Catharsis
رفتن به کانال در Telegram
Catharsis / κάθαρσις / Katarsis Tozarish Ehtiyoji borlar uchun! Muharrir, tarjimon Shahzod Shodmonning u-bu narsa deb o'tiradigan joyi.
نمایش بیشتر114
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-17 روز
-130 روز
آرشیو پست ها
114
Repost from KARVONLI
Muharrir kerakmi? Kerak!
“Yosh kitobxon” tanlovining hakamlaridan biriman. Yaqinda Namangan viloyati bosqichida 1980-yili nashr etilgan kitobdagi shu kunga dovur tuzatilmasdan kelayotgan bir xato zukko bir kitobxon o‘quvchini 1-o‘rindan mahrum etishiga sal qoldi.Batafsil: https://marifat.uz/show-post/muharrir-kerakmi-kerak-1361 ✅ Telegram ✅ Instagram ✅ Facebook ✅ Mobil ilova
114
2020-yil 7-sentabr ekan.
Judayam hayajonlanganman. Judayam quvonganman. Ustoz duo qilib, nasihat qilib ketganidan keyin o'sha kuniyoq "Hurriyat" gazetasiga ishga qabul qilinganman. Quvonchim ikki karra oshgan.
Hozir qo'nib turgan o'rnimgacha kelgan yo'l ana shu kundan boshlangan, desam, mubolag'a bo'lmasa kerak...
Ustoz olamdan o'tganini eshitib, shu xotiralarni eslab ketdim.
Xudo rahmat qilsin ularni, joylari jannatdan bo'lsin!
114
Repost from OYINA.UZ
Biz ajdar boʻlolmadik
Qoʻrgʻon tepaligining ostida ulkan ajdar moʻl-koʻl tillalarni qoʻriqlab yotadi, degan gaplar ham bor. Dadam bularning barini ertak qilib aytib berardi. Bir gal qoʻrgʻonga katta bosqin boʻlgan, yov devorlar atrofini oʻrab olib, kuchli qamal qilgan.
Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/4353
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Instagram | X | YouTube
114
SUHBAT
Oqarsuv bo’yida, oqshom chog’ida,
Qari tol boshida oy porlagan payt.
Ozurda tuyg’ular qo’nalgohida
Menga suv tilida sirlaringni ayt.
Ilkis tun sayriga shamol chaqirsa,
Shovqinli shaharni aylansang sekin.
Chor tarafda tinmay sevinch baqirsa,
Sen sog’inch tilida bir narsa degin.
Ne kechar dunyoning o’ngu so’lida
Tuyg’ular ko’zyoshday qalqib turgan payt.
Hamma laqqillasa bozor tilida,
Sen ko’ngil tilida biror jumla ayt.
Qanday tushuntiray holimni senga,
Egik boshim uzra oyday yog’du soch…
Barini bir chetga qo’ygin-da, menga
Sukunat tilida yuragingni och.
Eshqobil Shukur
114
Repost from N/a
+1
O'zini rivojlantirishga urinayotgan har bir ayolning yonida uni qo'llab-quvvatlovchi oilasi bo'lishi katta kuch beradi kishiga. Shanba kuni imtihon topshirdim. Dadamiz Turonga 4 soatga yaqin qarab turdi (butun ishxonasi bilan birgalikda, albatta😁) Bugungi og'zaki imtihonimda ham ota-bola sahna ortida qo'llab turishdi❤ Hech qaysi imtihonimda bunchalik xotirjam bo'lmaganman. Hatto o'tgan yili shu paytlari 7 oylik homilam bilan imtihon topshirib tug'ib qo'yishimga oz qolganida qaytib imtihon topshirmayman degandim🥲. Bir so'mi yo'q boybuchcha xotin xursandligidan "sertifikatim chiqsa haq beraman, dadasi" devordi. Harqalay, yeb-icharni pulini bu OLIYJANOB inson menga to'latmas-a🤣
Yaxshiyam borsizlar, shukr😍
@Saida_Rasulovaa
114
Repost from Birburchak
Ertalabdan yangi choynagimiz oilamiz diqqat markazida boʻldi. Mana, men suvni qaynatib boʻldim, ishni doʻndirib qoʻydim degandek suv qaynashi bilan hushtak chaldi.
