nechtamiz?
(Video o'yin yaratishga qiziquvchilar yoki video o'yin ko'p o'ynaydiganlar, bosvoringlar) Ushbu pollni tanishlarga yuboring, o'zimizga o'xshaydiganlarni toparmiz balki.
1 065
Chegirmalar tugashiga 3 kun qoldi.
3D va animatsiya bo'yicha o'zbek tilidagi eng sifatli video kurslarni katta chegirma bilan sotib olishga ulguring!
Video kurslar haqida barcha ma'lumotlar
👉🏻 https://t.me/edars_uz
1 065
Barchangizni kirib kelayotgan yangi 2026 - yil bilan tabriklaymiz!
Videokurslarimizga yangi yil chegirmlarini e'lon qilamiz 🎅
Hozirda bizda Blender bo'yicha 3 ta, Unreal Engine bo'yicha 1 ta va After Effects bo'yicha 1 ta, jami 5️⃣ ta videokurslar mavjud.
Chegirmalar:
1 ta kurs:
❌ 799 000
✅ 499 000 so'm
Istalgan 3 ta kurs:
❌ 2 400 000
✅ 1 299 000 so'm
Istalgan 4 ta kurs:
❌ 3 600 000
✅ 1 499 000 so'm
Barcha 5 ta kurs:
❌ 4 000 000
✅ 1 597 862 so'm
Chegirmalar
27 dekabr 2025 dan
7 yanvar 2026 gacha
davom etadi.
Videokurslarimiz haqida batafsil ma'lumotlar ↗️
📲 Buyurtma berish: @edars_admin
(Kurslar online yetkazib beriladi)
1 065
Repost from Barzu Ibrohimov
Tasavvur qiliiib yotadigan vaqt.
Shu vaqtda tog'dasiz (yo'q, chimyon emas, odam kamroq tog' yoki o'rmon), kichik chayla, oldida olov bor, olov yonidagi toshni ustiga o'tiriiib, olovni, boyo'g'li (ukki) ni va boshqa tabiat jonzotlarini uzooqdan kelayotgan ovozlarini eshitiiib..., ba'zida olovga o'tin tashlab qo'yasiz, osmonga qaraaab, o'rmonni yengil tungi shabadasida, toza havodan chuqur chuqur nafas oliib, o'tiribsiz (yo'q, hech qanaqa kofe-pofe, gitara-pitara yo'q, faqat siz, tun, tabiat, balki bir oz go'sht yoki cho'qqa tashlangan kartoshka), ba'zida uzoqdagi miltillab turgan yulduzlarni oralab uchib o'tgan 'yulduzcha' ga ko'zingiz tushadi, uxlagingiz kelmaydi...
Tosh davrida tug'ilganlar hozirgi odamlardan ancha baxtliroq bo'lishgan bo'lsa ajab emas ;)
Video AI + shaxsiy ijodiy mehnat mahsuli
@barzuibrohimov
1 065
Repost from Barzu Ibrohimov
Biznikilaga 'o'yin sohasi' desang ensasi qotadi yoki 'neseryozno' qarashadi.
O'yin sohasi / o'yin sanoati hozirgi kunda dunyo bo'yicha musiqa, animatsiya va film sanoatlarini qo'shib hisoblaganda ulardan ikki barobar ko'proq kapitalga ega soha.
Albatta raqobat ham shunga yarasha, lekin ushbu soha bozori 2030 yilgacha taxminan yarim trillion dollarga yetishi kutilyapti, bunaqa katta talab bilan bu sohada har qanday kreativga imkoniyat borligini tushunish qiyin emas.
Pul desang ko'zi ochiladi hammani, erkak sifat ovozga ega ayollarni ashulasini erkaklar ham aytib yurishadi, lekin o'yin sohasi desang mensishmaydi, qizig'a.
