cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

XATIRCHI TUMAN MA'NAVIYAT VA MA'RIFAT BO'LINMASI

Xatirchi tuman Ma'naviyat va ma'rifat bo‘linmasi rasmiy kanali Каналга уланиш: t.me/xatirchi_manaviyat Админга мурожаат: @suyundikoff https://www.facebook.com/azim.toshev.1

نمایش بیشتر
طاجيكستان6 974زبان مشخص نشده استسیاست26 170
پست‌های تبلیغاتی
198
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
اطلاعاتی وجود ندارد7 روز
اطلاعاتی وجود ندارد30 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

VILOYAT HOKIMINING BUGUNGI ISH KUNI XATIRCHILIKLAR MUAMMOSINI HAL ETISHGA BAGʻISHLANDI Navoiy viloyati hokimi N.Tursunovning bugungi ish kuni Xatirchi tumani aholisining murojaatlarini o‘rganish, ijobiy yechim topish hamda amaliy hal etishga bag‘ishlandi. Tumanning “Ikrom Karvon” mahallasida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda “Toshquloq” va “Tamabahrin” mahallalari aholisi ham ishtirok etib, viloyat rahbari bilan muloqot qildi. 50 nafardan ortiq aholi ishtirok etgan sayyor qabulda 20 ga yaqin masalalar o‘rtaga tashlangan bo‘lsa, ularning 60 foizi joyida hal bo‘ldi. Xususan, 1-guruh nogironligi bo‘lgan A.Boymurodovga hamda M.Ro‘zimurodovaning farzandiga nogironlik aravachasi beriladigan bo‘ldi. Sayyor qabulda ko‘cha yoritish chiroqlarini o‘rnatish, sug‘oriladigan suv bilan ta’minlash, tumandagi eng katta va qadimiy bozorni ta’mirlash, moddiy yordam olish, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish kabi masalalar bilan murojaat qilindi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarning aksariyati joyida hal etilib, o‘rganish va vaqt talab etadigan murojaatlarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishliligi bo‘yicha topshiriqlar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi. Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati.
نمایش همه...
#LIVE VILOYAT HOKIMINING NAVBATDAGI MANZILI "IKROM KARVON" MAHALLASI BO‘LDI Bugungi kunda aholi muammolarini joyiga borib o‘rganish, ochiq muloqot orqali fuqarolarni bevosita eshitish, ularni qiynayotgan muammolarni tezkor va ijobiy hal etish har bir davlat organi va mansabdor shaxs oldidagi asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Bu borada Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov ham tuman va shaharlarning chekka, olis hududlarigacha aholi muammolarini o‘rganish maqsadida sayyor qabullarini o‘tkazib kelmoqda. Xususan, viloyat rahbarining Xatirchi tumanidagi tashrifi davom etmoqda. Keyingi manzil esa “Ikrom Karvon” mahallasi bo‘ldi. Ushbu mahallada 543 ta xonadonda 2864 nafar aholi istiqomat qiladi. Sayyor qabulda viloyat rahbaridan mavjud muammolar yechimi bo‘yicha ko‘mak so‘rab kelgan fuqarolarning dardu tashvishlari eshitilib, ularni ijobiy hal etish choralari ko‘rilmoqda. Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati.
نمایش همه...
#LIVE VILOYAT HOKIMI QUDUQCHA QISHLOGʻI AHOLISI BILAN UCHRASHDI Avval xabar berganimizdek, viloyat hokimi Normat Tursunov Xatirchi tumani, “Oltinsoy” mahallasi, Quduqcha qishlog‘ida sayyor qabul o‘tkazdi. Sayyor qabulda 50 nafarga yaqin aholi qatnashib, o'ndan ortiq masalalar bilan murojaat qilishdi. Aholi tomonidan bildirilgan fikr, mulohazalar, taklif hamda murojaatlar tegishli muassasa va boshqarma rahbarlaridan tuzilgan ishchi guruh tomonidan o‘rganilishi ta’kidlandi. Barcha murojaatlar o‘rganilib, viloyat rahbariga amaliy yechimi bo‘yicha taklif kiritiladi va nazoratga olinadi. Normat Tursunovning hududlarda aholi bilan uchrashuvlari davom etadi. Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati.
نمایش همه...
#LIVE NORMAT TURSUNOV XATIRCHI TUMANIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZMOQDA Ayni paytda viloyat hokimi Normat Tursunov Xatirchi tumani, “Oltinsoy” mahallasi, Quduqcha qishlog‘ida sayyor qabul o‘tkazmoqda. Tumandagi 48-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tayotgan sayyor qabulda 50 nafardan ortiq aholi qatnashmoqda. Aholi tomonidan asosan ichimlik suvi bilan ta’minlash, ichki yo‘llarga asfalt yotqizish, tibbiy xizmat ko‘rsatish, davolanish uchun yo‘llanma ajratish kabi masalalar o‘rtaga tashlandi. N.Tursunovga viloyat va tuman sektor rahbarlari, tegishli tizimlar mutasaddilari hamrohlik qilmoqda. Ushbu murojaatlar ijrosi viloyat rahbarining qat’iy nazoratida ekanligi hamda ijobiy hal etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Ma’lumot uchun aytish joizki, ushbu hududda 180 nafardan ortiq aholi yashaydi hamda ularning asosiy daromad manbai dehqonchilik va chorvachilikdir. Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati.
نمایش همه...
نمایش همه...
Унда буюк ўтмиш, шиддатли бу кун, порлоқ истиқбол мужассам!