Qanday alomat narsa ekan-a deb hammamiz qarab turdik. Yangi choynagimiz esa battar avjiga chiqdi. Yanada balandroq shovqin solib choyni qaynatganini bildirishda davom etdi. Ana, moʻjiza!
Lekin bunday oʻylab qarasam, eski choynagimiz ham aynan shu vazifani bajarardi. Hech bir kamchiligi yoʻq edi. Ammo bunchalik e’tibor markazida emasdi, hammaning tahsiniga loyiq koʻrilmagandi.
Hayotda ham shunday. Ishini qoyilmaqom bajargan, ammo nimalar qilganini koʻrsatib bera olmaganlar e’tibordan chetda. Hech nima qilmagandek nazardan chetda boʻladi.
Ammo tayinli ish qilmasa-da shovqin koʻtargan, men suvni qaynatib tashladim, unaqa qilib tashadim, bunaqa qilib tashadim degichlar e’tibor markazida va koʻp e’tirof etiladi. Ayni yangi choynagimiz kabi…
Men sizga bunday uslubdan foydalaning demayman. Chin dildan, mehr bilan ishlang. Ammo qilganlaringizni koʻrsatib berishni, buni qolganlarga bildirishni ham unutmang. Ana shunda sizdan kechib hushtak chaladigan “choynak”ni oʻrningizga olib kelib qoʻyishmaydi. Unutmang!
➡️@qora_yigit
114
"Hurriyat" gazetasining 14-aprel sonida:
Рамазон — гуноҳларни куйдиргувчи ой
Тошкент шаҳар бош имом-хатиби ўринбосари, “Катта Қозиработ” жоме масжиди имоми Абдуқаҳҳор қори ЮНУСОВ билан ушбу саодатли ой фазилатлари ҳақида суҳбатлашдик.
114
#tarjimadan_parcha
Sening ongingga urug‘ qadagan siyosatchilarning balandparvoz gaplari samimiymidi yoki soxtami, mantiqlimidi yoki yo‘q – bu menga umuman qiziq emas. Agar o‘sha so‘zlar xuddi urug‘ kabi sening vujudingda tomir otib, nish urgan ekan, demak, ular sening ruhiy ehtiyojlaringga mos tushgan. Bu borada yagona hakam faqat o‘zingsan. Zero, bug‘doyning aslini faqat tuproq taniy oladi.https://t.me/JustCatharsis
114
Odamzod gʻalati mavjudot. Yer yuzidagi eng paradoksal borliq.
Falon metro bekati yonida bir amaki sigaret, nos sotib oʻtiradi. Kecha kechasi oʻtib ketayotsam, ovozini baland qilib youtube’dan Qur'on oyatlarini eshitib oʻtiribdi. Bir tomondan xaridoriga sigaretni uzatib, pulini choʻntakka solyapti.
Nima deb oʻylashni bilmaysan kishi. Oʻylamaslikka ham koʻnolmaysan. Bu xuddi “Chekish taqiqlanadi” degan belgiga tamaki choʻgʻini bosishga, astagʻfirulloh, basmalani aytib xamr ichishga oʻxshaydi. Yoʻq, bular oʻta joʻn oʻxshatish...
Amaki oddiy misol, xolos. Real hayot manzarasi ham shunday koʻrinish kasb etadi. Nima deyishga hayronmas, qisqasi. Koʻnglimdan koʻp tuygʻular oʻtdi-yu, soʻzga aylantirolmadim.
https://t.me/JustCatharsis
114
Mashinaning bahosi qirq sakkiz tanga, uchidan yetti yarim tanga naqd toʻlansa, olti oy muhlat bilan nasiyaga berilar ekan...Bu iqtibos Abdulla Qahhorning “Oʻtmishdan ertaklar”idan olindi. Asarda bayon etilgan voqealar XX asr boshlarida kechgan. Ha, XX asr boshlarida “boʻlib-boʻlib toʻlash” deganlari yangilik boʻlmagan, demak. Koʻnglimizni choʻktirmaylik, a, labbay? https://t.me/JustCatharsis
114
Repost from platforma.uz
“Россиянинг попугини пасайтириб қўйиш керак” - Сенатор Абдусаид Кўчимов
Ўзбекистон Сенатида биринчи марта Россиянинг “империалистик иштаҳаси” кескин танқид қилинди.
