fa
Feedback

فریب کلاهبرداران را نخورید! تل‌متریو این کانال‌ها را شناسایی و برچسب‌گذاری می‌کند 👉 برای مشاهده برچسب، اشتراک تهیه کنید

ENGLISH || SELF-DEVELOPMENT

ENGLISH || SELF-DEVELOPMENT

کانال بسته

Ingliz tilini eng samarali va effektiv metod va usullardan foydalanib o'rganing! Creator: Baxtiyor Toshboyev Online Speaking kursga yozilish uchun: https://t.me/online_speaking_kurs

نمایش بیشتر
3 617
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
اطلاعاتی وجود ندارد7 روز
اطلاعاتی وجود ندارد30 روز
آرشیو پست ها
#attention #diqqat #mustread 🎬 3 Essential IELTS Reading Strategies @SpeakingEnglish_uz

Do you agree with me?

2.29 KB

Nima uchun ko'pchilik subtitr bilan kino ko'rishsa yaxshi tushunishadi, lekin subtitrsiz tushunishga qiynalishadi?

#attention #diqqat #mustread QAYSI AKSENTNI TANLAGANIM MUHIM? #2qism Nima uchun Amerika aksentini tanlaganimni va odatda til o'rganuvchilarga shu aksentni tavsiya qilishimni bir nechta asosiy sabablari bor. 1. ENTERTAINMENT Birinchidan biz sevib tomosha qiladigan kino va seriallarning aksariyati Gollivudda ishlab chiqariladi. Gollivud esa Amerikada joylashgan. Shuningdek, pop, rock, hip-hop, country va boshqa ko'plab musiqa janrlarining eng yorqin namoyondalari Amerikada ijod qilishadi. Agar yoqtirgan kino va seriallingiz yoki sevimli qo'shiqchingizning qo'shiqlarini chuqurroq tushunishni istasangiz Amerika aksentini o'rganganingiz maqul. Listening bilan aktiv shug'ullanishni boshlaganimda asosiy etiborimni ingliz tilida iloji boricha ko'proq "input" qabul qilishga qaratdim. Asosiy manbalar esa Youtube, kino va seriallar edi. Deyarli har kuni yangi kino va seriallar, youtube videolar ko'rardim. Listeningni Advanced darajaga shu tariqa olib chiqganman. Shu holda Amerika aksentini tanlaganim katta plus bo'lgan, chunki men qabul qilayotgan "input" ning deyarli 90% Amerika aksentida edi. 2. BUSINESS Xaqaro biznes tili bu — American English. Sababi, AQSH iqtisodiyoti dunyodagi eng yirik va qudratli hisoblanadi. Jahonning eng yirik kompaniyalari Amerikada joylashgan. Bu kompaniyalar esa o'z tasirini deyarli butun yer yuziga o'tkazishadi. Google, Microsoft, Apple, Facebook kabi korporatsiyalar xizmatidan biz ham O'zbekistonda turib doimiy foydalanamiz. Agarda biznesga qiziqsangiz, kelajakdagi maqsadlaringiz yirik biznes qurish bo'lsa Amerika aksentini chuqurroq o'rganishni tavsiya qilaman. 3. EDUCATION Oliy ta'lim navbatdagi asosiy faktorlardan biri. Dunyo reytingining Top 10 taligi kiruvchi institutlarning 8 tasi Amerikada joylashgan, Top 20 talikda 15 ta Amerika institut va universitetlari joy olgan. Amerika universitetlari saviyasi jihatidan dunyoda dominant hisoblanadi. Butun dunyodan har yili bir necha yuz minglab yoshlar AQSH oliygohlarida ta'lim olish uchun mamlakatga kirib kelishadi. Amerika institutlarining birida o'qishni istasangiz Amerika aksentini tanlashni maslahat beraman. 4. NUMBER OF SPEAKERS WOLRDWIDE. Nima uchun Amerika aksentini tanlashingiz kerakligiga yana bir sabab bu — Amerika aksentida gapiruvchi insonlarning son jihatdan ancha ko'pligi. Dunyoda taxminan 250 million inson Amerika aksentida gapiradi, 60 million inson esa Britaniya aksentida gapiradi. P.s. Qaysi aksentni tanlash bu sizning shaxsiy tanlovingiz. Maqsadingizdan kelib chiqib qaror qabul qilishingiz kerak. Men faqat shaxsiy fikrimni bildirdim. Bir aksent ikkinchi aksentdan ustun emas.

