cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

ATMOSFERA BAR

Menyu: Cinema Book Photo Music Quote Barmenga murojaat: @Soyalar_oroli

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
944
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
اطلاعاتی وجود ندارد7 روز
-2630 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Atmosfera ochilganda 9 kishi bor edi. Shulardan 3 tasi hoziram bor. Turkiyzabon, Samatxonov va Mashxura Davronova. Hayotda faqat bittangiz bilan ko'rishgan ekanman. Do'stlik uchun sizlarga rahmat, azizlar! Hozirgi qarorim uchun sizlardan va boshqa kuzatuvchilardan uzr so'rayman. Ming bor uzr. Kanalni faoliyatini to'xtatmoqchiman. Ma'lum vaqtdan so'ng yangi formatda, boshqa nom bilan kanal ochaman. O'sha manzilda ko'rishamiz degan umiddaman. To'g'ri kanalni o'chirganim bilan, xotiralarni o'chira olmayman. Lekin Atmosferaga kirdim deguncha hammasi bostirib keladi. Qarorimni to'g'ri qabul qilasizlar degan umiddaman. Barchangiz krutoy, yaxshi va o'zimga o'xshagan odamsizlar. Avval aytganimdek bu yerda krutoy odamlar yig'ilgan! Hammangizni yaxshi ko'raman do'stlar. O'zingizni asrang! 🥂
نمایش همه...
Azizam, Merilin! Odamlar o'lganda, ular orqasidan so'zlar qoladi. Nafrat so'zlari, sevgi so'zlari, hasad so'zlari, hikmatli so'zlar. Umuman olganda, so'zlarda bizning qancha borlig'imiz bor ekanini tasavvur ham qilolmaymiz. So'zlar o'ldirishi yoki tiriltirishi mumkin. Odamlar ajralishganda qaysidir ma'noda ular bir birlari uchun o'lishadi. Lekin ulardan keyin so'zlar qoladi, faqat so'zlar. Boshqa hech narsa... Ko'pincha odamlar umrining ohirigacha boshqa odamni aynan u bir paytlar aytgan so'zlari orqali eslab qolishadi. Milliardlab so'zlar ichida hech qachon, hech qanday sharoitda zarar keltirmaydigan so'zlar toifasi ham bor. Juda nafis so'zlar. Ular quvonch va baxt keltiradi. Ammo juda kam talaffuz qilinadi. Odamlar aytishga uyalishadi. Ko'p harakatlar, ichki kurashlar oqibatida ohiri portlab chiqadi: "Sevgilim", "Azizam", "Quyoshim"... Ba'zida buning aksi bo'ladi. U so'zlar ichingdan sharsharadek toshib chiqadi, ularni aytishdan zavqlanasan, o'zingni to'xtata olmaysan. Eshitgan quloqqa ham yoqimli bo'ladi. Qancha ko'p aytsang, u shuncha eshitishni xohlaydi. Bu so'zlar orasida yashirin, kalit so'zlar ham bor. Ular "bizning so'zlarimiz" deb ataladi. Ikki kishi bir birini sevganda "bizning so'zlarimiz"ni o'ylab topishadi. Agar juftliklardan birortasi o'sha so'zlarni boshqa birovga ishlatsa, o'zini yomon his qila boshlaydi. "Bizning so'zlarimiz" juda nozik narsa... Xemingueyning "Alvido, qurol" asarida Ketrin o'limidan oldin Frederikdan boshqa ayollarga "Bizning so'zlarimiz"dan aytmaslikni, ishlatmaslikni so'ragani esingdami? Bu juda muhim, Merilin. Boshqalarga, boshqa sevgiga "bizning so'zlarimiz"dan ishlatmaslik, aytmaslik juda muhim. Buni tushunasan degan umiddaman... "Artur Millerning Merilin Monroga yozgan maktubidan"
نمایش همه...
❤‍🔥 9👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
😁 33 4👍 2

1💘 1
Stop Sam Brown.mp37.68 MB
💋 8🍾 3
"Orzular mamlakatiga xush kelibsiz" ko'rgazmasiga bordim. Rassom bugungi jamiyatimizdagi muammolarni kreativ yoritib bergan. Men qandaydir estetik, yorug' bir orzular mamlakatini ko'raman deb borgan edim... Ammo og'ir kayfiyatda chiqdim. Rassom tanlagan mavzular hammamizning ko'nglimizdan kechgan, hayotimizda ko'rib, guvohiga aylangan og'riqli mavzular. Barchaga borishni tavsiya qilaman. P.s: Alisher aka vino ham bo'ladi degan edilar. Nodira opa qo'limga Coco cola tutqizib ketdilar. Tak shto vinodan umid qilmanglar)
نمایش همه...
👍 15😁 5🍾 5
5.94 MB
4.68 MB
12.51 MB
❤‍🔥 5 3👎 1🔥 1
02:08
Video unavailableShow in Telegram
Kecha tunda Odriy xonimni "Sabrina" va "Tiffani bilan nonushta" filmlarini yana qayta ko'rdim. Yana Odriyga, yana Hollywoodcha orzularga berilib tiniqib uhlabman. Urushlar, inqirozlar, kataklizmlar ketayotgan dunyomizda uning filmlari odamni hamma ko'ngilsizliklardan, qo'rquvlardan holi qoldira oladi. Yaxshiyam Hudo shu ayolni yaratgan ekan. Uyimdagi va ishdagi kompimda ham shu ayolni surati turadi. Farishtani tabassumini ko'rganmisan deb so'rashsa, Odriyni ko'rsatgan bo'lardim.
نمایش همه...
audrey 93rd.mp415.24 MB
12❤‍🔥 4👍 2💋 1
Bugun "Ilhom" teatrida Isomiddin Eshonqulovning "Orzular mamlakatiga xush kelibsiz" nomli shaxsiy ko'rgazmasiga start beriladi. Ochilish vaqti 16:00da. P.s: Nomi juda qiziq ekan. Orzular mamlakati qanday ekanini bilish uchun bormoqchiman. Oramizda boradiganlar bo'lsa, o'sha yerda ko'rishamiz.
نمایش همه...
👌 8😁 1
- Alo! Bobur aka sizmisiz? - Yo'q, bu ruhiy kasalliklar shifoxonasi. Nima xizmat? - Uzr, adashibman.
نمایش همه...
😁 30🤔 1
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.