Республика Маънавият ва маърифат маркази томонидан тегишли вазирликлар билан ҳамкорликда Ўзбекистон Республикаси Давлат

Repost from N/a
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿2 iyul – “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan kun Gerb — har bir davlatning ramzi, xalqning timsolidir. “O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to'g'risida”gi Qonun 1992-yil 2-iyulda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 10-sessiyasida qabul qilingan. Davlat gerbi dumaloq ko‘rinishga ega bo‘lib, shaklning so‘l tomoni rizq-ro‘zimiz timsoli — bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni esa o‘zbekning dong‘ini dunyoga taratgan bebaho boyligimiz — chanoqlari ochilgan g‘o‘za shoxlaridan iborat chambarga o‘ralgan. Uzoqdagi tog‘lar va daryolar manzarasida gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning yuqori qismida esa O‘zbekiston ozodligining ramzi sifatida sakkizburchak yulduz, uning ichki qismida yarimoy va yulduz ma’nosi mamlakat aholisining ko‘p qismi islom diniga e'tiqod qilishi, markazida — baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar tasmasiga „O‘zbekiston“ deb yozib qo‘yilgan. #Davlatgerbi31yoshda Bizning sahifalarimiz: 🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
نمایش همه...
YANGI O'ZBEKISTON YOSHLARI BIRLASHAYLIK 30-iyun "Yoshlar kuni" munosabati bilan "Amir Temur" nomli madaniyat va istirohat bog'ida "Yangi O'zbekiston yoshlari birlashaylik" shiori ostida konsert dasturi o'tkazildi. Tadbirda tuman hokimi S.Nizamov ishtirok etib, Prezidentimizning O‘zbekiston yoshlariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. Tadbir davomida Yoshlar ishlari agentligi tuman bo'limi xodimlari tomonidan yoshlar ishtirokida qiziqarli viktorina o'tkazildi. Shuningdek, Yoshlar bilan ishlashda samarali faoliyati uchun hamkor tashkilotlarga tashakkurnomalar topshirildi. Tuman Madaniyat va turizm bo'limi xonandalari tomonidan ijro etilgan sho'x kuy- qo'shiqlar yig'ilganlarga o'zgacha kayfiyat bag'ishladi.
نمایش همه...
🕌ХАТИРЧИДА ҚУРБОН ҲАЙИТИ КЕНГ НИШОНЛАНМОҚДА ✨Хатирчи туманида муборак Қурбон ҳайити хурсандчилик ва шукроналик кайфиятида бошланди. 💫Эрта тонгдан тумандаги 26 та жоме масжидда ҳайит намози ўқилди. Унда 17 минг нафарга яқин  намозхон саодатли кун ибодатини адо этди.  💠Хатирчи тумани ҳокими С.Низамов "Шайх Гадой Селкин" жоме масжидидаги ҳайит намозида иштирок этиб, барча тумандошларимизни Қурбон ҳайити билан табриклади. 💠Қурбон ҳайити намозида юртдошларимиз шу кунларга етказганига шукрона айтиб, элимизга тинчлик-хотиржамлик, омонлик, қут-барака тилаб дуолар қилдилар.
نمایش همه...
آرشیو پست ها