Kurs faqat Speakinggini ko'tarmoqchi bo'lganlar uchun

#attention #diqqat #mustread Individualniy online SPEAKING kursi ochyabman. Zoomda o'tkaziladi. Faqat intermediate (B1; B2) darajadagilar uchun. To'liq malumot: @Baxtiyor_Toshboyev

HOW TO SPEAK FASTER QANDAY QILIB INGLIZ TILIDA TEZ GAPIRISH MUMKIN Ingliz tilida gapirishga kelganda e'tibor berishingiz lozim bo'lgan eng muhim jihat... Kanalga obuna bo'ling👇 @SpeakingEnglish_uz

IELTS-ga tayyorlanyotganlar uchun 👇 👉🗓 Full Free MOCK TESTS 🗓👈 🔥Ko'k yozuv ustiga bosing 👆👆

😱Elementary va Intermediate kursiga qabul boshlandi shoshiling darslar mutlaqo bepul manzil 👇 @BigEnglish_home @BigEnglish_home @BigEnglish_home ☝️joylar soni cheklangan shoshiling hozir o'chiraman

#attention #diqqat #mustread QAYSI AKSENTNI TANLAGANIM MA'QUL? #1qism Shaxsiy tajribamdan kelib chiqib doim til o'rganuvchilarga ingliz tilini o'rganishni boshlaganidan "American" yoki "British" aksentlaridan birini tanlab, so'zlarni to'g'ri talaffuzini aynan shu aksentda o'rganishini maslahat beraman. Aslida, ikala aksentni o'rganishingiz mumkin, lekin bu sizni suhbat jarayonida chalkashtirib qo'yishi mumkin. Chunki, aksentlar o'rtasida yetarlicha farqlar bor, ayniqsa American va British aksentlari orasida. Ular o'rtasidagi farqlarga keladigan bo'lsak, gramatikada biroz farq bor, ba'zi bir so'zlar, iboralar borki faqat American yoki British aksentiga xos. "Spelling" ni ham unutmaslik kerak. "Spealling" dagi farqlar uchun misol tariqasida: A – Color A – Center B – Colour B – Centre A – Analyze A – Defense B – Analyse B – Defence va boshqa juda ko'plab shunga o'xshash so'zlarni keltirish mumkin. Aksentlar o'rtasida farqlar bo'lishiga qaramasdan Amerikaliklar va Britaniyaliklar bir birini yaxshi tushunishadi. Ba'zan istisnolar ham bo'lib turadi. Amerikalik inson Britaniyalik insonni nima deyayotganini tushunmay qolishi mumkin, qachonki Britaniyalik faqatgina Britaniyaning ma'lum bir qismida qo'llaniladigan shevada gapirsa. Chunki, Buyuk Britaniyanining o'zida 40 dan oshiqroq aksentlar mavjud. Hattoki, Londonni o'zida ikta turli xil avenyuda yashaydigan insonlarning aksentida farqni kuzatishingiz mumkin. Shaxsan men Amerika aksentini tanlaganman. Odatda shu aksentni tanlashni maslahat beraman, tabiiyki. Amerika aksentini tanlaganimni o'ziga xos sabablari bor albatta. Ana o'sha sabablar bilan postni keyingi qismida tanishtiraman. Stay tuned! Davomi bor... @SpeakingEnglish_uz

🥳 XUSHXABAR IPHONE 13 PRO QO'YILGAN ONLINE MUSOBAQA 🎉 👉 @iknowBOT

0.67 KB

Which accent do you prefer? And why?
Anonymous voting