Ai da yasalgan mushukni velik uchganini videosini ko'rib yo alhazar, yo qudratingdan deb hammaga ko'rsatib yurimiz haliyam)
Zamonaviy sohalarni o'rganib, uyda turib daromad qilish qiziqmi, unda o'yin sohasiga ham qiziqinglar. O'yin sohasiga qanday kirish haqida ham o'rganib chiqib ma'lumot yozish niyatim bor, hozircha bilganim kerakli dasturlarni o'rganishdan boshlash kerak, masalan Unreal Engine va Unity kabi dasturlarni.
@barzuibrohimov
1 065
Repost from Barzu Ibrohimov
Ai yordamida rasm generatsiya qilishga harakat qilyapman :)
@barzuibrohimov
1 065
Repost from Barzu Ibrohimov
Gemini vs ChatGPT
Gemini - biror savol berganda o'sha savol bo'yicha bilsayam bilmasayam bir dunyo so'z bilan tezda javob berib tashlaydigan, gapniyam boshingizniyam aylantirib tashlaydigan maktabdagi mahmadona o'rtog'ingiz.
ChatGPT - savol haqida chuqur o'ylaydigan, sekin bo'lsada sifatli javob beradigan mulohazali, lekin ko'pincha bilganiniyam aytmaydigan, bilgan fanlaridanam 3-4 olib yuradigan og'ir vazmin sinfdoshingiz.
@barzuibrohimov
1 065
🦂 scout bot
Terrain map Gaeada chiqarilgan
Bot to'liq Blenderda yasalgan, rig qilingan va material berilgan. Teksturalar qisman Substance Painterda qilingan.
Sky texture va Sun light bilan yoritilgan.
Mist pass yordamida Compositingda atmosfera effekti berilgan.
+Compositingda umumiy ranglar, yorug'lik, grain effekti, bloom va hkz lar berilgan.
Blenderda eng ko'p vaqt olgan ishlar:
1. Rigging va animatsiya
2. Lightingni to'g'rilash, Eevee bo'lganligi uchun va sahna hayotiy o'lchamdaligi uchun (8km x 8km)
3. Simulyatsiyalar (masalan yerdagi izni dinamik chiqarish)
Eng oson ishlar:
1. Modellashtirish
2. Materiallar va tekstura bilan ishlash
3. Particle tizimi va boshqalar
Lekin sahnani tayyor qilib olgandan keyin mazza, istalgan modelni qo'ying, animatsiya qiling, istalgan ko'rinishda render qiling, buyog'i oson.
@edars_cg
1 065
Hozirgina Blenderdan chiqdi, hali sovuganiyam yo'q;)
Eevee Render
To'liq animatsiya ham tayyor bo'lyapti.
Albatta reaksiya qoldiring, Blenderni o'zida to'liq multfilm tayyorlash darajasigacha o'rganmoqchi bo'lganlarga yuborib qo'ying. Bizda video kurslar va jonli online darslar bor.
Narxlar va batafsil ma'lumot:
👉🏻 @edars_admin
Aytsam ayta qolay, bu loyiha necha pulga qilinayapti deb o'ylaysiz?
@edarc_cg
1 065
Kreativ (inson ijodkorligini talab qiladigan, san'atga doir) sohalarda hali AI ni obro'si juda past. Odamlar shunchaki yomon ko'radi AI da qilingan 'kreativ' ishlarni.
Coca Cola reklamasi dan keyin yaqinda McDonalds ham AI da tayyorlangan reklamani namoyish qildi. Lekin reklamani yomon ko'ruvchilar va ustidan kulganlar shu darajada ko'p bo'ldiki McDonalds reklamani YouTube tarmog'idan olib tashlashga majbur bo'ldi.
Sizning fikringiz qanday? To'liq Ai da tayyorlangan ijodiy loyihalarni qanday qabul qilasiz?
Fikringizni qoldiring.
@edars_cg
1 065
Lipsync manimcha bunisida yaxshiroq.
Xullas rivojlanish katta Unrealda
O'rganing va foydalaning.
Unreal Engine bo'yicha boshlovchilar uchun video kursimiz ham bor
Batfsil ma'lumot: 👉🏻 @edars_admin
1 065