@platformauzb
114
#mulohaza
Ertalab metro tiqilinch boʻladi. Gavjum bekatlarda poyezdlarga chiqayotgan va tushayotgan odamlarni tartibga chaqirib, vagonlarga yaxshiroq joylashib olishga undovchi xodimlar bor. Sariq jelakli xodimlar.
Vagondaman, toʻxtagan bekatimizda odam gavjum. Hamma oʻzini ichkariga uryapti. Sariq jelakli xodim vagonning ochiq derazasidan odamlarni oʻrtaroqqa yurishga chaqirdi. Yonimdagi kishi atrofidan tasdiq kutib toʻngʻilladi: “Yana qayoqqa surilaylik? Kallasi joyidami bu odamning?!”
Uning gapi menga yoqmadi. “Ishi shu-da, qilishi kerak boʻlgan ishni qilyapti!” dedim sovuqroq ohangda. Haligi kishim indamadi; indamay yaxshi qildi.
Bizda xudbinlik va boshqalarni tushunmaslik illati bor. Vagon ichida boʻlsak, tiqilib kirayotganlar yoqmaydi, tashqaridan tiqilib kirmoqchi boʻlsak, oʻtkazib yubormayotganlarni yoqtirmaymiz.
Ishini qilayotgan odam haqida “Kallasi joyidami?” deymiz, lekin oʻzimizning kallamiz qayerdaligini oʻylamaymiz. Nafsimizga ma’qul kelmaydigan ishni koʻrsak, darrov boshqalardan ayb qidiramiz, axir oʻzimiz mukammalmiz-da...
Sariq jelakli xodimning oʻrniga oʻzimni qoʻyib, tan olamanki, yoʻlovchi sifatida menga mantiqsiz va yoqimsiz tuyulgan oʻsha ish, ya’ni shundogʻam tiqilib turgan odamlarni yana surilishga undash vazifam boʻlganida, uni bajaravergan boʻlardim. Boshqalar ham shunday.
Umuman olganda, aksariyatimizning qilib yurgan ishlarimiz, mohiyatan ayana oʻsha xodimning ishiga oʻxshasa kerak.
Aslida biz boshqalar haqida xulosa chiqarayotganda, oʻzimizga ta’rif toʻqiyotgan boʻlamiz: “Oʻz holidan bexabar nodon” degan sifatni peshonamizga yopishtirayotgan boʻlamiz.
Xudbinlikni yigʻishitirib, boshqalarni tushunishni, ularning oʻrniga oʻzimizni qoʻyib koʻrishni oʻrgansak, oʻziga xos xotirjamlikka, bir pogʻona oʻsishga erishamiz, menimcha.
Qaydam...
Shahzod Shodmon
https://t.me/JustCatharsis
114
Mendan hamma ketdi yiroqlab,
Kerak boʻlding bugun, birovim.
Topolmadim seni soʻroqlab,
Bashar jim,
zamin jim,
samo jim...
Dudam pichoq tigʻidan oʻtkir
Hasrat shartta dilni boʻldi toq.
Bugun shunga iqrorman, kimdir,
Mumkin emas sensiz yashamoq.
Atrofimni toʻldirdi nogoh
Qora tuman, anduhlar sasi...
Gʻoyib boʻldi barcha yoʻl-u roh,
Qutqarolmas sendan boshqasi!
Bu kun menga sen juda zarur,
Qay manzilni etgansan vatan?
Kel, birovim, kel, kimdirim, yur,
Bilgum, seni yutmagan adam.
Men hammadan ketdim yiroqlab,
Kerak boʻlding, kerak, birovim!
Oʻzing kelgin meni soʻroqlab.......
....................................................
Bashar jim,
zamin jim,
samo jim.
Shahzod Shodmon
2019
https://t.me/JustCatharsis
اکنون در دسترس! پژوهش تلگرام ۲۰۲۵ — مهمترین بینشهای سال 
